Biznes reja loyihasi uchun qisqacha investitsiya


-rasm. Loyiha boshlang’ich holatdan yakuniy holatga o’tish tizimi jarayoni sifatida


Download 69.61 Kb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1354489
1   2   3
Bog'liq
Baholash ishi va investitsiyalar

1.1-rasm. Loyiha boshlang’ich holatdan yakuniy holatga o’tish tizimi jarayoni sifatida
Loyihani amalga oshirish natijasi sifatida fizik ob’ektlar (bino, inshootlar) maydonga chiqqan holatlarda loyihaning aniqlanishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- loyiha – maqsadli yo’naltirilgan, oldindan ishlab chiqilgan va yaratilishi rejalashtirilgan yoki modernizatsiya qilinuvchi fizik ob’ektlarni, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik yoki tashkiliy hujjatlashtirishni, moliyaviy, mehnat yoki boshqa resurslarni, shuningdek, ularning bajarilishi bo’yicha boshqaruv qarorlari va tadbirlar tizimi tushuniladi.
Loyiha tarkibi: texnik, qurilish va iqtisodiy qismi.
Bino va inshootlar qurilishi loyihasi texnologik, qurilish va iqtisodiy qismdan iborat bo’ladi.
Texnologik qism tovar ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasi bilan bog’liq loyiha qarorlarini, uskunalarning turlari va harakterini, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini o’z ichiga qamrab oladi.
Qurilish qismi qurilish hajmi (bino va inshootlarning qlchami, yo’llar va ularning qlchami, etajlar tuzilishi va h.k.)ni, konstruktiv qarorlar (materiallarni tanlash, yig’ma konstruktsiyalarni qqllash)ni va qurilishni tashkil etish loyihasi va boshqa kerakli hujjatlardan tarkib topadi. Bu qismda qurilish materiallari, konstruktsiyalari, detallari, mashina va uskunalar, transport vositalari, qurilish uchun ishchi kadrlarga bo’lgan talab hisob-kitob qilinadi va qurilishi mqljallangan har bir obyekt uchun qurilish-montaj ishlari hajmi, qurilish-montaj ishlarining ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlari hisob-kitob qilinadi.
Loyihaning iqtisodiy qismi loyiha joylashadigan joyni tanlash, korxona tarkibi va quvvatini aniqlash bilan bog’liq hisob-kitoblarni qz ichiga oladi. Unda korxonaning kerakli resurslar bilan ta’minlanishi, mahsulotni sotish kanallari, mahsulot tannarxi asoslanadi.
Loyihalashtirish bosqichlari.
Loyihalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- Texnik iqtisodiy asoslash (TEO);
- Texnik loyiha (asosiy loyihaviy qarorlar, qurilishshning umumiy smeta qiymati, bo’lg’usi korxonaning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari);
- Texnik loyiha asosida amalga oshiriladigan ishchi chizmalar.
Bino va inshootlar qurilishini loyihalashtirish bir yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Bir bosqichli loyihalashtirish tipovoy yoki takroriy individual loyihalar bqyicha quriladigan korxona, bino va inshootlar, shuningdek texnik jihatdan qiyin bqlmagan qurilishlar uchun mqljallangan; ikki bosqichli loyihalashtirish esa – alohida bino va inshoatlar uchun mqljallangan. Bunda bosqichlilik qat’iy belgilanmagan.



  1. Download 69.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling