Biznes nima va odamlar nima uchun biznes bilan shug'ullanadilar?


Download 21.39 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi21.39 Kb.
#1507699
  1   2
Bog'liq
biznes nima va odamlar nima uchun biznes bilan shug\'ullanadilar


BIZNES NIMA VA ODAMLAR NIMA UCHUN BIZNES BILAN SHUG'ULLANADILAR?
REJA:

  1. Biznes va tadbirkorlik tushunchalari

  2. O’zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishi.

  3. Tadbirkorning asosiy sifat va ko‘nikmalari.

Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tad­qiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida «tadbirkorlik» tushunchasining ko’p ma’noliligi saqlanib qolmoqda.


Dastlab tadbirkorlar deyilganda «sarmoya egasi» tushunilgan. Keyinchalik «sarmoya egasi» va «tadbirkor» tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyani muomalada yuritishni, ko’payib borishini ta’minlaydi va bu borada u «venchur» sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag’larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o’z g’oyalari, bilimi va ko’nikmalarini tatbiq qilib, ko’p foyda olish maqsadida o’sha mablag’larni tavakkal ishlarga sarflaydi.
«Biznes» so’zi inglizcha bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
«Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u «mulk egasi» degan ma’­no­ni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta’kidlaydi. Tadbirkorning o’zi, o’z ishini rejalash­tiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o’zi xo’jayinlik qiladi.
Dastlab “Tadbirkorlik to’g’risida” gi qonun 1991 yilning 15 fevralida qabul qilingan.
2000-yil 25-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi qonunga ko’ra, “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub`ektlari tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat”.
1 - bosqich. 1917 yilga qadar bo'gan davrni olishimiz mumkin. Ushbu davr mobaynida hunarmandchilik va savdogarchilik yuqori sur`atlarda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu davr qo'l mehnatini yuqori bo'lishi bilan farqlanadi va yakka tadbirkorlik alohida o'rin tutadi.
2 - bosqich. 1917 yildan 1991 yilgacha bo'lgan davr. Bu vaqtda markazlashgan rejali boshqarish hukm surgan. Mahsulot ishlab chiqarish va taqsimotda davlat asosiy rolni o'ynagan. Erkin tadbirkorlik nisbatan cheklangan.
3 - bosqich. Respublikamiz mustaqqlikka erishgandan keyingi yillarni olishimiz mumkin. Bu davrning xarakterli tomoni iqisodiyotda «Tanglik» holati hukm surishi, iqisodiyotni erkinlashtirish va barqarorlashtirish bosh vazifa qilib belgilanishi yoki amalga oshirishning davlat tomonidan maxsus mexanizmi yaratilishi shartligi, uning muhim yo'llaridan biri sifatida erkin tadbirkorlikka keng yo'l ochib berilishi bilan xarakterlanadi.
Tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan
shart-sharoitlar
Mulk munosabatlarining uyg’unlashuvi
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to’lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo’yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar
Bozorning ochiqligi, ya`ni tovarlar, sarmoyalar, ma`lumotlar, ish kuchi, xom-ashyo harakati uchun sun`iy g’oyalarning yo’qligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi
Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya`ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.
Tadbirkorlarga o’z qobiliyatini to’la namoyon etish uchun iqtisodiy erkinliklarning berilishi
TADBIRKORLIKNING ASOSIY QOIDALARI:
Mijoz xaridor emas, sizning boquvchingiz...
Biznes sizni boqishi uchun unga nafaqat pulingizni qo‘yasiz...
Barcha boyligingizga tavakkal qilmang.
“Yaxshi Raqobatchi” dushman emas, yordamchi bo‘ladi. Faqat uning xatolaridangina o‘rganmang.
Pul ko‘p bo‘lmaydi. Uni foydali qo‘llash uchun bilim va ko‘nikma yetarli darajada bo‘lmasligi mumkin.

TADBIRKOR EGA BO‘LISHI LOZIM BO‘LGAN TAVSIFLI SIFATLAR:


• Yuqori saviyadagi mehnatkashlik;
• O‘z kuchiga bo‘lgan ishonch;
• O‘z ishini yaxshi bilish;
• Boshqalar fikrini eshita bilish va o‘rganishga bo‘lgan intilish;
Tashabbuskorlik;
• Muvaffaqiyatsizlikka bardosh bera olish va kurashib yengish;
• Mavhum holatlarda harakat qila olish;
• Halollik va ishonchga ega bo‘lish;
• Tavakkal qila olish;
• O‘zining kelajagini o‘z qo‘llari bilan qurish;
• O‘z maqsadlariga erishish yo‘lida intilish;
• Foyda olishga bo‘lgan intilish;
• O‘z xarakterining kuchli tomonlariga suyanish
O‘z qobiliyat va salohiyatingizni sinab ko‘ring. Taklif etilgan ikkita (A, B) variantlardan o‘zingizga ma’qulini tanlang.
A) Men xatolardan saqlana olaman.
B) Men o‘z do‘stlarim bilan uchrashishni yaxshi ko‘raman.
2. A) Mening xodimlarim menga do‘st bo‘lib qoladilar, biz teng muloqotda bo‘lamiz.
B) Agar menga yaxshi ish taklif qilishsa, hozirgi ishimdan zudlik bilan voz kechaman.
A) Ish qanchalik yaxshi bo‘lishiga qaramay, agar uning sinishi va obro‘yimni yo‘qotishimning ehtimoli bo‘lsa, u bilan shug‘ullanmayman.
B) Odamlarga yaxshilik qilishni sevaman. Buni men doimo o‘zimning oddiy ishim bilan birgalikda olib boraman.
4. A) Muammolarni ularning yuzaga kelishiga qarab hal qilish kerak.
B) Agar mening yangi ishda omadim chopmasa, eski ishimga qaydaman.
5. A) G‘oyalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgachgina, ularni amalga oshirishga kirishaman.
B) Men hozirgiga qaraganda yaxshiroq ishlashim mumkin.
6. A) Ishga kirishishdan avval, bu mening obro‘-e’tiborimga zarar yetmasligiga ishonch hosil kilishim zarur.
B) Men qimmatbaho buyumlarni sotib olishni hohlayman.
A) Men katta va shinam uy sotib olishni hohlayman.
B) Men o‘z xatolarim orqali o‘rganaman.
A) Eng asosiysi ish.
B) Ko‘p sonli do‘stlarimning mening ishim haqidagi fikrlariga suyanaman.
9. A) Biror –bir ishga kirishishdan avval uning oqibatlari haqida o‘ylash kerak bo‘ladi.
B) Barcha ishlar mening ko‘rsatmalarim asosida amalga oshadi.
10. A) Mening asosiy maqsadim – pul, chunki u turli-tuman qulayliklarga imkoniyat eshiklarini ochadi.
B) Do‘stlarimni tez-tez ko‘rib turish imkoni mavjud joyda ishlashni sevaman.

11. A) Men xotirjamlikni sevaman, shuning uchun kunlarimni g‘am va tashvishsiz o‘tkazishni istayman.


B) Muvaffaqiyatsizlik ro‘y berishi bilan uning sabablarini aniqlashga intilaman.
12. A) Qaror qabul qilishda mutloq mustaqil bo‘lishni istayman.
B) Mening maqsadim-o‘zimning baxtli kelajagim uchun yirik miqdordagi pulni to‘plash.
13. A) Odamlar bilan munosabatda qiziqqonlik qilishni va ularni xafa qilib qo‘yishni istamayman. Jamoa bilan ishlashda, imkoni boricha, bosiqlik va shirinsuxonlik bilan muomala qilishga harakat qilaman.
B) Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy narsa – to‘plangan tajriba.
14. A) Men hatto muvaffaqiyatsizlikka uchrasam ham, ko‘p narsani o‘rganaman.
B) Men go‘zal va shinam hayotga intilaman.
15. A) Har bir ishda rivojlanishga harakat qilish zarur.
B) Baxtim va xavfsizligim uchun barcha narsani qilishga tayyorman.
16. A) Eng avvalo, yaqinlar hamda do‘stlar haqida qayg‘urish zarur.
B) Qiyin muammolarni hal qilish qiziqarli va jozibali.
17. A) O‘z pullarimning bankda ishonarli saqlanishini hohlayman.
B) Qilayotgan ishimni bilaman va o‘zgalarning tanqididan qo‘rqmayman.
18. A) Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasam odamlar ustimdan kulishlari mumkin.
B) Men o‘z kuchimga ishonaman, biroq zarur bo‘lsa o‘zgalar maslahatiga quloq tutaman.
19. A) O‘z g‘oyalarimni amalga oshirishdan avval barchasini ming martda o‘ylab ko‘rish kerak.
B) Boshqalar meni omadsiz deb atamasliklari uchun, ehtiyotkorlik bilan harakat qilaman.
20. A) Ishim ko‘p bo‘lsa, o‘zimni yaxshi his qilaman.
B) Menga yo‘qotishlar keltirishi mumkin bo‘lgan biror-bir ishni hech qachon qilmayman.







Ball





Ball





Ball








Ball


































1

A
B

2
1


6

A
B

1
1


11

A
B

1
2


16

A
B

0
2


2

A
B

1
1


7

A
B

1
2


12

A
B

1
1


17

A
B

0
2


3

A
B

0
2


8

A
B

0
2


13

A
B

1
2


18

A
B

0
2


4

A
B

2
0


9

A
B

1
1


14

A
B

2
0


19

A
B

2
0


5

A
B

1
2


10

A
B

1
1


15

A
B

2
0


20

A
B

2
1



Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.


Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu o'ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni ko'ra olish.
Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish.
Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak.
Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin.
Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga o'zini baxshiyda qilish.
Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik va buni evaziga mukofot olish.
Biznes - bu insonning yashash tarzi.
Biznes - bu insondagi ba'zi sifatlar to'plami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik.
Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Biznesni muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ichki va tashqi omillar muhim ro'l o'ynaydi.
Resurslar.
Resurslar - biznesni yuritish uchun kerak bo'ladigan asosiy element. Biznes uchun u ko'proq xarajatlar ichida bo'ladi. Resurslarga quyidagilar kiradi:
Yer - bu tabbiy resurslar, yer usti, yer osti boyliklar;
Ishchi kuchi - bu odamlar, ular ma'lum bir maosh evaziga biznesdagi masalalarni yechishga tayyor shaxslar.;
Kapital - umumiy qilib aytganda - pul mablag'lari;
Tadbirkorlik - yoki ishlab chiqarish bilan shug'ullanish. Xattoki pul mablag'i, va zaruriy resurslarga(bino, uskunalar, hom-ashyo) ega bo'lgan holda ham mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish oson emas;
Tashkiliy tuzilma.
Tashkiliy tuzilma - kerakli, biron bir ish qila oldigan insonlarni ularni imkoniyatlaridan kelib chiqib, kerakli joylashlar joylashtirish yoki ishchi kuchdan to'g'ri, oqilona foydalanish.
Ularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
Biznes jarayonlar bo'yicha;
Funksional;
Regional;
Biznez jarayonlar.
Katta korxonalarda har xil mutaxassislar va menejerlar bo'limlarda, yo'nalishlarda faoliyat olib borishadi. Ularning har biri ma'lum bir masalani yechishadi yoki o'zlarini funksional yo'nalishlari bo'yicha biron bir ishni bajarishadi. Korxonadagi shu bo'limlar va shaxslar bir-biri bilan hamfikrlikda, ma'lum bir tizim yordamida birgalik faoliyat olib borishlari biznes jarayondir.
Mahsulotlar turlari.
Mahsulot turlarini asosan ikki yirik turga bo'lishadi:
biznes uchun ishlab chiqariluvchi mahsulotlar yoki xizmatlar;
oddiy iste'molchi uchun ishlab chiqariluvchi mahsulotlar yoki xizmatlar.



Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling