Biznes reja loyihasi uchun qisqacha investitsiya


Investitsiya loyihalarining tashkiliy asoslari


Download 69.61 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1354489
1   2   3
Bog'liq
Baholash ishi va investitsiyalar

Investitsiya loyihalarining tashkiliy asoslari

  • Investitsiya loyihalarida xarajatlar tarkibi

  • Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlili


    Xulosa
    “ASIA ALLIANCE BANK” ATB da amaliyot o’tash natijasida quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi.
    Mamlakatda samarali investitsiya loyihalarini o’zlashtirish orqali milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va rivojlantirish bilan bog’liq ko’pgina vazifalarni hal etishga muvaffaq bo’lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo’shicha faoliyat va ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishini ta’minlab qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko’rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko’payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi, milliy iqtisodiyotdagi ko’pgina ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda ham muhim omil bo’lib hisoblanadi.
    Investitsiya bo’yicha qarorlar qabul qilish loyihani amalga oshirishning asosini tashkil etadi va u bir qancha mezonlarga asoslanadi. Investitsiyalash to’g’risidagi qaror loyihaning maqsadga muvofiqligini tavsiflovchi tahliliy ma’lutlarga asoslanib qabul qilinadi.
    Xulosa o‘rnida yana shuni ta’kidlash joizki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi. Umuman olganda barcha tijorat banklari o‘z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko‘rsatkich foyda hisoblanadi. Hozirda banklarning investitsion faoliyatini samarali amalga oshirishda quyidagi muammolar mavjud:

    1. Birinchi navbatda, milliy valuta barqarorligini ta’minlash, inflatsiya darajasini me’yorida, bir maromda ushlab turish, chunki valuta barqarorligi past va inflatsiya darajasi yuqori bo’lsa investitsiya faoliyatidan kelajakda daromad juda ham past darajada yoki daromad keltirmasligi mumkin;

    2. Qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo’qligi banklarning faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi;

    3. Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion va emission siyosatining sifatini pastligi va ularda qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi;

    4. O’zbekistоn Respublikasida emitentlardan o’z хo’jalik-mоliyaviy hоlati, ishlab chiqarish faоliyati, aksiyalar, to’langan dividendlar, оlingan darоmad, sоf fоyda va shunga taaluqli ma’lumоtlarni оshkоr etish talab etiladi. Ammо ta’kidlash lоzimki, hоzirda respublikamiz оmmaviy aхbоrоt vоsitalarida emitentlar tоmоnidan e’lоn qilayotgan ma’lumotlar juda sust holatda tarqatilmоqda. Bu esa bo’lajak investorlar uchun yetarli ma’lumot оlоlmayotganligi, hamda qimmatli qog’ozlarga sarmoya sarflashiga shоshilmayotganiga оlib kelmоqda.

    Yuqoridagi amalga oshirilgan bir qator tahlillar natijasida quyidagi bir
    nechta takliflar va tavsiyalarni taqdim etamiz:

    • O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini rivojlantirish orqali bank kapitalini rivojlantirish;

    • Mamlakat miqyosida iqtisodiyot va moliya tizimini imkon qadar elektronlashtirish, bank-moliya tizimiga eng so‘nggi texnologiyalarni jalb etish.

    • Kapital qo’yilmalarini moliyalash manbalarini oqilona shakllantirish, ularni samarali sarflash;

    • Kreditning yangi turlarini rivojlantirish;

    • Bank kafolatlariga, sug’urta tashkilotlari kafolatlariga e'tiborni kuchaytirish bilan bir qatorda kafolat bozorini rivojlantirish;

    • tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash.

    Download 69.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling