Biznes va innovatsion menejment


Download 17.08 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi17.08 Kb.
#1757675
Bog'liq
B va IM-oktabr oyi ochiq dars bayoni


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Biznes va innovatsion menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari yig‘ilishining ___-sonli bayonnomasidan ko‘chirma


___-noyabr 2023-yil Qarshi shahri






Yig‘ilish raisi:

F.A.Norqobilova




Kotib:

Murodova Sh.













Qatnashdilar:

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani A.Berdiyev, kafedra mudiri F.Norqobilova va kafedra professor-o‘qituvchilari (jami 11 nafar)



KUN TARTIBI
2. Kafedra dotsenti v.b. F.Temirova tomonidan Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish) ta’lim yo‘nalishi III-kurs NGI-127r-21 guruh talabalariga “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan “Основы теории менеджмента” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti muhokamasi
Eshitildi: Masala yuzasidan kafedra mudiri F.A.Norqobilova so‘z olib, kafedra dotsenti v.b. F. Temirova tomonidan “Neft va gaz ishi (Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)” ta’lim yo‘nalishi III-kurs NGI-127r-21 guruh talabalariga “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan “Основы теории менеджмента” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti 2023-yil 01-noyabr kuni II-juftlikda soat 15:00 da 2-305 xonada o‘tilganligi, ochiq darsda “Iqtisodiyot” fakulteti “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, professor S.Hamrayeva, kafedra professor v.b. Sh.Sh.Fayziyeva, katta o‘qituvchilar J.Berdiyev, D.Raximova, kafedra assistenti G.Nazarovalar qatnashganligi haqida axborot berdi. Ochiq ma’ruza mashg‘ulotining o‘z vaqtida boshlanganligi, dastlab davomat aniqlanib, o‘qituvchi tomonidan kun yangiliklari haqida qisqacha malumotlar berilganligi, yangi mavzuning rejalari, tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilinib, so‘ng mavzu ketma-ketlikda talabalarga tushuntirilganligi haqida axborot berdi. Mazkur ochiq ma’ruza mashg‘ulotida o‘tilayotgan mavzuga talabalarning qiziqishi yuqori ekanligi namoyon bo‘lganligi, yani darsda talabalarning faol ishtirok etganligini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng kafedra katta o‘qituvchisi J.Berdiyev so‘zga chiqib, ochiq ma’ruza mashg‘ulotida dotsent v.b. F.Temirova zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanganligi, darsda mavzuning talabalarga qonunchilikda aks etgan yangiliklar, ayniqsa xalqaro moliya institutlari va ularga O‘zbekiston Respublikasining a’zo bo‘lganlik jarayonlari misollar va statitik ma’lumotlar orqali tushuntirilganligi darsning sifatini yanada orttirdi. Mavzuga talabalarning qiziqishi , shuningdek fanni talabalarning o‘zlashtirishi yuqori darajada ekanligi namoyon bo‘ldi. “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi mudiri professor, S.Hamrayeva mazkur ochiq ma’ruza mashg‘uloti darsi Nizom talablari asosida o‘tilganligini aytib, ijobiy fikrlar bildirdi. Shundan so‘ng kafedra assistenti G.Nazarovalarning ham xulosalari o‘qib eshittirildi va ijobiy xulosa berilganligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng masala yuzasidan yig‘ilishda

QAROR QILINDI:

1. Kafedra mudiri F.A.Norqobilovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ma’qullansin.


2. Kafedra katta o‘qituvchisi F.Temirova tomonidan “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” ta’lim yo‘nalishi III-kurs NGI-127r-21 guruh talabalariga “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan “Основы теории менеджмента” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti Nizom talablariga mos kelishi va maqsadga muvofiqligi ta’kidlansin.
Yig‘ilish raisi F.Norqobilova


Kotib Murodova Sh.
Download 17.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling