Biznesda swot tahlil
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes amali5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes Jarayonlarni boshqarish FANIDAN Bajardi: Murodaliyev S Qabul qildi: Muhammadiyeva Y
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KI FAKULTETI ATS 1221 GURUH TALABASINING Biznes Jarayonlarni boshqarish FANIDAN Bajardi: Murodaliyev S Qabul qildi: Muhammadiyeva Y BIZNESDA SWOT TAHLIL “SWOT” tahlili bu yangi tashabbuslar bo‘yicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi. • “SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan olingan: • S – Strengths (Kuchli tomonlar); • W – Weaknesses (Zaif tomonlar); • O - Opportunities (Imkoniyatlar); • T - Threats (Xavflar). • Siz o‘z loyihangiz g‘oyasini aniqlaganingizdan keyin, uni tahlil qilishingiz kerak. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz lozim. Bu bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni osonlashtiradi. • Masalan, loyihangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday xavflar bo‘lishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT” tahlili sizga yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta’sir qilishingiz mumkin bo'ladi. • "SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etamiz. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka imkoniyatlar va xavflar qo‘yilgan va ular tashqi omillar deb ataladi. • S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya kuchli tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyiha muvaffaqiyati yo‘lida foydalanishni o‘rgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan to‘la foydalanish lozim. Masalan, jamg‘armalarning grant tanlovlariga loyiha hujjatlarini topshirish yoki Toshkentdagi katta sport majmualariga murojaat qilib, ularga loyiha to‘g‘risida so‘zlab berish va ulardan kerak bo‘lmagan sport anjomlarini hadya qilishlarini so‘rash mumkin. • S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) – Ushbu strategiya kuchli tomonlarni qo‘llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi. Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bo‘lgani uchun, tashkilot orqali reklama qilish yoki ma‘lumot tarqatish samarali bo‘ladi. Yoshlarni qiziqtirish, loyihaga jalb etish, ularning sport bilan bog‘liq qiziqishlari qandayligini bilish uchun so‘rovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish lozim. • W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya imkoniyatlardan kamchiliklarni to‘ldirish yo‘lida foydalanishga xizmat qiladi. Masalan, yuqoridagi misolimizda bepul ijaraga berilgan joyni remont qilish kerakligi kamchilik sifatida keltirilgan. Buni qanday qilib imkoniyatga aylantirish mumkin? Bu loyiha jamiyatga foyda keltiradigan va yoshlarning samarali vaqt o‘tkazishlarini ta’minlash uchun yaratilayotgani bois banklar osonlik bilan imtiyozli kredit berishi mumkin. Shahar hokimiyati buning uchun tasdiqlovchi xat yozib berishi mumkin. • S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) – Ushbu strategiya kuchli tomonlarni qo‘llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi. Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bo‘lgani uchun, tashkilot orqali reklama qilish yoki ma‘lumot tarqatish samarali bo‘ladi. Yoshlarni qiziqtirish, loyihaga jalb etish, ularning sport bilan bog‘liq qiziqishlari qandayligini bilish uchun so‘rovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish lozim. • W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan himoya strategiyasi) – Bu strategiya kamchiliklar va xavflarning ro‘y berish darajasini orttirmaslikka xizmat qiladi. Masalan, ishchilarning ishtiyoqi kamaymasligi uchun ular bilan uzoqroq muddatga shartnoma tuzish yoki ularga ko‘proq imtiyoz berish mumkin. Ishchilarni boshqaruv jarayoniga jalb qilish, ularning fikr va mulohazalarini inobatga olish ham ishchilarni ruhan qo‘llab-quvvatlaydi. E’tiboringiz uchun rahmat!!! Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling