Biznes subyektlarning bankrotligi. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Biznes faoliyatining mulkiy asoslari


Download 40.5 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1608282
1   2   3   4
Bog'liq
2 - mavzu

6.2. Sanatsiya

Sanatsiya «sog‘lomlashtirish» ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nochor avholda qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektni davlat tomonidan mablag‘ ajratgan holda unga korxonani qayta oldingi holatiga qaytarish tushuniladi.


Sud sanatsiyasi — xo‘jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishti¬rok¬chilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuning¬dek, uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga yoki bevosita xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqli.
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosno¬masiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali ko‘rsatilgan holda qarzdor¬ning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmog‘i lozim.
Xo‘jalik sudi tomonidan sud sanatsiyasi joriy etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Unda sud sanatsiyasining muddati, sud tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga to‘lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Mazkur ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ham mumkin.
Sud sanatsiyasi ko‘pi bilan yigirma to‘rt oylik muddatga joriy etiladi, bu muddat majburiyatlarni bajarish ta’mi¬notini bergan shaxslar kreditorlarning talablarini qondirish uchun xo‘jalik sudi tomonidan ko‘pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasini joriy etish qonunda belgilangan quyidagi oqibatlarga olib keladi:
•kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
•qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;
•sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka va boshqa iqtisodiy sanksiyalar, to‘lanishi lozim bo‘ladigan foizlar qo‘llanilmaydi.
Sud sanatsiyasi joriy etilganda kuzatuvdagi singari qarzdor va uning boshqaruv organlari qonunda belgilangan ayrim bitimlarni tuzishga va boshqa harakatlarni qilishga haqli emas.
Sud sanatsiyasi joriy qilinganda xo‘jalik sudi tomoni¬dan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tayinlanadi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruv¬chining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan.
Sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanishi yoki tuga¬ti¬lishi mumkin. Ular bir-biridan farq qiladi. Kredi¬torlarning qarzni uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining belgilangan muddati o‘tishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilganda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida xo‘jalik sudiga hisobot taqdim etadi. Xo‘jalik sudi mazkur hisobotni va kreditorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqib, agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni to‘xtatadi. Agar uzilmagan qarz borligini aniqlagan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo‘lsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda bular haqida shikoyat (protest) qilinishi mumkin bo‘lgan ajrim chiqaradi.
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun esa quyidagilar asos bo‘ladi:
•kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
•qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Xo‘jalik sudiga sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatib, tashqi boshqaruvni joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan kreditorlar yig‘ilishiga murojaat qilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi, shuningdek, belgilangan muddat tugashi munosabati bilan ham tamomlanadi. Sud sanatsiyasining tamomlanishi to‘g‘risidagi masala sud majlisida ko‘rib chiqiladi va bu haqda xo‘jalik sudining tegishli sud hujjati qabul qilinadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda majburiyatlarning ta’minot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi, ta’mi¬notdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari to‘g‘risidagi hisobot hamda ta’minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari ham batafsil yoritilgan.


Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling