Biznes rejaning mohiyati va vazifalari


Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish


Download 69.89 Kb.
bet9/11
Sana19.06.2023
Hajmi69.89 Kb.
#1623702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Biznes rejaning mohiyati va vazifalari

Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish. Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ularning ro‘yxati, oylik yoki yillik sotilgan mahsulot soni va hajmi beriladi. Bu bo‘limning maqsadi-kreditorlarni (banklarni), investorlarni yoki yangi foydalanuvchilarni mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investorni o‘z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z haridoriga ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, narxni kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar).
Bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sish strategiyasi. Marketing rejasida asosiy muvaffaqiyat omillari (masalan, bozor uchun yangi mahsulot, vaqtdan yutish, bozorga chiqishdagi afzallik va boshqalar), narxlarga yondashish, sotish usullari va mahsulot reklamalari ko‘rsatiladi. Biznes strategiyasi quyidagi bozor axborotlariga suyanadi: ishlab chiqarishning o‘lchamlari, jug‘rofiy tavsif va raqobatning mavjudligi, imkoniyatlari.
Marketing rеjasi. Markеting rеjasi biznеs-rеjaning muhim qismidir. Unda mahsulotlarni qay tartibda taqsimlanishi, bahoni o’rganish, bozorlarda mahsulot harakati haqida ma'lumotlar doimo bеrib turiladi. Bundan tashqari ayrim mahsulot turlari bo’yicha foydalilik haqida oldindan ma'lumotlar bеrilishi mumkin.
Bu bo‘limda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi: ishbilarmon tanlagan tovarlar va ularni sotish usullari; mahsulotni oluvchi haridorlar; narx siyosati; haridorlarga xizmat ko‘rsatish uslubi va bozorni kengaytirish usullari (ya’ni haridorlarni izlash).O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib va bozorni o‘rgangandan so‘ng, ishbilarmon, ommaviy tovar strategiyasini yoki ixtisoslashgan strategiyani tanlaydi. Shuningdek u, mahsulotni qanday usullar bilan o‘tkazishni ko‘rib chiqadi: mahsulotni ulgurji, chakana sotish, ishchi kuchi va pul harajatlari hisoblanadi.
Biznеs-rеjaning markеting rеjasi bo’limida markеting haqidagi quyidagi ma'lumotlar kеltiriladi:
Bozor sеgmеntatsiyasi
Maqsadli bozorlarni tanlab olish
Bozorga kirish uslublarini tanlash (o’z salohiyatini qo’llash, boshqa firmalarni sotib olish yoki ular bilan hamkorlik qilgan holda
Markеting elеmеntlarini tanlash (mijozga tovar yoki xizmatlar; sotish joyi, tovar yoki xizmatlarni bozorga siljitish va narxlari orqali)
Firmani bozorga kirish vaqtini tanlash (ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish quvvatlarini tashkil etish, mamlakat iqtisodiyotidagi ahvol, asosiy raqobatchilarning bozordagi o’rni va h.k.)
Bozorni segmentlash kichik firmalar uchun ham maqsadga muvofiqdir. U doimiy va potensial haridor aniqlangach, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerakligi haqidagi savol bo‘yicha ma’lumotlar tahlili asosida hal qilinadi.

Download 69.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling