Bankrotlikni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik.Tahlil etilayotgan jinoyat bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikni amalga oshirishning belgilab qo`yilgan tartibini, belgilovchi hamda taminlovchi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. - Bankrotlikni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik.Tahlil etilayotgan jinoyat bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikni amalga oshirishning belgilab qo`yilgan tartibini, belgilovchi hamda taminlovchi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo`ladi.
- Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, u sodir etilishi bilan bozor iqtisodiyotining asosiy qonunlari bo’ziladi, xalq xo`jaligining normal faoliyat ko`rsatishi izdan chiqadi, bozor iqtisodiyotining rivojlanishida to`siqlar vujudga keladi, xo`jalik subyekti faoliyati chalkashadi, asoslanmagan tavakkalchilikka yo`l qo`yiladi. Bankrotlikni yashirish, soxta bankrotlik kabi, aholining ko`z o`ngida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyaviy mablag`dan mahrum qiladi va ayrim holatlarda, iqtisodiyotning davlat darajasida makroiqtisodiy tanazzuliga olib kelishi mumkin.Ushbu jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumot yoki hujjatlarni taqdim etish, buxgalteriya hisobotlarini bo’zib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining to`lovga qodir emasligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lishda ifodalanadi.
- O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 181-moddasi 1-qismiga ko`ra, xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik hisobotlarini bo’zib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining to`lovga qodirligini yo`qotganligi yoki iqtisodiy nochorligini bosh-qacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining yo’z baravaridan ikki yo’z baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq to’zatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |