Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari
RESPUBLIKA HUDUDLARIDA YOSHLAR TEXNOPARKLARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA
Download 330.54 Kb.
|
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavl-fayllar.org
RESPUBLIKA HUDUDLARIDA YOSHLAR TEXNOPARKLARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «YOshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 30 avgustdagi PQ-4433-son qaroriga muvofiq, yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, yosh iste’dod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo’nalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikaning har bir hududida 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich YOshlar texnoparklarini (keyingi o’rinlarda — Texnoparklar) tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: hududlarda O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi YOshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovasiyalarni qo’llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish; hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o’z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish; yoshlarning «startap» loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovasion salohiyatini oshirish; zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini chuqurlashtirish; iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko’maklashish; etakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovasion-korporativ aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o’quv kurslari va treninglar tashkil etish; iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo’nalishlar bo’yicha loyihalarni saralash hamda O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo’naltirish; ilmiy-texnik, innovasion hamda «startap» loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o’qituvchi va talabalarini jalb qilish. 3. Belgilansinki: Texnoparklar O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi; Texnoparklar faoliyati O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi YOshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi; Texnoparklarning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi; Texnoparklar rezidenti maqomini berish to’g’risida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni ro’yxatdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar: 2020 — 2023 yillarda respublika hududlarida YOshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali (keyingi o’rinlarda — reja-jadval) 1-ilovaga muvofiq; YOshlar texnoparkining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining «YAgona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tegishliligi bo’yicha Texnoparklar bino va inshootlarini qurish hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari reja-jadvalda belgilangan muddatlarda Texnoparklarni to’liq foydalanishga topshirishga shaxsan mas’ul etib belgilansin. 5. Texnopark faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag’lar; xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari; O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining byudjetdan tashqari mablag’lari; O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi YOshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari; Innovasion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari; jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Belgilab qo’yilsinki: Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovasion rivojlanish va novatorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladi; Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Texnoparklarda ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan yuqori deb topilgan innovasion mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqqan tadbirkorlik sub’ektlariga tegishlicha «YAshnobod» innovasiya texnoparki, «Xorazm» innovasion texnoparki, O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazining rezidenti maqomini berish tartibi joriy etiladi. 7. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari: Texnoparklarni tashkil qilish talablariga javob beradigan mavjud binolar va inshootlarni operativ boshqaruv huquqi asosida Texnoparklarga berilishini hamda zarurat bo’lganda, yangi binolar qurishga er maydonlari ajratilishini; Texnoparklar tashkil etilganidan boshlab, uning xodimlari mehnatiga haq to’lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti hamda viloyatlar mahalliy byudjetlari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasin. 8. O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: a) ikki oy muddatda: Texnoparklar ustavlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishini; Texnoparklar rezidentlarini ro’yxatga olish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlanishini; b) o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishni ta’minlasin. 9. O’zbekiston yoshlar ittifoqiga muntazam ravishda barcha hududiy kengashlari orqali Texnoparklar faoliyatiga iqtidorli yoshlarni maqsadli jalb etish, rezidentlarning ishlanmalarini keng jamoatchilikka targ’ib qilish, zarur hollarda, media mahsulotlar ishlab chiqish chora-tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig’i hamda O’zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vaziri I.YU. Abdurahmonov zimmasiga yuklatilsin. Download 330.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling