Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari (shartli raqamlarda)


Download 1.6 Mb.
bet86/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari (shartli raqamlarda)

ming so’m



Yillar


Ixtiyordagi daromad

Yd


Iste’mol
C


Jamg’arish
S

2006 yil

170

175

-5

2007 yil

210

210

0

2008 yil

250

245

5

2009 yil

290

280

10

2010 yil

330

315

15

2011 yil

370

350

20

2012 yil

410

385

25

2013 yil

450

420

30

2014 yil

490

455

35

2015 yil

530

490

40


Ixtiyordagi daromad hajmi 170 ming so’mga teng bo’lganda iste’mol 175 ming so’mga teng, ya’ni ixtiyordagi daromaddan 5 ming so’m ko’p bo’ladi. Ya’ni aholi 5 ming so’mga teng miqdorda qarz hisobiga yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladi.Ixtiyordagi daromad hajmi 210 ming so’mga teng bo’lganda, uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb yuritiladi. 3-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.Iste’mol grafigi ikki to’g’ri chiziq ko’rinishda berilgan.
Birinchisi – bu bissektrisa, u shunday shartli vaziyatni ifodalaydiki, qachonki har qanday yilda iste’mol ixtiyordagi daromadga teng bo’ladi, ya’ni jamg’arish butunlay mavjud bo’lmaydi. Algebraik, bu o’zaro bog’liqlik Yd=C tengligi ko’rinishida ifodalangan.
Ikkinchi to’g’ri chiziq – bu haqiqatdagi iste’mol grafigi bo’lib, haqiqiy iste’mol va ixtiyordagi daromad teng bo’lgan nuqtada (190 ming so’m) bissektrisa bilan kesishadi. Bundan quyig nuqtada haqiqiy iste’mol ixtiyordagi daromaddan ortiq. Bu vaziyat insonlarni qarz hisobiga hayot kechirishlarini bildiradi. Ikki to’g’ri chiziq kesishish nuqtasidan yuqorida haqiqiy iste’molning barcha miqdorlari ixtiyordagi daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi.


Mavzu:Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Reja:

1.Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi


2.Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar
3.Asosiy fondlarga investitsiyalar
4.Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion siyosat
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Koʻpchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, I. kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I., ; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996 y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyo-tiga I. kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy I.larni sugʻurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy iqtisodiѐtni rivojlantirish, mamlakatda iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir ko‘rsataѐtgan investitsiyalarga katta e’tibor berib kelinmoqda. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiѐtimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda investitsiya jaraѐnlari va ularning yig‘indisidan tarkib topadigan investitsion faoliyatni bozor iqtisodiѐtiga mos ravishda tashkil etish maqsadida qator iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratildi. Ushbu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining
«Investitsiya faoliyati to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»,
«CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qonunlari bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining investitsiya faoliyatiga dahldor bo‘lgan qator qarorlarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Qayd etilgan huquqiy-me’ѐriy hujjatlar ko‘magida respublikada investitsion muhit birmuncha yaxshilandi. Natijada mahalliy investorlar bilan birgalikda xorijiy investorlar ham milliy iqtisodiѐtda barqaror faoliyat yurita boshladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov «Makroiqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarishning izchil va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash, jalb etilaѐtgan investitsiyalarni ko‘paytirish hisobidan tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish, iqtisodiѐtning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash – biz uchun bosh vazifa bo‘lib qoladi»2, deb ta’kidladilar.
Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ushbu muhim vazifalarni bajarish iqtisodiy siѐsatimizning hal qiluvchi yo‘nalishi sifatida katta o‘rin egallaydi. Milliy iqtisodiѐtga investitsiyalarni jalb etish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Chunki ivestitsiya, aholining ish bilan bandligini ta’minlashda, fuqarolarning turmush darajasini oshishiga, ijtimoiy-madaniy taraqqiѐtga xizmat qiladi, milliy iqtisodiѐtni tarkibiy o‘zgarishlar, yuksak iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish va aholi daromadlarini oshirishida ahamiyati beqiѐs.
Kurs ishining asosiy maqsadi O‘zbekiston milliy iqtisodiѐtiga jalb qilingan investitsiyalardan foydalanish holatini tahlil qilish, investitsiyalardan yanada samarali foydalanishni va investitsion muhitni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish quyidagi vazifalar qo‘yildi:
Investitsiyalarga doir turli ѐndashuvlar va ta’riflarni tahlil qilish asosida uning mohiyatini ochib berish va sifat tavsifini asoslash;
milliy iqtisodiѐtga investitsiyalarni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish;
milliy iqtisodiѐtga jalb etilgan investitsiyalardan foydalanishning bugungi holatini tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlash;
respublika hududlari bo‘yicha investitsiyalarning joylashtirilishi holatini tahlil qilish va bu boradagi muammolarni aniqlash;
investitsiya jaraѐnlarini davlat tomonidan tartibga solish usullari va uning vazifalarini tahlil qilish;
investitsiyalardan yanada samarali foydalanishga va barqaror iqtisodiy o‘sishga doir takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish.
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi. Investitsiyalar yoki kapital qoʻyilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qoʻyilgan kapitaldir. Oʻzining moliyaviy shakliga koʻra, ular foyda olish maqsadida xoʻjalik faoliyatiga qoʻyilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga koʻra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat koʻrsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bogʻliq boʻlgan aylanma kapitalning oʻzgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek, investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng koʻp duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga koʻra uch turga boʻlinadi: 1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya; 3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling