Biznesda buxgalteriya hisobi fan sillabusi


Download 168.5 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1639034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biznesda buxgalteriya hisobi SYLLABUS tayyor Вафохожаева

I. Fan tavsifi

Kurs nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Nazariy mashg‘ulotlar Biznesda buxgalteriya hisobi fanida tahlil qilingan muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy tushunchalarni taqdim etishga mo‘ljallangan. Amaliy mashg‘ulotlar asosiy nazariy tushunchalarni qo‘llash, zarur bo‘lganda mashqlar va amaliy hollarni muhokama qilish uchun ishlatiladi. Haftalik dastur nazariy mashg‘ulotlar qachon o‘tkazilishini va auditoriyada topshiriqlar va amaliy misollar muhokama qilinishini ko‘rsatadi. Talabalar har bir nazariy darsda tahlil qilingan tushunchalarni ko‘rib chiqishlari va darsda muhokama qilinishidan oldin tavsiya etilgan topshiriqlar yoki amaliy misollar ustida ishlashlari lozim.




II. Fanning maqsadi
Fanni o’qitishdan maqsad — talabalarga xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlarni hosil qilish va ularni amaliyotga qo’llashni o’rgatishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifalari - biznesda buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini o’rganish; buxgalteriya hisobining uslubiy asoslari bo’yicha bilimga ega bo’lish, xo’jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslarini o’rganish; xo’jalik yurituvchi subyekt aktivlari, kapital va majburiyatlari, daromadi, xarajatlari, foyda hamda zararlarni hisobga olish uslublarini o’zlashtirishdan iboratdir.
III. Ta’lim berish natijalari
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • Hisob tushunchasi, xo’jalik hisobi tushunchasi, buxgalteriya hisobi obyektlari, subyektlari, hisobda qo’llaniladigan usullar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

  • buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati va u bilan bog’lik daromadlar va xarajatlarni hisobga olish usullarini, moliyaviy hisobotlar va ichki hisobotlarning ko’rsatkichlari va ularning shakllanishini, ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya hisobidan hamda hisobotlardan olishni bilishi;

  • buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan dastlabki hujjatlarni qayta ishlash va ularni umumlashtirishni mustaqil amalga oshirish, xo’jalik yurituvchi subyektda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalari bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini tuzish va schyotlarda aks ettirish, buxgalteriya hisobi schyotlarining oboroti va qoldig’ini aniqlash;

  • moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi;

  • buxgalteriya hisobining nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari;

  • buxgalteriya hisobining uslubi va usullari;


Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling