Biznes munosabatlarida javobgarlik. Reja


Download 124.29 Kb.
bet12/14
Sana09.01.2023
Hajmi124.29 Kb.
#1085394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Biznes munosabatlarida javobgarlik

agar:

  • agar:
  • Bir yoki bir nechta kreditorning talablarini qondirish
  • qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatini to`liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo`yishga olib keladigan bo`lsa;
  • Qarzdor yuridik shaxsning tasis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to`g`risida qaror qabul qilishga vakolatli bo`lgan – organ tomonidan qarzdorning bankrotlik to`g`risidagi arizasi bilan xo`jalik sudiga murojaat etishi haqida qaror qabul qilingan bo`lsa;
  • Qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo`jalik sudiga murojaat etish to`g`risida qaror qabul qilingan bo`lsa;
  • Undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo`jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo`yadi deb hisoblashga asoslar bo`lsa1.
  • Belgilangan holatlarda xo`jalik sudiga ariza berish muddati o`tganidan keyin berilgan bo`lsa, bankrotlikni yashirish tugallangan deb hisoblanishi lozim – qayd etilgan holatlar yo’zaga kelgan paytdan etiboran bir oy.
  • Shuni etiborga olish lozimki, bankrotlikni yashirish ham, iqtisodiy nochorlikni yashirish kabi, davlat vakolatli organlariga malumotlarni topshirmaslik, yani xo`jalik subyekti tomonidan hisobot berishi lozim bo`lgan va ushbu organlarning Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo`yicha qo`mitaga kerakli malumotlarni taqdim eta olmasligidir2, bundan tashqari, xo`jalik subyektining bankrotlikni real va potensial kontragentlaridan yashirishidir.

Jinoyat tarkibini aniqlash uchun tergov organlari va sud quyidagi elementlar mavjudligini tekshirishi lozim: xo`jalik subyektining iqtisodiy nochorligi, bankrotlik yo’zaga kelganligi to`g`risidagi faktik malumotlar, kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazish va aybdor shaxslarning jinoiy harakatlari bilan kelib chiqqan oqibat o`rtasidagi sababiy bog`lanish.

  • Jinoyat tarkibini aniqlash uchun tergov organlari va sud quyidagi elementlar mavjudligini tekshirishi lozim: xo`jalik subyektining iqtisodiy nochorligi, bankrotlik yo’zaga kelganligi to`g`risidagi faktik malumotlar, kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazish va aybdor shaxslarning jinoiy harakatlari bilan kelib chiqqan oqibat o`rtasidagi sababiy bog`lanish.
  • Ushbu qilmish moddiy tarkibli jinoyat bo`lib, kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilgan paytdan etiboran tamom bo`lgan deb topiladi, Bankrotlikni yashirish jinoyati qasddan sodir etiladi. Uni sodir etishning maqsadi va motivi jinoyatni kvalifikasiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi. Zarar kreditorlarga, shuningdek, davlatga majburiy to`lovlarni va yig`imlarni to`lash bo`yicha yetkaziladi. Shuni alohida etiborga olish lozimki, qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog`lig`iga zarar yetkazilganligi uchun mulkiy javobgar bo`lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek, o`z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo`yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) kreditorlar hisoblanishmaydi1.
  • Aybdorning qilmishini, agar uning harakatlari bilan kelib chiqqan ko`p miqdorda zarar yetkazish kabi oqibat o`rtasida sababiy bog`lanish mavjud bo`lsagina, sharhlanayotgan ushbu modda bo`yicha kvalifikasiya qilish mumkin.
  • Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Shaxs qarzdor tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor bankrot holatidaligini va uning sodir etgan harakatlari huquqqa xilofligini anglab yetadi, ko`p miqdorda zarar yetkazishi mumkinligini ko`ra biladi va buni xohlaydi yoki anglagan holda sodir etilishiga yo`l qo`yadi yoxud uning oqibatiga befarq qaraydi

Download 124.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling