Biznesda buxgalteriya fanidan tayyoralagan


Moliyaviy hisobotdagi betaraflik


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1472880
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining tarixi

Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot 
ishonchli bo‘lishi uchun taxrninlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi - hisobot davrida 
bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda 
ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. 
Agar daromadlar bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, 
xarajatlar biron-bir taqsimlash tizirniga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida 
taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga 
taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi - aktivlar va majburiyatlarning 
haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy 
bahodir. Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan 
farq qilishi mumkin.
Tushunarlilik - hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot 
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak.
Aharniyatlilik - moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida 
ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga 
baho berishda ko‘maklashish uchun aharniyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik - agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan 
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir 
etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotning aharniyatiga uning mohiyati ham, shuningdek 
uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari harakati 
to‘grisida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling