Sh. M. Mirziyoyev Ta‘lim mazmuni-taraqqiyot mezoni


Download 47.5 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi47.5 Kb.
#1030878
  1   2
Bog'liq
Binar va ekvivalent munosabatlar kuraiahim mavzusi


Binar va ekvivalent munosabatlar
KIRISH
“Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o`z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish,
zo`ravonlik g`oyasi ”virusi”tarqalishining oldini olishdir !”
Sh.M.Mirziyoyev
Ta‘lim mazmuni-taraqqiyot mezoni.Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasini tarixga aylangan yil sarhisobi va 2021-yilning bosh rejasi sifatida qabul qilish mumkin. Murojaatnomani tom maʼnodagi yangilanayotgan Oʻzbekistonni yaqin yillarda, xususan, joriy yilda kompleks rivojlantirish, shuningdek, mamlakat taraqqiyotini taʼminlashning ustuvor jihatlarini belgilab bergan dastur sifatida qabul qilish oʻrinli boʻladi.
Taʼkidlash kerakki, Murojaatnomada jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalari qamrab olingan. Jumladan, fan, taʼlim tizimiga taalluqli bir qator strategik ahamiyatga ega yoʻnalishlar belgilab berilgank.Undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilanayotgan Oʻzbekiston taʼlim siyosatining mazmun-mohiyatini yana-da chuqurroq anglashni, ularning ijrosiga nisbatan taraqqiyot mezonlari asosida ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Murojaatnomada taʼlim sohasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning birlamchi sharti sifatida eʼtibor qaratilgan. Xususan, davlatimiz rahbarining “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib, xizmat qilishi lozim”, degan fikrlarida taʼlim va tarbiyaning jamiyat rivojidagi muhim ahamiyati oʻz ifodasini topgan.
2021-yilda “Yangi Oʻzbekiston — maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan gʻoya asosida qator yoʻnalishlarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Jumladan, birinchidan, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliy taʼlim muassasasida sifatli taʼlim-tarbiya berishga alohida eʼtibor qaratiladi, oʻgʻil-qizlarning jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri boʻlib qoladi.
Uchinchidan, oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat beriladi.
Milliy taʼlim tizimining keyingi chorak asrdagi faoliyatiga nazar tashlasak, koʻplab ijobiy ishlar bajarilganiga guvoh boʻlamiz.Biroq ayni paytda olib borilayotgan islohotlar koʻplab muammolar yigʻilib qolgani, muayyan kamchiliklar ham boʻlganini koʻrsatmoqda. Tizimdagi bu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida keyingi uch yildan ortiqroq vaqt mobaynida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohalariga oid koʻplab farmon va qarorlar qabul qilindi. Mazkur meʼyoriy hujjatlarda maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimdan keyingi taʼlimgacha boʻlgan barcha bosqich, shuningdek, akademik ilm-fan ham qamrab olingan.Uzviylik hamda uzluksizlikni taʼminlash orqali taʼlim sohasini mazmunan yaxlit tizim sifatida shakllantirish nazarda tutilgan.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling