Xaydarova Nodiraning "Shaxs psihologiyasi"


Download 113.66 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi113.66 Kb.
#1618219
Bog'liq
шахс психология такдимот н


Al-Buxoriy Universiteti
Pedagogika va Psixologiya fakulteti
1-kurs sirtqi 2-guruh talabasi
Xaydarova Nodiraning
“Shaxs psihologiyasi”fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Tekshirdi: N.Ubaydullayev

Mavzu: Shaxs strukturasi

Mavzu: Shaxs strukturasi

Reja 1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha 2. G`arb psixologiyasida shaxs nazariyalari 3. Shaxsning psixologik tuzilish 4. Xulosa

Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ, shaxs, individuallik tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog`lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo`q, oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o`sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo`la oladi. Individ sifatida yorug` dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy- tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog`idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo`lib, u yoshligidanoq shu tayyor ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov, ya’ni oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi, ijtimoiy guruh ichida odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog`liq bo`lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. 


Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatigerishadi, natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy o`rin egalladi. Psixolog olimlar tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog`liqlikka ega. Bu kontekstda xulq motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta’sir o`tkazishning samarali yo`l-yo`riqlarini qidirishni eslatib o`tishning o`zi kifoya. Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo`yicha B.G.Ananevning fikricha, psixologik hodisalarni aql, hissiyot va irodaga ajratilish, inson psixologiyasida strukguraviy yondashish tajribasining dastlabki ko`rinishi bo`lib, uning haqchilligi ko`pgina psixologlar tomonidan tan olinishidir.
B.G.Ananev strukturaviy yondashishning boshqa variantlari tariqasida turlicha psixik hodisalar bilan qarama-qarshi aloqalarning e’tirof etilishi - psixik aktlarning psixik funktsiyalar, ongning ongsizlik, tepdentsiyalarning todentsiyalar bilan uyg`unligini ta’kidlaydi.
B.G.Ananev
Shaxs tuzilishi muammosini uzil-kesil hal qilinishi, yechimini topish uchun ayrim shartlarga rioya etilishi lozim. Birinchidan, "shaxsning munosabati" tushunchasi mohiyatini yaqqol ochish, ikkinchidan, shaxsning xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurlarni detallantirgan holda ishlab chiqish darkor. V.S.Merlinning faktlar konstatatsiyasiga binoan "simptomokompleks" bahs tuzilishining bayoniy va statik tavsifini bildiradi, xolos", xolbuki shunday ekan “mazkur ijtimoiy sharoitlarda shaxs tuzilishining rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlari" o`rnatilishi joiz. Ko`pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik tavsifi qiyofasining tuzilishida yetakchi rol o`ynashi va qayd etishi ta’kidlanadi.
Shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillattiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl -uning jamiyatdagi hayot yo`li, muayyai iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan xizmati uning e’zozlanishiga, hattoki milliy ma’naviy boylik, tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga ko`tarilishi mumkin. Insonning faoliyat sub’ekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu sohadagi taraqqnyotning mahsuli - ongi kiradi. Inson amaliy faoliyatning sub’ekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funktsiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida, egallanilgan, o`zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo`ladi.
Nazariy faoliyatning ob’ekt bo`lmish inson o`zining bilimlari, kasbiy ko`nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o`ziga xos alomatlar tizimi bilan bevosita bog`liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o`sib o`tishi natijasida ijodiy mahsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Ajdodlar salohiyati mahsullarining uzviy bog`lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o`zaro uyg`unlashuvini taqozo etadi, vaholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik alomati, mahsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta’minlaydi. Faoliyat tajribalar bilan uzviy bog`lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo`nalganligi, amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko`tariladi.
Xulosa
Inson hayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rolь o`ynaydi, uning faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson uchun go`yoki ushalmagan orzu, g`amgin tuyg`ularning jonlashuvi, komfortga intilishga da’vat etuvchi hissiyot, ijtimoiy va yakkahol turmushni baholash mezoni, faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og`ushiga tortuvchi doimiy turtki, loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir.
Download 113.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling