Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish metodlari


Download 1.85 Mb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1431490
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI O‘RGANISH METODLARI

Asosiy tushunchalar

Ijtimoiy munosabatlar va muomalani o’rganish mezonlari. Sosiometrik mezon. Kommunikativ mezon. Gnostik (bilish) mezonlar. Bevosita munosabatlarni baholash usullari. Munosabatlarga ta’sir ko’rsatuvchi odamning xususiyatlarini baholash metodlari.

Ijtimoiy munosabatlar aslida odamning siyosiy munosabatlaridan tortib, uning shaxslararo munosabatlari xususiyatlarini o’z ichiga olgan murakkab jarayondir. Bu jarayonni turli nazariy oqim vakillari o’zlaricha o’rganishlari ma’lum. Masalan, interksionizm vakillari uni shaxslararo o’zaro ta’sirning turlicha namoyon bo’lishi shaklida tushunsalar, ijtimoiy almashinuv nazariyasi tarafdorlari – odamlarning bir-birlariga nisbatan talablari, kutishlari va manfaatdorliklarining o’zaro almashinuvi jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Umuman olganda, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, diniy, ma’naviy sohalarda ro’y beradigan shakllarini farqlash mumkin.

Ijtimoiy munosabatlarni qanday yo’l bilan, qanday mezonlarga asoslanib o’rganish masalasi ham katta ahamiyatga ega. Bunda asosan 3 ta mezon nazarda tutiladi:

shunday savolni nazarda tutadiki, uning yordamida jamoadagi odamlar o’rtasidagi munosabatlar aniqlanadi.

sosiometrik mezon;

kommunikativ mezon;

sosiometrik tanlov sharoitlarida kimni, nima uchun tanlayotganligi to’g’risida aniq tasavvur xosil bo’lishini nazarda tutadi.

gnostik (bilish) mezon.

muloqatga kirishuvchi shaxslarning bevosita shaxsiy xususiyatlarini bilishni asos qilib olgan tarzda munosabatlarni qurishni nazarda tutadi.

Ma’lumki, psixologiyada verbal-lingvistik, paralingvistik hamda noverbal muloqat vositalari farqlanadi. Odamning gapirayotgan gapining mazmuniga qarab, suhbatdosh uning niyat, maslaklarini, munosabatlarini bila olishi masalaning bir tomoni. To’g’ri, aynan shu yo’l suhbatdoshlarning ijtimoiy muloqoti xarakterini ma’lum ma’noda belgilaydi. Lekin, gnostik nuqtai nazardan muloqot jarayonida suhbatdoshning so’zlari mazmunidan tashqari ishlatadigan belgilari katta informatsion xususiyatga ega.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling