4- §. Hayotning hujayraviy shakllari


Download 6.58 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.58 Kb.
#1828068
Bog'liq
Hujayraga suv kirganda protoplazmaning faolligi va òtkazuvchanligi

Hujayraga suv kirganda protoplazmaning faolligi va òtkazuvchanligi

9- sinf “Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari” darsligi asosida. 2014

Suv — tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqalgan anorganik modda. Uning miqdori keng doirada o‘zgarib turadi. Tish emali hujayralarida 10% ga yaqin, o‘simlik hujayralarida esa 90% dan ko‘proq suv bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmda suvning o‘rtacha miqdori 80% ni tashkil etadi.

  • Suv — tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqalgan anorganik modda. Uning miqdori keng doirada o‘zgarib turadi. Tish emali hujayralarida 10% ga yaqin, o‘simlik hujayralarida esa 90% dan ko‘proq suv bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmda suvning o‘rtacha miqdori 80% ni tashkil etadi.

Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Tirik organizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasinining zaruriy tarkibiy qismi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy xusu siyatlari bilan aniqlanadi. Bu xususiyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ular ning qutblanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lanishi orqali amalga oshiriladi.

  • Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Tirik organizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasinining zaruriy tarkibiy qismi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy xusu siyatlari bilan aniqlanadi. Bu xususiyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ular ning qutblanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lanishi orqali amalga oshiriladi.
  • Qutblanish deganda molekuladagi zaryadlarning notekis taqsimlanishi tushuniladi. Suv molekulasining bir chekkasi kuchsiz musbat zaryadga ega bo‘lsa, ikkinchisi manfiy bo‘ladi. Bunday molekula dipol deb ataladi.
  • Kislorodning elektromanfiy atomi vodorod atomining elektronlarini o‘ziga tortishi tufayli elektrostatik o‘zaro ta’sir vujudga keladi va suv molekulalari «yopishganday» bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sir ion bog‘lariga nisbatan odatda ancha kuchsiz bo‘lib, vodorod boglar deb ataladi. Suv qutblangan moddalar uchun juda yaxshi erituvchi hisoblanadi.

Suv erituvchi sifatida hujayra moddalarning parchalanishini ta’minlaydi.

  • Shu bilan birga hujayra faoliyati tufayli hosil bo‘lgan moddalar suv yordamida tashqariga chiqariladi. Ko‘pchilik kimyoviy moddalar hujayraning tashqi membranasi orqali faqat erigan holda o‘tishi mumkin.
  • Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta’sirida suv gidroliz reaksiyalarini amalga oshiradi. Bu reaksiyalarda suvning oH– va H+ guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada yangi xususiyatga ega bo‘lgan yangi modda hosil bo‘ladi.

Suv katta issiqlik sig‘imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o‘zgarmaydi yoki hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin.

  • Suv katta issiqlik sig‘imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o‘zgarmaydi yoki hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin.
  • Mineral tuzlar. Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar sifatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko‘rinishida bo‘ladi. Ion holda uchraydiganlar orasida K+, Na+, Ca2+ tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat — qo‘zg‘atuvchanlikni amalga oshirishni ta’minlaydi.
  • Hujayraning buferlik xususiyati uning ichki qismidagi tuzlarning aralashmasiga bog‘liq. Hujayraning ichki muhitini mo‘tadil darajada kuchsiz ishqoriy holatda saqlab turish qobiliyati uning buferligi deb ataladi. Hujayraning ichki muhit buferligini asosan H2Po–4 va HPo42–— anionlari ta’minlaydi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qonda buferlik vazifasini h2Co3 va HCo–3 bajaradi.
  • Kuchsiz kislotalar va kuchsiz ishqorlarning anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil-ionlar (oH–) bilan bog‘lanadi. Natijada hujayraning ichki muhiti buferlik darajasi ya’ni, pH qiymati deyarli o‘zgarmaydi. Ca va P ning asosiy qismi suyak to‘qimalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ulardan asosan murakkab kalsiy fosfat va murakkab kalsiy karbonat tuzlari ko‘rinishda foydalaniladi.

Savol va topshiriqlar

  • Suvning biologik ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan suv molekulalarining fazoviy tuzilishini tushintirib bering.
  • Tirik organizmlar tarkibida ko‘p uchraydigan mineral tuzlarni ayting.
  • Hujayraning buferlik xossasi qaysi moddalar bilan bog‘liq?

Download 6.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling