Biznesda Korrupsiyava Firibgarlikka qarshi turish
Download 7.71 Kb.
|
Бизнес этикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat!
Biznesda Korrupsiyava Firibgarlikka qarshi turishYaxshiliqov SafarbekReja. 1.Biznes o’zi nima. 2.Korrupsiya nima. 3.Firibgarlikka nima.Biznes nima? Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish. Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak. Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin.Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir. Biznesni muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ichki va tashqi omillar muhim ro'l o'ynaydi. Resurslar. Resurslar - biznesni yuritish uchun kerak bo'ladigan asosiy element. Biznes uchun u ko'proq xarajatlar ichida bo'ladi. Resurslarga quyidagilar kiradi: Yer - bu tabbiy resurslar, yer usti, yer osti boyliklar; Ishchi kuchi - bu odamlar, ular ma'lum bir maosh evaziga biznesdagi masalalarni yechishga tayyor shaxslar.; Kapital - umumiy qilib aytganda - pul mablag'lari; Tadbirkorlik - yoki ishlab chiqarish bilan shug'ullanish. Xattoki pul mablag'i, va zaruriy resurslarga(bino, uskunalar, hom-ashyo) ega bo'lgan holda ham mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish oson emas;Tashkiliy tuzilma. Tashkiliy tuzilma - kerakli, biron bir ish qila oldigan insonlarni ularni imkoniyatlaridan kelib chiqib, kerakli joylashlar joylashtirish yoki ishchi kuchdan to'g'ri, oqilona foydalanish. Ularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Biznes jarayonlar bo'yicha; Funksional; Regional; Biznez jarayonlar. Katta korxonalarda har xil mutaxassislar va menejerlar bo'limlarda, yo'nalishlarda faoliyat olib borishadi. Ularning har biri ma'lum bir masalani yechishadi yoki o'zlarini funksional yo'nalishlari bo'yicha biron bir ishni bajarishadi. Korxonadagi shu bo'limlar va shaxslar bir-biri bilan hamfikrlikda, ma'lum bir tizim yordamida birgalik faoliyat olib borishlari biznes jarayondir. .Tashqi omillar. Tashqi omillar - bu korxona tashqarisidagi muhit. Odatda korxonalar tashqi atrof-muhit bilan yaqin hamkorlikda rivojlanadi. Aynan shu tashqi omillar korxona qanday mahsulot ishlab chiqarishi yoki qanday turdagi xizmatlar ko'rsatishi kerakligini aniqlaydi. Quyida asosiy tashqi omillar keltirilgan: Hukumatning istisodiy yo'nalishi; Mamlakatdagi ayni davrdagi itisodiy holat; Dunyodagi inqirozli holatlar. Foyda olish modellari. Biznes pulsiz juda yomon ishlaydi. Bekorga pul - iqtisodiyotning qoni deb aytishmagan. Biznesdan foyda olish modellarini tushunish uchun ularni bir nechtasini o'rganish kerak bo'ladi. Keyingi maqolalarda yuqorida keltirilgan tushunchalar bilan alohida, yaqinroq tanishib chiqamiz.Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.Firibgarlik – bu oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritishdir.Firibgarlik so'zlarni ishlatishda yoki xatti-harakatlarda haqiqatni noto'g'ri ko'rsatishni anglatadi. Shuningdek, firibgarlik noto'g'ri yolg'on ayblovlar va oshkor etilishi kerak bo'lgan faktlarni yashirish hisoblanadi. Firibgarlik adolatsiz yoki noqonuniy daromad yoki foyda olish niyatida ataylab aldaydi.Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksiga koʻra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs: — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; — 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; — 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; — 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi ogʻirlashishi mumkin.Firibgarlik komputer texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa: — BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln soʻmdan 90 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; — 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash; — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa: — BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; — 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa: — BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln soʻmdan 180 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; — 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.— 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.Etiboringiz uchun rahmat!Download 7.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling