Biznesni ifodalash bo`limi: Korxona nomi: “Agro Best”. Korxonaning faoliyat turi


Download 28.86 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi28.86 Kb.
#1519274
Bog'liq
Biznes reja





  1. Biznesni ifodalash bo`limi:

Korxona nomi: “Agro Best”.
Korxonaning faoliyat turi: Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qadoqlash va chetga eksport qilish.
Korxonaning missiyasi: Yurtimiz dehqonlariga o`z mehnatlariga yarasha daromad olishga ko`maklashish.
Korxona faoliyati haqida qisqacha tavsif: Bozor iqtisodiyotidan ma`lumki ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalaridagi eng qiyin bosqichlardan biri bu “sotish”dir. Va bundan qishloq xo`jaligi sohasi ham mustasno emas.
Yurtimiz dehqonlari tomonidan yetishtirilgan turli xil mevalar va sabzavotlar hozirgi kunda o`z bozorlarimizni to`liq to`yintiradi va hattoki ko`pincha holatlarda aholi is`temoldan ortib ham qolmoqda. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlanish muddati qisqa bo`lgani tufayli,bu mahsulotlar chiqindiga chiqarilmoqda.Bu albatta mahalliy dehqonlarimizning hosildan oladigan daromadlarini kamayishga olib kelmoqda.
Bu muammolarni hal qilish maqsadida “Agro Best” korxonasi aholiga o`z hizmatlariga taklif etadi. Korxona aholidan meva va sabzavotlarni sotib olib, ularni qadoqlab chet el mamlakatlariga, jumladan, Rossiya, Koreya va Yaponiya davlatlariga eksport qilish bilan shug`ullanadi.
Korxonaning rahbari: Abduqayumov Mirazizbek.
Korxonaning joylashgan manzili: Andijon viloyati, Marhamat tumani
Nega aynan Marhamat tumani?
Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi aholining deyarli 50 foizi qishloq
xo`jaligi sohasida ish faoliyatini olib boradi va tumanda yetishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining katta qismi o`z aholisi tomonidan is`temol qilinadi.
Download 28.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling