Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish metodlari


Muloqotning paralingvistik vositalari


Download 1.85 Mb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1431490
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Muloqotning paralingvistik vositalari deganda, nutqning atrofidagi belgilar nazarda tutiladi. Bu nutqdagi intonasiya, gapirish tezligi, baladligi va tovushlarga xos xususiyatlardir. Noverbal vositalar esa so’zsiz va umuman nutqqa aloqasi bo’lmagan, lekin har qanday muomala jarayonida bo’ladigan belgilar nazarda tutiladi. Bu – odamning qiliqlari, yuzidagi belgilari, pantomimika, suhbatdoshlarning o’zaro fazoviy joylashishlari, uchrashuv vaqti-soati, kulgi yoki yig’i kabilardir.

Muomalaning turli vositalarini diagnostika qilish


Muloqotda suhbatdoshlarning ko’z qarashlari – vizual kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt – bu qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statika va dinamik almashinuvlar, ko’z olibqochishlar va boshqalardir. Argayl shulardan kelib chiqib, “yaqinlik (intimlik) formulasi”ni ishlab chiqqan va bunda intimlilik darajasi suhbatdoshlarning o’rtasidagi masofaga va ko’z qarashlarga bog’liqligini isbotlagan. Chunki ko’z qarashlar suhbatdoshning muloqotga tayyorligi, uni davom ettirish kerak yoki kerak emasligi haqida ma’lumot berib, suhbatning yo’nalishini belgilaydi.

Yana bir muhim ta’sirchan belgilar majmuini o’ziga mujassam etgan soha – bu yuzimizdir. Ilmiy adabiyotda yuz qiyofasining 2000 dan ziyod qirralari aniqlangan. Ularni ma’lum tartibda tizimga solish uchun P. Ekman “FAST” – Facial Affect Scoring Technique deb nomlangan metodikani ham taklif etgan. Unga ko’ra yuz uch zonaga bo’linadi:

Yana bir muhim ta’sirchan belgilar majmuini o’ziga mujassam etgan soha – bu yuzimizdir. Ilmiy adabiyotda yuz qiyofasining 2000 dan ziyod qirralari aniqlangan. Ularni ma’lum tartibda tizimga solish uchun P. Ekman “FAST” – Facial Affect Scoring Technique deb nomlangan metodikani ham taklif etgan. Unga ko’ra yuz uch zonaga bo’linadi:

I – ko’z va peshona,

II – burun va burun oldi,

III – og’iz va iyak zonasi.

Ularning har birida turlicha bo’ladigan 6 xil emosional holatlar ajratiladi – quvonch, jahl, hayrat, qo’rquv, g’am va nafrat.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling