«Biznes va innovatsion menejment» kafedrasi «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan Mavzu


Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi


Download 51.14 Kb.
bet4/9
Sana17.03.2023
Hajmi51.14 Kb.
#1279572
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bozorstruk

2.Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi
Bozor infratuzilmasi tarkibiy qismlarini turkumlarga ajratishda yana shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ba’zi bir tuzilmalaming alohida bozor turlari bilan o‘zaro aloqadorligi mavjud emas. Balki, ular barcha iqtisodiy munosabatlami, shu jumladan, bozor aloqalarini ham tartibga solib turadi yoki ulaming samarali amalga oshishi uchun ko'maklashadi.
Jumladan, soliq idorasi, sug'urta muassasasining ba’zi turlari, bojxona, emissiya banki kabi tuzilmalar bevosita davlat tomonidan tashkil etilgan bo'lib, ular iqtisodiy faoliyatning zarur me’yor va tartiblarda olib borilishini ta ’minlashga xizmat qiladilar.
Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi darajasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lishi mumkin.
Bu esa:
-iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi;
-unda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning xususiyatlari;
-infratuzilma sohasining rivojlanishiga bo'lgan e ’tibor;
-davlat tomonidan qo'llab-quw atlashning mavjudligi kabi bir qator omillar ta ’siri ostida shakllanadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda bozor infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlarini o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Ilmiy tadqiqotlarda bozor infratuzilmasini ta’riflashda, rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan mamlakatlar tajribasini tahlil qilish va O‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi uslubiy yondashuvlar tavsiya etiladi:
- funksional;
- tarmoq;
- bozorlarga xizmat qilish;
-hududiy faoliyati;
- mulk shakllari;
- rivojlanganlik darajasi.
Bozor infratuzilmasining funksional belgisi takror ishlab chiqarish jarayonining uzliksizligini ta ’minlashdagi rolini to ‘liq ochib beradi, ya’ni: savdo vositachilik, moliya-kredit, iqtisodiy-axborot, iqtisodiy-huquqiy, tashqi iqtisodiy kabilami.
Tarmoq nuqtai nazaridan - savdo, ta ’minot, mahsulotni sotish, tayyorlov, moliyalash, kredit, sug‘urta, axborot-hisoblash, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar va umumiy tijorat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan infratuzilma.
Bozorlarga xizmat qilish belgisi bo‘yicha:
- turli bozorlarga xizmat qiluvchi universal xarakterga ega bo’lgan umumbozor infratuzilmasi (tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, maslahat, auditorlik firmalari, axborot muassasalari va hokazolar);
- alohida bozorlarga xizmat qiluvchi infratuzilma (iste’mol bozori, ishlab chiqarish vositalari, moliya va ko‘chmas mulk bozorlari va hokazolar). hududiy faoliyati bo‘yicha:
-xalqaro (xalqaro banklar, biijalar, sug‘urta kompaniyalari, chet el firmalari, vakolatxonalari, chet el banklari filiallari, tashqi savdo firmalari, bojxona tashkilotlari, xalqaro yarmarkalar va hokazolar);
- milliy ( O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Respublika fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Tovar-xomashyo birjasi, Respublika fond birjasi, Agrobank va hokazo);
- hududlararo (hududiy tovar biijalari, hududlararo ulguiji savdo uyushmalari va hokazo);
- hududlar (viloyatlardagi ulguiji savdo, tijorat banklari, savdo uylari va hokazolar);
- shahar va tumanlardagi (ulguiji va kichik ulguiji, marketing, reklama firmalari, advokatlik idoralari, auditorlik firmalari va hokazolar).

Download 51.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling