Biznes rejada boshqaruvni tashkil etish shakllarining ifodalari
Download 37.8 Kb.
|
BIZNES REJADA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH SHAKLLARINING IFODALARI..
BIZNES REJADA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH SHAKLLARINING IFODALARI REJA: 1. Boshqaruvning tashkiliy strukturasi va boshqarish usullari 2. Boshqaruv funksiyalari. 3. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi haqida tushuncha. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi haqida tushuncha Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo‘g‘inlari va bosqichlarining miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bolishi uning ish imkoniyati yuqori bolishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‘g‘inlar qancha kam bolsa, boshqaruv shunchalik samarali boiadi. Boshqaruv bo‘g‘inlari — bu bitta yoki bir qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma unsurlari, ularning bolinmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir Maqsad — bu muddao, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Ay nan shu maqsad kishi faoliyatini o‘z orzularining ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq sohaga ishga yo‘naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun juda zarurdir. Chunki, aynan shu maqsadga binoan boshqaruv funksiyalari, boshqaruv usullari, boshqaruvning tuzilmaviy tarkibi va lavozimlarni belgilash, kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. Maqsadlar - bu aniq yakuniy holatlar bo‘lib, u yoki bu subyekt (tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadi. To‘g‘ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishi kerak bo'lgan bir necha asosiy talablar mavjud. Ular quyidagicha bo‘lishi kerak: - haqiqiy; - egiluvchan; - o'lchanadigan, vaqtga qaratilgan; - aniq; - bir-birlari bilan birga bo'la oladigan; - ta’sirning asosiy subyektlari uchun qulay. Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq muddatli va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko‘proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi. Agar zaruriyat vujudga kelsa, yana oraliq (o‘rtacha muddatli) maqsadlar ham belgilanadi. Qisqa muddatli yoki joriy maqsadlar deganda 1 yil ichida, yil choragi, 1 oy va undan kamroq muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bolim lari oldida 1 yil mobaynida amalga oshirilishi mo‘ljallangan funksional joriy maqsadlar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtayi nazaridan yondashuv, ya’ni har bir bolinm a maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar belgilanishining asoslab berilishi barcha bo‘g‘inlar va darajalarda boshqaruv ishonchliligini oshirish kafolatini beradi, butun boshqaruvning apparati harakatlarining puxta bo‘lishini belgilaydi. Istiqbol maqsadlar deganda 5 yil yoki undan ko'proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishdek u!ug‘vor maqsad quyidagi 3 ta bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi: 1997—2001-yillar — mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy va moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish; 2001—2005-yillar — milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish; 2005 va undan keyingi yillar — to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar kunda talab qilinadigan maqsadlardir. Fursatli maqsadlar deganda biror-bir muammoni hal etish zaruriyati tug‘ilgan hollarda paydo bo‘ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jihozlarni yangilash, ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo‘ladi. Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug‘ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda korxona uchun kutilmagan, favqulodda yuzaga kelgan muammoni yechish uchun o‘rtaga qo‘yiladi. Innovatsion maqsadlar deganda yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish bo‘yicha qo'yiladigan uchinchi guruh maqsadi ardir. Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion bo'lishi mumkin. Biroq maqsadning o‘zi birov uchun oddiy, boshqa uchun muammoli, hatto innovatsion bo'lishi mumkin. Rahbarlardan biri o‘sha maqsadni yechish usullarini mukammal biladi, ya’ni uning bilimi va mahorati yetarli bo‘lib, uni hech qiynalmay yechadi. Boshqa rahbar esa bu maqsadni o‘zi uchun murakkab va muammoli tarzda qabul qiladi. Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun «yillik sotiladigan mahsulotning hajmini tahlil qilish» oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bolim i xodimi uchun bu muammo bo'ladi. Boshqaruv tizimida bir necha o‘zaro bog‘langan maqsadlar mavjudligida maqsadlar tizimi (daraxti)ni qurish zaruriyati vujudga keladi. U maqsadlar ierarxiyasini, ya’ni umumiylik, ahamiyatlilik va maqsadga erishishning izchilligi darajasi bo'yicha joylashgan, bir-biriga bo'ysunuvchi maqsadlarning tartibga solingan majmuasini qurishdan iboratdir. Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo‘ysunishi, yuqori maqsadning quyi maqsadga ega bo'lishi, maqsadlarning o‘zaro munosabatda bo'lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida «Maqsadlar shajarasi» deb atalgan maxsus usul qo‘llaniladi. «Maqsadlar shajarasi» — bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqasining to‘la manzarasini tasawur qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to‘g‘risida axborotga ega bo'lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo'li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga yetkazishni ta’minlaydi. «Maqsadlar shajarasi» ierarxiya ko‘rinishida bir necha darajalardan: — bosh maqsad; — birinchi darajali maqsadlar; — ikkinchi darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi. Boshqaruv funksiyalari Boshqaruvga jarayon sifatida qarash kerak. Boshqaruv jarayoni — bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro boglangan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yig‘indisi bo‘ladi. Boshqaruv funksiyalari — bu boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday deb hisoblanish uchun boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bolishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bolgan harakat tushuniladi. Boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan harakatlar va funksiyalarning mazmuni tashkilotning turi (ma’muriy, ijtimoiy, ta’lim va h.k.), uning faoliyati kolam i va sohalari (ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar ko'rsatish), boshqaruv ierarxiyasidagi darajasi (boshqaruvning yuqori, oltacha yoki quyi darajasi), tashkilotichidagi roli (ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar) va bir qator boshqa omillarga bogliq. Download 37.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling