Iqtisod Kazus (19-20)
19) 1. Doimiy xarajat (TFC) – miqdori ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajat. Masalan, ish haqi, sug’urta haqi, ijara haqi va boshqalar
O’zgaruvchan xarajat (TVC) – miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o’zgarib turadigan xarajatlar.
O’rtacha xarajat (AFC, AVC) – bu mahsulot bir birligiga qilingan o’rtacha xarajat. U jami ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilgan tovarlar soniga bo’lish orqali topiladi.
Marjinal xarajat (MC) – qo’shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari.
TC(Umumiy xarajat) = TFC + TVC
TFC = TC – TVC, TVC = TC – TFC
AVC = TVC / Q (miqdor), AFC = TFC / Q, ATC = TC / Q
MC = TC₂ - TC₁ / Q₂ - Q₁
Do'stlaringiz bilan baham: |