Бизнес-планирование. В. Галенко, Г. Самарина, О. Страхова. Бела


 Kadrlar siyosati va personalni boshqarish


Download 492.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi492.72 Kb.
#1399127
TuriБизнес-план
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Tashkiliy reja va menejment.

 
10.3. Kadrlar siyosati va personalni boshqarish 
 
Boshqaruvni tashkil qilish, tashkiliy tuzilmani tanlash, boshqaruv apparati va 
organlarini shakllantirish – bularning barchasi korxonaning kadrlar siyosatiga, kadrlar 
salohiyatidan unumli foydalanishga bog‘liq.
Ko‘plab xorijiy firma va kompaniyalar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik 
loyihalarini 
amalga 
oshirishdagi 
muvaffaqiyatsizliklarning 
90%dan 
ko‘pi 
boshqaruvning ko‘ngildagidek tashkil etilmasligi, boshqaruv qonun-qoidalaridan 
bexabarlik, xodimlarning to‘liq emasligi va kasb malakasining pastligi rahbariyatda 
boshqaruv tajribasining kamligiga borib taqaladi. Afsuski, bu kamchiliklar 
mamlakatimizdagi korxonalar orasida ham ko‘p uchramoqda. Bunga dalil sifatida 
korxonalarning bankrotga uchrashi, ayrim biznes-loyihalarning ekspertiza va tanlov 


112 
paytida rad qilinishini ko‘rsatish mumkin. Shu sababli kadrlar va xodimlarni 
boshqarish masalasi doimo korxona rahbariyati nigohi ostida bo‘lishi hamda ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va boshqarishda muntazam hisobga olib borilishi lozim. 
Kadrlar salohiyati bu korxona xodimlarining korxona oldida turgan ishlab 
chiqarish, fan-texnika va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni o‘z vaqtida va samarali 
bajarish imkoniyati va bir vaqtning o‘zida qobiliyati hamdir.
Korxonada kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish uchun kadrlar bilan 
ishlash bo‘yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirishni talab qilinadi, xususan: 

kadrlarni tanlash va joylashtirish mezon va usullarini takomillashtirish;

xodimlar malakasini oshirish maqsadida kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;

xodimlarni korxonada ushlab qolish maqsadida ish haqi tuzilmasini 
yaxshilash hamda rag‘batlantirish va imtiyozlar tizimini rivojlantirish;

mehnat faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ularni xodimlarga 
etkazish;

mehnat sharoitlari va tashkil etilishini takomillashtirish, ya‘ni mehnat 
sifatini oshirish;

boshqa lavozimga yoki ish joyiga o‘tkazish yo‘li bilan xodimlar tajribasini 
oshirish;

jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni takomillashtirish.

Download 492.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling