chizma. Doimiy, o’zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri.
Umumiy doimiy хarajatlar mahsulot hajmini ko’payishi yoki kamayishiga qarab o’zgarmaydi.
Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi.
O’rtacha хarajat (AC) –firmaning mahsulot birligiga to’g’ri kelgan хarajatlardan iborat. O’rtacha хarajatni ham o’rtacha doimiy хarajatga (AFC) va o’rtacha o’zgaruvchan хarajatga (AVC) bo’lish mumkin. O’rtacha doimiy хarajat mahsulot miqdorini ko’payishi bilan doimo kamayadi va aksincha
mahsulot miqdorini, miqdorini kamayishi bilan u ko’payadi. O’rtacha o’zgaruvchan хarajat (AVC) bo’lsa mahsulot miqdorini o’zgarishi bilan ko’payadi yoki kamayadi. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
AFC= TFC
Q
Bu yerda: AFC-o’rtacha doimiy xarajat; TFC-doimiy xarajatlar summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |