Sh. M. Mirziyoyev Ta‘lim mazmuni-taraqqiyot mezoni
Download 47.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqBinar va ekvivalent munosabatlar kuraiahim mavzusi
Masalaning qo’yilishi.“Ekvivalentlik va tartib munosabati” mavzusiga doir masalarni yechishni o`rganish.
Mavzuning dolzarbligi. Taʼlim sifatini tubdan yaxshilash, avvalo, oʻquv dasturlari, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning ilgʻor xalqaro dasturlarga moslashtirilishiga bogʻliq. Bolalarning tahliliy, nostandart va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun oʻzining yangilangan shakl va mazmuniga ega darsliklar yaratish zarur. Murojaatnomada qayd etilishicha, “Bu borada kelgusi oʻquv yilida boshlangʻich sinflarda davlat taʼlim standarti oʻrniga, ilgʻor xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy oʻquv dasturi” joriy etiladi”. Ushbu chora-tadbirlarning pirovard maqsadi esa taʼlim muassasasi bitiruvchilarini sof nazariy bilimlar sohibi sifatida emas, balki hayotiy vaziyatlarga moslashuvchan, mustaqil va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmasiga ega shaxs sifatida tarbiyalashni nazarda tutadi. Taʼlim muassasalarida alohida qobiliyatli oʻquvchilar bilan ishlash masalasi oʻziga xos eʼtiborni talab qiladi. Shuning uchun ham qobiliyatli oʻquvchilar bilan ishlashning oʻziga xos pedagogik va psixologik jihatlari mavjudki, bu xuddi shu sifatga ega oʻquvchilar bilan ishlashda alohida yondashuvlarni talab qiladi. Taʼlim muassasalarida bu borada olib borilayotgan ishlarni kuzatar ekanmiz, qobiliyatli oʻquvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va yoʻnaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kun talabiga javob bermasligini koʻrishimiz mumkin. Aslida bu boradagi ishlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan taqdirda ham qobiliyatli oʻquvchilarning ehtiyojini toʻlaqonli qondirish qiyin. Prezidentimiz tomonidan iqtidorli oʻgʻil-qizlarimizning taʼlimiga alohida eʼtibor qaratilishi ham ana shu omillar bilan bogʻliq. 2019-yildan eʼtiboran mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan ijod maktablarining tashkil qilinishi hamda bu boradagi ishlarning tizimli davom ettirilayotgani alohida qobiliyatga ega yoshlarning iqtidorini rivojlantirish, ularning salohiyatidan jamiyat manfaati yoʻlida foydalanishdek ezgu maqsadlarni koʻzlaydi. Kelgusida esa iqtidorli oʻgʻil-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur oʻzlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitetni tashkil etish, ushbu oliy taʼlim muassasasida chet eldagi yetakchi olimlar va professor-oʻqituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida taʼlim-tarbiya berishi bilan bogʻliq ishlarning rejalashtirilishi bu yoʻnalishda ishlar tizimli olib borilayotganini koʻrsatadi. Umuman, oldimizda turgan vazifalar juda koʻp. Eng asosiysi, oʻquv-tarbiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning zamonaviy taʼlimga qoʻyiladigan talablarga javob berishidir. Murojaatnomada pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega boʻlgan, oʻz ishida aniq natijalarga erishgan oʻqituvchilarga yuqori maosh toʻlash tizimi joriy etilishi aytib oʻtildi. Shuningdek, maktab oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, oʻquv yuklamalari va fanlarni qayta koʻrib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish boʻyicha ham koʻrsatmalar berildi. Bu ishlarni amalga oshirish, avvalo, tizimdagi rahbarlardan zamonaviy fikrlash va xorij amaliyotini yaxshi bilishni talab qiladi. Davlatimiz rahbari 2019-yilning 23-avgustida xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida “Maktab — bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi... Maktab ishi bu umummilliy harakatga aylanishi kerak”, degan edi.Haqiqatan ham, maktabni oʻzgartirmay, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi.Xuddi shu yigʻilishda Prezidentimiz pedagogika oliy taʼlim muassasalarining faoliyatiga tanqidiy baho berib, ularning maktablardagi oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirishdagi roli sezilmayotganini afsus bilan qayd etgan edilar. Mamlakatimiz rahbarining ushbu fikrlaridan kelib chiqib,ta‘limni rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish ya`ni jadallashtirish biz yoshlarni qo`lida ekanligini his qilmog`imiz kerak.Quyida mavzuni yorqin yoritishga harakat qildim. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling