Korxonalarda raqamli reklamadan foydalanish


Download 25.13 Kb.
bet1/2
Sana13.12.2022
Hajmi25.13 Kb.
#1000852
  1   2
Bog'liq
жанона 2



KORXONALARDA RAQAMLI REKLAMADAN FOYDALANISH


MT-84 Isаnovа Jаnonа


Anatatsiya. Ushbu tezisda reklama faoliyatini to’g’ri yo’lga qo'yishning ahamiyati, raqamli reklama va uning an’anaviy reklamadan farqli tomonlari hamda afzallik jihatlari keltirilgan va shu haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar. reklama, raqamli marketing, raqamli reklama, an’anaviy reklama, fidbek.
Аннотация. В этой тезисе рассматривается и обсуждается важность правильной рекламы, цифровой рекламы и его отличия от традиционной рекламы, а также его преимущества.
Ключевые слова. реклама, цифровой маркетинг, цифровая реклама, традиционная реклама, обратная связь.
Keywords. advertising, digital marketing, digital advertising, traditional advertising, feedback.
Bugungi global dunyo kundan kunga rivojlanib raqamli texnologiyalar hayotimizning har bir bo‘g‘iniga kirib borib hattoki hozirgi kunimizni ularsiz tasavvur qilib bo‘lmas darajaga keldik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu jarayonlar esa insonlarning turmush tarzini ham o‘zgarishiga olib keldi yaʼni insonlar o‘z umrining juda katta qismini raqamli texnologiyalar (mobil telefon, aqllii gadjetlar, turli xil dasturiy o‘yinlar) bilan o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin, bu esa marketing sohasining ham o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda chunki, oldingiga qaraganda endi televizor, gazeta, turli bannerlarga kam eʼtibor qarata boshlashi va anʼanaviy reklamalarni samaradorligi pasayishiga olib kela boshladi. Hozirgi kunda tovar, mahsulot va xizmatlarni bozorga tanishtirishda eng samarador yo‘l bu raqamli reklamalardan foydalanish hisoblanadi chunki bu reklama turlarini sizning biron bir mahsulot yoki xizmatingizga aniq qiziqishi bor bo‘lgan auditoriyaga ko‘rsatish yoki tanishtirish imkoniyati borligidir. Raqamli reklamaning yuqoridagi qulayliklarga ega ekanligi tadbirkor va biznesmenlar uchun ayni muddao hisoblanadi.
Bilamizki marketing sohasi anʼanaviy va raqamli marketing turlariga bo‘linadi, reklama esa har ikki marketing turlarida amalga oshiriladi yaʼni reklama ham marketing turiga qarab ikkiga bo’linadi:
1.anʼanaviy
2.raqamli
Umumiy reklama bu (lot. Reklamo —qichqirtmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko‘riladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborot hisoblansa,1raqamli reklama esa internet orqali tovarlar va xizmatlarni targ‘ib qilish va tarqatish vositasi.Raqamli reklama - raqamli marketing strategiyasining bir qismi bo‘lib, ushbu sohada virtual ommaviy axborot vositalari uchun ishlab chiqarilgan strategiyalarning katta qismini qamrab oladi.Shu maʼnoda, raqamli reklama raqamli hayotimizga tobora ko‘proq kirib borishi tufayli mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish va tarqatishning afzal usuliga aylandi. 2
Internet va mobil gadjetlardagi raqamli reklama anʼanaviy media reklamasidan o‘zib ketdi va 2013 yilda birinchi marta televideniye reklamasidan ko‘ra ko‘proq reklama xarajatlarini keltirib chiqardi. Raqamli reklama global bozorda potensial mijozlarni yaxshiroq yo‘naltirishning samarali usuli hisoblanadi. Dalillar shuni ko‘rsatadiki, korxonalar o‘zlarining reklama eʼtiborini tobora ko‘proq anʼanaviy mediadan raqamli mediaga o‘tkazmoqdalar. Anʼanaviy media reklama hali ham o‘z asosini saqlab qolgan bo‘lsada, raqamli reklama kompaniyalar mahsulotlarini ilgari surish uchun ko‘proq samara beradi va sotuvchilar o‘z mijozlarini, xususan, yosh isteʼmolchilarni yaxshiroq yo‘naltirish uchun ko‘proq raqamli reklamadan foydalanishlari kerak.3Raqamli reklama nafaqat ko‘plab afzalliklari tufayli, balki reklama beruvchilarga o‘zlarining potensial mijozlariga murojaat qilish va tezkor fikr-mulohazalarni olish uchun qo‘shimcha vositani taqdim etgani uchun anʼanaviy reklama uchun katta muammo sifatida paydo bo‘ldi. Reklama sanoati raqamli dunyoga o‘tib, anʼanav iy ommaviy axborot vositalarini qayta qurishga majbur qilmoqda. Internet qidiruv tizimi giganti Google reklamadan topayotgan pullarning 90 foiziga yaqini raqamli reklama tadbirlarni amalga oshirib berishi ortidan topadi. Eng mashhur ijtimoiy tarmoq kompaniyasi Facebook 2014 yilning birinchi olti oyida 5,4 milliard dollar ishlab topdi bilamizki bu kompaniya ham asosiy daromadi raqamli reklama tadbirlarni amalga oshirib berishi orqali topadi. Bundan shuni anglash mumkinki raqamli reklama tadbirlarning kundan kunga ortib borishi bu uning samaradorligi yuqoriligidan dalolat beradi Raqamli reklama xususiyatlari: raqamli reklama mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish va tarqatish bilan tavsiflanadi bundan tashqari, raqamli reklama raqamli darajada marketing harakatl arining aksariyat qismini birlashtiradi va isteʼmolchilar bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkonini ham berishi mumkin bo‘ladi4.
Raqamli yangilanishlar va raqamli reklamadan foyda ko‘radigan har bir jihat va platformalardan to‘g‘ri va amaliy foydalanishni bilish tufayli biz uning bizga beradigan ko‘plab afzalliklarini nomlashimiz mumkin, ular orasida:Ulash - internet bizga raqamli platformalar yoki turli xil ijtimoiy tarmoqlar orqali real vaqt rejimida global aloqa qilish imkonini beradi, bu esa turli tashkilotlar o‘z brendini tanitishga muvaffaq bo‘lgan eng oson va tezkor usul sifatida tarjima qilinishi mumkin. Shuni tushunish kerakki, raqamli reklama bilan ishlash mahsulotimiz yoki xizmatimiz biz xohlagan tarzda joylashishi uchun foydalanuvchilarimiz va mijozlarimiz ichida mezonlarni yaratishga imkon beradi. Segmentatsiya qobiliyati - raqamli reklama bizga imkon beradigan afzalliklardan biri bu biz tomonimizdan yaxshi segmentatsiyaga erishishdir, segmentatsiya haqida gapirganda, biz auditoriyani o‘zimiz hal qila oladigan ehtiyojlar xilma-xilligiga ko‘ra taqsimlashni nazarda tutamiz. Ayollarga qaraganda bolalar uchun raqamli reklama yoki ayollarga qaraganda erkaklar uchun raqamli reklama taqdim etish bir xil emas. Shuning uchun bizning segmentatsiya bo‘yicha tadqiqotlarimiz har bir mijozimiz yoki foydalanuvchimiz uchun juda aniq va aniq reklamalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Natijalarni o‘lchash - bu raqamli reklama bizga taqdim etadigan eng yaxshi imtiyozlardan biridir. Natijalarni o‘lchash bizga reklamamiz bozorda qanday taʼsir ko‘rsatganini matematik asoslardan tahlil qilish imkonini beradi bulardan tashqari tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq maʼlumot olinadi budan tashqari fidbek olish orqali isteʼmolchilardan fikr mulohazalarni olish imkoniyati ham mavjuddir. 5
Xulosa shuki bugungi kunda mamlakatimizda boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar singari biron bir mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishdan ko‘ra uni isteʼmolchilar etiborin jalb qilish hamda ishonchini qozonish juda qiyin bo‘lib bormoqda chunki uni bozorga taklif etish juda katta mablag‘larni va ko‘plab malakali mutaxassislarni talab etadi bu esa endi ish faoliyatini boshlayotgan biznes uchun katta muammo tug‘diradi. Bu muammolarni bartaraf etishda raqamli reklama turlaridan foydalanish muqobil yo‘lga aylanmoqda chunki bu reklama jarayonida biz ham mablag‘imizni ham mijozlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, tovar yoki xizmatlarni isteʼmolchilarga yetkazishda juda katta mablag‘larni talab etuvchi reklama sohasini ham raqamlashtirish va raqamli reklamalardan foydalanish foydadan holi bo‘lmaydi. Raqamli reklama nafaqat ko‘plab afzalliklari tufayli, balki reklama beruvchilarga o‘zlarining potensial mijozlariga murojaat qilish va tez-tez tezkor fikr-mulohazalarni olish imkoniyati borligi uning eng ustuvor tomonlaridan biri hisoblanadi shu sababli raqamli reklamadan foydalanishni ko‘proq ommalashtirish ham isteʼmolchilar ham biznes uchun qo‘shimcha qulayliklarni beradi.

Download 25.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling