Biznes rejada boshqaruvni tashkil etish shakllarining ifodalari


Boshqaruvning tashkilotdagi funksiyalari


Download 37.8 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi37.8 Kb.
#1421281
1   2   3
Bog'liq
BIZNES REJADA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH SHAKLLARINING IFODALARI..

Boshqaruvning tashkilotdagi funksiyalari turli-tumanligiga qaramasdan faoliyatning bir xildagi turlari mavjud boiadi. 1916-yilda ushbu konsepsiyani birinchi bolib ishlab chiqqan A. Fayolning yozishicha, beshta dastlabki vazifalar mavjud boiadi: boshqaruvni oldindan aytib berish va rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni bildiradi.
Gap u yoki bu tashkilotni xususiyatlari (olchami, belgilanishi, mulkchilik shakllari va h.k.)dan qat’i nazar boshqaruvning har qanday jarayoni tarkibiy qismlari bolgan vazifalar haqida ketmoqda, shuning uchun ularni umumiy deb ataydilar. Zamonaviy tadqiqotchilar boshqaruv funksiyalarining boshqa ro‘yxatini ishlab chiqqanlar: rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish (yoki buyruqlar berish), motivatsiya, rahbarlik, muvofiqlashtirish, nazorat, kommunikatsiyalar, tadqiqot qilish, baholash, qarorlar qabul qilish, xodimlarni tanlash, vakillilik va muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.
Amalda boshqaruv bo‘yicha har bir ishda umumiy boshqaruv funksiyalari boshqarishdan biroz farq qiladi. Shunga qaramasdan, boshqaruvning beshta umumiy funksiyalarini ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: — rejalashtirish (maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha harakatlar rejasini tanlash); — tashkil qilish (vazifalarni bolinm alar yoki xodimlar o‘rtasida taqsimlash va ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish); — motivatsiya (ijrochilarni rejalashtirilgan harakatlarini amalga oshirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga rag‘batlantirish); — muvofiqlashtirish (ratsional aloqalarni olnatish yoli bilan boshqarilayotgan tizimning har xil qismlari oltasida moslik va muvofiqlikni ta’minlaydi); — nazorat (haqiqiy erishish mumkin bolgan yoki erishilgan natijalarni rejalashtirilganlari bilan taqqoslash). Keyingi mavzularda boshqaruvning umumiy funksiyalarining har birini izchil ko‘rib chiqamiz.
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo‘g‘inlari va bosqichlarining miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bolishi uning ish imkoniyati yuqori bolishini kafolatlaydi, ya’ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‘g‘inlar qancha kam bolsa, boshqaruv shunchalik samarali boiadi. Boshqaruv bo‘g‘inlari — bu bitta yoki bir qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma unsurlari, ularning bolinmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.

Download 37.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling