Бизнес-планирование. В. Галенко, Г. Самарина, О. Страхова. Бела


Download 492.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.04.2023
Hajmi492.72 Kb.
#1399127
TuriБизнес-план
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Tashkiliy reja va menejment.



105 
13.
Бизнес-планирование. В. Галенко, Г. Самарина, О. Страхова. Бела-
русь. Минск. [Электронный документ]. - (oz.by/books/more108961.html). Murojaat 
qilingan sana 4.02.2006. 
14.
Основные проблемы, возникающие при осуществлении бизнес-
планирования. 
[Электронный 
документ]. 

(kicbi.karelia.ru/smb/edu/courses/bussines_plan/cours.html). Murojaat qilingan sana 
4.02.2006.
XBOB. TASHKILIY REJA VA MENEJMENT 
 
10.1. Vazifasi va asosiy qoidalari 
 
Tashkiliy reja va menejment – biznes-rejaning muhim bo‘limi bo‘lib, unda 
korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday bo‘lishi, mulkchilik shakli, 
komanda tarkibi va hokazolar haqida ma‘lumotlar keltiriladi. 
Ushbu bo‘limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan 
shug‘ullanadi, bo‘linmalar bir-biri bilan o‘zaro qanday aloqa qiladi, ularning 
faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv 
komandasining asosiy a‘zolari o‘rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay 
tarzda bir-birini to‘ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi 
majburiyatlar yuklatiladi? Tashkiliy chalkashliklar sababli ko‘p hollarda eng umidli 
loyihalarning ham barbod bo‘lishi mumkinligi tufayli bunday axborot marketing
moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo‘lgan boshqaruv komandasini ham 
ko‘rish istagida bo‘lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi. 
Bo‘lim ishning «jonli» tomonini, ya‘ni korxonaning tashkiliy tuzilmasi qanday 
shakllanishi va uning kadrlar bilan ta‘minlanishini, shuningdek, mutaxassislarni jalb 
qilishda ularni doimiy yoki vaqtinchalik ishga oladimi, ishga yollash bilan o‘zi 
shug‘ullanadimi yoki ixtisoslashgan tashkilotlar xizmatlaridan foydalanadimi kabi 
savollarni yoritishi lozim. Boshqaruv xodimlari uchun «mansab pillapoyasi bo‘ylab 
harakatlanish» tizimi, shuningdek, korxonaning yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga 
erishishidan manfaatdorligini rag‘batlantirish tizimi yaratilishi zarur. 
Aytish mumkinki, menejment va tashkiliy rejani ishlab chiqish biznes-rejaning 
boshqa bo‘limlaridan avval ishlab chiqilishi zarur. Gap shundaki har qanday ishning 
muvaffaqiyatga erishuvini investitsiyalar, moliyaviy, moddiy va boshqa resurslardan 
tashqari, birinchi navbatda mutaxassislar, o‘z kasbining ustalari belgilab beradi. 
Iqtisodiy nazariya klassiklaridan biri aytib o‘tganidek, insonsiz, uning mehnati va 
resurslarga qo‘l tekkizishisiz har qanday resurs, har qanday narsa «o‘lik» narsa bo‘lib 
qolaveradi. Amaliyotda, ayniqsa, biznes sohasida bitta mutaxassisning aql-idroki va 
topqirligi bir guruh odamlarga qaraganda ko‘proq foyda keltirishi mumkin, korxona 
tuzilmasidagi qo‘shimcha birlik esa hali mos keluvchi muvaffaqiyatni anglatmaydi, 
uning uchun ulkan istiqbollarni kafolatlamaydi. Shuning uchun ham mazkur bo‘limni 
tayyorlashda ishlab chiqarish rejasini asoslab berish, korxona quvvatlarini hisob-kitob 
qilish, zarur moddiy va boshqa resurslarni aniqlashdagi kabi katta mahorat va malaka 
talab qilinadi. 
Tashkiliy tuzilma va menejment bu o‘z mohiyatiga ko‘ra biznes-rejani amalga 
oshirish bo‘yicha hatti-harakatlar dasturi bo‘lib, unda quyidagilar o‘z aksini topishi 


106 
lozim: 

korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasiga qo‘yiluvchi talablar; 

menejmentga qo‘yiluvchi talablar; 

ishlab chiqarishni joylashtirish va foyda markazlari; 

kadrlar siyosati va uni amalga oshirish yo‘nalishlari; 

homiylik va xayriya-vasiylik faoliyati. 
Ushbu bo‘limning aniq va muayyan to‘ldirilishi korxona turi va mulkchilik 
shakliga bog‘liq bo‘ladi. Agar gap davlat korxonasi haqida borayotgan bo‘lsa, bu 
holda bo‘ysunish tizimi va davlatning korxona xo‘jalik faoliyatiga aralashuvi 
chegaralari ko‘rsatilishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatida esa direktorlar kengashi, 
asosiy rahbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aktsiyadorlik kapitalining aktsiyadorlar 
o‘rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona faoliyatida ishtirok 
etishni istagan boshqa investorlar haqida, ayniqsa, ularga tegishli aktsiyalar soni va 
ulushi, ularni sotib olish vaqti va aktsiyalar qiymati haqida ma‘lumot berish ham 
ishga yordam beradi.
Bu erda yana bir narsa muhim ahamiyatga ega – korxona oldindan bor 
bo‘lganmi yoki endi tashkil qilinyaptimi. Dastlabki holatda korxona oldindan 
belgilangan yo‘ldan borishi va biznes-reja tuzish bo‘yicha to‘plangan tajribalardan 
foydalanishi mumkin. Keyingi holatda esa tadbirkor u yoki bu mulkchilik shaklini 
tanlash sabablarini izohlab berishi, bu shaklni o‘zgartirish istiqbollari belgilashi 
hamda nima sababdan bu strategiyani eng yaxshi deb hisoblashini tushuntirib berishi 
zarur. Bundan tashqari, ushbu hujjatda korxonani tashkil qilish va uning kelgusidagi 
faoliyatini tartibga solishni tavsiflovchi barcha qonun hujjatlari aks ettirilishi lozim. 
Menejment va rejalashtirish sohasida mehnat qiluvchi iqtisodchi va olimlar 
biznes-rejaning ushbu bo‘limida eng muhim va mustaqil masalalar sifatida 
quyidagilarni ko‘rib chiqishni taklif qiladi: 

biznes-rejaning ishbilarmonlik jadvali; 

boshqaruvni tashkil etish; 

kadrlar siyosati va personalni boshqarish. 
Ishbilarmonlik jadvali bu korxonaning yaratilishi va kelgusi faoliyatidagi eng 
muhim hodisalar belgilangan jadvaldir. Unda mahsulotni ishlab chiqish va ishlab 
chiqarish jarayoni, bozorni baholash, sotuv dasturini tayyorlash va boshqalarning 
vaqt bo‘yicha grafigini belgilash tavsiya qilinadi. 
Shuningdek, biznes-rejaning muvaffaqiyatga erishishini ta‘minlovchi eng 
muhim topshiriqlar: dizaynning yakunlanishi, mahsulotning ko‘rgazmalarda 
namoyish etilishi, xom-ashyo, material va butlovchi qismlarga zarur miqdorda 
buyurtma berish, ishlab chiqarishning boshlanishi, birinchi buyurtmaning olinishi, 
birinchi to‘lovlarni amalga oshirishni ko‘rsatish tavsiya etiladi. Ishbilarmonlik jadvali 
butun ishning asosiy holatlarini nazorat qilish, paydo bo‘luvchi muammolarni 
bartaraf qilish va etkaziluvchi zararni kamaytirishga imkon beradi. 
To‘g‘ri tuzilgan jadval hamkorlarga boshqaruv komandasining mahorati yuqori 
ekanligidan dalolat beradi. Tadbirkorlar turli vazifalarni bajarish uchun talab 
qilinuvchi vaqtni noto‘g‘ri baholashlari mumkinligi sababli real imkoniyatlardan 
kelib chiqish zarur. 


107 
Ko‘plab chet ellik kompaniya va firmalar o‘z biznesida yanada ko‘proq 
muvaffaqiyatga erishish maqsadida reklamadan keng foydalanib, turli bukletlar, 
ekspress-axborotlar chiqaradilar. Biznesning ushbu jihati korxonaning ishbilarmonlik 
jadvalida hisobga olinsa yomon bo‘lmas edi. Masalan, unda yozma va grafik shaklida 
quyidagilar aks ettirilishi mumkin: 

korxonani yaratish; 

biznes bo‘yicha hamkorlar; 

ishlab chiqarishning boshlanishi; 

dastlabki tovar partiyasini etkazib berish; 

savdo vakolatxonalari bilan bitimlar tuzish; 

savdo ko‘rgazmalariga chiqish; 

ulgurji savdogarlar bilan kelishuv imzolash; 

ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda materiallar buyurtma qilish; 

hisob raqamiga kelib tushgan birinchi to‘lov va tushumlarni olish. 
Ko‘zga yaqqol tashlanib turishi uchun maxsus grafikda ishlab chiqarishning 
to‘liq davrini - xom-ashyo xarid qilishdan to chiqarilayotgan har bir mahsulot uchun 
pul tushumi olishgacha davrni aks ettirish tavsiya qilinadi. 
Shunday qilib, biznes-rejadagi ishbilarmonlik jadvali quyidagilarni nazarda 
tutadi: 

korxona faoliyatining asosiy, hayot uchun eng muhim sohalarini ajratib 
ko‘rsatish; 

har bir ishning boshlanishi va tugash vaqtini aniq belgilash; 

faoliyatning har bir muhim sohasi uchun javobgar shaxslarni tayinlash; 

jadvalda yuz berishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni va ularni to‘g‘rilash 
uchun amalga oshiriluvchi hatti-harakatlarni belgilash; 

javaldan chetga chiqishning biznes-rejaga ta‘sirini muhokama qilish. 
Bo‘limning eng asosiy jihati tashkiliy tuzilmaning biznes vazifalariga mos 
kelishini namoyish etish hisoblanadi. Gap shundaki, biznesda tashabbus alohida 
ahamiyatga ega bo‘lib, u ko‘pincha an‘anaviy yondashuvlar bilan ziddiyatga 
uchraydi. Qabul qilinuvchi qarorlarning ustivorligini belgilashda muammolarning 
oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish hamda maksimal foydani 
ta‘minlovchi bo‘linmalarni samarali rag‘batlantirishni ta‘minlash lozim. 

Download 492.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling