Biznes va tadbirkorlik


Download 21.29 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi21.29 Kb.
#1057586
  1   2
Bog'liq
biznes va tadbirkorlik mustaqil ish


O`ZBEKISTON OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI

MINTAQAVIY IQTISODIYOT VA MENEJMENT KAFEDRASI

BIZNES VA TADBIRKORLIK” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: BIZNES VA TADBIRKORLIKDA INNOVATSION FAOLIYAT
5231600-Inson resurslarini boshqarish

Bajardi: Kamalov B.
Tekshirdi: Abdullayeva R.


TOSHKENT-2022


Reja:
Kirish.

  1. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari.

  2. Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi.

  3. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
So`nggi yillarda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratilib uni rivojlantirishda ko`pgina chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlashdir. Biznes bilan shug’ullanayotgan har kishida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo’lishi shart. Odamlar biznes bilan shug’ullanishdan manfaatdor bo’lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo’lsa – mamlakat ham boy bo’ladi”1 deya ta’kidlagan.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu strategiyaning uzviy davomi hisoblangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Taraqqiyot strategiyasida ham bu yo’nalishlarga alohida e’tibor berilgan.
Bugungi kunda tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish, faol tadbirkolik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda innovatsion faoliyatni tashkil etish, rivojlantirish obyektiv zaruriyat kasb etgan masalalardan biriga aylandi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir”.2



  1. Download 21.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling