Mustaqil ishi Mavzu: Investetsiya loyihalari


Download 5.7 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi5.7 Kb.
#1705483
Bog'liq
umi


Toshkent arxitektura qurilish universiteti
Qurulishni boshqarish fakulteti
Mustaqil ishi
Mavzu: Investetsiya loyihalari
Tayyorladi:Shodiyeva U
Tekshirdi:I. G’iyosov
Toshkent-2023
Reja:
Investitsiya
Investitsiya loyihasining tushunchasi
Investitsiya strategiyasi
Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish).
Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi.
Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:
belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash;
ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida etarli darajada qo’llab-quvvatlash;
chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb qilish;
potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin
Har bir inson biror-bir ishni bajarishdan oldin uni rejalashtiradi, xuddi shuningdek, har bir korxona yoki tashkilot biror-bir vazifani bajarishdan avval uni rejalashtiradi. Strategiya ham rejalashtirishga o’xshab ketadi, ammo strategiya kattaroq tushunchadir. Strategiya deganda, avvalambor, tanlangan yo’l tushuniladi, ya’ni korxona o’z faoliyatini, kelajakni o’ylab, kelajakdagi daromadini sarhisob qilib, bundan so’ng korxonasida qanday risklar borligini va ularning oldini olish yo’llarini ishlab chiqishi tushuniladi.
Loyiha strategiyasini tuzishda quyidagi to’rt elementga ko’proq e’tibor
qaratmoq lozim. Bular:
- geografik joy;
- bozor hissasi;
- «mahsulot-bozor» aloqasi;
- raqobat va bozor mukammallashuvi
Investitsion strategiyalar uzoq davomli jarayonlarni o’zida aks ettiradi va shu bilan birgalikda belgilangan istiqbollarda amal qilishi kerak. Ushbu istiqbolli mo’ljallangan faoliyat yo’nalish shakli o’zida investitsion strategiyalarni ishlab chiqish jarayonini aks ettiradi.
Download 5.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling