Biznes subyektlarning bankrotligi. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Biznes faoliyatining mulkiy asoslari
Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari
Download 40.5 Kb.
|
2 - mavzu
6.4. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonu¬niga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkor bankrotli¬gining asosiy belgisi bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan jami talablar eng kam ish haqining o‘ttiz baravarini tashkil etishi va ushbu majburiyat vaqti kelgandan keyin 3 oy muddat ichida amalga oshirilmaganligidir. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga qarzdor, yakka tartibdagi tadbirkor, kreditor, prokuror, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablar, shuningdek, shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablar qo‘yadigan kreditorlar bundan mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotgan paytda hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish to‘g‘risidagi talablarni, shuningdek, shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablarni qo‘yayotgan kreditorlar o‘z talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular bankrotlik taomili qo‘llanilayot¬ganda bildirilmagan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor¬ning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga qarzlarni to‘lash rejasi ilova qilinishi mumkin, rejaning nusxalari kreditorlarga va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga jo‘natiladi. Kreditorlarning e’tirozi bo‘lmasa, xo‘jalik sudi qarzlarni uzish rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritilishini uzog‘i bilan ikki oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. Qarzlarni uzish rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: •rejani amalga oshirish muddati; •qarzdor yoki uning oila a’zolariga iste’moli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdori; •kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda yuborish mo‘ljallanayotgan summa miqdori. Xo‘jalik sudi bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni to‘lash rejasini o‘zgartirishi, shu jumladan, uni amalga oshirish muddatini uzaytirishi yoki qisqartirishga, qarzdor yoki uning oila a’zolari iste’moli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini ko‘payti¬rishga yoki kamaytirishga haqlidir. Agar, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni uzish rejasini bajarishi natijasida kreditorlarning talablari to‘la hajmda qanoat¬lantirilgan bo‘lsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatilishi kerak. Qarzdor bankrot deb topilgan taqdirda tugatishga doir ish yuritish boshlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tugatish mas¬sasiga qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklar kiritilmaydi. Xo‘jalik sudi qarzdorning hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan yakka tartibdagi tadbirkorning qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lgan, nolikvid mol-mulklarni yoki realizatsiya qilingan¬da tushgan daromad kreditorlarning talablarini qondirishga mohi¬yatan ta’sir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqa¬rishga haqli. Yakka tartibdagi tadbirkorning tugatish massasidan chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati eng kam ish haqining ellik baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday mol-mulkning ro‘yxati xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza xo‘jalik sudiga berilganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkorning o‘z mol-mulkini tasarrufidan chiqarish yoki boshqa manfaat-dor shaxslarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimlar hisoblanadi. Xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini xatlab qo‘yadi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdorning pul majburiyatlari bajarilishi xususida uchinchi shaxslar tomonidan asoslantirilgan kafillik berilgan yoki boshqa kafolatlangan ta’minot taqdim etilgan taqdirda xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorning iltimosnomasiga binoan yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini (mol-mulkining bir qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga binoan, xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga erishishi uchun bankrot¬lik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni uzog‘i bilan bir oy muddatga keyinga qoldirishi mumkin. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganligi to‘g‘risidagi dalillar yoki kelishuv bitimi taqdim qilinmagan taqdirda, sud yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb topilgan vaqtdan boshlab: •qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati bosh¬langan deb hisoblanadi; •qarzdorning barcha majburiyatlari bo‘yicha neustoyka (jarima, penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksi¬yalar bekor qilinadi; •qarzdordan barcha ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvlar ham bekor qilinadi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha, shuningdek, hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha ijro hujjatlari bundan mustasno. Yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorni xo‘jalik sudi aniqlangan barcha kreditorlarga ular o‘z talablarini taqdim etadigan muddatni ko‘rsatgan holda jo‘natadi, bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Xo‘jalik sudining ana shunday qarorini yuborish yakka tartibdagi tadbirkor hisobidan amalga oshiriladi. Xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilgan paytdan boshlab uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qo¬tadi, shuningdek, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun unga berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatiladi. Xo‘jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaror nusxasini ayni shu shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olgan organ va litsenziyalovchi organga yuboradi. Xo‘jalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish¬ni boshlash to‘g‘risidagi qarori hamda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi qarzdor¬ning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun sud ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ko‘chmas mol-mulkini yoki qimmatli ko‘char mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur bo‘lganda xo‘jalik sudi mazkur maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga to‘lanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bu hollarda, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi. Qarzdor¬ning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek, mavjud naqd pul mablag‘lari yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan xo‘jalik sudining depozitiga kiritiladi. Kreditorlarning bildirilgan talablari asosida xo‘jalik sudi kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Avval bankrotlik ishini ko‘rish va xo‘jalik sudining yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi, keyingi o‘rinda budjetga majburiy to‘lovlar, garov bilan ta’minlangan talablar va boshqalar qoplanadi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tugaganidan keyin sud harakatlari amalga oshirilayotgan paytda kreditorlar tomonidan qo‘yilgan talablardan ozod etiladi. Hayot yoki sog‘liqqa zarar yetkazish, aliment undirish to‘g‘risidagi talablar bankrotlik ishi tugatilgandan keyin ham qo‘yilishi mumkin. Agar qarzdor mulkini yashirganligi yoki uni noqonuniy ravishda uchinchi shaxslarga berganligi fakti aniqlansa, sud harakatlari davomida talablari qondirilmagan kreditorlar undiruvni ushbu mol-mulkka qaratilishini so‘rab murojaat qilishga haqli. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling