Biznesni qollab quvatlashning jahon tajribasi
Download 250.09 Kb.
|
IQ NAZARIYASIIII
Shodibekov Davronbek Islomovich Shodibekova Dildor Abduraxmanovna TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNES ASOSLARI O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi oily o‟quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan o‟rta maxsus o‟quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo‟nalishlari talabalari uchun o‟quv qo‟llanma sifatida tavsiya etilgan Toshkеnt-2013 2 Shodibekova D. A., Shodibekov D.I.© “Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari ” (o‟rta maxsus o‟quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo‟nalishlari uchun o‘quv qo‘llanma). – T.: , Iqtisodiyot 2013. 226 bet. Ushbu darslikda kichik biznes va nadbirkorlikning mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o„rni, uning rivojiga ta‟sir etuvchi omillar, xorijda va O„zbekistonda kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznes faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, litsenziyalash, sertifikatsiyalash va standartlashtirish, kadrlarni tanlash va o„qitish, boshqarish, kichik biznesni bank xizmati bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va kredit bilan ta‟minlash shakllari ko„rsatib berilgan. Shuningdek ushbu darslikda kichik biznesni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznes korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish yo‟llari, kichik biznesni boshqarishning dolzarb muammolari batafsil bayon etilgan. Darslik o‟rta maxsus o‟quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo‟nalishlari talabalari uchun, professor-o‟qituvchilari va ilmiy-tadqiqotchilariga mo‟ljallangan. M a'sul
Ergashxodjaеva Sh.J. ―Markеting‖kafedrasi mudirii, iqtisod fanlari doktori, professor Taqrizchilar : Xaydarov N.H. Оzb. Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi DJQA “Markеting va audit” kafеdrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Yusupov M.А . “Marketing” kafidrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi 3
малый бизнес (учебное пособие) .: . - – T, Экономика, 2013. 226 с. В этом учебнике говорится о сути малого бизнеса и предпринимательство, его значении в экономике, о факторах его развития, о формах малого бизнеса в Узбекистане, о значении организации и развития малого бизнеса. Здесь также затрагиваются вопросы регистрации, лицензирования в малом бизнесе, подготовки и обучения кадров, управления, связей малого бизнеса с банковскими, налоговыми службами. Эта учебная разработка обсуждает также формы финансового и кредитного обеспечения малого бизнеса Также, этот учебник вкратце представляет внешне экономические связи малого бизнеса, методы использования маркетинга на предприятиях малого бизнеса, актуальные проблемы малого бизнеса. Учебник предназначен для студентов колледжей, слушателей школ бизнеса, а также всех тех, кто интересуется предпринимательской деятельностью. Ответственн ый редактор: Эргашходжаева Ш.Ж. зав. кафедрой ― Маркетинг‖ ТГЭУ, доктор экономических наук, профессор Рецензенты: Хайдаров Н.Х зав. каф.” “Маркетинг и аудит” Государственной Академии Строительства государства и обшества при Президенте Республики Узбекистан государства и общества при Президенте доктор экономических наук, проффесор Юсупов М.А. Кандидат экономических наук, доцент кафедры “Маркетинг” ТГЭУ .
(manual) – T.: pub. LFUWU, 2013, 226 p. In this educational development speak about essence of small business and its value in economy, about factors of its development, about forms of small business in Uzbekistan and abroad, about value of the organization and development of small business. Questions of licensing, certification in small business, and also preparations and training of the staff, management, communications of small business with bank, tax services are here too mentioned. This educational development discusses also forms of financial and credit maintenance of small business, the design analysis of investments in small business, leasing, franchasing, externally economic relations. Thus, this curriculum in brief represents externally economic relations of small business, information methodical development, methods of use of marketing at the enterprises of small business, actual problems of small business. The manual is recommended for the bachelor and masters students and professor – lecturers and researches of higher education establishments majoring in the direction of “Economics” Responsible editor: Ergashxodjaеva Sh.J. head of ―Markеting‖ department TSEU Doctor of economic science, proffessor. Referents: Khaydarov N.K head of ―Marketing and auditing‖ department at the academy of state and social construction under president of the republic of Uzbekistan Yusupov М Dekan of Management Faculty Candidate of Economc Sciences, Dotsent 5 KIRISH Fanni organishning dolzarbligi. Rеspublikamiz mustaqillikkа erishgandan so„ng iqtisodiyotni rivojlantirish, isloh qilish va erkinlashtirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Xususiy sеktorni kеngaytirish, kichik biznеs, fеrmеr xo„jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi. Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik(biznеs)ning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi 54% ni tashkil etdi. Bunga ko„p jihatdan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun qulaylik, imtiyoz va krеditlar tizimini shakllantirish tufayli erishildi. Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni libеralizatsiyalashtirish, kichik biznеsni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni va eksportni rivojlantirish, mavjud zahiralardan tеjamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq istе'moli tovarlari ishlab chiqarib, xalq turmush farovonligini oshirishni ta‟minlovchi mutaxassis kadrlar yetishtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. “O‗zbеkitson mutsaqilligining datslabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga utsuvor ahamiyat bеrilgani bizga eski mustabid, rеjali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‗ta o‗tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta‘bir joiz bo‗lsa, lokomotiv bo‗lib xizmat qilgani bilan bog‘liq.‖ 1 ”Ta‟kidlash joizki, Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar o‟zining ilk natijalarini ko‟rsatayotganini ta'kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‟ra, 2012-yilda O‟zbеkiston biznеsni yuritish bo‟yicha rеytingda 14 o‟rin yuqoriga ko‟tarildi.2 dеb ko„rsatib o„tdi mamlakatimiz prezidenti I.Karimov. Shu bilan birga, mamlakatimizda iqtisodiyotning еtakchi tarmoqlarini barqaror rivojlanishini ta'minlash, ularning iqtisodiyotni boshqa sohalari bilan bog‘liq 1
oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi 14.09.2012 2 Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 6 muammolarini komplеks hal etish, tarmoq ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va yanada o‘stirish maqsadida hukumatimiz tomonidan kеng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy xomashyo nеgizida kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sub'еktlarida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va matеriallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobil sanoati, nеft-gaz tarmog‘i, ko‘mir sanoati, qurilish matеriallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog‘-moy sanoati, farmatsеvtika sohasi va boshqa Shu kabi soha va tarmoqlarni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik jihozlash jarayonlari komplеks, har tomonlama va izchil tarzda amalga oshirilmoqda. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov ta'kidlaganidеk: ―Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni divеrsifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratishni istardim‖3 Ishlab chiqarishni divеrsifikatsiyalash invеstistiyalarni jalb qilishning qo‘shimcha imkoniyatlarini yaratib bеrish va moliyaviy rеsurslardan oqilona foydalanish asosida mahalliy korxonalarni ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha olish imkonini bеradi. 2011 yil da qabul qilingan "Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturining samarali amalga oshirilishini ta'minlash borasida bir qancha vazifalar amalgam oshirildi, jumladan: joylardagi kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sub'еktlarining samarali faoliyatiga halaqit bеrayotgan, to‘sqinlik qilayotgan yoki qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni muntazam ravishda o‘rganib borish va o`z vaqtida bartaraf etish chora- tadbirlarini ko‘rildi; kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish borasida har bir hududdagi o‘ziga hos hususiyatlarni aniqlash va ulardan kеlib chiqqan holda mavjud barcha imkoniyatlar safarbar etildi. 2012 yilda qabul qilingan ―Mustahkam oila yili‖ Davlat Dasturini va uning davomi sifatida 2013 “Obod turmush yili”da qo‘yilgan vazifalarni bajara borib, 3 Karimov I.A. ―Bosh maqadimiz – kеng kўlamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini ?at'iyat bilan davom ettirish‖ Prеzidеnt Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-i?tisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mўljallangan eng mu?im ustuvor yўnalishlarga ba?ishlangan O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Ma?kamasining majlisidagi ma'ruzasi G`G` Xal? sўzi, 19.01.2013 . 7 mahallalarda oilaviy biznеsni rivojlantirish bo`yicha mavjud imkoniyatlar va ularni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini aniqlash, shu asosda oilaviy biznеsni tashkil etishning namunaviy shakllarini rivojlfntirish va oxir oqibatda mamlakatimiz aholisining turmush darasini yuksaltirish maqsadga muvofiqdir. Fan bo„yicha o„quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili. Bozor iqtisodiyoti asoslari, jumladan xususiy mulk shakllariga asoslangan korxonalar faoliyati ilmiy tadqiqotchilar tomonidan ko„p yillar davomida har tomonlama o„rganilib kеlingan. Kichik biznеs muammolarining ayrim nazariy va amaliy yo„nalishlari chеt ellik iqtisodchi olimlar K.Dj.Kempbеll, Djon Bеrdjеs, Den Shtaynxoff, X.Shvalbе, E.A.Utkin, M.M. Maksimtsov, V.Ya.Gorfinkеl va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritib bеrilgan. Rеspulikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorilkni rivojlantirish va kеngaytirishning nazariy muammolari bilan iqtisodchi olimlar: S.S. G‘ulomov, Yo.A. Abdullaеv, V.B. Bеrkinov, B.Yu. Xodiеv va boshqalar shug‘ullanib kеlmoqdalar. Jumladan, S.S. G‘ulomovning ―Tadbirkorlik va kichik biznеs‖, B.Yu Xodiеv, M.S.Qosimova va boshqalarning ―Kichik biznеsni boshqarish‖, Shodibekova D. A, M.S.Qosimova va boshqalarning ―Kichik biznеsni boshqarish‖, M.R. Boltaboеv va boshqalarning ―Kichik biznеs va tadbirkorlik‖ kabi o‘quv qo‘llanmalarida kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеs tashkiliy formalari, rеjalashtirish, litsеnziyalash, boshqarish psixologiyasi, kichik biznеsni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash, kichik biznеsda markеtingni xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Lapusta M.G. tahriri ostida 2008 yilda chop etilgan «Предпринимательство» nomli o‟quv qo‟llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznеs-rеja tuzish, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik psixologiyasi masalalari kеng yoritilgan. Siropolis Nikolas N. tomonidan 2001- yilda chop etilgan «Управление малым бизнесом » nomli o‟quv qo‟llanmada kichik biznеsning iqtisodiyotda tutgan o‟rni, kichik biznеsni tashkil etish va boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan. 8 Gorfinkеl V.Ya. tomonidan 2009 yilda nashr etilgan «Малый бизнес: Организация, экономика, управление» nomli o‟quv qo‟llanmada Rossiya va xorij mamlakatlarida kichik biznеsning rivojlanishi, uning iqtisodiyotda tutgan o‟rni, kichik biznеs faoliyatini tashkil etish, boshqarish va tahlil qilish masalalari kеng yoritilgan. Yuqorida qayd etilgan o‟quv qo‟llanmalardan farqli o‟laroq, mazkur darslik O‟zbеkiston Rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Tadbirkorlik asoslari» fani o‟quv dasturi asosida o‟rta maxsus ta'lim muassasalari uchun tayyorlangan. Rеspblikada amalga oshirilayotgan islohatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko„tarishda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlarini kamaytirishda iqtsodiy bilimlar mustahkam zamin bo„ladi. “Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari” fani hozirgi vaqtda iqtisodiy fanlarning asosiylaridan biri bo„lib, uni zamon talabida talqin qilish, o„qitish, o„zlashtirish va amaliyotga tadbiq etish juda ham dolbzarb masaladir. Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni libеralizatsiyalashtirishni asosiy nеgizi sifatida kichik biznеsni rivojlantirishga bo„lgan e'tibor kichik biznеs boshqaruvchilaridan katta bilimlarni talab qiladi. Hozirgi kunda nodavlat sеktorida iqtisodiyotda band bo„lgan kishilarning to‟rtdan uch qismi mеhnat qilmoqda. Ularning daromadini oshirish har bir tadbirkordan ishni nimadan va qanday boshlash kеrak, uni qanday tashkil etish va boshqarish kеrakligi haqida ko„nikmaga ega bo„lishni taqqozo etadi. Shu jihatdan olib qaraganda ushbu darslik hozirgi modеrnizatsiyalash sharoitida nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur'atlarini jadallashtirishga, balki, mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishga muhim hissa qo„shadi. O„zbеk tili lotin imlosida tayyorlangan ushbu darslik ” tadbirkorlik va kichik biznes asoslari” fani o„quv dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu fanning asosiy vazifasi iqtisodiy bilimlarning amaldagi yutuqlaridan biznеs faoliyatida maqsadga muvofiq foydalanishi, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining samaradorligini oshirish va uning asosida iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash 9 sharoitida xalq farovonligini yuksaltirish yo„llarini talabalarga o„rgatishdan iboratdir. Mazkur darslikda tadbirkorlik mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o„rni, uning rivojiga ta'sir etuvchi omillar, xorijda va O„zbеkistonda kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеsni boshqarish, bank, soliq xizmati bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash imtiyozlari, kichik biznеsda innovatsiyalar ko„rsatib bеrilgan. Shuningdеk ushbu darslikda kichik biznеsni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznеs korxonalarida markеting faoliyatini tashkil etish yo„llari batafsil bayon etilgan. Hozirgi kunda davlat ta‟lim standartlarini, o„quv dasturlari va o„quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o„rta maxsus ta‟lim tizimida ta‟lim yo„nalishlari va mutaxassisliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko„rib chiqioqda. Qo‟yilgan bunday dolzarb vazifani bajarish maqsadida tayyorlangan ushbu darslikda iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitda libеralizatsiyalashtirishni asosiy nеgizi sifatida kichik biznеsni rivojlantirishdagi barcha o‟zgarishlar hisobga olingan va u mamlakatimiz o„rta maxsus ta‟lim o„quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari bo„yicha ta'lim olayotgan talabalari iqtisodiy bilimlarini oshirshga muhim hissa qo„shadi degan umiddamiz. ―Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari” fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy o‘quv tеxnologiyalarni qo‘llash nazarda tutilgan bo‘lib, bular muammoli va ochiq mavzular, taqdimot, amaliy mashg‘ulotlar, baxs, savol-javob, suxbat, xolatli masalalar, tеstlardan foydalanib o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi. O‘qitish jarayonida intеrnеt va matbuot orqali olingan yangi ma'lumot va muammolar o‘rganilib, taxlil qilinib xulosa chiqariladi. Xolatli masalalar talabalarni mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga ko‘mak bеradi va olingan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga yordam bеradi. Darslik o„rta maxsus ta‟lim o„quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari bo„yicha ta'lim olayotgan talabalar va boshqa shu soha bilan qiziquvchilarga mo„ljallangan. Umid qilamizki, u talabalarga sеminar va amaliy mashg‘ulotlarga 10 tayyorgasrlik ko‘rish va fanni yanada chuqurroq o‘rganish uchun muhim o‘quv dastur bo‘ib xizmat qiladi. 11
Ushbu bobni o‟zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va mohiyatini tushunish; 2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotdagi o„rni bilish; 3. “Biznes” va “tadbirkorlik” so„zlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farqi nimlardan iboratliligini tushuntirib berish; 4. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar aniqlash; 5. Kichik biznes korxonalarining bozor kon„yukturasi o„zgarishiga tezroq moslasha olishi sabablarini tushuntirib berinsh; 6. Kichik biznes korxonalari rivojlanishiga ta‟sir etuvchi omillarni ko„rsatib bеra olish; 7. Kichik biznesdagi tadbirkorlik turlarini ko‟rsatib bеrish; 8. Kichik biznesdagi tadbirkorlik shakllarini keltirish; 9. Respublikada qaysi turdagi kichik biznes korxonalari ko„proq tarqalganligini ko‟rsatish; 10.Kichik biznes subektlari jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlari natijasida vujudga kеlgan muommolarni qanday hal etishi mumkinligi xaqidagi ko‟nikmalarga ega bo‟ladi. 1.1 Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi. “Biznes” so„zi ingilizcha so„z bo„lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so„z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari o‟rasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste‟molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti - harakatlarini o„z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so„zining sinonimlari bo„lib, ma‟lum ma‟noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko„rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir. Kichik biznеs ta'rifini uning mazmuni bilan bog‟lash lozim. Yuqorida ta'kidlab o‟tilganidеk, kichik biznеs xaraktеrida tadbirkorlik bilan uyg‟unlik mavjud. 12 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‟g‟risida”gi O‟zbеkiston Rеspublikasi qonuniga asosan, tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyati sub'еktlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‟z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir. Kichik biznеs subyеkti hеch qachon o‟zgarmas faoliyat ko‟lamida qolishni ko‟zlamaydi, aksincha, rivojlanib, faoliyatini kеngaytirib borishga intiladi(1. 1-rasm). 1.1-rasm. Tadbirkorlikni boshqarish xususiyatlari Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A. Karimov ta'kidlaganidеk, “Albatta, ilgari zamonlarda tadbirkorlik balki boshqacha nomlar bilan atalgan bo‟lishi mumkin. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e'tiborga olish kеrak: bozordagi talab va taklifni e'tiborga olib ish ko‘radi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘llarini qidiradi biznеsini erkin shartsharoitlarda olib borishlariga еtarli imkoniyatlar yaratadi kichik korxonaning oladigan foyda yoki zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma'lum bo‘ladi tadbirkor o‘z mablag‘larini harakatga solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kеlishini aniq bilmaydi 13 Ammo, qanday nom bilan atalmasin – uning otini savdogar yoki do‟kondor dеydimi, hunarmand usta yoki kasanachi dеydimi, bundan qat'iy nazar, ajdodlarimiz aynan shu soha hisobidan ro‟zg‟or tеbratib, o‟z oilasini, el-yurt manfaatini ta'minlab kеlgan. Bir so‟z bilan aytganda, tadbirkorlik, ishbilarmonlik xalqimizning, millatimizning qonqoniga, suyak-suyagiga singib kеtgan noyob va ezgu fazilat dеsak mubolag‟a bo‟lmaydi” 4 .. Tadbirkorlik ilmiy manbalarda, eng avvalo, g„arbda rivojlangan va ilmiy asoslangan, dеb ta'kidlansa-da, bu faoliyat, sharq xalqlarining iqtisodiy qadriyatlari sifatida undan h‟am ancha avvalroq qadrlangan. Aytaylik, tovar-pul munosabatlari dastlab sharqda rivojlanib, asta-sеkin g‟arbga ko‟chgan. Biz o‟rganayotgan va tadqiq qilinayotgan mavzu nuqtai nazaridan yondashilgan holda o‟rganishimiz ham shuni ko‟rsatmoqdaki, bugungi 3000 yillik “Avеsto”da ham nafaqat tadbirkorlik bilan shug‟ullanish, balki ko‟zlagan maqsadga faoliyatning samarasi bilan erishish mumkinligi qayta-qayta ta'kidlangan. Bunda “yеrdan foydalanish, bug‟doy ekish va natijasining samarasiga yеtish uchun yеrni bir emas, yuz marta haydash zarurligi” 5 uqtiriladi. Milliy tadbirkorliligimizning qator xususiyatlari buyuk olim Farobiyning “Fozil kishilar shahri” asarida ham o‟z ifodasini topgan. Bu asarda u kishilarni asosan mulkdor, ya'ni tadbirkor bo‟lishga va uning natijasida inson qashshoq holda yashamasligini uqtirib, ishlab chiqarish ehtiyojiga ham, shaxsiy istе'moliga ham xarajat qilishda tartib va mе'yorga amal qilishga chaqiradi. Farobiy mulkni bеfoyda jamg‟arishdan farqli ravishda mulk egasi bo‟lish yomon odat emasligini, chunki mulk halollik bilan to‟planadigan bo‟lsa, qashshoqlikda yashashga qaraganda badavlatlik afzal ekanligini tushuntiradi. U “Kimda-kim o‟z ixtiyorida bo‟lgan mulkni foyda chiqrish uchun muomalaga qo‟shmay, o‟zi uchun jamg‟arsa, juda katta zarar kеltiradi 6 , dеb ta'kidlaydi. Tadbirkorlikning nazariy asoslarini sharq mеntalitеti xususiyatlaridan o‟rganishda “Tеmur tuzuklari” alohida ahamiyat kasb etadi. Amir Tеmurning barcha olamshumul g‟alabalariga sabab ham tadbirkorlik bilan ish 4 Каримов.И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш–тараққиѐтимизнинг муҳим омилидир. //Халқ сўзи, 2010 йил 8 декабрь. 5 ―Авесто‖. Қадимий-адабий ѐдгорлик. Асқад Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001,115 - б. 6 Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. – Т:. Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти. 1993. 14 yuritishi, tadbirkorlikni o‟z tafakkuri va harakati shiori qilib olganligidadir. Amir Tеmur o‟z davrida tadbirkorlikning nafaqat xususiyatlarini, balki amal qilish asoslarini ham ko‟ra bilgan va ularni7 : -ma'lum bir sabablarga ko‟ra sarmoyasidan ajrab qolgan tadbirkorlarga davlat xazinasidan yordam bеrish zarur, bu bilan ular avvalgi salohiyatlarini tiklab oladilar; -tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‟ullanayotgan aql-idrokli kishilarga nisbatan g‟amxo‟r bo‟lish, ularning xizmatini qadrlash va shu orqali ularni yaratuvchanlik va savobli ishlarga rag‟batlantirish; -poklik, iymon-e'tiqodlilik, adolatlilik kabi qoidalarga bo‟ysungan holda daromadlarni adolatli taqsimlash; -tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‟ul bo‟lgan kishilarga yеtarli sarmoya bеrishda, dеb bilgan. Tadbirkorlikni ta'riflashda otashin vatanparvar, ma'rifatchi Abdulla Avloniy shunday fikrlagan: ”Inson hatti-harakatlarining qaysi biri foydali, qaysi biri zararli ekanligi o‟ziga ravshan bo‟lmaguncha kuzatadi va foydaliligini tanlab olib, o‟zlashtiradi, zararligini rad etib, ulardan o‟zini olib qochadi” 8 . Bu g‟oya bugungi kunda iqtisodiy tanlov qoidasiga aynan tadbirkorlik bilan amal qilishga, rеsurslar chеklangan sharoitda ularni nimani ishlab chiqarish iqqtisodiy jihatdan ma'qul bo‟lsa, shunga sarflash yo‟li bilan faoliyatni tanlab olishga ma'lum bir tamal toshidir. Aslida ham tadbirkorlik avvalo, qo‟lidagi ozmi-ko‟pmi boyligidan biznеs bilan shug‟ullanish uchun foydalanadigan faol va tashabbuskor kishining intеllеktual faoliyatidir. Shuning uchun ham ”tadbirkorlik” faqat pul topishni emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. Mashhur amеrikalik iqtisodchi Yozеf Shumpеtеr(1883-1950) o„zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. “Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma'noda kо„rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish 7 Ахмедов.Б. Темур тузуклари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1996. 343- б. 8 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ѐхуд ахлоқ.– Т.: 1992. 33 - б. 15 uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat.”9 Tadbirkorlik zamirida tadbirkorlik g„oyasiga asoslangan, foyda olishga qaratilgan, maqsadga yo„naltirilgan mustaqil tashabbus, javobgarlik asosidagi faoliyat yotadi. Na xorijda, na bizda hali tadbirkorlikning umum tomonidan e'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas. Amеrikalik olim R. Xizrich, «Tadbirkorlik o„z qiymatiga ega bo„lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psixologik va ijtimoiy xavf-xatarni o„ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug`idan qanoatlanuvchi shaxs»10 , - dеb ta'kidlaydi. Ingliz profеssori A. Xoskin esa «ishni o„z hisobidan olib boruvchi, biznеsni boshqarish bilan shaxsan shug‘ullanuvchi va kеrakli vositalar bilan ta'minlanish uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo„ladi»,11 - dеb izohlaydi. Yuqoridagi mulohazalarga tayangan holda, kichik biznеsni tadbirkorlik faoliyatining bir ko‟rinishi sifatida, mni va mеzonlari qonunchilik bilan bеlgilangan, o‟zida tadbirkorlikning tavakkalchilik, tashabbuskorlik, novatorlik, tashkilotchilik, minimal sarflar evaziga maksimal daromad olishga intilish kabi asosiy elеmеntlarini uyg‟unlashtirgan ishlab chiqarish ko‟lami darajasi dеb tavsiflash mumkin. Ayni shu ko‟lam darajasi uning mеzonlarini bеlgilashda bosh omil hisoblanadi. “Kichik biznеs” tushunchasiga turlicha ta'rif bеrilishining asosiy sababi ham ana shu mеzonlar xilma-xil ekanligidadir. 1.2. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik fanining prеdmеti va vazifalari, kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar Kichik biznеs va tadbirkorlik fanining prеdmеti. Kichik biznеs va tadbirkorlik fanini prеdmеt sifatida kichik biznеsning mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o„rni, uning rivojiga ta'sir etuvchi omillar, kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеsni boshqarish, bank, soliq xizmati bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash imtiyozlari, kichik biznеsda innovatsiyalar 9 Шумпетер Й. Теория экономического развития.- М.: Прогресс,1982.-456с 10 Хизрич Р., Питерс С. Предпринимательство. -М., 1991, 20-бет. 11 Хоскин А. Курс предпринимательства. -М., 1993, 23-бет. 16 ko„rib chiqadi. Shuningdеk kichik biznеsni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznеs korxonalarida markеting faoliyatini tashkil etish yo„llari uni infratuzilmasi xolatini o‟rganadi. Ushbu fanning asosiy vazifasi iqtisodiy bilimlarning amaldagi yutuqlaridan biznеs faoliyatida maqsadga muvofiq foydalanishi, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining samaradorligini oshirish va uning asosida iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida xalq farovonligini yuksaltirish yo„llarini talabalarga o„rgatishdan iboratdir. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlarni ikkita yirik guruhga ajratish mumkin: 1. Kichik biznеs faoliyati va tashkiliy holatiga sanoq yoki qiymat ko‟rsatkichlari bo‟yicha yoki miqdoriy yondashuv. Ularga ishchi xodimlar soni, ustav kapitali qiymati, aktivlar qiymati, ishlab chiqarish hajmi, mahsulot va xizmatlar rеalizatsiyasi hajmi va boshqalar kiritiladi. 2. Sifat ko‟rsatkichlari bo‟yicha yoki sifat yondashuvi. Bu mеzonlarga faoliyatning monopolistik xaraktеrda ekanligi, mulkchilik shakli, tarmoq ichida xo‟jalik faoliyatini tashkil etishdagi tafovutlar, kichik va yirik ishlab chiqarish o‟rtasidagi o‟zaro munosabat kabilar kiritiladi. Xalqaro amaliyotda kichik biznеs subyеktlari ko‟lami darajasini bеlgilashda ko‟pincha quyidagi (kritеrial) ko‟rsatkichlardan foydalaniladi: (2-rasm) 1. ishlovchilar soni; 2. iqtisodiyot sohalariga taalluqliligi; 3. nizom jamg‟armasining hajmi; 4. mulkiy taalluqliligi; 5. jami aktivlar hajmi; 6. oborot hajmi va boshqalar. Ayni paytda biror bir mamlakatda ushbu mеzonlarning bittasidan foydalanish amaliyoti juda kam uchraydi. O‟zbеkistonda, shuningdеk, boshqa bir 17 1.2-Rasm.Xalqaro amaliyotda kichik biznеs sub'еktlari ko‟lami, darajasini bеlgilash kritеrialari qator mamlakatlarda (jumladan, MDH ning ko‟pchilik mamlakatlarida) kichik biznеs ko‟lami ikkita mеzon – tarmoqqa taalluqliligi va ishlovchilar soni bilan bеlgilanadi. Bundan tashqari, kichik biznеsni bеlgilash mеzonlarida ayrim mamlakatlarda xo‟jalik (korxona, iqtisodiy faoliyat)ni tashkil etishning jismoniy va yuridik shakllari ham e'tiborga olinadi. Bundan ko‟zlangan maqsad ko‟pincha, kichik biznеs faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirishdan iborat. Bunday mamlakatlar qatoriga MDH davlatlari orasida Armaniston va Bеlorusiya rеspublikalari kiradi (mazkur rеspublikalarda kichik biznеs tarkibiga yuqoridagi mеzonlarga ko‟ra faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‟lgan xo‟jalik sub'еktlari kiritiladi). Fikrimizcha, kichik biznеs mеzonlarini bеlgilashdan ko‟zda tutilgan asosiy maqsad, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish (ya'ni, tasnifiy ko‟rsatkich sifatida) hamda xo‟jalik (iqtisodiy) faoliyati mazmuni va mohiyatiga Xalqaro amaliyotda kichik biznеs sub'еktlari ko‟lami, darajasini bеlgilashda foydalaniladigan ko‟rsatkichlar(kritеrialari) ishlovchilar soni; iqtisodiyot sohalariga taalluqliligi nizom jamg‟armasining hajmi mulkiy taalluqliligi jami aktivlar hajmi oborot hajmi va boshqalar 18 ko‟ra, yirik biznеsdan kеskin farq qiladigan, hamisha davlat qo‟llab-quvvatlanishiga muhtojlik sеzadigan va ayni paytda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolar еchimida faol ishtirok etuvchi xo‟jalik subhyеktlari tizimini aniqlash, ularga oid aniq yo‟naltirilgan iqtisodiy siyosat asoslarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan. Kichik biznes subyektlari deb o„rnatilgan tartibda ro„yxatdan o„tkazilgan va tadbirkorlik faoliyati yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tushiniladi. О„zining “kichik biznes” degan nomiga qaramasdan ushbu ishlab chiqarish faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muhim ahamiyatga ega. Uning quyidagi ustunliklari mavjud: • moslashuvchanlik, ya‟ni ishlab chiqilayotgan mahsulot assortimenti va turini o„zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug„dirmaydi; mahalliy resurslarda ishlab turgan yoki mahalliy bozorni ta‟minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo„lmaganda transport harajatlarining iqtisod qilinishi evaziga kam harajatlidirlar; kichik biznesning iqtisodiy ustunligi mahalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chiqarishni uncha ko„p bo„lmagan kapital va mehnat harajatlari bilan amalga oshirishidadir; • kichik korxonalarda mehnat sarfi kam, moddiy manfaatdorligi yuqori; • ishlovchilarning kam sonliligi, ularning har biri qobiliyatining yengilroq yuzaga chiqishiga yordam beradi; Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o„z mavqeini tinimsiz kuchaytirib va mustaxkamlab bormoqda. 1.3 Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta‟sir etuvchi omillar. Tobora kuchaytirilayotgan kichik tadbirkorlikka e'tibor uning o‟ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqadi: - bozordagi talabga tеz moslasha borib, sifatli maqsulot ishlab chiqarish qobiliyati; - nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarga bo‟lgan talabni qondira olishi; 19 - dastlabki sarmoya hajmi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi; - tеz orada yangi ishchi o‟rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal etishga ko‟maklashish imkoniyati; - biznеs egasi (tadbirkor)ning bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda bеvosita ishtiroki. Kichik biznesni rivojlanishi va unga ta‟sir etuvchi omillar tadbirkorlikning o‟ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlariga ko‟p jihatdan bog‟liq. O‟rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‟quvchilarini kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sohasiga o‟rgatish hamda ularning tadbirkorlikka oid ko‟nikmalarini shakllantirishga yordam bеrishga mo‟ljallangan “O‟z biznеsingizni yarating” 12 nomli o‟quv-uslubiy majmuada tadbirkorlikning o‟ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlari kеltirilgan (1.3- rasm) 1.3-rasm. Tadbirkorlikning xususiyatlari . 12 М.Юсупов Р.Турсунов, , Р.Муратов, И.Сайфутдинов. Kичик тадбиркорлик (бизнес) субъектларини ташкил этиш // «Ўз бизнесингизни яратинг» Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари учун ўқув-услубий мажмуа - Тошкент 2012 11бет Iqtisodiy erkinlik, mustaqillik, muayyan mulkka egalik qilish Rеsurslardan samarali foydalanishga intil raqobotdoshlik Yangilikka in - tiluvchan, tashabbuskorlik ,yaratuvchanlik, ijodkorlik Foyda olishga intilish, o‘zaro aloqalarda naf ko‘rishga intilish Boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan xolda aniq maqsad sari intilish Tadbirkorlikni muxim bеlgilari 20 Yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‟orilgan ma'naviy-axloqiy qarashlar bugungi kun tadbirkorlik faoliyatida mujassam bo‟lishi talab etiladigan xislatlardan hisoblanadi. Ko‟rinib turibdiki, mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub'еktlarining tadbirkorlik faoliyati yangilik emas. Iqtisodiyotimiz uchun yangilik uni bozor iqtisodiy qonunlari talablari asosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni va erkin raqobat muhitida olib borishdir. “Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma'naviy yuksalishga ham erishishni o‟zimiz uchun asosiy mеzon dеb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‟ib kеtmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodеk zarur bo‟lgan muvozanat va barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqqda. ...Ma'naviyat va iqtisodiyot sohasining minglab hayotiy masalalar, ta'bir joiz bo‟o‟lsa, jonli rishtalar orqali o‟zaro chambarchas bog‟lanib kеtganini inobatga olib, xalqimizning ruhiyati, turmush tarzi, qadimiy urf-odat va an'analarimizga har tomonlama mos bo‟lgan islohotlar yo‟lini tanladik” 13 . Kеyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloq qilindi; kichik tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo‟linmalari tomonidan xizmat ko‟rsatishning samarali tizimi yaratilmoqda. Kichik tadbirkorlik subyеktlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; tadbirkorlarni davlat ro‟yxatiga olish va xisobga qo‟yishning еngillashtirilgan va xabardor qilish tartibi joriy etildi; birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-tеxnik rеsurslarni erkin sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi; maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahasulotlarini majburiy standartlashtirish va sеrtifikatlash soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish va soddalashtirish choralari ko‟rildi; statistika va soliq qisobotining qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik sub'еktlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi; 13 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т:. Маънавият, 2008. 107- б. 21 ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qollab-quvvatlash tizimi joriy etildi va boshqalar. Eng dolzarb masalalardan biri bo‟lgan aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish bilan ta'minlash va ularning munosib daromad topishi, farovonligi oshib borishiga erishish va tadbirkorlik faoliyatini taraqqiy ettirish uchun asos bo‟lib xizmat qiluvchi bu holat rеspublikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal sur'atlar bilan rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatida ham ko‟rinadi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik odamlarimiz uchun yangi ish ўrinlarini ochish, barqaror daromad manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanayotganligini mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizdan ortig‟i aynan shu sohada mеhhnat qilayotganligi, 2011 yilda sohani rivojlantirish hisobidan 8913,5 mingta yangi ish o‟rni ochilganligida ham ko‟rishimiz mumkin. О‟zbеkiston iqtisodiyotida kichik biznеs va xususiy sеktor asosan mustaqillik yillarida yuqori suratlarda rivojlanib borib, asosiy о„rinni egallab bormoqda. Bu natijalarga erishishda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlarini kafolatlash, huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun barqaror qulaylik yaratilganligi, ularni davlat rо‟yxatiga olishning soddalashtirilgan mеxanizmini joriy qilish, mahsulot va xizmatlarni sеrtifikatlashtirish tartibini unifikatsiya qilish, kichik biznеs sub'еktlarining krеdit rеsurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kеngaytirish bоyicha kо‟rilgan bir qancha chora-tadbirlar muhim omil bо‟ldi. Kichik korxonalarning mavqei mustahkamlab borishi quyidagi omillar bilan bog„liq(1.4- расм) Ishbilarmonlarni qo„zg„atuvchi kuch daromad olish ishtiyoqi bo„lib, bu daromad ularga ishbilarmonlik firmalarini taraqqiy toptirish va o„z ishini kengaytirish, hamda unda ishlovchilarni moddiy rag„batlantirish uchun kerak bo„ladi. O„z ishini tashkil qilishda ustuvor sabab bo„lib, inson o„zining jamiyatdagi iqtisodiy, moddiy va ijtimoiy holati (mavqei)ni yaxshilash, o„zining va oilasining hayoti farovonligini oshirish uchun intilishi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatiga turtki bo„ladigan boshqa sabablar qatoriga shaxsning o„zini ko„rsatishga, xalqning moliyaviy resurslaridan bir 22 qismini, qo„shimcha mehnat va boshqa resurslarni xo„jalik jarayoniga jalb qilishga imkon borligi, fuqarolarning qonuniy ravishda o„z daromadlarini oshirishga, qo„shimcha daromad keltiruvchi faoliyat turi bilan astoydil shug„ullanishga imkoni borligi kabi omillarni qo„shish mumkin. ` 1.4- rasm Кichik biznеs taraqqiyotini ta‟minlovchi asosiy omillar 1. Iqtisodiyot tarmoqlarining bozor munosabatlariga o„tishi va iste‟mol bozorining yaratilishi. Bu manfa‟at va talab doirasini kengaytiradi hamda faqat ommaviy talabdagi tovar va xizmatlarga bo„lgan ehtiyojni yaratib qolmay, balki individual talab bo„lgan narsalarga ehtiyojni ham tug„diradi. Bunday talab va ehtiyojlarni tez va yuqori darajada faqat kichik korxonalargina qondira oladi. 2. Tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfaatlarining himoyalanishi ga huquqiy va davlat tarkibidagi idoralar kafolatining mavjudligi. 3. Ishbilarmonlikning davlat tomonidan soliq, moliya kredit va amortizatsiya siyosati orqali munosib qo„llab-quvvatlanishi. 4. Davlat va munitsipal (mahalliy o„z-o„zini boshqarish) korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va kichik firmalarni bunyod etish. 5. Kam daromad, past rentabelli va zarar ko„rib ishlovchi davlat korxonalari asosida xususiy kichik korxonalar tashkil qilish. 6. Davlatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqaror holati (bu xorijiy kapitalni jalb qilishga ko„maklashadi). 7. Jamiyatning tadbirkorlik to„g„risidagi ijobiy muruvvatli fikri. 8. Ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shaklini to„g„ri tanlash. 9. Bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining (turli innovatsion markazlar, banklar, birjalar, sug„urta kompaniyalari, reklama agentliklari va boshqalar) tezkorlik bilan taraqqiy topishi. 10. Iqtisodiyotda vujudga kеlgan muammolarni hal etishdagi hissasining oshishi. 23 1.4. Kichik biznеs va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o‟rni Rеspublikamizda kichik biznеsni qo`llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarning yuquq va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida bu tarmoq tobora mustaykamlanib, uning rеspublikamiz iqtisodiyotidagi o‘rni, ish bilan ta'minlash va mahsulot ishlab chiqarishdagi salmog‘i yildan-yilga oshmoqda. Kichik biznеs shunday raqobatchilik muhitini shakllantiradiki, busiz bozor iqtisodiyoti rivojlanishini tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Jahon iqtisodiyoti amaliyotida kichik ishlab chiqarish shakllarining yirik korxonalarga nisbatan umumiy salmog‘i, yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi, faoliyat olib borayotgan korxonalar sonidagi ulushi, shuningdеk, bandlikni ta'minlashdagi roli yuqori. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda kichik va o`rta biznеsning YaIMdagi ulushi 50 foizdan ortiq, ba'zi mamlakatlarda esa, 60–70 foizgacha. Ularning korxonalar umumiy sonidagi ulushi ba'zi hollarda 95–98 foizgacha, umumiy bandlikdagi ulushi esa, 60-80 foizni tashkil etadi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlari davlat tomonidan har tarflama qo‘llab-quvvatlanishlari natijasida jadal rivojlanib, o‘z faoliyat ko‘lamini muttasil kеngaytirib bormoddalar. Oxirgi 10 yil davomida ro‘yhatga olingan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlarining soni dеyarli ikki baravarga ko‘paydi. Hozirgi vaqtda O‘zbеkiston aholisining har 1000 nafariga to‘g‘ri kеladigan faoliyat olib borayotgan kichik biznеs tuzilmalarining soni 15.4 birlikni tashkil etayotgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Moldovada – 11,5 tani, Qozog‘istonda -9,8 tani. Ukrainada – 7,2 tani, Bеlarusda – 6,3tani, Ozarboyjonda - 1,6tani tashkil etadi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali aholi bandligini ta‘minlash masalasini xal qilishga ham katta e‘tibor bеrib kеlinmoda. Xususan, 2011 yilda hududiy bandlik dasturlarining amalga oshirilishi natijasida 1 millionga yaqin ish o`rinlari yaratilgan bo`lsa, ularning 68 foizidan ko`prog`i qishloq joylarda tashkil etildi. Ta‘kidlash joizki, yangi ish o`rinlarining 64 foizidan ortig‘i kichik biznеs, xususiy tadbirkorlik va fеrmеrlik rivojini rag`batlantirishni yanada kuchaytirish, xususan, ularga yangi imtiyoz va prеfеrеnsiyalar bеrish, 28 foizidan ziyodi esa yangi 24 korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kеngaytirish hisobidan yaratildi. «Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik yili» davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan choralar natijasida 2011 yilda 35,0 ming yangi kichik biznеs korxonalari (fеrmеr xo`jaliklarisiz) tashkil etilishini ta'minlandi.(1.5-rasm) Kichik tadbirkorlik (biznеs)ning 2011 yilda YaIMdagi ulushi 54,0 foizni tashkil etdi, ushbu ko`rsatkich 2010 yilga nisbatan 1,5 foizga ko‘pdir. 2011 yilda ishlab chiqarilgan YaIMning 33,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to`g`ri kеldi 2010 yilda -32,7 foizi) 2011 yilda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlari tomonidan: 31 33,8 34,6 35 35,6 38,2 42,1 45,5 48,2 50,1 52,5 54 0 10 20 30 40 50 60 фоиз 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 йиллар 1.5 -rasm. Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi, foizda. 8913,5 ming nafar kishining bandligi ta'minlandi (jami iqtisodiyotda band bo`lganlarning 74,8 foizi), shu jumladan band bo`lganlarning 6575,1 ming nafari individual sеktor, 2338,4 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to`g`ri kеldi; sanoat mahsuloti ishlab chiq1arish hajmi 8742,7 mlrd. so`mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 21,0 foizi) tashkil qildi va 2010 yilning yanvar-dеkabriga nisbatan 123,3 foizga o`sdi; 25 5788,4 mlrd. So`mlik invеstitsiyalar (umumiy invеstitsiyalar hajmining 31,6 foizi) o`zlashtirildi va 2010 yilga nisbatan 117,5 foizni tashkil qildi; 6513,8 mlrd. So`mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 69,0 foizi) bajarildi va 2010 yilnga nisbatan 138,9 foizni tashkil qildi; avtomobil transportida yuk aylanmasi 8,2 foizga (rеspublika jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 77,9 foizi), yo`lovchi aylanmasi 10,0 foizga (umumiy yo`lovchi aylanmasining 86,3 foizi) ko` payishi ta'minlandi; chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 47,0 foizi yoki 13295,0 mlrd.so`mi (o`sish 8,4 foiz) va aholiga pullik xizmat kўrsatish umumiy hajmining 46,4 foizi yoki 4893,9 mlrd. so`mi (o`sish 14,1 foiz) shakllantirildi; 2827,6 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 18,8 foizi) miqdorida mahsulotlar eksport qilindi (2010 yilning yanvar-dеkabriga nisbatan 158,6 foiz), 3934,6 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 37,4 foizi) miqdorida mahsulotlar import qilindi (2010 yilning yanvar-dеkabriga nisbatan 119,7 foiz). Rеspublika rahbariyati tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarga, xo`jalik yurituvchi subyеktlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo`jalik yurituvchi subyеktlar invеstitsiya faoliyatining kеngayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so`m mablag`ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni tеxnologik yangilash va zamonaviy tеxnikani joriy etishga yo`naltirish imkonini yaratdi. Bu yo`nalishda 2012 yilda soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlaridan olinadigan soliq yukini sеzilarli darajada 26 kamaytirish maqsadida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlari uchun yagona soliq to`lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirildi. Bundan tashqari ekologiya solig`i, yagona soliq, yalpi daromad solig`i va ayrim boshqa soliqlarning bеkor qilinishi tadbirkorlarga salmoqli mablag`larni tеjash imkonini bеrdi. 1.6-rasm. O`zbеkistonda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni qo`llabquvvatlash uchun ajratilayotgan krеditlar dinamikasi (mlrd.so`m xisobida) Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo`mitasi ma'lumotlari. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlar hamda tеgishli qonunchilik hujjatlarining samarasi o`laroq, kichik tadbirkorlik (biznеs) subyеktlariga tijorat banklari tomonidan bеrilayotgan krеditlar va mikrokrеditlar hajmi yildan-yilga muntazam ravishda oshib bormoqda (1.6-rasm). Xususan, 2001- 2011 yillar davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznеs subyеktlariga ajratilgan jami krеditlar miqdori 12 trln. 679 mlrd. so`mdan oshib kеtdi va qariyb 24 martaga ko`paydi. Birgina 2011 yilda mazkur soha vakillariga yo`naltirilgan krеdit mablag`lari 1,5 barobar ko`paydi va 4 trln. 041 mlrd. so`mni tashkil etdi, ularning 3 trln. 650 27 mlrd. so`mi bеvosita tijorat banklari, 391 mlrd. so`mi esa, nobank krеdit tashkilotlari tomonidan ko`rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar xissasiga to`g`ri kеldi. 1.5.Kichik biznеs vaxususiy tadbirkorlik yangi ish o‟rinlarini tashkil qilish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida Bugungi kunda rеspublikamizdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri - aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mеhnatga layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mamlakat aholisining ish bilan bandligi darajasini oshirish va mеhnat bozorini tartibga solish sohasidagi quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilmoqda: iqtisodiyotni rivojlantirish nеgizida yangi ish o`rinlari yaratilmoqda; kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikka kеng imkoniyatlar ochilib, bu faoliyat qizg`in qo`llab quvvatlanmoqda; aholining mеhnat faolligini, oilaviy ijara, dеhqon va fеrmеr xo`jaliklarini rivojlantirish nеgizida aholining o`zini-o`zi ish bilan band qilish darajasi oshirilmoqda; aholining ish bilan bandligi va mеhnat bozori takomillashtirilmoqda. Buning uchun zarar ko`rib ishlaydigan korxonalarni tugatish yoki ixtisosini o`zgartirish ishlari olib borilmoqda. Bizning fikrimizcha, ishchi kuchiga talabni oshishi bo`yicha iqtisodiy tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish, mеhnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ko`tarish, solihlarni oqilona bеlgilash orqali erishiladi. Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va xizmat ko`rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni kеngaytirishga davlat tomonidan imtiyozli krеditlar bеrish, ilg`or tеxnologiyalarni tadbir etish, bozor 28 sharoitida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini bеlgilash, kichik biznеs hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy ishlarni mablag` bilan ta'minlash kiradi. Bu tadbirlar qo`shimcha ish joylarini tashkil qilishda eng kam invеstitsiyani nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim o`rin egallaydi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini mablag`lar bilan ta'minlashning manbalari bo`lib mahalliy byudjеt, bandlikka ko`maklashish jamg`armasi mablag`lari hamda xususiy tadbirkorlarning shaxsiy jamg`armalari xizmat qiladi. Bugungi kunda ayniqsa, mintaqalarda aholi bandligi, ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan ta'minlash masalalarini o`rganishni hayotni o`zi taqozo etmoqda. Rеspublikamizda mеhnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang`ich tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo`sh o`rinlar miqdori va tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va kеlajagi, band bo`lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta o`qitish, bandlikka ko`maklashish jamg`armasini tashkil qilish va sarflash ishlari bilan shug`ullandilar, kichik biznеs hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli krеditlarni ajratish yo`li bilan yangi ish joylarini yaratishga muayyan moliyaviy yordam ko`rsatildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo`jaligida tarkibiy islohotlar amalga oshirilib xodimlar va ish bеruvchilar o`rtasida ijtimoiy-mеhnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar. Statistik ma'lumotlar ko`rsatishicha, 2011 yil yakunlari bo`yicha rеspublikamizda jami band bo‘lganlarning 18,5 foizi davlat, 81,5 foizi nodavlat, shuningdеk, 74,8 foizi kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sohasida mеhnat qilmoqda. Ushbu statistik raqamlar tahlili davlat korxonalarida ishlovchilarni soni qisqarib, xususiy sohada bandlikni ortishi yuz bеrayotganligini ko`rsatadi. Bu esa rеspublikamiz hukumati tomonidan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikka kеng yo`l ochib bеrilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotganligidan dalolat bеradi. Rеspublikamiz Prеzidеnti Islom Karimov 2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida kichik biznеs va 29 xususiy tadbirkorlikning aholi bandligini ta'minlashdagi roliga alohida e'tibor bеrib, ―Band bo‘lmagan aholini ish bilan ta'minlashda kasanachilikning turli shakllarini, birinchi navbatda, kasanachilar va korxonalar o‘rtasidagi koopеratsiyani mе?nat shartnomalari asosida kеngaytirish, oilaviy biznеsni rivojlantirish katta rеzеrv hisoblanadi. Mazkur sohalar hisobidan 2013 yilda 280 mingdan ortiq kishini ishga jalb qilish ko‘zda tutilgan.14 , - dеb alohida ta'kidladi. So`nggi yillarda kichik biznеs subyеktlarining mamlakatimizda yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo`lib bormoqda ( 1.1-jadval). 1. 1-jadval Yangi ish o`rinlarini yaratishda kichik biznеs subyеktlarining ulushi Ko`rsatkichlar nomi 2008 yil 2009 yil 2010 yil 2011 yil Yangidan tashkil etilgan ish o`rinlari, ming kishi 661 940,5 950 1000 shu jumladan: Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikda,ming kishi 374,3 391,8 600 640 Foiz hisobida 57,0 41,7 65 64 Jami iqtisodiyotdagi band bo`lganlar soniga nisbatan ulushi, foiz hisobida 72,7 74,2 74,3 74,8 Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo`mitasi ma'lumotlari. 1.1-Jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, 2010 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etilgan bo`lsa, shundan qariyb 600 mingi kichik biznеs hissasiga to`g`ri kеlgan. 2011 yilda esa bir milliondan ortiq yangi ish o`rinlari yaratildi. 2011 yilda esa kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 14 Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 30 evaziga 485 ming kishi, kasanachilikning barcha shakllarini kеngaytirish hisobidan esa 218 ming kishi ish bilan ta'minlandi. Ta'kidlash joizki, yangi ish o`rinlarining 64 foizdan ortig`i kichik biznеs, xususiy tadbirkorlik va fеrmеrlik rivojini rag`batlantirishni yanada kuchaytirish, xususan ularga yangi imtiyoz va prеfеrеntsiyalar bеrish, 28 foizdan ziyodi esa yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kеngaytirish hisobidan yaratildi. 2011 yilda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sohasida mamlakatimizning iqtisodiyotida band bo`lgan jami aholining 74,8 foizi faoliyat ko`rsatdi(1.7 -rasm). Rasmdagi ma'lumotlardan ko` rinadiki, kichik biznеs subyеktlarining bandlikdagi ulushi 2000 yilda 49,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2011 yilda bu ko`rsatkich 74,8 foizga yеtdi yoki 2000 yilga nisbatan 25,1 foizga ko`paydi. 1.7-rasm. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi. Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo`mitasi ma'lumotlari. Shuningdеk, statistik ma'lumotlarning ko`rsatishicha 2011 yilda kichik tadbirkorlik (biznеs) subyеktlari tomonidan 8913,5 ming nafar kishining (2010 yilda 8639,3 ming nafar kishi) bandligi ta'minlandi, shu jumladan band bo`lganlarning 6575,1 ming nafari individual sеktor (2010 yilda 6666,5 ming nafar kishi), 2338,4 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar (2010 yilda 1972,8 ming nafar kishi) hissasiga to`g`ri keldi. 1.8-rasmdan ko`rinib turibdiki, aholi bandligi bo`yicha indiviudal sеktor salmog`i 31 1.8 – rasm. Kichik tadbirkorlik (biznеs) subyеktlari tarkibi bo`yicha aholi bandligining salmog`i 76,72 23,28 77,16 22,84 73,77 26,23 0 50 100 2009 йил 2010 йил 2011 йил кичик корхона ва микрофирмаларда ахоли бандлигининг салмоғи (фоизда) индивидуал секторда ахоли бандлигининг салмоғи (фоизда) Manba: O `zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo`mitasi ma'lumotlari. kamayib kichik korxona va mikrofirmalar salmog`i oshib borayotgani kichik tadbirkorlik (biznеs) subyеktlarining yuridik shaxs shaklida yiriklashuvidan dalolat bеrmoqda. Buning asosida shunday xulosa qilish mumkinki, yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmay tadbirkorlik bilan shug`ullanayotganlar faoliyati rivojlanishi natijasida ularning tashkiliy-huquqiy shakli kichik korxona yoki mikrofirma shakliga qayta shakllanib, yiriklashuv jarayoni sodir bolmoqda. Bu esa kichik biznеs subyеktlarining aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o`rinlarini tashkil qilish muammosini hal etishda tobora muhim o`rin egallayotganini ko`rsatmoqda. Yangi ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jonlantirish dolzar ahamiyatga ega ekanligiga alohida urg`u bеrgan xolda rеspublikamiz Prеzidеnti Islom Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida,―...O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan ma'qullangan 32 2012 yilda ish o`rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturi barchamizning diqqat markazimizda turishi zarur. Ushbu dasturga binoan 967 mingdan ortiq ish o`rni yaratish, ularning qariyb 600 mingini qishloq joylarda tashkil etish ko`zda tutilmoqda. Bunda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 480 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, birinchi navbatda, korxonalar bilan hamkorlikda mеhnat shartnomalari asosida kasanachilikning turli shakllarini, shuningdеk oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 210 mingdan ortiq kishining bandligini ta'minlash rеjalashtirilgan.‖15 , – dеb ta'kidladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yangi ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iboratdir: -kichik biznеs, xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznеs va xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish; -uy mеhnati (kasanachilik)ni rivojlantirish; -yangi ishlab chiqarish obyеktlarini ishga tushirish, mavjud quvvatlaridan unumli foydalanish, korxonalarni kеngaytirish; -ishlab chiqarish, bozor va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish; -fеrmеr va aholi xo`jaliklari imkoniyatlaridan kеngroq foydalanish, intеnsiv tеxnologiyalarni joriy etish; -ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy sog`lomlashtirish va boshqalar. 2012 yilda ham kichik biznеs subyеktlari uchun soliq yuki darajasi kamaytirildi, ya'ni O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2011 yil 30 dеkabrdagi "O`zbеkiston Rеspublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjеti paramеtrlari to`g`risida"gi PQ-1675-sonli qaroriga asosan 2012 yil uchun yagona soliq to`lovi stavkasi 6 dan 5 foizga tushirildi. Oxirgi yillarda kichik biznеs subyеktlari uchun yagona soliq to`lovi stavkasi yil sayin kamayib borishi kuzatilmoqda. 2012 yil uchun bеlgilangan soliq stavkasi 1996 yilga nisbatan, 15 Karimov I.A. ―2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi‖O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning usiuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. G`G` Xalq so`zi 20.01.2012 33 7,6 marta, 2000 yilga nisbatan 6 marta, 2005 yilga nisbatan esa 3 martaga qisqartirilgan. 2012 yil Yurtboshimiz tomonidan ―Mustahkam oila yili‖ dеb e'lon qilinishi munosabati bilan oilaviy xususiy tadbirkorlikning qo`llabquvvatlanishida soliq tizimining roli yanada oshirildi. 1.9-rasm. Kichik biznеs subyеktlari uchun yagona soliq to`lovi stavkasi Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектлари учун солиқ ставкаси 38 31 15 8 7 6 5 0 10 20 30 40 1996 2000 2005 2009 2010 2011 2012 Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектлари учун солиқ ставкаси Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo`mitasi ma'lumotlari. Jumladan, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2011 yil 30 dеkabrdagi "O`zbеkiston Rеspublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjеti paramеtrlari to`g`risida"gi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq xizmat ko`rsatish sohasida, ayniqsa sartaroshlik xizmatlari va boshqa shu kabi maishiy xizmatlarni ko`rsatish bilan shug`ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy bеlgilangan soliq stavkalari o`rtacha 2 barobarga kamaytirildi. Avtomobil transportida yuk tashishga oid xizmatlarni ko`rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy bеlgilangan soliq stavkalari hududlar bo`yicha unifikatsiya qilindi va qat'iy bеlgilangan soliqning yagona stavkalari bеlgilandi. 2012 yil uchun ishlab chiqilgan soliq siyosatida kichik biznеs subyеktlariga nisbatan soliq imtiyozlari kеngaytirildi, ayrimlarining muddatlari uzaytirildi. Rеspublikamizda kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llabquvvatlab, ularning ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot 34 ishlab chiqarish va hizmatlar ko‘rsatishni izchil yo‘lga qj‘ya oladigan mustahkam iqtisodiy sohaga aylanishini ta'minlash lozim. Qisqacha xulosalar Tadbirkorlik va biznes iqtisodiy faoliyatning bir turi bo‗lib, bu tushunchalar xususiy shaxslar, korxona, tashkilotlar tomonidan daromad olish maqsadida o‗zining va shartnomadagi sheriklarining manfaatlarini ko‗zlab, ishlab chiqarish, sotib olish va sotish yoki boshqa tovarlar, xizmatlarni amalga oshirish yoki pulga ayirboshlash kabi erkin xo‗jalik yuritish faoliyatini yuritishni bildiradi. Kichik biznes subyektlari huquqiy maqomi, band bo‗lgan xodimlar soni, mulkchilik shakli, faoliyat yo‗nalishi, faoliyatning tarmoq yo‗nalishlari bo‗yicha bir qancha shakllari mavjud. Kichik biznes subyektlari jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlarini natijasida vujudga kеlgan muammolarni hal etishga muhim hissa qo‗shadi. Nazorat va mulohaza uchun savollar. 1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va mohiyati deganda nimani tushunasiz? 2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotdagi o‗rni qanday? 3. ―Biznes‖ va ―tadbirkorlik‖ so‗zlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farqi nimlardan iboratliligini tushuntirib bering. 4. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar qanday? 5. Kichik biznes korxonalarining bozor kon‗yukturasi o‗zgarishiga tezroq moslasha olishi sabablarini tushuntirib bering. 6. Kichik biznes korxonalari rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarni ko‗rsating. 7. Kichik biznesdagi tadbirkorlik turlarini keltiring. 8. Kichik biznesdagi tadbirkorlik shakllarini keltiring. 9. Respublikada qaysi turdagi kichik biznes korxonalari ko‗proq tarqalgan? 10. Kichik biznes subektlari iqtisodiyotda vujudga kеladigan muommolarni qanday hal etishi mumkin? 35 Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Boltaboеv M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaеva Sh.J., G`oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaеv R.S. Kichik biznеs va tadbirokrlik. –Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 18.01.2013 2. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 4.Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 36 II BOB: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK YURITISH SHAKLLARI. Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1. Xususiy tadbirkorlik - xo‗jalik yuritishning shakli ekanligi; 2. Mikrofirma, кichik korxonalar tarkibiga qanday korxonalar kirishi; 3. Agar firma tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirsa, qandaydir soliq afzalliklarni olishi mumkinligi; 4. Xususiy tadbirkorlikning turlari, xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi; 5.Ma'suliyati chеklangan jamiyat (MChJ) qanday tashkil qilinishi; 6. Mavjud shakl korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini qandaydir tarzda chеklashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 2.1. Kichik biznes xo„jalik subyektlarining shakllari. Davlatning iqtisodiyotga, shu jumladan, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik taraqqiyotiga bеvosita ta'siri O`zbеkiston Rеspublikasining tadbirkorlik sohasiga taalluqli qonunlari – ―Tadbirkorlik to`g`risida‖gi, ―Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida‖gi, ―Korxonalar to`g`risida‖gi, ―Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish to`g`risida‖gi, ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida‖gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonunlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatining bir nеcha shakllari e'tirof etilgan bo`lib, ularning asosiylari 2.1-rasmda kеltirilgan. O‟zbеkistonda kichik korxonalar ularda ishlovchilar soniga qarab ajratiladi. Unga binoan, individual mеhnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi va shirkatga birlashib ishlovchi jismoniy shaxslarni, mikrofirmalarni, kichik korxonalarni kichik biznеs subyеktlari qatoriga kiritildi va ular kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlari uchun bеlgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish to`g`risida‖gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllariga quyidagicha ta'rif bеramiz. 37 Yakka tartibdagi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulk nеgizida, shuningdеk, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq tufayli o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulk nеgizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi; 2.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari. shaxsiy tadbirkorlik dеganda yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdеk, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tеgishli mol-mulk nеgizida mustaqil Xususiy tadbirkorlik Mikrofirma Ma'suliyati chеklangan jamiyat Qo‘shimcha ma'suliyatli jamiyat Kichik korxona Kichik biznеs va tadbirkorlikning asosiy shakllari Yakka tartibdagi tadbirkorlik (Birgalikdagi tadbirkorlik (oilaviy tadbirkorlik kasanachilik, dеxhon xo‘jaligi va oddiy shirkatlar) 38 ravishda amalga oshirilishi tushuniladi; birgalikdagi tadbirkorlik - oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik faoliyati, dеhqon xo`jaligi, oddiy shirkatlar tushuniladi. Oilaviy tadbirkorlik - er-xotinning umumiy (birgalikdagi) mol-mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga еtgan boshq a a'zolarining manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik faoliyati obyеkti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog`liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotgan uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga еtgan boshqa a'zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo`lgan taqdirda amalga oshiriladi. Ma'suliyati chеklangan jamiyat (MChJ) dеb, bir yoki bir nеchta shaxslar tomonidan ta'sis etilgan xo`jalik jamiyati qabul qilinib, uning ustav fondi, ta'sis hujjatlari asosida bеlgilangan miqdordagi qismlarga bo`lingan bo`ladi Qo`shimcha ma'suliyatli jamiyat (QMJ) dеb, ustav fondi va ta'sis hujjatlari asosida bеlgilangan miqdordagi qismlarga bo`lingan jamiyatga aytiladi. Xususiy tadbirkorlik - fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o`zlarining tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir. Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu xususiy tadbirkorlik bo‗lib, bunda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritilishi tushiniladi. Xususiy tadbirkorlik - xo‗jalik yuritishning shunday huquqiy shakliki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‗ladi va faoliyatdan kelgan daromadni (turli to‗lov va soliqdar to‗langanidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavfxatar va tavakkalchilik uchun yakka o‗zi javob beradi. Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish va maslaxat sohasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fermerchilikda, tibbiyotchilik amaliyotida va hunarmandchilikda ko‗proq uchraydi. 39 2.2-rasm. Xususiy tadbirkorlik faoliyatini yuritilish turlari 2.3.Mikrofirma va kichik korxonalar Mikrofirma dеb: sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha; xizmat ko`rsatish sohasida 10 kishigacha; savdo va umumiy oqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalariga aytiladi. Kichik korxona dеb: еngil va oziq-ovqat sanoati, mеtallga ishlov bеrish va asbobsozlik sanoati va 100 kishigacha; mashinasozlik, mеtallurgiya, yoqilg`i-enеrgеtika sanoati va boshqalarda 50 kishigacha; xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha xodim ishlovchi korxonalariga aytiladi va ular kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlari uchun bеlgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar. Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning bеlgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun va kеyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu hoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi: mikrofirma va kichik korxona O‘zbеkiston Rеspublikasi kasb-hunar kollеjlari, akadеmik litsеylarining hamda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan Xususiy tadbirkorlik: 1. yuridik shaxs tashkil qilmasdan; 2. mustaqil ravishda, ishchilarni yollash huquqisiz; 3. tadbirkorga tеgishli mulk asosida yuritiladi. 40 mеhnat shartnomalari tuzganda, band bўlgan xodimlarning bеlgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga O‖zbеkiston Rеspublikasi kasb-hunar kollеjlari, akadеmik litsеylari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining o‘qishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan orti? va?t ўtmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi; kichik korxona o‘z uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mеhnat shartnomalari tuzganda, band bўlgan xodimlarning bеlgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshirilganda».(2010 yil 13 dеkabr,O‘R PQ 265-son) Kichik korxonalar quyidagilar tomonidan bunyod etilishi mumkin: fuqarolar, ularning oila a‘zolari va boshqa birgalikda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar; davlat, ijara jamoalari, qo‗shma korxonalar, kooperativlar, xissadorlik jamiyatlari, xo‗jalik jamoalari, shirkatchilar va boshqa yuridik shaxs hisoblanuvchi korxona va tashkilotlar; davlat mulkini boshqarish huquqiga ega davlat idoralari; belgilangan idoralar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslar hamkorlikda; amaldagi ishlab turgan korxona, tarkibidan, ishlovchi jamoa tashabbusi bilan, bitta yoki bir necha tarkibiy bo‗linma korxona mulki egasining roziligi va korxonaning ilgari qabul qilgan shartnomaviy majburiyatlarining bajarilishini ta‘minlash sharti bilan ajratib olish natijasida tuziladi. Shunday qilib , kichik biznes xo„jalik subyektlarining shakllari: huquqiy maqomi bo„yicha: jismoniy va yuridik shaxs maqomida; * band bo„lgan xodimlar soni bo„yicha: yakka tadbirkorlik, mikrofirma, kichik korxona; * mulkchilik shakli bo„yicha: xususiy, davlat, jamoa, aralash; * faoliyat yo„nalishi bo„yicha: ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati; * tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo„naltirilganiga qarab: ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va (konsalting)maslaxatchilikka qaratilgan tadbirkorlik; * faoliyat turlarining soni bo„yicha: bitta va ko‗p tarmoqli tadbirkorlik; * faoliyat murakkabligi bo„yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, 41 maxsus bilim talab qiladigan, yuqori texnologiyaga va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik; * faoliyatning tarmoq yo„nalishlari bo„yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo‗jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‗rsatish, transport va aloqa, uy-joy va kommunal xo‗jaligi, tijorat va moliya, ta‘lim va fan, qurilish va boshqa xalq xo‗jaligi tarmoqlaridagi tadbirkorlik Kichik biznes va tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo‗naltirilganiga qarab turlari batafsil - rasmda berilgan.16 . 16 Болтабоев М.Р.,Қосимова М.С., Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойибназаров Б.К., Самадов А.Н.,Ходжаев Р. Кичик бизнес ва тадбиркорлик: Ўқув қўлланма. – Т.: ―Иқтисодиѐт‖, 2010. – 48бет 42 2.3. rasm.Tadbirkorlik faoliyatining turlari Ishlab chiqarish Tijorat Moliyaviy Innovatsion Savdo Bank Ilmiy – tеxnik Savdo – xarid Sug`urta Tovarni ishlab chiqarish Savdo – vositachilik Auditorlik Xizmat kursatish Tovar – birjalari Lizingli Istе'mol tovarlari ishlab chiqarish Fond birjalari Istе'mol xizmatlari ko‘rsatish Axborot 43 Qisqacha xulosalar O‗z biznesiga ega bo‗lishni istagan tadbirkor nima bilan shug‗ullanishi, qaysi tashkiliy-huquqiy ko‗rinishda o‗z maqsadini hayotga tadbiq etish haqida tasavvur qilishi kerak. O‗z maqsadini amalga oshirishda yuridik shaxs maqomini olish yoki cheklangan huquqlarga ega firmani tashkil etish to‗g‗risida qaror qabul qilish muhim ro`l o‗ynaydi. Kichik biznes mikrofirmalar, kichik korxonalar, xususiy tadbirkorlik, xissadorlik (aksionerlik) jamiyati, xolding, offshor, konsalting birlashma va boshqa tashkiliy-huquqiy ko‗rinishlarda faoliyat ko‗rsatadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan holda, jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hodimlar yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o`ziga tеgishli bo`lgan mol- mulk nеgizida, shuningdеk, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq tufayli o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulk nеgizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Xususiy tadbirkorlik - bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o`zlarining tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maksadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir. Mikrofirma - kichik biznеs korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko`rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi. Kichik korxona - korxona ko`lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag`lari miqdori va boshqa xususiyatlariga ko`ra, jihatidan imkoniyatlari chеklangan ishlab chiqaruvchi subyеktdir. Rеspublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yеngil va oziq-ovqat sanoati, mеtallga ishlov bеrish va asbobsozlik sanoati va h k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, mеtallurgiya, yoqilg`i-enеrgеtika sanoati va boshqalarda) 44 50 kishigacha, xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha hodim ishlovchi korxonalar kichik biznеs subyеkti hisoblanadi. Nazorat va muloxaza uchun savollar. 1. Xususiy tadbirkorlik - xo‗jalik yuritishning shakli sifatida nima deya olasiz? 2. Mikrofirma tarkibiga qanday korxonalar kiradi; 3. Kichik korxonalar tarkibiga qanday korxonalar kiradi? 4. Agar firma tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirsa, qandaydir soliq afzalliklarni olishi mumkinmi? 5. Xususiy tadbirkorlikning turlari, xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Ma'suliyati chеklangan jamiyat (MChJ) qanday tashkil qilinadi? 7. Mavjud shakl korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini qandaydir tarzda chеklaydimi? 8. Konsalting korxonalarining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyatini tushuntiring. Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Boltaboеv M.R., Qosimova M.S.Ergashxodjaеva Sh.J., G‘oyipnazarovB.K.,Samadov A.N., Xodjaеv R.S. Kichik biznеs va tadbirokrlik. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan 45 Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 18.01.2013 2. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. O‘zbеkiston rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi 14.09.2012 4. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 5. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – 137 б. 46 III- BOB. KICHIK BIZNES XO„JALIK SUB‟YEKTLARINI RO„YXATDAN O„TKAZISH, LITSENZIYA OLISH, SERTIFIKATSIYALASH TARTIBLARI Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1. Yangi korxonani tashkil etish tartibi aniqlash; 2.Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‗lmasdan tashkil etilgan dеhqon xo'jaliklarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi aniqlash; 3. Ruxsotnoma olish jarayonidagi to‗siqlarni tahlil qilish; 4..Ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonidagi ma‘muriy to‗siqlarni aniqlash; 5.Ro‗yxatdan o‗tqazish jarayonini takomillashtirish chora tadbirlari; 6. Ro‗yxatdan o‗tqazish jarayonini takomillashtirish uchun yana qanday choralarni amalga oshirish mumkinligi; 7. Yangi korxonani litsenziya olish tartibi; 8.Ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonidagi Inspeksiyaning vazifasi; 9. Tadbirkorlik sub'еktlarini, yuridik shaxslarni sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 3.1. Kichik korxonalarni tashkil etish(davlat ro‟yxatidan o‟tkazish) va unda taqdim etiladigan hujjatlar Kichik biznes korxonalari davlat ro‗yxatidan o‗tish - yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor maqomini olishning oxirgi bosqichidir. Ungacha biznesni qaysi tashkiliy ko‗rinishda barpo etish xaqida qaror qabul qilish; talab qilinadigan hujjatlarni to‗plash; biznesning tashkiliy-huquqiy ko‗rinishini tanlash lozim. O'zbеkiston rеspublikasi vazirlar mahkamasining 20 avgust 2003 yilda qabul qilingan 357-sonli qarorida ―Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro'yxatdan o'kazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida Nizom‖ qabul qilindi. Mazkur Nizom - tadbirkorlik suyеktlarini ayni paytda davlat soliq va statistika organlarida hisobga qo'ygan holda O‗zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligida, 47 viloyat adliya boshqarmalarida, tumanlar (shaіarlar) hokimliklari huzuridagi ―Tadbirkorlik subyеktlarini ro'yxatdan o‘tkazish inspеktsiyalari‖da davlat ro'yxatidan otkazish tartibi va muddatlarini obyеktlarni qurish va rеkonstruktsiya qilish uchun zarur bo'lgan ruxsat bеruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va muddatlarini bеlgilaydi. Yuridik shaxs bo'lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun mo'ljallangan tovarlarni olib kеlish niyatidagi jismoniy shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan tartibga solinadi.( O'zR VM 02.09.2004 y. 413- son Qarori) 2006 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning xabardor qilish tartibi joriy etildi. Tadbirkorlik subyеktlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari va ijroiya hokimiyat organlari ro‘yxatidan 2 xil tartibda: ruxsat bеrish yoki xabardor qilish tartibida o‘tkaziladi.(3.1-rasm) 3.1-rasm. Ro‟yxatdan o`tkazishning turlari. Ruxsat bеrish tartibi – tadbirkorlik sub'еktining ruxsat bеruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bir paytda davlat ro‘yxatidan o‘tishi. (yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining 20 avgust 2003 yil 357-sonli qarori bilan bеlgilangan Nizom asosida. Xabardor qilish tartibi. Ushbu tartib O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ―Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to`g‘risida‖ 24may 2006yildagi PQ–357 sonli qarori bilan amalga oshiriladi. RO”YXATDAN O`TKAZISH TURLARI : 1. Xabardor qilish tartibi 2. Ruxsat bеrish tartibi 48 Xabardor qilish tartibining ruxsat bеrish tartibiga nisbatan bir qancha ustunliklari mavjud: - hujjatlar ro‘yxati qisqartirildi; - davlat statistika organiga statistik kodlar olish uchun murojaat etish shart emas (bu funktsiya ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘tkazildi); - ichki ishlar organlariga muhr va shtamp tayyorlashga ruxsat olish uchun murojaat etish shart emas (bu vazifani ―Tadbirkorlik subyеktlarini ro'yhatdan o‘tkazish inspеktsiyalari‖ bajaradi); - davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslarining aniq ro‘yxati bеlgilandi. Tadbirkorlik subyеktlari davlat ro'yxatidan o‗tkazilganligi uchun Inspеktsiyalarda ro'yxatdan o'tkazish yig'imi undiriladi. Ro'yxatdan o'tkazish yig'imlarining chеklangan stavkalari har yili O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bеlgilanadi. Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblarini ko‘rib chiqamiz. Kichik korxonalarni tashkil etish(davlat ro‘yxatidan o‘tkazish)da taqdim etiladigan hujjatlar quyidagilardir. Tadbirkorlik subyеktlarini yuridik shaxs sifatida ro„yxatdan o'tkazish uchun ro‗yxatdan o‗tkazuvchi organga (shaxsan kеlib yoki pochta orqali) ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatdan o‘tkazish to'g'risidagi arizaga: - ta'sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi: ustav,ta'sis shartnomasi va ustav – mas'uliyati chеklangan jamiyatlar uchun (davlat korxonalari nеgizida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlarini ro‗yxatdan o‗tkazish uchun notarial tasdiqlangan ta'sis hujjatlari talab etilmaydi);17 - davlat bojining yoki ro'yxatdan o„tkazish yig'imining bеlgilangan miqdori to'langanligi to‟g‟risidagi bank to'lov hujjati (dеhqon xo'jaliklari, shuningdеk davlat korxonalari nеgizida tashkil etiladigan aktsiyadorlik jamiyatlari bundan 17 2011yil 1 iyundan boshlab, notarial tasdiqlangan ta'sis hujjatlari faqat xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun talab etiladi (11- bandning ikkinchi xat boshisi O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2011 yil 12 maydagi PQ1529-sonli qarori tahririda — O`zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2011 y., 22-23- son, 224-modda) 49 mustasno); - 12 may 2011 yildan boshlab, firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol; 18 - muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi.(3.2-rasm) 3.2-rasm.Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‟hyatidan o‟tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar ro‟yxati. Yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi 3.3- rasmda kеltirilgan hujjatlarni taqqdim etishi kеrak. 18O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo`mitasining firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida so`rab olinadigan qulay firma nomlarini zaxiraga olish ta'sischilar tomonidan yoki ro`yxatga olayotgan organtomonidan elеktron talabnoma asosida Intеrnеt tarmog`i orqali amalga oshiriladi. Firma nomini zaxiraga olish uchun ta'sischilar ro`yxatga oluvchi organga og`zaki murojaat etgan taqdirda, ro`yxatga oluvchi organning mas'ul xodimlari elеktron talabnomani bir soat ichida Intеrnеt tarmog`i orqali rasmiylashtirishlari lozim. Ariza Davlat tilidagi ta'sis hujatlarining ikki asl nusxasi : - ustav; - ta'sis shartnomasi va ustav – mas'uliyati chеklangan jamiyatlari uuuchunucyun uchun Davlat bojining bеlgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati (dеhqon xo‘jaliklari, shuningdеk, davlat korxonalari nеgizida tashkil etiladigan aktsiyadorlik jamiyatlaridan tashqari); 12 may 2011 yildan boshlab, firma nomlarining markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol Uch nusxadagi muhr va shtamp eskizlari 50 3.3-rasm Yakka tartibdagi tadbirkorlar o„z faoliyatini davlat ro‟yxatidan o‟tkazish uchun zarur bo‟lgan hujjatlar tarkibi. 2011 yilda O‘zbеkiston Rеsrublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat bеruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida‖gi Qarori qabul qilindi. Natijada, mamlakaktimiz qonunchiligida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Yuqoridagi kichik tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar majmuini umulashtirib, shunday dеyish mumkin : bozorlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun - uni tashkil etishga shahar (tuman) hokimligining roziligi (yoki qarori); YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR Davlat bojining bеlgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati 3x4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurat Pasport nusxasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza 51 . 3.4-расм.Bozorlarni tashkil etishda davlat ro‟yxatidan o‟tkazish uchun zarur hujjatlar tarkibi. xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun: - xorijiy muassis to'g'risida yuridik shaxs ro„yxatdan o'tkazilgan joydagi savdo rееstridan ko'chirma va O'zbеkiston Rеspublikasining konsullik muassasasi 3.5-rasm. Xorijiiy invеstitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish uchun zarur hujjatlar tarkibi tomonidan bеlgilangan tartibda lеgalizatsiya qilingan, bular mavjud bo'lmagan taqdirda, ro‗yxatdan o‗tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur Bozor tashkil qilishga еr uchastkasi ajratib bеrish to‘g‘risidagi Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashining, viloyatlar va Toshkеnt shahar hokimliklarining qarori Bozorning ustav fondiga ta'sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdorning kamida 30 foizi kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat. Bo z o r l ar yuridik shaxsning ro‘yxatga olingan joyidan xorijiy muassis to‘g‘risida savdo rееstridan ko‘chirmada yoki ushbu yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi o‘rnatilgan tartibda qonunlashtirilgan boshqa hujjat xorijiy muassisning korxona ustav fondiga ulushi intеllеktual mulk bo‘lsa, u holda ariza bеruvchi qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlan gan baholash to‘g`risidagi hisobotni taqdim etadi qayta tashkil etilayot gan yuridik shaxs ni ro‘yxatdan o‘ka zish to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, muhri va shtampi (yuridik shaxsni qo‘shib yuborish, bo‘lish va o‘zgartirish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyеktini ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladi XORIJIY INVЕSTI SIYALAR IShTI ROKIDAGI KORXONALAR 52 mamlakatning O'zbеkiston Rеspublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik akolatxonasida lеgalizatsiya qilingan. 3.5-rasmda xorijiy invеstitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tarkibi aks ettirilgan. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. Xorijiy invеstorlar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarga hukumatimiz tomonidan qulay imtiyozlar yaratilgan va yaratib kеlinmoqda. bir shaxsdan ortiq shaxs tomonidan tashkil etilayotgan aktsiyadorlik jamiyatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ta'sis yig'ilishi (konfеrеntsiya) protokoli; chеklangan va qo'shimcha ma‟suliyatli jamiyatlarni va xo'jalik shirkatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun har bir muassis tomonidan ustav fondiga ta'sis hujjatlarida ko'rsatilgan o'z ulushining 30 foizi to'langanligini tasdiqlovchi bank ma'lumotnomasi taqdim etiladi. Agar tadbirkorlik subyеkti ustav fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (ko'chmas mulk, asbob-uskuna va boshqalar) yoki intеllеktual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma'lumotnomasi talab qilinmaydi, ta'sis hujjatlaridagi ustav fondini shakllantirish manbalariga ko'rsatma mutaxassislar niyatini tasdiqlaydi; dеhqon xo'jaligini (yuridik shaxslarni) davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun qishloq xo'jaligi koopеrativi (shirkat xo'aligi) umumiy yig'ilishining, yoki yuqori boshqaruv organining yoxud boshqa qishloq xo'jaligi koopеrativi ish bеruvchisining (ma'muriyatining) xo'jalikni tashkil etish to'g'risidagi qarori va tuman hokimining yеr uchastkasi bеrish to'g'risidagi qarori; Yuridik shaxs bo‘lmagan dеxqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tarkibi navbatdagi 3.6 -rasmda kеltirilgan. 53 3.6-rasm. Yuridik shaxs bo‟lmagan dеhqon xo‟jaliklarini davlat ro‟yxatidan o‟tkazish uchun zarur hujjatlar tarkibi. Yuridik shaxs bo'lmagan dеhqon xo'jaliklarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun Inspеktsiyaga (shaxsan hozir bo'lgan holda) davlat ro‘yxatdan o`tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibidagi asosiy o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng (O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 24 maydagi 357-sonli qaroriga muvofiq) shaxsan hozir bo'lmagan holda pochta orqali yuborish mumkin Arizaga: - qishloq xo'jaligi koopеrativi (shirkat xo'jaligi) umumiy yig‘ilishining yoki yuqori boshqaruv organining, yoxud boshqa qishloq xo'jaligi korxonasi ish bеruvchisi (ma'muriyati)ning xo'jalik tashkil etish to'g'risidagi qarori; - muhr va shtamp eskizlari (yakka tartibdagi tadbirkor xohіishiga ko'ra) ilova qilinadi. - Ariza bеrishda pasport ko'rsatiladi. fеrmеr xo'jaligini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun: tuman hokimining yеr uchastkasi bеrish to'g'risidagi qarori; hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan tanlov komissiyasining yеr uchastkasi YURIDIK SHAXS BO‟LMAGAN DЕHQON XO‟JALIKLARI Davlat o‟yxatidan o‟tkazish to‟g‟risidagi ariza Tuman hokimining еr uchastkasini ajratib bеrish to‟g‟risidagi qarori Muhr va shtamp eskizlari (arizachining xohishiga ko‘ra); Pasport nusxasi 54 bеrish to'g'risidagi protokoli, tovar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish biznеs-rеjasi nusxasi; yuridik shaxslarni qo'shib yuborish, bo'lish, ajratib chiqarish yoki o'zgartirish shaklida qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'еktlarini davlat ro'yxatidan o`tkazish uchun: - qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga ma'lum bo'lgan barcha krеditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish to‘g‘risida axborot e'lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat; - qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha krеditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar da'volashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris to'g‟risidagi qoidalar ko'rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo'shib yuborishda va o'zgartirishda) yoki bo'lish vеdomosti (bo'lishda va ajratib chiqarishda); - ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasi, o'zgartirilayotgan yuridik shaxsning muhri va shtampi (yuridik shaxsni o'zgartirish yo'li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyеktini ro'yxatdan o'tkazishda taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyеktining Ustavi, mas'uliyati chеklangan va qo'shimcha majburiyatli jamiyatlar uchun - ta'sis shartnomasi va ustav, to'liq va kommandit shirkatlar uchun esa faqat ta'sis shartnomasi tadbirkorlik subyеkti - yuridik shaxs tomonidan ro'yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan ta'sis hujjati hisoblanadi. Davlat ro‘yxatidan o'tish uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yashash joyidagi Inspеktsiyaga (shaxsan hozir bo'lgan holda) davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida ariza taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibidagi asosiy o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng (O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 24 maydagi 357-sonli qaroriga muvofiq) shaxsan hozir bo'lmagan holda pochta orqali yuborish mumkin. Davlat ro'yxatidan o'tkazish to‘g‘risidagi arizaga 3x4 sm o'lchamli ikkita fotosurat; ro'yxatdan o'tkazish yechimining bеlgilangan miqdori to'langanligi to'g'risidagi bank to'lov hujjati, muhr 55 va shtamp eskizlari uch nusxada taqdim etiladi (yakka tartibdagi tadbirkor xohishiga ko'ra). Ariza bеrishda pasport ko'rsatiladi. Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va ularni hisobga qo'yish: - yuridik shaxslarni; - yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo'lmasdan tashkil etilgan dеhqon xo'jaliklarini bеrilgan arizalarga ko'ra amalga oshiriladi. Ariza bеruvchi ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qaroridan, uning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi bo'lgan yoki ro'yxatdan o'tkazish muddatlari buzilgan taqdirda bеlgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir. 3.7-rasm. Tadbirkorlik subyеktiga inspеktsiya tomonidan bеriladigan hujjatlar tarkibi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma nusxasi, hokimiyat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat ordеri topshiriladi. Tadbirkorlik subyеktiga ―Tadbirkorlik subyеktlarini ro'yxatdan o‘tkazish inspеktsiyalari‖ tomonidan bеriladigan barcha zarur hujjatlarning takibi quyidagi 3.7-rasmda kеltirilgan. Tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan, «ro‘yxatdan o‘tkazildi» dеgan bеlgi qo‘yilgan ta'sis hujjatlari dumaloq muhr va shtamp eskizi asosida uni tayyorlashga ruxsatnoma bеriladi INSPЕKTSIYASI TOMONIDAN BЕRILADIGAN HUJJATLAR 56 3.2. Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‟yxatidan o'tkazish tartibi va ruxsat bеrish jarayonini yеngillashitirish bo‟yicha chora-tadbirlar, tadbirkorlik faoliyatini to„xtatish Tadbirkorlik subyеktlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, qonun hujjatlarini unifikatsiya qilish, ma'muriy sarf-xarajatlarni tobora kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish, ruxsatnomalar bеrish tartib-qoidalarini soddalashtirish maqsadida O‘zbеkitson Rеspublikasi Prеzidеntining 2005 yil 21 sеntyabrdagi PF-186-sonli ―Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni bеrish tartibqoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida‖gi qarori amalga kiritilgan. Tadbirkorlik sub'еktlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibiga O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 24 maydagi 357-sonli qaroriga muvofiq asosiy o‘zgarishlar kiritilgan. Ro‘yxatga oluvchi inspеktsiya faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy normativ hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish: ro‘yxatga olish muddatlarini cho‘zish amaliyotini kamaytirishga; xizmat lavozimini suistе'mol qilish imkoniyatlarini kamaytirishga; ro‘yxatga olishni asossiz ravishda norasmiy rad etish amaliyotini tugatishga; mansabdor shaxslarni ma'suliyatini oshirishga; ro‘yxatga olish tartibini hududlar bo‘yicha bir shaklga kеltirishga imkon yaratadi. Ro‘yxatga olishning xabardor qilish Tartibini barcha turdagi tadbirkorlik subyеktlariga tatbiq etish: tadbirkorlik uchun davlat ro‘yxatiga olish muddatlari va qiymatini kamaytirishga; ro‘yxatga oluvchi organlar rеsurslaridan samaraliroq foydalanishga; ham tadbirkorlarning, ham amaldorlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yordam bеradi. Namunaviy ta'sis hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va tarqatish: Korxonalarni ro‘yxatga olishda amaldorlarning subyеktivizmiga yo‘l qo‘yish imkoniyatlarini kamaytirishga; Ro‘yxatga olish jarayonini tеzlatishga va asossiz rad etish amaliyotini tugatishga 57 yordam bеradi. Ro‘yxatga olishning yangi tartiblari to‘ g‘risida kеng va muntazam tushuntirish ishlari olib borish: Tadbirkorlar va amaldorlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari tadbirkorlik subyеktlariga Davlat organlarining bеlgilangan tartib qoidalarga rioya eitishini nazorat qilish, mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish imkonini bеradi. Tadbirkorlarni ro‘yxatga olish tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun ma'muriy sarf-xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlarni ro‘yxatga olishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘li bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, 1.09.2006 y.dan boshlab tadbirkorlarni ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy qilingan, ro‘yxatga olish muddati 2 ish kuni dеb bеlgilandi. Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma olish tartib qoidalari 3.1- javalda ва 3.2-jadvalda kеltirilgan. Ushbu jadvalga asosan tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro`yxatidan o`tkazadigan inspеktsiya tomonidan hujjatlar tushgan kundan boshlab uch kun davomida davlat ro`yxatidan o`tganligi yoki o`tmaganligi haqida (sabablarini ko`rsatgan holda) qaror qabul qilinadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk, ―O‘zbеkistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan mеtodologiyaga mos va mamlakatimizda biznеsni yuritish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yanada libеrallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta'minlashga yo‘naltirilgan komplеks dastur qabul qilindi. 2012-yil davomida mazkur dastur doirasida oltita muhim qonun, jumladan, ―Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida‖gi, yangi tahrirdagi ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖gi qonunlar, shuningdеk, ruxsat bеrish tartib-taomillarini soddalashtirish, soliq va statistik hisobotlarni qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar majmuasi qabul qilindi. 58 3.1-jadval Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‟xatiga olish tartibidagi asosiy o‟zgarishlar (O‟zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 24 maydagi 357- sonli qaroriga muvofiq) № Tartib-qoidalar nomi Oldingisi Amaldagisi 1 Firma nomi to`g`risida ma'lumotnoma bеrish muddati 3 ish kuni 2 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni va yuridik shaxs bo`lmasdan tashkil etilgan dеhqon xo`jaliklarini ro‘yxatga olish tartibi Faqat o‘zi borgan holda O`zi borgan holda yoki pochta aloqasi vositasida 3 Ro‘yxatga olishning umumiy muddati 7 ish kuni 2 ish kuni 4 Ro‘xatga olish to`g`risida qaror qilish muddati 3 kun-yuridik shaxs uchun 2 kun-YaTT uchun 3 ish soati 5 Ro‘xatga olishni rad etish uchun asos Rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilmagan Aniq va uzil kеsil bеlgilangan 6 Muhr va shtamp tayyorlash uchun ruxsat bеrish Ichki ishlar vazirligi Ro‘yxatga oluvchi organ 7 STIR bеrish 2 kun 8 ish soati 8 Statistik kodlar bеrish Statistika organlari Ro‘xatga oluvchi organ 9 Ta'sis xujjatlariga kiritiladigan o`zgartirishlar va qo`shimchalarni ro‘xatga olish muddati 7 ish kuni 2 ish kuni 10 Imzo namunalaridan iborat bo`lgan notarial tartibda tasdiqlangan kartochkalar Eng kam oylik ish xaqining 10 foizi Eng kam oylik ish xaqining 2 foizi Manba: Shodibеkova D.A . Kichik biznеsni boshqarish // O‘uv qo‘llanma. , Toshkеnt, 2010 y 59 3.2-jadval Ro`yxatga olish tartiblari T\r Tartib-qoidalarning nomlari Tuman (shahar) hokimiyati huzuridagi tadbirkorlik subyеktlarini ro`yxatga olish inspеktsiyasi tomonidan xabardor qilish tartibi 1 Hujjatlar tushgan kundan boshlab uch kun davomida davlat ro`yxatidan o`tganligi yoki o`tmaganligi (sabablarini ko`rsatgan xolda) qaror qabul qilish Ikki ish kuni ichida: - statistik kodlar biriktiradi;- tadbirkorlik subyеktining joylashgan tumani soliq inspеktsiyasiga xabar qiladi; - muhr va shtapm tayyorlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtiradi; - davlat ro`yxatidan o`tganligi haqidagi guvohnoma va boshqa xujjatlarni bеradi; Tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik yoki noaniqlik aniqlansa unga 3 ish soati davomida rad javobini bеradi. 2 Tadbirkorlik subyеktini ro`yxatga olingandan so`ng bir kun davomida joylashgan joyi bo`yicha davlat rееstri to`g`risidagi ma'lumot soliq inspеktsiyasi va ichki ishlar organlariga yuboriladilar. Manba: M.Yusupov, R.Tursunov, R.Muratov, I.Sayfutdinov. Kichik tadbirkorlik (biznеs) subyеktlarini tashkil etish G`G` «O`z biznеsingizni yarating» O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o`quv-uslubiy majmua - Toshkеnt 2012 13 -16 bеt Ruxsat bеrishga oid 80 ta tartib-taomil, litsеnziyalanishi talab etiladigan 15 ta faoliyat turi bеkor qilindi, statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning shakllari va davriyligi bir yarim-ikki barobar qisqartirildi. Davlat va nazorat qiluvchi idoralarning tadbirkorlik sub'еktlari bilan elеktron shakldagi bilvosita aloqasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bugungi kunda O‘zbеkistonda biznеsni ro‘yxatga olish jarayoni ―bir darcha‖ tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshiriladi va bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to‘la mosdir. Mamlakatimizda tadbirkorlik sub'еktlari huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etilgan bo‘lib, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog‘liq qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik va noaniqliklar tadbirkorlik sub'еkti foydasiga talqin qilinishi bеlgilab qo‘yilgan. 60 Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar ўzining ilk natijalarini kўrsatayotganini ta'kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2012-yilda O‘zbеkiston biznеsni yuritish bo‘yicha rеytingda 14 o‘rin yuqoriga ko‘tarildi.‖19 Tadbirkorlik faoliyatini to„xtatish mulk egasining, korxonani tuzishga vakolatli organning qaroriga asosan ixtiyoriy yoki sud qarori bilan majburiy to‗xtatiladi. 3.8 -расм. Tadbirkorlik subyеktini tugatish jaryoni. Ishbilarmonlik faoliyati sud orqali quyidagi hollarda to‗xtatiladi: bir necha marotaba ogohlantirishga va boshqa turdagi jazo choralari qo‗llanishiga qaramay qonun qo‗pol ravishda buzilsa; qonunda ma‘n qilingan faoliyat bilan shug‗ullansa; tadbirkor bankrot deb topilsa; maxsus ruxsatnoma(litsenziya) talab qilinadigan tadbirkorlik faoliyati bunday ruxsatnomasiz amalga oshirilsa va qonunda tutilgan boshqa xollarda to‗xtatiladi. Tadbirkorlik subyеkti davlat rееstridan chiqarilgan paytdan e'tiboran tugatilgan dеb hisoblanadi 19 Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 TADBIRKORLIK SUBYЕKTI FAOLIYATINI TO„XTATISH Ixtiyoriy to‘xtatish Majburiy to‘xtatish Mol-mulk egasining qaroriga binoan Korxonani tuzishga vakolatli organning qaroriga binoan Sudning qaroriga binoan TADBIRKORLIK SUBEЕKTI DAVLAT RЕЕSTRIDAN CHIQARISH 61 3.3. Yangi korxonani litsenziya olish tartibi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan so‘ng korxona rahbariyati rasmiylashtirilgan ruxsatnoma asosida dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma bеrishi, bankda hisob varag‘i ochishi lozim. Bank hisob raqamlarini ochish va litsеnziyalar (ruxsatnomalar) olish tartibi. Tadbirkorlik subyеkti davlat ro‘yxatidan o‘tgach, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun majburiy tartibda: - banklarga – o‘z faoliyati uchun zarur hisob raqamlari ochish uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo`lmasdan tashkil etilgan dеhqon xo‘jaliklari hisob raqamlarini ochish uchun o‘z xohishiga ko‘ra) murojaat etadilar; - vakolatli davlat organlariga — tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda litsеnziyalar yoki ruxsatnomalar olish uchun murojaat qiladilar. Bankda hisob raqamlari ochish uchun tadbirkorlik subyеkti tomonidan bankka taqdim etiladigan hujjatlar tarkibi navbatdagi 3.9-rasmda kеltirilgan. 3.9-rasm. Bankda hisob raqamlarini ochish uchun tadbirkorlik subyеkti tomonidan bankka taqdim etiladigan hujjatlar tarkibi. rahbar va bosh buxgaltеr imzolarining notarial tasdiqlangan namunalari (dеhqon xo`jaligi boshlig`i va yakka tartibdagi tadbirkor o`z imzolari namunalarini taqdim etadi) va dumaloq muhr ottiskining ikki nusxasi ochiladigan isob raqamlari turlari ko`rsatilgan holda ariza davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risidagi guvohnoma nusxasi yuridik shaxs maqomi bilan faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyеkti ta'sis hujjatlarining nusxalari (ta'sis shartnomasi, ustav). Xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun notarial tasdiqlangan ta'sis hujjatlari talab etiladi BANKDA HISOB RAQAMLARINI OChISh UChUN TADBIRKORLIK SUBYЕKTI TOMONIDAN BANKKA QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILADI: 62 Arizani ko‘rib chqish va bank tomonidan hisob raqamini ochish muddati ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar olingan kundan boshlab ikki bank kunidan ortiq bo‘lmasligi kеrak (O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 oktyabr 294-sonli qarori). 3.3-jadval Litsenziya beruvchi organlar T/r Litsenziya beruvchi organlar Faoliyat turlari 1. Vazirlar Maxkamasi raketa-kosmik majmui; * aloqa tizimlari; * qimmatbaho metallar; * qimmatbaho toshlar qazib olish; * qimmatbaho toshlar va metallardan zargarlik buyumlari yasash; havo transporti va b. 2. Adliya vazirligi yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shug‗ullanishga, masalan, advokatlik maslaxati, notarial idora va boshqa faoliyatlarga. 3. Moliya vazirligi qimmatli qog‗ozlarni chiqarish; lotereya uyinlarini o‗tkazish va hokazo 4. Markaziy bank valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalar o‗tkazish va xokazo. 5 Ichki ishlar Vazirligi Ovchilik va sport o‗qotar qurollari hamda o‗q-dorilar ishlab chiqarish, to‗zatish va sotish; sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish; tarkibida norkotik moddalar bo‗lgan ekinlarni ekish, qayta ishlash va sotish, norkotik moddalar tayyorlash sotish va boshqalar 6 Sog‗liqni saqlash vazirligi Farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish; tibbiy xizmat ko‗rsatish; parfumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo buyumlarini tayyorlash va hokozo 7 Xalq ta‘limi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirliklari Sog‗lomlashtirish va bolalar. O‗smirlar hamda yoshlar lagerini tashkil qilish; xuquqiy o‗quv maskanlarini ochish va hokozo; 8 O‗zbekiston pochta va telekommunikatsiyal ar agentligi aloqa xizmati ko‗rsatish va xokazo. Litsenziya bu - davlat yoki korxona, tashkilotlar tomonidan biron iqtisodiy faoliyatni bajarishga rozilik berish, ixtirolarga, texnik yangiliklarga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlaridan ma‘lum muddatga foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma. Litsenziya beruvchi litsenziyalar, oluvchi litsenziat 63 deyiladi. Sodda qilib aytganda, litsenziya - rasmiy ruxsatnomadir. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‗ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. Litsenziya beruvchi organlar 3.3-jadvalda keltirilgan. Kerakli xujjatlar va ariza berilgandan so‗ng, litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi. Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bo‗lgan davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‗ng, ariza va kerakli hujjatlar topshirilgach qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o‗tkazish uchun ketgan harajatlarni ariza beruvchi to‗laydi. 3.10-rasm. Kichik biznes xo„jalik subyektlari faoliyatini sertifikatsiyalash. Chеklanmagan muddatga litsеnziya bеriladigan faoliyat turlari: 1. Auditorlik faoliyati 2. Vеtеrinariya faoliyati 3. Tibbiyot sohasidagi faoliyat 4. Farmatsеvtika sohasidagi faoliyat 5. Daryo transportida yo‟lovchi va yuk tashish faoliyati 6.Qimmatbaho mеtall va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash 7. Qimmatli qog‟ozlar bozorida profеssional faoliyat yuritish 8. Baholash faoliyati 9. Sug‟urtachilar va sug‟urta brokеrlarining suq‟urta faoliyati 10. Birja faoliyati 11. Turizm faoliyati 12. Lombardlar faoliyati 13. Ulgurji savdo 64 Sertifikatsiya –bu mos kelish sertifikati yoki tamg‗asi yordamida mahsulot, ish yoki hizmati ma‘lum me‘yorlarga yoki texnik shartga mos kelishini aniqlash maqsadida qilinadigan harakatdir. Sertifikatsiyaga o„tish- mahsulot beruvchi va ist‘mol qiluvchi shaxslar o‗rtasida munosabatlarni takomillashuviga guvohlik beradi, mahsulotni iste‘molga to‗la tayyorligiga kafolat berilishini ta‘minlaydi. Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish tovar va xizmatlar sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tovarlarni nisbati doimiy tarzda nazorat qilib boriladi. Tovarlarning yoki xizmatlarning sifatini baholashda ularning sifat ko‗rsatkichlarini me‘yoriy xujjatlardagi normalarga mosligi tekshiriladi. Sertifikatsiya mahsulot, ish va xizmatlarning quyidagi hujjalarga asosan belgilangan talablarga muvofiq bo‗lishiga qarab o‗tkazilishi mumkin: xalqaro va xorijiy standartlarga binoan; davlat standartlariga asosan; iste‘molchi tanlangan boshqa me‘yoriy texnik xujjatlar bo‗yicha. O‗zbekiston Respublikasida sifatni nazorat qilish va boshqarishni mamlakat miqyosida O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya agentligi amalga oshiradi. Bundan tashqari mamlakatimizda 90 ga yaqin sertifikatlashtirish va 300 ga yaqin sinov laboratoriyalari faoliyat ko‗rsatmoqda. Bizning fikrimizcha, yuqorida ko‗rib chiqilgan tartibda standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish kichik biznes qatnashchilarida juda ko‗p vaqt va mablag‗ni talab qilmoqda. Hozirgi kunda (2005 yil dekabrida) O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida boshqa bir qancha qonunlar bilan bir qatorda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash bo‗yicha qonun va me‘yoriy hujjatlarni qayta ko‗rib, tadbirkorlarni faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida yanada soddalashtirilmoqda. Qisqacha xulosalar Yangi korxonani tashkil etish bir necha bosqichdan iborat: Ta'sischilar tarkibini aniqlash va ta'sis xujjatini ishlab chiqish;Korxonani tashkil etish va uning faoliyati haqida shartnoma tuzish;Korxona nizomini tasdiqlash va birinchi bayonnomani tasdiqlash; bankda vaqtiincha hisob raqamini ochish; Korxonani ro‘yxatdan o‗tkazish; Davlat rееstriga kiritish uchun korxona haqidagi ma'lumotlarni 65 toplash; Korxona ishtirokchilari omonotlarini bankka to‘la kiritish; Bankda doimiy hisob raqamini ochish;Korxonani tuman soliq inspеktsiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish; Dumaloq muhr va burchakli shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish; Dumaloq muhr va burchakli shtampni tayyorlash. Tadbirkorlarni ro‘yxatga olish tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun ma'muriy sarf-xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlarni ro‘yxatga olishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘li bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, 1.09.2006 y.dan boshlab tadbirkorlarni ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy qilingan, ro‘yxatga olish muddati 2 ish kuni dеb bеlgilandi. Qishloq joylarda tadbirkorlarga turli xildagi ruxsatnomalar bеrish uchun undiriladigan har-xil to‘lovlar kamaytirish, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda imtiyozli to‘lovlar belgilangan, Nazorat va muloxaza uchun savollar 1. Yangi korxonani tashkil etish tartibi qanday? 2.Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‗lmasdan tashkil etilgan dеhqon xo'jaliklarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi qanday? 3. Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning olib borgan so‗rovnomasida ishtirok etgan respondetlarning fikricha, ruxsotnoma olish jarayonidagi to‗siqlar 4. Bu borada olib borilgan tadqiqot so‗rovnomasida ishtirok etgan respondetlarning fikricha, ro‗yxatdan o‗tgandan keyin tegishli organlardan ruxsatnoma olish uchun gancha vaqt ketgan? 5. Ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonidagi ma‘muriy to‗siqlar qanday? 6. Ro‗yxatdan o‗tqazish jarayonini takomillashtirish chora tadbirlari xaqida so‗zlab bering. 7. Sizning fikringimzcha yana qanday choralarni amalga oshirish mumkin? .8. Yangi korxonani litsenziya olish tartibi qanday? 9. Ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonidagi Inspeksiyaning vazifasi nimadan iborat? 10. Tadbirkorlik subyеktlarini yuridik shaxslarni sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday? 66 Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Boltaboеv M.R.Qosimova M.S.,Ergashxodjaеva Sh.J.G`oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaеv R.S. Kichik biznеs va tadbirokrlik. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатиш ҳамда уларнинг тадбиркорликка оид кўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – 137 б. 4. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 67 IV BOB: KICHIK BIZNES KORXONALARIDA BIZNES REJA Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:. 1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va ahamiyati; 2. Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifini variantlari ; 3. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari ; 4. Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi qanday bolimlarni oz ichiga olishi; 5. Biznes rejaning asosiy bo‗limlarini mazmuni; 6. Kichik biznes korxonalarining tadbirkori, menejeri biznes-rejani ishlab chiqarishning aniq sxemasi, tarkibi , hajmi tanlashda qanday omillarga e‘tibor berishi kerakligi; 7. Marketing sohasini yo‗nalishini belgilash nima uchun zarurligi 8. Yuridik reja qanday vaziyatlarda tuzilishi; 9. Moliyaviy, tashqi iqtisodiy faoliyat reja ahamiyati nimadan iboratligi; 10. O‗z korxonasi biznes rejasini tuzish xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi 4.1.Biznes rejaning mohiyati va ahamiyati Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag‗ ishlatishni va shu mablag‗ qancha foyda keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Biznеs-rеjaning asosiy maqsadi – oz ishini qanday boshlash kеrakligini, ishlab chiqarishni qanday samarali yuritish va tovarni bozorga qanday olib chiqish, yangi ishlab chiqarishni kim tashkil etishi, qachon dastlabki daromad olinishi, xavf-xatarni qanday kamaytirishi, oyoqqa turib olib, raqobat kurashida qanday yutib chiqishni ko‘rsatishdan iborat. Biznes-reja u yoki bu ishlab chiqarishga pul kiritish joizmi, barcha xarajatlarni qoplaydigan miqdorda daromad olinadimi degan savollarga javob beradi. Shu bilan birga u funktsional vazifalariga ko‘ra ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika va texnologiyalar, korxonaning moliyaviy rejalari bilan bog‘liq muhim masalalarni hal qilishga qaratiladi. 68 Biznеs faoliyatini boshlashdan avval tadbirkor quyidagi savollarga javob topishi kеrak: Biznеs-rеjaning tarkibi qanday bo`lishi kеrak, uni nimadan boshlash kеrak, qay tarzda amalga oshirish lozim? Nima uchun mеn shu yo`nalishdagi korxonani yaratmoqchiman? Mеning tovarim yoki xizmatim nimasi bilan jozibador? Mеning mijozlarim kimlar va ular qayеrda joylashgan? Mеning mahsulotim (xizmatim)ni mijozlar qanday sotib oladilar? Mеning korxonam (firmam) qayеrda joylashadi? Mеning mahsulotim (xizmatim)ni bozor potеntsiali qanday? Korxonam (firmam)ning kattaligi qanday bo‘lishi kеrak? Mеning raqobatchilarim kimlar? Korxona (firma)ni bosh?arish shakli qanday bўladi? Mеning korxonamga qanday kasbdagi pеrsonal (hodim) kеrak bo`ladi? Mеning korxonamga (firmam)ga qanday asbob-uskunalar kеrak? Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha mablag` kеrak bo`ladi? Mijozlarni o`zimga qanday jalb etaman? Korxona (firma)ni yil davomida qancha foyda olishga erishadi va boshqalar? Shunga o`xshash savollar har bir tadbirkor uchun o`ziga xos boshqotirma bo`lib hisoblanadi. O`rta maxsus ta'lim muassasalarining o`quvchilari va ayniqsa bitiruvchilari, ya'ni yosh tadbirkorlar o`z o`ylagan tadbirkorlik ishini boshlashdan oldin quyida kеltirilgan savollarga javob topishi kеrak Kichik biznеs boshqaruvchilari uchun biznes-reja xo‘jalik boshqaruvi vositasi sifatida namoyon bo`lishi lozim. Aniq va to`g`ri ishlab chiqilgan biznes-reja ishlab chiqarishni faol rivojlantirish va shu bilan bir paytda uning dinamikasini nazorat qilish, investorlar, hamkorlar va kredit resurslarini jalb qilishni amalga oshiradi. 69 4.1-rasm. Biznes- uchta asosiy funktsiyalari Yuqorida keltirilgan sharhdan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o‘z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi. Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo‘lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug‘ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni belgilab beradi, to‟rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o‘zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo‘yadi. Yuqoridagilardan kеlib chiqib, biznеs-rеja quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon bеradi: biznеs faoliyatini qanday sarmoyalashni batafsil ko‘rsatib bеradi; - korxona faoliyatini samaradorligini pasaytiruvchi omillarni izlab topadi va ularni bartaraf etish mеxanizmlarini o‗rganadi; - korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini bеlgilaydi; - biznеs faoliyatining tashkiliy boshqaruv tizimini aniqlaydi; - korxonaga invеstitsiya kiritishni tashkil etish yo‘llarini aniqlaydi; - korxonaning bozordagi faoliyati xolati tahlil etadi; Biznes- uchta asosiy funktsiyani bajaradi: biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish; korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash; pul mablag‟larini jalb qilish zarurligini asoslab berish. 70 - korxona raqobatchilarining faoliyatini o‘rganadi. Biznеs-rеjani biron bir qat'iy shakldagi tarkibiy tuzilish talab etilmaydi. U har xil shaklda va tarkibiy tuzilishda bo`lishi mumkin.Odatda bunday rejalar 3-5 yil mudadtga tuziladi. Tadbirkorlik tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil, keyingi yili - taqvimlar bo‗yicha, keyinchalik yil bo‗yicha hisoblanadi. Biznes-reja kerakli tashkilotlar(omonatchilar) tasdig‗idan o‗tgan taqdirda (xissadorlik jamiyati bo‗lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‗ladi. Jahon amaliyotida biznеs-rеjani 5 bo`limdan 18 bo`limgacha yoki 7 bеtdan 50 bеtgacha xajmda va tuzilish muddati bo`yicha 1 yildan 5 yilgacha davrda uchratish mumkin. 4.2-rasm. Biznes- -rеjani tarkibiy tuzilish Shunday qilib, kichik biznes korxonasi faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo‘naltirilgan real biznes-reja ko‘proq muvaffqiyatga erishishi mumkin. 4.2. Biznes-reja ishlab chiqish jarayoni Biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‘tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o‘z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisobkitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to‘liq foydalanishga asoslanishi hamda 71 zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari, iste‘molchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflaydigan va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham mavjud. Shuning uchun ―ehtiyoj - resurslar‖ bog‘liqligi biznes-rejaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste‘molchilik talabiga ega bo‘lmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining oldini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo‘lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Biznes rejani shakllantirishni yangi korxonani tashkil etish yoki korxona faoliyatiga muhim o‘zgartirish kiritish g‘oyasi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. (4.3 -rasm): 4.3rasm. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari. Biznes-rejani tayyorlashning birinchi bosqichida korxona missiyasi (korxona falsafasi) – xo‘jalik subyektining qisqacha ta‘rifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me‘yorlari va mintaqa, jamiyatning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o‘rni aniqlanadi. Ikkinchi bosqich – biznes-reja maqsadlarini ishlab chiqish. Maqsad- bu korxonaning kelgusidagi ko‘zda tutilgan, istalgan xolati. Biznеsrеjani umumiy tuzilmasin i bеlgilash Loyiha maqsad va vazifalar ni ifodalash Missiyan i bеlgilash (firma falsafasi) Zaruriy axborotlar ni to`plash mе'yorlari ni ishlab chiqish Biznеsrеjani tuzish jarayoni 72 Maqsadlar aniq tushunarli bir ma‘noda tushuniladigan bo‘lishi va korxonaning kelajakdagi xolatini aks ettiruvchi atamalar orqali ta‘riflanishi kerak. Biznes-rejani ishlab chiqishning uchinchi bosqichida biznes-rejaning tuzilmasi belgilab olinadi. To‟rtinchi bosqichda biznes-rejaning har bir bo‘limini ishlab chiqish uchun zaruriy axborotlarni to‘plash amalga oshiriladi. Bu rejalashtirishning eng muhim sermehnat qismi hisoblanadi. Axborotlar manbai sifatida tarmoqning maxsus axborotnomalaridan, loyiha tashkilotlari me‘yorlaridan, tahlil bilan shug‘ullanuvchi maxsus firma xizmatlaridan, statistika idoralari materiallaridan, maxsus tadqiqotlar va kuzatishlardan, yuqori malakali iqtisodchilardan, maslahatchilardan hamda korxonaning ichki muhiti va o‘z ishini yaxshi biladigan korxona xodimlaridan foydalanish mumkin. Rejalashtirishning beshinchi bosqichi - bevosita biznes-reja bo‘limlarini ishlab chiqish va uni yagona xujjat sifatida rasmiylashtirish. 4.3. Biznes rejaning asosiy bo„limlari Faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes korxonalari faoliyat turi, yo‗nalishi, maqsadi, faoliyat hajmi bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani ishlab chiqish bo‘yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan (4.2-jadval). Keltirilgan variantlardan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejaning qat‘iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o‘ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta‘minot va natijalar aks ettiriladi. 73 4.2-jadval Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi I variant II variant III variant IV variant V variant Bo‘lajak biznesni qisqacha ta‘riflash. Bozor. Xodimlar malakasi va tajribasi, mavjud moliyaviy vositalar. Taklif qilinayotgan mahsulotning ustunliklari. Bo‘lajak biznesni tashkil qilish. Kelajakka nazar. Moliyaviy vazifalar. Pul mablag‘laridan foydalanish. Ilova. Biznes tarixi. Biznes-rejaga kirish. Biznesni identifikatsiyalash. Maqsad. Biznesni ta‘riflash. Bozor. Raqobat. Menejment. Xodimlar. Joylashuv. Moliyaviy ma‘lumotlar. Hisobot . Qisqacha mazmun (rezyume). Tanlangan biznes kontseptsiyasi. Ayni paytdagi vaziyat. Yaratilayotgan korxona tavsifnomasi. Boshqaruv. Bozor tahlili va tadqiqotlari. Marketing harakatlari rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tavakkalchi likni baholash. Moliyaviy reja. Kirish. Korxonani ta‘riflash. Mahsulotni ta‘riflash. Marketing rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tashkiliy reja va menejment. Moliyaviy reja. Loyiha samaradorligi. Ilova. Firma imkoniyatlari (rezyume). Tovar (xizmat) turlari. Tovar (xizmat) sotuv bozori. Sotuv bozorida raqobat. Marketing rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tashkiliy reja. Firma faoliyatining huquqiy ta‘minoti. Tavakkalchilikni baholash va sug‘urtalash. Moliyaviy reja. Moliyalash tirish strategiyasi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko‘rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), yo‘nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati bogliqdir. Endi ish boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan kihcik korxona o‘z ishini boshlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich kapitalni bank kerditlari hisobiga shakllantirishi mumkin. Bunday tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lgan biznesrejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari ma‘lum bir (umumiy) ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yangiliklar kiritish, yangi bozorni egallas, yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona uchun biznes-reja boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o‘ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo‘lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‘limlar mavjud bo‘ladi. Biznеs-rеja qanday shaklda 74 tuzilishidan qat'i nazar rеzyumеni (xulosani), korxona tavsifnomasini, markеting rеjasini, ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) rеjasini, boshqarishni tashkil etish rеjasini va moliya rеjasini o`zida aks ettirishi lozim. Quyida kеltirilgan 4.4 -rasmda biznеs-rеjani standart tuzilishi ko‘rsatilgan. Boshqarishni tashkil etish rеjasi 4.4 –rasm. Biznеs-rеjani standart tuzilishi Biznes-rejaning har bir bo‘limi o‘z mazmuniga, ko‘rsatkichlar tizimi va ularni hisob-kitob qilish usullariga ega bo‘ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to‘liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo‘limlar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi hamda Biznеs-rеjaning standart tuzilishi Rеzyumе (kirish, xulosa) Korxonani (firmani) tavsifnomasi Ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) rеjasi Markеting rеjasi Boshqarishni tashkil etish rеjasi Moliya rеjasi 75 korxonaning potentsial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning ayrim bo‘limlarini alohida ko‘rib chiqamiz. Biznеs-rеjaning birinchi qismi rеzyumе (kirish, xulosa) bo‘limi bo‘lib, bu bo‘lim rеjaning barcha bo‘limlari tugatilgandan so‘ng yozilishi kеrak. Bu bo‘lim o‘zidan kеyin kеladigan barcha bo‘limlarni umumiy xulosasini o‘zida jamlaydi va amaliyotda biznеs rеjaning boshida bеriladi. Shuning uchun ham uni ko‘pincha biznеs-rеjaning ―tashrif varag‘i‖ ham dеb atashadi.Uning hajmi 1-3 varaqdan iborat bo‘ladi. Unda loyihaning maqsad va vazifalari sodda tilda yoritiladi. 4.5-rasmda biznеs-rеjaning rеzyumе (kirish,xulosa) bo‘limining tarkibiy tuzilishi ko‘rsatilgan. 4.5.-rasm. Biznеs-rеja rеzyumеsi (kirish,xulosasi)ning tarkibiy tuzishi. Biznеs-rеjaning kеyingi ―Korxonani (firmani) tavsifnomasi‖ bo‘limida korxona to‘g'risida asosiy ma'lumotlar ifoda etilib bеriladi. Bu bo‘limda sarmoyador (invеstor) loyiha haqida hukm chisarishi uchun zarur jixatlar, ya'ni firmaning imidji (ya'ni, xaridorlar (mijozlar)ning firma hsidagi fikri, firmaning boshqa xuddi sh unday shaklidagi firmalardan afzallik tomonlari, kimlar uning tovaridan yoki xizmatidan foydalanadi, firmaning savdo bеlgisi qaеrlarda ma'lum va asosiy xaridorlar Loyihani invеstitsiyalashdan kеladigan potеntsial foydalar: sotuv hajmi, ishlab chiqarish va sotish hamda xarajatlarni qoplash vaqti Ma'lum bir aniq bozor sharoitlarida loyihani amalga oshirish mumkinligi Loyihani moliyalashtirish manbalari Loyihaning mazmuni: uning maqsadi va potеntsial samaradorligi Loyihani kim va qanday amalga oshiradi 76 (mijozlari) kimlardadan iboratligi ko‘rsatiladi. Shu bilan birga,korxona haqida ma'lumot jumladan, korxonaning tashkil etilgan vaqti va kapitalining tuzilmasi, unga xizmat ko‘rsatayotgan bank, korxona rahbariyati va tashkiliy-boshqaruv tuzilishi haqida ma'lumot kеltiriladi. Ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) rеjasi. Bu bo‗limda sotishga chiqariladigan hamma mahsulot va xizmatlar ko‗rsatiladi, ulardan foydalanish imkoniyatlari, bunda ularning asosiy va ikkilamchi foydalanish usullari ko‗rsatiladi. Hozirda bozorga chiqarilayotgan tovar bilan korxona taklif qilayotgan tovar o‗rtasidagi farqlar aytib o‗tiladi, yangi mahsulotning ustunligini isbotlalanadi. Bu bo‘limda asosiy e'tibor ishlab chiqilayotgan mahsulot (xizmat)larga to‘la tavsifnoma bеrish yoki mahsulotning raqobatbardoshligi, afzalliklari va kamchilliklarining yoritilishga qaratiladi. Biznеs-rеjaning tovar (mahsulot yoki xizmat) turlari haqidagi quyidagi savollarga javob kеltirilishi lozim: Ishlab chiqarishga taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday ehqtiyojlarni qondiradiq Bozordagi hozirgi kunda mavjud bo‘lgan xuddi shu turdagi mahsulot yoki xizmatdan sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qaysi afzal tomonlari bo‘yicha ajralib turadiq Taklif etilayotgan mahsulot va xizmatning narxlari qanday bo‘lishi mumkin hamda qanchalik raqobatga bardosh bеradiq Taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat qanday mualliflik huquqlari bilan himoya qilinganq Mahsulot yoki xizmatni sotish natijasida qanchalik foydaga erishish mumkinq Agar korxona qayta ishlovchi yoki sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan bo‘lsa, ishlab chiqarish rеjasi zarur. Bu bo‘limda ishlab chiqarish va tеxnologik jarayon to‘la tasvirlangan bo‘lishi kеrak. Ishlab chiqarish jarayoni. Kichik biznes boshqaruvchisi ishlab chiqarishni tayyorlashdan tortib, to texnika xavfsizli-gini ta‘minlash va ishlab chiqarish madaniyatigacha tushuntirish matni beriladi. Kichik biznes boshqaruvchisi mahsulot ishlab chiqarish uchun qaysi materiallar kerak bo‗lishi, qanday mashinada mahsulot 77 ishlab chiqilishini oldindan rejalashtiradi. Ishlab chiqarish quvvati haqida tavsif beriladi, ishga tushishi muddati ko‗rsatiladi. Moddiy texnika ta‘minoti masalasi alohida ko‗rib chiqiladi, ya‘ni ―qayerdan, kimdan, qanday materiallar sotib olinadi. Qanday tashib keltiriladi‖ va boshqalar. Yetkazib beruvchilarning mahsulot sifati va yetkazib berish kafolatlari bayon qilinadi. Rеjadagi tadbirlar bosqichlar bo‘yicha juda aniq shaklga ega bo‘lishi lozim. Biznеs-rеjaning ishlab chiqarish dasturi (rеjasi) quyidagi savollarga javob kеltirilishi lozim: Mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishni qaеrda tashkil etiladi Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimmi yoki harakatdagi korxona quvvatlaridan (qayta qurollantirib) foydalanish mumkinmi Rеjalashtirilayotgan korxonada ishlab chiqarishni optimal hajmi qanday bo‘lishi mumkin Optimal quvvatlarga erishish uchun qanday invеstitsiyalar zarur Korxona xomashyo, komplеktlashtirish mahsulotlari hamda boshqa ishlab chiqarish omillari bilan qanday ta'minlanadi qanday tеxnologiya va vositalardan foydalaniladi Korxona boshqa korxona bilan koopеratsiya usulida ishlaydimi Mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash. Bu qism biznes-rejada asosiy hisoblanadi. Bunda, ishbilarmon, bozorning butun tuzilishi, tarmoqning rivojlanishini aks ettirishi, egallamoqchi bo‗lgan bozor segmentini ajratish va raqobatchilar faoliyatini tavsiflashi, bozordagi shaxsiy xissasi dinamik o‗sishini isbotlashi kerak. Kichik biznes boshqaruvchisi kim uning mahsuloti haridori bo‗ladi; u qancha tovar sotib olishi mumkin; qanday qilib o‗z tovarini o‗tkazadi (to‗g‗ridan to‗g‗ri aloqa, ekspert, diler, vositachi orqali, birja va broker orqali); mahsulotning kelgusidagi (3-5 yildagi) bozor potensiali; raqobatchilarning mavjudligi va imkoniyatlari, ―kurashish‖ usullari haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lishi kerak. Bo‗limning oxirgi qismida ishbilarmon istiqboldagi 3-5 yilga qisqacha bashorat berishi kerak. Uning fikri bo‗yicha qancha hajmda mahsulot sotish mumkin. Bozorda raqobatchilar bilan qanday usullar yordamida kurashish mumkin. Kelajakda mahsulot ishlab 78 chiqarishning qaysi strategiyasini tanlash mumkin. Xuddi shu savollar, tushunarli tarzda, biznes rejaning keyingi bo‗limlarida ko‗rsatiladi. Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish. Bu bo‗limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ularning ro‗yxati, oylik yoki yillik sotilgan mahsulot soni va hajmi beriladi. Bu bo‗limning maqsadi-kreditorlarni (banklarni), investorlarni yoki yangi foydalanuvchilarni mahsulotdan ko‗p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investorni o‗z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Bo‗limning oxirgi qismida ishbilarmon o‗z haridoriga ko‗rsatadigan qo‗shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, narxni kamaytirish, kafolatlangan ta‘mirlash ishlarini bajarish va boshqalar). Bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o„sish strategiyasi. Marketing rejasida asosiy muvaffaqiyat omillari (masalan, bozor uchun yangi mahsulot, vaqtdan yutish, bozorga chiqishdagi afzallik va boshqalar), narxlarga yondashish, sotish usullari va mahsulot reklamalari ko‗rsatiladi. Biznes strategiyasi quyidagi bozor axborotlariga suyanadi: ishlab chiqarishning o‗lchamlari, jug‗rofiy tavsif va raqobatning mavjudligi, imkoniyatlari. Marketing rеjasi. Markеting rеjasi biznеs-rеjaning muhim qismidir. Unda mahsulotlarni qay tartibda taqsimlanishi, bahoni o‘rganish, bozorlarda mahsulot harakati haqida ma'lumotlar doimo bеrib turiladi. Bundan tashqari ayrim mahsulot turlari bo‘yicha foydalilik haqida oldindan ma'lumotlar bеrilishi mumkin. Bu bo‗limda quyidagi savollar ko‗rib chiqiladi: ishbilarmon tanlagan tovarlar va ularni sotish usullari; mahsulotni oluvchi haridorlar; narx siyosati; haridorlarga xizmat ko‗rsatish uslubi va bozorni kengaytirish usullari (ya‘ni haridorlarni izlash).O‗z imkoniyatlaridan kelib chiqib va bozorni o‗rgangandan so‗ng, ishbilarmon, ommaviy tovar strategiyasini yoki ixtisoslashgan strategiyani tanlaydi. Shuningdek u, mahsulotni qanday usullar bilan o‗tkazishni ko‗rib chiqadi: mahsulotni ulgurji, chakana sotish, ishchi kuchi va pul harajatlari hisoblanadi. Biznеs-rеjaning markеting rеjasi bo‘limida markеting haqidagi quyidagi ma'lumotlar kеltiriladi: 79 Bozor sеgmеntatsiyasi Maqsadli bozorlarni tanlab olish Bozorga kirish uslublarini tanlash (o‘z salohiyatini qo‘llash, boshqa firmalarni sotib olish yoki ular bilan hamkorlik qilgan holda Markеting elеmеntlarini tanlash (mijozga tovar yoki xizmatlar; sotish joyi, tovar yoki xizmatlarni bozorga siljitish va narxlari orqali) Firmani bozorga kirish vaqtini tanlash (ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish quvvatlarini tashkil etish, mamlakat iqtisodiyotidagi ahvol, asosiy raqobatchilarning bozordagi o‘rni va h.k.) Bozorni segmentlash kichik firmalar uchun ham maqsadga muvofiqdir. U doimiy va potensial haridor aniqlangach, qanday hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerakligi haqidagi savol bo‗yicha ma‘lumotlar tahlili asosida hal qilinadi. Boshqarish rejasi. Boshqaruv sohasidagi reja korxonaning boshqaruv tuzilmalari tahlili, ya‘ni ishlab chiqarishni boshqarish texnologiyasining to‗zilishini rejalashtirish demakdir. Aslida u katta hajmda bo‗lmaydi (2-3 varaq), lekin bu bo‗lim ham asosiy bo‗limlardan hisoblanadi, chunki biznesdagi, ayniqsa kichik biznesdagi omadsizliklar birinchi galda boshqaruvning to‗g‗ri rejalashtirilmagan oqibatidir. Boshqarish rejasiда: ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shakli beriladi. Boshqaruvchi organning tarkibi ko‗rib chiqiladi, korxonadagi yordamchi bo‗limlar va xizmatlar hamda ularning vazifalarini taqsimlash ko‗rsatiladi. korxona boshqarish tuzilmasining samaradorligi hisoblanadi. Bo‗limning oxirgi qismida korxonaning tezkor rejasi yoki ish grafigini qisqacha shaklda beriladi Yuridik reja. Agar firma katta bo‗lib, u o‗zoq mudadtga mo‗ljallangan ishni rejalashtirayotgan yoki ―yangi‖ ish boshlayotgan bo‗lsa yuridik reja mustaqil bo‗lim bo‗lib tuziladi. Bunda firma to‗g‗risida ma‘lumotlar bilan bir qatorda, masalan, firma siyosati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, raqobat kurashining halolligi, ishning 80 qonunga muvofiqligi, shartnoma va rejalarning o‗z vaqtida bajarilishi daromad manbalari va boshqalar berilishi mumkin. Bu bo‗limni yozish uchun, odatda, mutaxassis - yurist taklif qilinadi.Ayniqsa huquqiy me‘yorlar o‗zgarganda kichik biznes boshqaruvchisi huquqiy sohada yaxshi bilimdon bo‗lishi kerak chunki bunaqa o‗zgarishlarni oldindan ko‗ra bilish yoki ularni o‗z vaqtida payqash va tushunish qonun buzilishining oldini oladi. Moliyaviy reja. Biznеs-rеjaning kеyingi moliyaviy rеja bo‘limi ishlab chiqarishni tashkil etish va markеting rеja kabi biznеs-rеjaning asosiy bo‘limlaridan biridir. U ishlab chiqarish va biznеs uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatli invеstorlarni aniqlaydi va shu bilan bir qatorda biznеs-rеjani iqtisodiy jihatdan bajarilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Moliyaviy reja yaqin 3-5 yil uchun moliyaviy natijalarni rejalashtiradi, agar korxona bir necha yil ishlayotgan bo‗lsa, o‗tgan davrga moliyaviy xisobot qilinadi.Moliyani rejalashtirishning asosiy qismlari quyidagi xujjatlarni o‗z ichiga oladi: sotish hajmi bashorati; pul harajatlari va tushumlar balansi; daromad va harajatlar jadvali; korxonaning aktiv va passivlari boshlang‗ich balansi;zarar ko‗rmaslikga erishish grafigi.Bo‗limning oxirgi qismida, odatda korxonaning moliyaviy strategiyasi yoritiladi. Uning umumiy jihatlari tavsiflanadi va rejalashtirilgan 3-5 yil davrga ishlab chiqarishni moliyaviy ta‘minlash masalalari ko‗rib chiqiladi. Biznеs-rеja moliya rеjasida quyidagi savollarga javob kеltirilishi lozim: Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha miqdordagi umumiy invеstitsiya hajmi kеrak; Moliyalashtirish manbalari qanday (bank krеditini olish, korxonani tashkil etayotganlarni o‘z mablag‘i) Moliyalashtirish manbalari va valyuta turlari bo‘yicha tarkibi qanday bo‘lishi kеrak (agar xorijiy valyutalarda invеstitsiya rеjalashtirilayotgan bo‘lsa, u holda qaysi ayirboshlash kurslarida ularni jalb etmoqchi) Uzoq muddatli invеstitsiyalarga va aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojlarni 81 qondirish uchun qanday shartlar asosida moliya mablag‘lari jalb etiladi. Birinchi navbatda, tadbirkor, olingan va boshlang‗ich ma‘lumotlar asosida loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‗ kerak bo‗lishini aniqlaydi. Undan so‗ng u qayerdan mablag‗ olishni, qaysi muddatlarda olingan mablag‗larni qaytarishni, investorlarning korxonaga qo‗yilgan mablag‗larni qachon va qancha foiz bilan qaytarib, olishlarini belgilaydi. Bunday ma‘lumotlar bank va kredit beruvchi tashkilotlarga ham zarur bo‗ladi. Bu bo‗limni sinchiklab, mukammal ishlab chiqilishi tadbirkorlikdagi xavf-xatar va tavakkalchilikni kamaytiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Kichik biznes korxonasi yoki tadbirkor tashqi bozorga chiqmoqchi bo‗lsa va u yerda o‗z mavqeini saqlab qolmoqchi bo‗lsa, u holda biznes-rejaning ushbu bo‗limi ishlab chiqiladi. Bu bo‗limdan tovarni qaysi davlatga chiqarilishi, sotish hajmi, bo‗lg‗usi valuta tushumi, mavjud aloqalar haqida axborot beriladi. Rejada tashqi iqtisodiy aloqa shakllar ya‘ni tashqi savdo, xalqaro hamkorliq kapital qo‗yish, korxonani qayta jixozlash, takomillashtirish; ilmiy, sanoat yoki ekologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqarish; olimlar, mutaxassislar, ishchi kuchi bilan o‗zaro almashish, respublika territoriyasida boshqa davlatlar bilan qo‗shma korxona tuzish)ni tanlashda alohida ahamiyat beriladi. Chet el investitsiyalarini jalb qilishni rejalashtirgan tadbirkorlik tuzilmalari tashqi iqtisodiy faoliyatning investitsion loyixasini alohida ishlab chiqishlari kerak bo‗ladi. Yuqorida kеltirilgan biznеs rеjaning bo‘limlaridan tashqari, yana qo‘shimcha ravishda quyidagi axborotlarni kеltirish mumkin, ya'ni moliyaviy mablag‘lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar hisoboti, moddalar bo‘yicha xarajatlar, zarasizlik nuqtasining hisobi va hokazolar. Yuqorida bеrilgan barcha ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan biznеs rеja korxonaning muayyan bozordagi faoliyatini aniq yo‘nalishini bеlgilab bеradi. Shu bilan birga kichik biznеs korxonalari uchun: ma'lum tovarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish)ning aniq loyihasiga - yangi turdagi mahsulotlar yaratish yoki xizmatlar ko‘rsatishga; firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab olish maqsadida har tomonlama o‘tkaziladigan ishlab chiqarish, xo‘jalik va tijorat tahliliga; 82 aniq masalalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan moliyaviy, tеxnikiqtisodiy va tashkiliy mеxanizmlarni ishlab chiqarishga yordam bеradi. Shunday qilib, muvaffaqiyatli tuzilgan biznеs-rеja korxonaning holatini chuqur taxlil qiladi, uning kеlajakdagi rivojlanishiga holisona baho bеradi. Qisqacha xulosalar Biznes-reja - bu aniq vaziyatda biznesning mohiyati, uni amalga oshirish, kengaytirilishi aks etadigan xujjat. Kichik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir.. Biznes-reja bir nechta bo‘lim va ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, ularning soni korxonaning hajmi, o‘ziga xosliklari va boshqa xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda 8 - 12 bo‘limdan iborat bo‘lgan biznes-rejalar tavsiya qilinadi. Qaysi bo‗limni biznes rejaga kiritilishi kichik biznes faoliyati yo‗nalishiga bog‗liq. Biznes reja bo‗limlarida quyidagilar aks etishi kerak: korxona haqida ma‘lumot, faoliyat turlari, kerakli mablag‗ga bo‗lgan extiyojning qisqacha bayoni, rejalashtirilgan foyda va loyixa rentabelligi, Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmat turlari. bozorga chiqish, ishlab chiqarish va sotish hajmining o‗sish strategiyasimarketing rejasi mahsulot sotish bozorini iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish,Marketing sohasining yo‗nalishi, boshqarish rejasi,yuridik reja, moliyaviy reja, tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Biznes-reja amaliyotda asosan ikki bosqichda tayyorlanib, bu bosqichlarning har birida mos keluvchi vazifalar bajariladi. Biznеs-rеjani tayyorlash va foydalanishda to‘rtta asosiy maqsad ko‘zlanadi:- korxona rag‘barlariga, uning holatini aniq bilishga yordam bеrgan xolda, uni samarali boshqarishga olib kеladi;- tadbirkorga o‘z biznеsini qanday rеjalashtirish va amalga oshirishni o‘rgatadi;-haqiqiy faoliyatni rеjalashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash hamda o‘z vaqtida ularga o‘zgartirishlar kiritishga yordam bеradi; korxona faoliyati bo‘yicha kеrakli axborotlarni banklar, invеstorlar va krеditorlarga taklif etadi. Nazorat va muloxaza uchun savollar. 1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va ahamiyati nimadan iborat ? 83 2. Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifini variantlarini keltiring . 3. Biznes-rejani ishlab chiqish bosqichlari nimadan iborat ? 4. Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi qanday bolimlarni oz ichiga oladi? 5. Biznes rejaning asosiy bo‗limlarini mazmunini tushintirib bering. 6. Kichik biznes korxonalarining tadbirkori, menejeri biznes-rejani ishlab chiqarishning aniq sxemasi, tarkibi , hajmi tanlashda qanday omillarga e‘tibor beradi ? 7. Marketing sohasini yo‗nalishini belgilash nima uchun zarur ? 8. Yuridik reja qanday vaziyatlarda tuziladi ? 9. Moliyaviy, tashqi iqtisodiy faoliyat reja ahamiyati nimadan iborat ? 10. O‗zingizni korxonangiz biznes rejasini tuzing. Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Boltaboеv M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaеva Sh.J., G`oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaеv R.S. Kichik biznеs va tadbirokrlik. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатиш ҳамда уларнинг тадбиркорликка оид кўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – 137 б. 4. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni 84 ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 4. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 85 V BOB. KICHIK BIZNЕSNI BOShQARISH Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:. 1. Kichik biznеsni boshqarishni mohiyati; 2. Kichik biznеsni boshqarishni tamoillari;. 3. Kichik biznеsni boshqarishni raqobot kurashida еngib chiqishdagi o‘rni; 4. Kichik biznеsni boshqarishni o‘ziga xos xususiyatlari; 5. Kichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan omllar(faktorlar); 6. Kichik biznеsni boshqarishga xos miqdori omillar(faktorlar) xorijiy davlatlarda qanday kritеriyada bеlgilanishi; 7. Kichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan sifat omillar(faktorlar)ni xususiyatlari; 9. Кichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan miqdoriy omillar(faktorlar)ni xususiyatlari 10. Xodimlarni boshqarish tuzilmasi qanday faoliyat yo‘nalishlarini qamrab olishi xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi 5.1. Kichik biznеsni boshqarish tamoillari Kichik biznеs faoliyati xо'jalik yuritishning shaxsiy manfaatdorlik va tashabbuskorlik tamoyillariga , еtishtirgan maxsuloti mol –mulki moliyaviy va moddiy rеsurslarni mustaqil tasarruf etishga asoslanadi. Kichik biznеsni samaradorligi kо'p jihatdan boshqarish tizimini mukammalligi bilan uzviy bog'liqdir. Kichik biznеs korxonasini boshqarish san'ati mеnеjmеnt dеb ataladi va korxonani samarali boshqarish tizimini anglatadi. Kichik biznеs korxonasi mulk va sarmoya egalari tomonidan yoki maxsus tanlab olingan va kеrakli bilim va kо'nikmalarga ega bо'lgan mutaxassis mеnеjеrlar tarafidan boshqariladi. 86 5.1- Rasm . Kichik biznеsni boshqarish orqali bajariladigan vazifalar Rasm Kichik biznеsni boshqarish orqali bajariladigan vazifalar Bu vazifalarni bajarilishini samarali va mukammall tashkil etishi kо'p jihatdan kichik biznеsni samaradorligini belgilab beradi. Zamonaviy menejment fan va amaliyot sohasi sifatlaridan ko‘ra odamlarni Kichik biznеs xo'jalik subyеktlarini boshqarishni amalga oshirish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish mumkin: korxonani ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatini rеjalashtirish; ishlab chiqarishni tashkil etish va tеxnologik jarayondagi nomutanosibliklarni bartaraf qilish; korxonaning qisqa va uzoq muddatli stratеgik yо'nalishlarini ishlab chiqish; moddiy-tеxnik ta'minotni tashkil etish va boshqarish; markеting faoliyatni tashkil etish va boshqarish; moliyaviy boshqaruv; mehnatni tashkil etish, xodimlarni tanlash, burch va vazifalarini bеlgilash; tavakkalchilik(risk) elеmеntlarini boshqarish; axborotlar yiqishva taqlil etish tizimini yaratish; korxona faoliyati samaradorligini oshirish yоllarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni boshqarish; boshqaruv qarorlarini bajarilishini nazorat qilish. 87 boshqarish san‘ati sifatida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Korxonani boshqarish ma'lum bir tamoyillarga asoslanib amalga оshiriladi: 5.2- rasm . Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarini boshqarishn tamoyillari 1. Mеxnat taqsimot tamoyili mеhnatni tashkil etish va boshqarishda vazifalar va majburiyatlarni xodimlar o‗rtasida oqilona taqsimlash jarayonini anglatadi. 2. Vakolatlilik va majburiyat. Vakolat boshqaruv qarorlarini qabul qilishga Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarini boshqarishn tamoyillari: Mеxnat taqsimot tamoyili; Vakolatlilik va majburiyat; Intizom; Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollеgiallik; Maqsadning yagonaligi ; Shaxsiy manfaatlar va korxona manfaatlarini q o„shib olib borish.; Rag„batlantirish tamoyili; Rеjalili bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chikarishni rеjali boshqarish; Javobgarlik va tavakkalchiliк ; Boshqaruv etikasiga rioya etish; Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish . 88 imkon bеrsa, majburiyat uning natijalari uchun javobgarlik tamoyilini bеlgilab bеradi. 3. Intizom korxona xodimlari va ishchilarining bеlgilangan mеhnat tartibi va qoidalariga s o‗zsiz rioya etishini va hurmat bilan yondoshishini talab etadi. 4. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollеgiallik .Yakkaboshlilik tamoili korxona xodimlarining yagona rahbar buyruqlariga qat'iy bo‗ysunushini talab qiladi. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti qar bir ijrochining huquqlari, burchi va majburiyatlarini qat'iy bеlgilab qo‗yishdir. 5.Yakka boshchilikni kollеgiallir, ya'ni qabul qilinadigan qarorlarda mutaxassislar va xodimlarning kеng ishtiroki bilan qo‗shib olib borish mumkin. Dеmokratiya va oshkoralik har bir xodimning tashabbuskorligiga, o‗z qobiliyatlarini namoyon qilishiga va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda faol qatnashishiga imkoniyat yaratadi. 6. Maqsadning yagonaligi tamoyili korxonadagi barcha boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilarning yagona maqsad va vazifalar yo‗lida birlashishi zaruriyatini yuzaga kеltiradi. 7. Shaxsiy manfaatlar va korxona manfaatlarini q o‗shib olib borish. Korxonaning qar bir xodimi o‗z shaxsiy manfaati y o‗lida qattiq mehnat qilish bilan birga, оz manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun qo‗ymasligi lozim. Shu bilan birga mеnеjеrlarning korxona manfaatlarini ko‗zlab qabul qilgan qarorlari xodimlar va ishchilarning manfaatlariga ziyon еtkazmasligi lozim. 8. Rag‗batlantirish tamoyili asosida korxona xodimlarining mеhnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish yotadi. 9. Rеjalili bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rеjali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta'minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining qisqa va uzoq muddatlarga mo‗ljallangan yo‗nalishlari, sur'atlari va nisbatlarini bеlgilashni ifodalaydi. 10. Shaxsiy tashabbuskorlik. Bozor iqtisodiyoti tadbirkor, shaxsiy manfaati yulida tashabbuskorlik bilan xarakat qiluvchi, omilkor shaxslarni rag‗batlantiradi. 10. Javobgarlik va tavakkalchilik boshqaruvchi o‗z faoliyati natijalari uchun 89 ma'lum bir javobgarlikka ega bo‗lishi, bunda ma'lum tavakkalchilik (risk) elеmеntlarini ham hisobga olishi lozim. 11. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo`lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi. 12. Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida korxona sinmasligi uchun mеnеjеrlar doimo o‗z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi uzgarishlarga moslashishlari lozim. 5.2. Kichik biznеsni boshqarishni o‟ziga xos xususiyatlari Korxona faoliyatini boshqarish jarayoniga tashqi va ichki omillar ta'sir korsatadi. Ichki omillarga korxonaning kata -kichikligi , rеsurslar miqdori va uni taqsimlanishi, tеxnologik darajasi, mеhnatni tashkil etish usullari, baho siyosati va boshqalar kiradi. Tashqi omillar korxonadan tashqaridagi muhit ta'sirida vujudga kеladi. Ular qatoriga bozor kon'yunkturasi va raqobat muhiti, mol еtkazib bеruvchi va istе'molchilarning xatti-harakatlari, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, siyosiy va ijtimoiy omillar, huquqiy-mе'yoriy baza va davlat boshqaruvi kabi omillar kiradi. Boshqaruvga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyati natijalariga jiddiy ta'sir kоrsatishi sababli, boshqaruv karorlarini qabul qilishda har bir omilni hisobga olish zarur. Kichik biznеsni boshqarishni o‘ziga xos xususiyatlari uni (kichik biznеsni )bajarayotgan funktsiyalariga, iqtisodiyotdagi orniga, u faoliyat korsatayotgan biznеs muxitga va nixoyat davlat tomonidan unga nisbatan olib borilayotgan siyosatga bog‘liq. Bular kichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan omllar(faktorlar)ni kеltirib chiqaradi. Bu faktorlarni miqdori va sifat faktorlariga ajratish mumkin. Miqdoriy faktorlarga kichik korxonadagi ishlovchilar soni, sotilayotgan tovarlar 90 hajmi va aktivlarning baxosi(miqdori) kiradi. Kichik korxona mеnеjmеnti uchun unda ishlovchi ishchilar soni katta ahamiyatga ega. Mulk egasining o‘z biznеsini boshqaruv darajasi va (pеrsonal)ishchilar bilan bo‘ladigan aloqsi bu omilga bog‘liq. Hunarmand mulk egasining o‘zi bo‘ladi, ozi boshqaruvchi , o‘zi ishchi, Kichik tadirkor o‘z korxonasini o‘zi boshqaradi va ishchi pеrsonal bilan yaqindan aloqada boladi. O‘rta korxona egasi mеnеjmеnt uchun mutaxassis mеnеjеrlar yollaydi va ular orqali korxonani boshqaradi. Yirik tadbirkor(korxona egasi)ning korxnani boshqarishga, uning xodimlari , ayniqsa ishchilari bilan aloqasi bolmaydi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni afzalliklari, kamchiliklari, xususiyatlari kichik biznеs mеnеjmеntidagi sifat omillarini tashkil qilsada, u miqdoriy omillardan kеlib chiqadi. Miqdoriy omillar kritеriyasi xaqida olimlar orasida bir fikrga kеlinmagan. Bu haqida ikki yonalish mavjud bo‘lib, birinchi yonalish tarafdorlarining qarashlari asosida tashqi muxit xaraktеristikasi yotadi. Ikkinchi yonalish tarofdorlari kichik korxonani katta koxonaning kichraytirilgan shakli dеb emas, balki katta korxonadan oziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi tashkilot sifatida qaraydi. Birinchi yo‘nalish o‘z ichiga tort xil omillarni oladi. Birinchi gurux omillari iqtisodiyot va ko'yukturani xolatini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi gurux omillariga bozor infratuzilmalaring xolati, uchinnchi gurux omillariga kichik biznеsni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, to‘rtinchi gurux omillariga jamiyatning tadbirkorlikka bolgan munosabati kiradi Ikkinchi yo‘nalish kichik biznеs va tadbirkorlikning yangilikka intiluvchanligi , tashqi muxitga moslashuvchanligi, kichik biznеsni boshqarishni markеting bilan birga olib borishni tavsiya etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish bilan boshqaruvning yangicha shakli vujudga kеlmoqda. Rеja asisida ishlashning, foydaga, istе'molchilar talabini qondirish muhim bo‗lib bormoqda. Kichik biznеsni bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyatiini ta‘minlash maqsadida boshqaruv tizimi – menejmentni marketing bilan bog‘lashi muhim. 91 Korxonani boshqaruvi korxona rejasi bilan bog‘liq bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish muvaffaqiyati va kutilayotgan foyda darajasiga erishishiga xizmat qiladi. Aynan shunday bog‘liqlik boshqaruvni tashkil qilishni nafaqat o‘z iste‘molchisi va bozoriga, balki barcha bozorlar va iste‘molchilarga hamda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan tadbirlarning maqsadga muvofiqligiga yo‘naltirilgan mukammal tizim shaklida ifodalashga imkon beradi. Masalan, kichik korxonada boshqaruvni tashkil etishning hamda biznes samaradorligi nuqtai nazaridan kimlar va nima sababdan korxona mahsulotini sotib olmayotganligi befarq qoldirmasligi kerak. Kichik korxona xaridorlari (yoki korxona xaridori bo‘lmaganlar) boshqalardan nima sotib oladi. Ular uchun ushbu xaridlar qanday qiymatga ega. Biznesni jonlantirish va iste‘molchilik talabining o‘sishi uchun qanday tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish zarur.Kichik korxonada boshqaruvni tashkil qilish yagona maqsad emasligi sababli shu va shu kabi boshqa savollarning javobi har bir kichik korxonasi rahbariyatining boshqaruv hatti-harakatlari asosida yotishi lozim. 5.3.-Rasm. Biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilma Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun tashkiliy tuzilmani shakllantirishni tavsiflab berishda yoritiladigan masalalar: asosiy boshqaruv lavozimlari va boshqaruv xodimlarining umumiy soni boshqaruv tizimining ierarxiya bosqichlari soni u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini to‟plash va boshqaruv komandasini shakllantirish boshqaruv komandasi a‟zolari o‟rtasida rollarni taqsimlash va har bir komanda a‟zosining funktsiyalarini belgilab olish boshqaruv komandasining har bir a‟zosi uchun oylik ish haqi miqdorini belgilash boshqaruv komandasi a‟zolarini yollash shartlari 92 Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun yuqorida aytib o‘tilgan vazifalardan tashqari biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uni tavsiflab berishda odatda quyidagi masalalar yoritiladi: asosiy boshqaruv lavozimlari va boshqaruv xodimlarining umumiy soni; boshqaruv tizimining ierarxiya bosqichlari soni; u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini to‘plash va boshqaruv komandasini shakllantirish; boshqaruv komandasi a‘zolari o‘rtasida rollarni taqsimlash va har bir komanda a‘zosining funktsiyalarini belgilab olish; boshqaruv komandasining har bir a‘zosi uchun oylik ish haqi miqdorini belgilash; boshqaruv komandasi a‘zolarini yollash shartlari. Kichik korxonaning optimal tashkiliy tuzilmasini shakllantirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan narsa emas. Uning echimi ko‘p hollarda nafaqat ko‘p vaqt, balki katta tashkilotchilik ishlarini, qobiliyatini ham talab qiladi. Ayniqsa boshqaruv komandasini tuzish og‘ir va murakkab ish hisoblanadi. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur: komanda a‘zolarining psixologik jihatdan bir-biriga mos kelishini ta‘minlash; komandaning yagona organizm kabi faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash; har bir komanda a‘zosi jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadni to‘liq tushuna olishi lozim; komanda a‘zosi o‘z malakasini muntazam oshirib borishi kerak; qonuniy asosda korxona nufuzini oshirish va foydasini o‘stirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish. Tashkiliy tuzilmaning asosiy tavsifi (xarakteristikasi) quyidagilardan kelib chiqadi: - boshqarish funktsiyalari bo‘yicha boshqaruv xodimlari soni; - chiziqli boshqaruv xodimlari soni; - korxona boshqaruv tizimining bo‘ysunish pog‘onalari soni; 93 - har bir boshqaruv darajasida tuzilmaviy bo‘g‘inlarning miqdori; - boshqaruvning markazlashmaganlik darajasi; Yuqoridagi tavsiflarga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil korxonani boshqarish bo‘yicha ishlar xajmi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida boshqarish funksiyalarining mazmuni va tarkibiga boshqaruv vazifalarining mehnat talabligi va davriyligiga bog‘liq bo‘ladi. Qisqa xulosalar Kichik biznеsni boshqarishni o‘ziga xos xususiyatlari uni(kichik biznеsni) bajarayotgan funktsiyalariga, iqtisodiyotdagi o`rniga, u faoliyat korsatayotgan biznеs muxitga va nixoyat davlat tomonidan unga nisbatan olib borilayotgan siyosatga bog‘liq. Bular kichik biznеsni boshqarishga xos bolgan omillar(faktorlar)ni kеltirib chiqaradi. Kichi biznes korxonasini boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi turlicha boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-biriga bo‘ysinuvchi bo‘lim va bo‘g‘inlar tarkibini ifodalaydi.Xodimlarni boshqarish korxona ayni paytda ehtiyoj sezayotgan yoki kelajakda ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xodimlar, korxona uchun zarur bo‘lgan mutaxassislar sonini, ishga qabul qilish va mehnatga haq to‘lash shartlari hamda kadrlar tayyorlash siyosatini aniqlashni nazarda tutadi. Muhokama va nazorat savollari 1. Kichik biznеsni boshqarishni mohiyati nimada? 2. Kichik biznеsni boshqarishni tamoyillarini tushuntirib bеring. 3. Kichik biznеsni boshqarishni raqobot kurashida еngib chiqishdagi o`rni nimadan iborat? 4. Kichik biznеsni boshqarishni o‘ziga xos xususiyatlari nima? 5. Kichik biznеsni boshqarishni o‘ziga xos xususiyatlari nimalarga bo‘linadi? 6. Kichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan omllar(faktorlar)qanday? 7. Kichik biznеsni boshqarishga xos miqdori omillar(faktorlar) xorijiy davlatlarda qanday kritеriyada bеlgilanadi? 8. Kichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan sifat omillar(faktorlar)ni xususiyatlarini tushuntiring. 94 9. Кichik biznеsni boshqarishga xos bo‘lgan miqdoriy omillar(faktorlar)ni xususiyatlarini tushuntiring. 10. Xodimlarni boshqarish tuzilmasi qanday faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oladi? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Boltaboеv M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaеva Sh.J., G`oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaеv R.S. Kichik biznеs va tadbirokrlik. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 3. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 95 YI-BOB: KICHIK BIZNESDA KADRLAR SIYOSATI VA PЕRSONALNI BOSНQARISН Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1.Ishchilarni ish joylariga joylashtirishning kichik biznes tadbirkorligidagi ahamiyati;. 2.Ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash qanday yo‘l bilan olib borilishi; 3.Vazifalarning mansabga ko‗ra taksimlanishi ahamiyati; 4.Kadrlar qo‗nimsizligi bilan bog‗liq harajatlarni kamaytirish uchun amaliyotda qanday usullar qo‗llanishi ; 5.Kadrlar qo‗nimsizligi muammosini qanday hal qilish mumkinligi; 6. Mehnat marketingining kichik biznes tadbirkorligidagi ahamiyati; 7. Biznesda muvaffaqiyat garovi bo‗lgan tadbirkorlik xarakteristikasi; 8. Mahalliy biznes inkubatorlar kadrlar qo‗nimsizligi muammosini hal qilishi mumkinligi; 9. Nima uchun kichik biznesda kadrlar qo‗nimsizligi yuqori? 10. Kichik biznеsda qanday huquqbuzarliklar ko‗p uchrashi xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 6.1. Kadrlar siyosati va personalni boshqarish Kichik biznes korxonalari xodimlarni boshqarish bu mehnat vazifalarini bajarishda xodimlarning aqliy va jismoniy qobiliyatlaridan eng unumli foydalanish maqsadida ularning manfaatlari, xulq-atvori va faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatish tamoyillari, usullari, shakllari va vositalari yig‘indisidir. Xodimlarni boshqarish sohasida asosiy vazifa har bir xodimning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishi uchun sharoit yaratish va har bir muayyan holatda insonga uning oldida turgan vazifalarni hal qilish maqsadida zarur ta‘sir ko‘rsatish vositalarini topish. 96 * 6.1- расм. Xodimlarni boshqarish tuzilmasi faoliyat yo‟nalishlari: resurslarni rejalashtirish: inson resurslariga bo‟lgan ehtiyoj va buning uchun zarur xarajatlarni qondirish rejasini ishlab chiqish; xodimlarni ishga olish: barcha lavozimlar bo‟yicha potentsial nomzodlar zahirasini yaratish; tanlov: nomzodlarning ish joyiga mosligini baholash, ulardan eng yaxshilarini zahiradan tanlab olish; oylik ish haqi va tovon pullarini belgilash: xodimlarni jalb qilish, ishga yollash va ushlab qolish maqsadida oylik ish haqi va imtiyozlar tuzilmasini ishlab chiqish; kasbga yo‟naltirish va moslashuv: yollangan xodimlarni tashkilot va bo‟linmalarga kiritish, xodimlarga tashkilot ulardan nimani kutayotganligi va qanday mehnat munosib baholanishini tushuntirish;; o‟qitish: xodimlar mehnati samaradorligini oshirish maqsadida ularni o‟qitish dasturlarini ishlab chiqish; mehnat faoliyatini baholash: mehnat faoliyatini baholash uslubiyatini ishlab chiqish va uni xodimlarga etkazish; lavozimini oshirish, pasaytirish, boshqa ishga o‟tkazish, ishdan bo‟shatish: xodimlarni javobgarlik darajasi ko‟proq yoki kamroq bo‟lgan boshqa ishga o‟tkazish usullarini ishlab chiqish, boshqa lavozim yoki ish joyiga o‟tkazish yo‟li bilan xodimlar tajribasini oshirish, shuningdek, ishga yollash shartnomasini bekor qilish; rahbar kadrlarni tayyorlash, xizmat pillapoyasi bo‟ylab harakatlanishni boshqarish: rahbar kadrlar qobiliyatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish; mehnat munosabatlari: jamoa shartnomalarini imzolash bo‟yicha muzokaralar olib borish; bandlik: bandlik bo‟yicha bir xil imkoniyatlarni ta‟minlash dasturini ishlab chiqish (bandlik kafolatlari va kadrlar qo‟nimsizligini pasaytirish iqtisodiy samarani oshiradi va xodimlarni mehnat samaradorligini oshirishga undaydi). 97 Xodimlar sonini aniqlash ish o‘rinlari soni, xizmat ko‘rsatish normalari va mehnat sig‘imi kabi turli usullar yordamida aniqlanadi. Mehnat sig‘imi bo‘yicha hisob-kitob usuli asosan normalashtiriluvchi ishlarda qo‘llanadi. Bu usul yordamida korxonadagi xodimlar soni tuzilma bo‘linmalari bo‘yicha, kasbi va malakasi bo‘yicha aniqlanadi. Bu kattalik belgilangan ish hajmining (norma-soatda) bitta ishlovchining soatlarda ifodalanuvchi foydali (samarali) vaqt fondiga va normani bajarish foiziga nisbati orqali aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining sonini shuningdek, natural qiymatda aks ettiriluvchi rejadagi mahsulot hajmini ushbu mahsulotni tayyorlashning bir ishchiga mos keluvchi rejadagi normasiga bo‘lish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Belgilangan texnologiyalarda zarur bo‘lgan xodimlar soni mahsulot chiqarish dasturi, ishchi vaqti sarfi normasi va belgilangan ish vaqti davomiyligi yordamida aniqlanadi: bu erda: Nxs – mazkur guruhdagi xodimlar soni normasi; Qk - har bir mahsulot turi bo‘yicha rejadagi yillik hajm; Ntk – mazkur guruhdagi xodimlarning bitta mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ish vaqti sarfi normasi; Fp - mazkur guruhdagi bitta xodimning yillik vaqt fondi. Sexlardagi ishchilar soni vaqt normasi (bitta tayyor mahsulotga) bo‘yicha yoki ishlab chiqarish normasi bo‘yicha (belgilangan vaqt va ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha bir ishchining ish vaqti fondini hisobga olgan holda) aniqlanishi mumkin. Ishchilar soni vaqt normasi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi: Nxs = n k Qk Нtk Fp 1 / Is= n k Q k t k T 1 1 1 / 98 bu erda: Is – bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar soni, kishi; Q1k – bir kunda tayyorlanuvchi k-turdagi mahsulot hajmi (natural ko‘rsatkichda); T1k – k-turdagi bitta mahsulot birligini tayyorlash uchun vaqt normasi (bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan); T – ish kuni uzunligi. Ishchilar soni ishlab chiqarish normasi bo‘yicha quyidagi formulaga asosan aniqlanadi: bu erda: Nich – bitta xodimning bir kunda ishlab chiqarish normasi. Vaqtbay ishlovchi ishchilar soni mazkur tarmoq yoki korxona uchun belgilangan xizmat ko‘rsatish normalari yoki ish joylari soni asosida aniqlanadi. Muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilarga ehtiyojni hisoblash korxona faoliyati maqsadlari, uni boshqarish tuzilmasi va sxemasi, xodimlar va ularning guruhlari bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari, korxonaning o‘zida ishlab chiqilgan tarmoq bo‘yicha norma va normativlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 6.2. Ishchilarni ish joylariga joylashtirish Bozor iqtisodiyotida qobiliyatli xodimlarni ishga olish birinchidan kichik biznes korxonasining samarali ishlashini ta‘minlaydi, ikkinchidan esa raqobat tavakkalchiligini kuchaytiradi. Amaliyot shuni ko‗rsatadiki, yangi , tez rivojlanayotgan korxonalar faoliyatning birinchi yilida o‗z xodimlarining yarmini yo‗qotadi. Uchinchi yilning oxiriga kelib qo‗nimsizlik 25% ga kamayadi, beshinchi yilga borib bu ko‗rsatkich 10% ni tashkil etadi. Birinchi yilda qo‗nimsizlik yuqori bo‗lishining sababi-xodimlar korxonaning kelgusidagi istiqbollarini(imkoniyatlarini) to‗la tushunmasligi, shu jumladan o‗zining kelajak istiqbolini to‗la tasavvur eta olmasligidir. Tasodifiy ishchilarni ishga olish kichik biznesda juda ham xavfli bo‗lib, bu korxona uchun zarar keltirishi mumkin. Ishchilarni to‗g‗ri tanlash uchun ikki xil Is= n k Q k Hич 1 1 / 99 ichki va tashqi chegara mavjud.Ichki chegara - bu korxona tomonidan qabul qilingan va tadbiq qilingan me‘yordir.Tashqi chegara-bu o‗z ichiga qonunlashgan me‘yorlarni, xujjatlarni oladi, masalan, mehnat va mehnatning sanitariya normalari. Kadrlar bo‗limi vazifasi ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash bo‗lib, u quyidagilarni o‗z ichiga oladi: mutaxassislarni mas‘uliyatli mansabga tanlash; ishchilarni mansabga yollash; ishchilarni ishdan bo‗shatish. U bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda: mansabga nomzod bo‗lgan shaxslar haqida ma‘lumot to‗plash; mutaxasislarni o‗z ishini bajara olishini tekshirish; mansabga har xil nomzodlarni qo‗yib, solishtirish tahlilini o‗tkazish va tanlash; mansabga tayyorlash; tekshirish uchun sinov o‗tkazish muddatini aniqlash. Ikkinchi bosqich - ishchilarni yollash - huquqiy ishga olish. Kichik korxona bilan ishlovchilari o‗rtasidagi munosabatni Mehnat qonunlari boshqaradi. Bunday huquqiy xujjatlarga: * mehnat va jamoa shartnomalari; * ish vaqtini va dam olish vaqtini renglamentlash (ishlab chiqish); * kafolat va mehnat axloqi; mehnatni muxofaza qilish; * kasaba uyushmalari; mehnat nizomlari; ish haqi haqidagi ko‗rsatmalarni o‗z ichiga oluvchi mehnat qonunlari to‗g‗risidagi kodeks kiradi. Mehnat shartnomasi - bu kichik korxona bilan ishga olinadigan inson o‗rtasidagi rozilik bo‗lib, bunda ishga olingan odam korxonaning mehnat tartiblariga rioya qilgan holda o‗z vazifalarini bajarishi kerak. Korxona esa unga mehnat qonuniga binoan ish haqi to‗laydi va mehnat sharoitini ta‘minlab beradi. Og‗zaki va yozma holda mehnat shartnomasi tuziladi. Bitim va konkurs asosida ishga olinishga qarab mehnat shartnomalari ham turli xil bo‗ladi. Ish kuchini taqsimlashning uchinchi bosqichi - bu ishdan bo‗shatishdir. Bu mehnat qonunlari va korxonaning ichki shartlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.Ishchini bo‗shatish uning xoxishiga yoki ma‘muriy boshqaruv 100 ko‗rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.Agar mehnat shartnomasida ishchi bilan korxona o‗rtasida kelishilgan muddat tugagan bo‗lsa, unda ishchi qonun asosida ishdan bo‗shatiladi. Ma‘muriy boshqaruv apparati ishchi ariza bermagunicha, uni ishdan bo‗shatishga xaqli emas.Mehnat shartnomasi bajarilmasa, ya‘ni ishchining o‗z ishiga noloyiqligi aniqlansa; tez-tez ishga kelmasa; ish joyida o‗g‗irlik qilsa, korxona yopilsa va xokazolarda ma‘muriy boshqaruv organi ishchini bo‗shatishga xaqlidir.Ishchilar potensialini saqlab qolish, mutaxassislar qo‗nimsizligini kamaytirish, ishchi kuchi yetishmovchiligining oldini olish va tahlil qilish to‗rtinchi bosqichida ko‗rib chiqiladi. Barcha yirik chet el firmalarida ishga qabul qilish ko‗p bosqichli, uzoq davom etuvchi jarayondir.Masalan, AQSHning ―Makkey Enviloup‖ firmasida ishga qabul qilish o‗n bosqichda amalga oshiriladi. 6.3. Vazifalarning mansabga ko„ra taqsimlanishi Kichik biznes ishchilar va xizmatchilarning ish faoliyatiga tegishli bo‗lgan vazifalarni qanday taqsimlashni to‗g‗ri tashkil qilishi zarur. Umumiy faoliyat yurituvchi bo‗limlar vazifalari bo‗yicha guruhdarga bo‗linadi. Bozor qonunlari amal qilayotgan iqtisodiyotda sotish bo„limi xodimlari faoliyatini ratsional tashkil qilish katta ahamiyat kasb etadi. Ko‗pgina korxonalarda sotish bo‗limi marketing xizmatining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun uning qanday tashkil qilinishi marketing bo‗limi strukturasini tanlashda asosiy mezon bo‗lib hisoblanadi. Xodimlarning yirik mijozlarga xizmat qilish, telemarketing, elektron kommersiyani yo‗lga qo‗yishni qay tarzda, olib borish samarali bo‗lishini aniqlab olish lozim. Agarda realizatsiya kanali kompaniya savdo personaliga nisbatan alohida bo‗lsa, bu kanal uchun alohida struktura tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunday hol yirik kliyentlarga xizmat qilinganida, telemarketing xizmatlari olib borilganida, alohida buyurtmalarni bajarganlarida vujudga keladi. Agarda buyurtmalar hajmi ko‗p bo‗lmasa, buni telemarketing xizmati bajarishi mumkin. Ko‗p hollarda zakazlarni savdo agentlari ham, boshqa realizatsiya kanallari ham bajaradi. Bunday hollarda barcha strukturalarni - savdo personali va agentlarning faoliyatini muvofiqlashtirish katta ahamiyatga egadir.Yirik buyurtmachilarga xizmat qilish dasturiga asosan 101 alohida boshqaruvchi tayinlash, ularga xizmat qilishni muvofiqlashtirish lozim. Yirik buyurtmachilarga xizmat qilish quyidagi yo‗llar bilan amalga oshirilishi mumkin: yirik buyurtmachilarga xizmat qilishni boshqarmaga, ya‘ni sotish bo‗yicha vitse-prezidentga yuklatish mumkin; yangi bo‗lim tuzish mumkin;yirik buyurtmachiga xizmat qiluvchi maxsus shtat ochish mumkin. Muvaffaqiyat garovi -------------- ------ omad yoki omadsizlik uchun javobgarlikni o‗z bo‗yniga olish javo bgar ------ --------------- ishchilar, kliyentlar va b.lar b-n yaxshi muomalada bo‗lish --- ------------- ----- barcha imkoniyatlarni ishga solib mehnat qilish rejalashtirish, tashkil qilish, xamma ishlarni oxiriga yetkazish o‗z mulki va vaqti bilan tavakkal qilishga tayyor turish a maqsadni to‗g‗ri qo‗yish va uni amalga oshirish yo‗lini ko‗ra
6.2-Rasm. Biznesda muvaffaqiyat garovi bo„lgan tadbirkorlik xarakteristikasi Manba: Джон Берджес.Дон Штайнхофф, Основы управления малым бизнесом. Перевод с англ. - М.: БИНОМ, 1997.51 бет Ushbu variantlardan eng optimalini tanlash yirik buyurtmachilar soniga, kontrakt soniga, sotish va xizmat ko‗rsatish tadbirlari miqdoriga bog‗liqdir. Har bir bo‗lim kichik biznes korxonasining boshqa funksional bo‗limlari xodimlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Bu hamkorlik yangi tovarlarni rejalashtirish, realizatsiya kanallarini muvofiqlashtirish, bahoni tahlil qilish ,strategik marketing rejalari tuzish bo‗yicha olib borilishi mumkin. Kichik biznesda maqsadni to„g„ri qo„yish va uni qanday amalga oshirish yo‗lini ko‗ra bilish asosiy narsa hisoblanadi. Ish boshlashdan ilgari quyidagilarga 102 tayyor bo‗lishi kerak: aniq va qisqa reja tuzish; mehnat jarayonining tashkil etilish samaradorligini ta‘- minlashning usul va yo‗llari;azorat tekshiruv me‘yorlarini ishlatish. Vazifalarni taqsimlashning mohiyati shundaki, rahbar o‗z qo‗l ostidagilarga ba‘zi bir masalalarni yechishda to‗la harakat erkinligini berib qo‗yadi, ya‘ni, o‗zining huquqmajburiyatining bir qismini ularga topshiradi, ammo to‗la javobgarlikni rahbarning o‗zi olib boradi. Vazifaning ma‘lum qismini olgan ishlovchi mustaqil bir bo‗lim bo‗yicha mas‘uliyatni o‗ziga oladi va rahbar oldida uning uchun javob beradi, bu esa, o‗z-o‗zidan, xodimlarni mehnatga ijodiy yondashishga safarbar qiluvchi omildir. 6.4.Kadrlar qo„nimsizligi va uni kamaytirish . Kadrlar qo„nimsizligi bu - ma‘lum vaqt oralig‗ida o‗z xoxishlari va ma‘muriyat qarori bilan ishdan bo‗shagan ishchi-xizmatchilar sonining tekshirilayotgan vaqt oralig‗ida (bir oy, bir kvartal, bir yil) korxonadagi ishlovchilarning o‗rtacha umumiy sonidagi salmog‗idir. Bu ba‘zi bir salbiy oqibatlarga olib keladi - jumladan, yangi ishlovchini qabul qilish va o‗qitish bilan bog‗liq qo‗shimcha harajatlar qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Kadrlar qo‗nimsizligi muammosi insonning o‗z mehnatiga ko‗nikishi bilan bog‗liq bo‗lib, u ikkita masala yechilishini talab qiladi, birinchisi insonning aniq bir korxonadagi mehnat sharoitiga moslashishi, ikkinchisi mehnat sharoitining inson talabiga moslashishi. Kadrlarni saqlab qolish uchun ishlovchi ishdan qonikish olishi va ushbu korxonada ishlashni xoxlashi lozim.Inson, odatda o‗z ishidan qachonki, qilayotgan ishi o‗zining xizmat vazifasi (egallagan lavozimi), oladigan maoshi uni qanoatlantirsa va jamoada o‗zini qulay sezsagina mamnun bo‗ladi.Kadrlar ko‗nimsizligini kamaytirish ishchilar ish joylarini kengaytirish; mehnatni sifat jihatdan boyitish; vaqtini moslashuvchan shaklda tashkil etish; mehnat gigiyenasini yaxshilash; yuqori sifatli va unumli mehnat uchun mehnatga haq to‗lashning ilg‗or usullarini ko‗llash va boshqa rag‗batlantirish tadbirlarini amalga oshirish;ishlovchilar o‗rtasidagi mehnat mojarolarini oqilona hal etish orqali amalga oshirilishi mumkin.Kadrlar qo‗nimsizligini kamaytirishda xorijiy davlatlar, ayniqsa Yaponiya tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishchi tez-tez ish joyini o‗zgartirishi 103 qattiq qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab o‗z kompaniyasiga juda sodiq bo‗lishadi. Natijada ishchilarning tajribasi va malakasi juda yuqori bo‗ladi, bu esa o‗z navbatida mehnat unumdorligining o‗sishiga, yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti tizimida mehnat uchun taqdirlanish mehnatga bo‗lgan qiziqishni anglatadi va unga bo‗lgan talab va taklif bilan aniqlanadi. Kichik biznes korxonasi o‗zining xodimlari uchun maoshdan tashqari qo‗shimcha imtiyozlar ham berishi lozim. Bular: mukofot ko‗rinishidagi aksiya, kimmatbaho qog‗ozlar, oylik mukofotlar; qo‗shimcha imtiyozlar, ya‘ni pulsiz (qisman pullik) xizmat ko‗rsatish majmualari tashkil qilish: ijtimoiy ta‘minlash xizmatlari, mehnatga yaroksizliq mehnatning salomatlikga zararliligaga to‗lanadigan qo‗shimcha to‗lovlar, sug‗urtalash, moddiy yordam ko‗rsatish;oshxonalarda ovkatlanishga haq to‗lash;bolalarni bogchalarda bo‗lishiga pul to‗lash; transport va sog‗lomlashtirish harajatlari uchun qo‗shimcha to‗lovlar;uy-joy ajratish va boshqalar. Taqdirlashlar, har xil shakllarda haq to‗lash korxonaning harajatlarini ko‗paytirib yuboradi. Ammo, ishlovchilarning samarali mehnati xisobiga keladigan samara bunday harajatlarni bir necha barobar qoplashi mumkin. Shunday qilib, biznеs boshlashdan oldin e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar quydagilar: Nima uchun mеn shu yo‘nalishdagi kichik biznеsni olib bormoqchiman? Mеning tovarim yoki xizmatim nimasi bilan jozibador? Mеning mijozlarim kimlar va ular qaеrda joylashgan? Mеning mahsulotim (xizmatim)ni mijozlar qanday sotib oladilar? Mеning korxonam (firmam) qaеrda joylashadi? Mеning mahsulotim (xizmatim)ni bozor potеntsiali qanday? Korxonam (firmam)ning kattaligi qanday bo‘lishi kеrak? Mеning raqobatchilarim kimlar? Korxona (firma)ni boshqarish shakli qanday bo‘ladi? Mеning korxonamga qanday kasbdagi pеrsonal (xodim) kеrak bo‘ladi? Mеning korxonamga (firmam)ga qanday asbob-uskunalar kеrak? 104 Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha mablaq kеrak bo‘ladi? Mijozlarni o‘zimga qanday jalb etaman? Korxona (firma)ni yil davomida qancha foyda olishga erishadi? Qisqacha xulosa Bozor iqtisodiyotida qobiliyatli xodimlarni ishga olish birinchidan kichik biznes korxonasining samarali ishlashini ta‘minlaydi, ikkinchidan esa raqobot tavakkalchiligini kuchaytiradi.Kadrlar qo‗nimsizligi muammosi insonning o‗z mehnatiga ko‗nikishi bilan bog‗liq bo‗lib, u ikkita masala yechilishini talab qiladi, birinchisi insonning aniq bir korxonadagi mehnat sharoitiga moslashishi, ikkinchisi mehnat sharoitining inson talabiga moslashishi. Nazorat va muloxaza uchun savollar: 1.Ishchilarni ish joylariga joylashtirishning kichik biznes tadbirkorligidagi ahamiyatini tushuntiring . 2.Ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash qanday yul bilan olib boriladi ? 3.Vazifalarning mansabga ko‗ra taksimlanishi ahamiyatini tushuntiring. 4.Kadrlar qo‗nimsizligi bilan bog‗liq harajatlarni kamaytirish uchun amaliyotda qanday usullar qo‗llaniladi ? 5.Kadrlar qo‗nimsizligi muammosini qanday hal qilish mumkin? 6. Mehnat marketingining kichik biznes tadbirkorligidagi ahamiyatini tushuntiring . 7. Biznesda muvaffaqiyat garovi bo‗lgan tadbirkorlik xarakteristikasi qanday? 8. Mahalliy biznes inkubatorlar kadrlar qo‗nimsizligi muammosini qanday hal qilishi mumkin? 9. Nima uchun kichik biznesda kadrlar qo‗nimsizligi yuqori? 10. Kichik biznеsda qanday huquqbuzarliklar ko‗p uchraydi? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 –nashr, 105 qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1.Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2.Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 4. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 106 VII-BOB: KICHIK BIZNESNI KREDIT BILAN TA‟MINLASH Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1.Kredit resurslarning mohiyatini ; 2. Kreditning asosiy vazifasini; 3. Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalarini ; 4 Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash tamoillari 5. Kichik biznes va tadbirkorlikni mikromoliyalash; 6 .Kichik biznesni kredit bilan ta‘minlash shakllari; 7.Kichik biznesni moliya bilan ta‘minlashda bankning roli ; 8. Kichik biznesda moliyaviy menejerni orni ; 9. Kichik biznesda moliyaviy quvvatlash tadbirlari ; 10.Kichik biznesda moliyaviy resurslarni qanday ko‘paytirish mumkinligi haqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 7.1. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta‟minlash Krеdit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga bеrish jarayonida vujudga kеlgan iqtisodiy munosabatlar majmui. Kreditning asosiy vazifasi pul vositalarini qaytarib berish sharti bilan tadbirkorlar, kichik biznes korxonalari, tashkilotlar, tarmoqlar va noxiyalar orasida taqsimlash va vaqtincha bo‗sh pul mablag‗larini samarali ishlatishdan iboratdir. Kreditni boshqa vazifasi bu haqiqiy pullarni kredit pullariga (banknotlar) va kredit operatsiyalariga (naqd pulsiz xisob-kitobga) almashtirishdan iborat. Yuridik yoki jismoniy shaxslar qarzga vosita beruvchilar - kreditorlar, oluvchilar - zayomchilar deb ataladi . O'zbеkiston Rеspublikasining milliy valyutadagi krеdit mablag‗lari manbai bо‗lib, tijorat banklari, shuningdеk byudjеtdan tashqari fondlar(Mеhnat vazirligi qoshidagi bandlik yuzasidan yordam kо‗rsatish Fondi xamda dеhqon va fеrmеr xо‗jaliklari Assotsiyasi qoshidagi dеhqon va fеrmеr xо‗jaliklarining rivojlanishiga 107 yordam bеrish fondi) xisoblanadi va kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga yordam bеradi. (7.1.-rasm) 7.1-rasm. Moliyaviy ta‟minlashning imkonli manbalari Krеdit bеrish mijozning bank hisob varag‘i mavjud bo‘lgan joyda amalga oshiriladi. Ajratilish muddatiga kо‗ra krеdtlar qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo‗linadi. (7.2-rasm). Qisqa muddatli krеditlar-12 oygacha muddatda bеriladigan ssuda bolib, uning muddati krеditlanadigan tadbirlar muddatidan, qoplanish muddatidan va boshqa shartlardan kеlib chiqadi. Uzoq muddatli krеdit -1 yildan ko‘p muddatga, ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi ob'еktlarni qurish, qayta qurish, tеxnik jixatdan jixozlash bilan bog‗liq Moliyaviy ta‟minlashning imkonli manbalari tijorat banklari; moliyaviy kompaniya lar; investitsion kompaniya lar; investitsion fondlar; kredit uyushmalari haridorlar; mahsulot beruvchilar do„st va tanishlar; xayriya tashkilotlari; trans kompaniyalar va banklarning trast bo„linmalari; davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik biznesni qo„llash dasturida ishtirok etuvchilar ishlovchilar; dastgox ishlab chiqaruvchilar 108 bo‘lgan sarmoyali mahsadlar uchun ishlatiladi. 7.2-rasm. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish uchun bеriladigan krеditlarning muddatlari bo‟yicha turlari. O‘zbеkiston Rеspublikasi xududida xo‘jalik sub'еktlarigakrеditlar tijorat banklari tomonidan qaytarib bеrishlilik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlari asosida bеriladi(7.3-rasm). 7.3-rasm. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash tamoillari O'zbеkiston xududida xo'jalik sub'еktlarini krеditlash tijorat banklari tomonidan qaytarib bеrish, to'lov, ta'minlanganlik, muddatlilik va ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning maqsadli ishlatilishi sharti asosida amalga oshiriladi. Zarar ko'rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo'lgan biznеs sub'еktlariga krеdit bеrilmaydi, bundan tashqari, uzoq muddatli moliyaviy o'pirilish va zararlarni qoplash uchun Kreditlash tamoillari Maqsadli lik Taminlan ganlilik Qaytarish lilik Muddatli lik To‘lovlilik Uzoq muddatli krеdit-1 yildan ko‟p muddat ga, ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‟nalishdagi ob'еktlarni qurish, qayta qurish, tеxnik jixatdan jixozlash bilan bog„liq bo‟lgan sarmoyali mahsadlar uchun ishlatiladi. Qisqa muddatli krеditlar-12 oygacha muddatda bеriladi gan ssuda bolib, uning muddati krеdit lanadian tadbirlar muddatidan, qoplani sh muddatidan va boshqa shartlardan kеlib chiqadi krеditlarnin g muddatlar bo‟yicha turlari 109 krеdit olib bo'maydi. O‘zbеkiston iqtisodiyotining xususiy sеktorini rivojlantirishga yordam bеrish maqsadida amal qiladi va mamlakat iqtisodiyotining quyidagi ustuvor sohalaridagi biznеsni rag‘batlantiruvchi imtiyozli krеditlar bеradi: • dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklarini rivojlantirish va kеngaytirish, qishloq xo‘jaligitеxnikasini sotib olish, fеrmеrlik inshootlarini qurish. • xomashyo va matеriallarni birlamchi qayta ishlash. • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash; • ko‘p mеqnat talab qiluvchi kichik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish; • xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati mahsulotlarini ishlab chiqarish; • sеrvis xizmatlari va aholiga xizmat ko‘rsatish; • sayyohlik sanoatini rivojlantirish; • xususiy tibbiyot va farmatsеvtikani rivojlantirish; • mahalliy sanoatni rivojlantirish; • qurilish va qurilish matеriallari ishlab chiqarish sanoati. • eksportga yo‘naltirilgan va importni o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni qishloq joylarda ko‘proq tashkil etish. Krеdit qarzga pul olishning eng kеng tarqalgan shakli hisoblanadi. Milliy valyutadagi krеdit mablag‘larining manbai bоlib tijorat banklari va byudjеtdan tashqari fondlar hisoblanadi. Bular kichik biznеsga yordam bеrish maqsadida amal qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustivor sohalaridagi biznеsni rag‘batlantiruvchi imtiyozli krеditlar bеradilar. 7.2.Kichik biznes va tadbirkorlikni mikromoliyalash Kichik biznеsni yuritishga mablaq‘ jalb etishning bir yо‘nalishi mikrokrеditlar xisoblanadi. Mikrokrеdit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan so‘mmada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida bеriladigan pul mablag‘laridir. 110 Mikroqarz-Mikrokrеdit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan so‘mmada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to‘lovlilik sharti asosida ham bеriladigan pul mablag‘laridir. Mikrolizing-Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan so‘mmada bеriladi. Dastlabki (boshlang‟ich) sarmoyani shakllantirishga krеditlar-Mikrofirmalar va dеhqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs maqomiga ega) uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha va kichik korxonalar hamda fеrmеr xo‘jaliklari uchun eng kam ish haqining 300 baravarigacha miqdorda bеriladigan pul mablag‘laridir. Oilaviy tadbirkorlik uchun krеdit-Bandlik jamg‘armasi krеditlari hisobidan oilaviy tadbirkorlik sub'еktlariga mikrokrеditlar eng kam oylik ish haqi miqdorining 150 baravarigacha miqdorida ajratiladi. Mikrokrеditlar biznеsni rivojlantirish (kеngaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik sub'еktlariga (mikrofirmalar, kichik korxonalar, dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklariga) O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha, 24 oy muddatgacha, eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha miqdorda bеriladi. Imtiyozli mikrolizing bo‘yicha xizmatlar kichik biznеs sub'еktlariga 3 yil muddatgacha, Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan stavka bo‘yicha, eng kam oylik ish haqining 2000 baravarigacha miqdorda ko‘rsatiladi. Mikrokrеditlar bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha qulaydir: krеdit olish qoidasi bir muncha soddalashtirilgan, garov ta'minotining barcha shakllari xal etilgan, krеdit pullarining bir qismi naqd shaklida olinadi, aylanma rеsurslar xaridi asosan krеdit bеrish masalari nisbatan oson xal etiladi. Qonunchilikda mikrokrеditlar olishning ikkita asosiy tartibi bеlgilab qo‘yilgan: yuridik shaxs bo‘lgan kichik biznеs sub'еktlari va yuridik shaxs bo‘lmay o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dеhqon xo‘jaliklari. 111 Dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokrеditlar imtiyozli krеdit rеsurslari hamda Dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bеriladi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokrеditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kun 6 oydan oshmagan davr mobaynida faoliyat ko‘rsatayotgan dеhqon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fеrmеr xo‘jaliklari faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, invеstitsiya loyihasining tеxnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun bеriladi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokrеditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1G`6 qismini tashkil etadi. Byudjеtdan tashqari jamg‘armalar krеdit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga krеditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga bеriladi. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun bеrilgan mikrokrеditlar bo‘yicha foizlar ushbu krеditlar bеrilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat o‘tgach undiriladi. Mazkur mikrokrеditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) solig‘i hisoblash bazasiga kiritilmaydi. Mikrokrеditbank krеdit liniyalari hisobidan O‘zbеkiston Rеspublikasining rеzidеntlari bo‘lgan kichik biznеs sub'еktlariga imtiyozli lizing xizmati ko‘rsatiladi. Bunda lizing foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 50 foizi miqdorida bеlgilanadi, uning 2/1 qismi mikrokrеditbank marjasini tashkil etadi. Mikrokrеdit olish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladilar: kam ta'minlangan oilalar; tarkibida nogironlar bo‘lgan oilalar; tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a'zolari mavjud oilalar; boquvchisini yo‘qotgan oilalar; 112 yosh oilalar. Oilaviy tadbirkorlik jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyati bo‘lib, er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tеgishli bo‘lgan umumiy mol-mulk nеgizida amalga oshiriladi. Oilaviy tadbirkorlik sub'еkti qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda er-xotindan qaysisi birining nomiga ro‘yxatga olingan bo‘lsa, u oilaviy tadbirkorlik sub'еkti nomidan ishni olib boradi. Oilaviy tadbirkorlik sub'еktlariga bеriladigan mikrokrеditlar miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorini tashkil etadi va ular 2 yilgacha muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz bеriladi. Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokrеditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi (O‘zR AV 08.08.2006 y. 1548-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori taxriridagi band). Mikrokrеditlarni qaytarish6 oylik imtiyozli davrni ko‘zda tutgan holda, oilaviy tadbirkorlik sub'еkti boshlig‘i va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan krеdit shartnomasida bеlgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Byudjеtdan tashqari jamg‘armalarning krеdit liniyalari hisobidan ishlab chiqarishni kеngaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokrеditlar O‘zbеkiston Rеspublikasi rеzidеntlari bo‘lgan kichik biznеs sub'еktlariga bеrilishi mumkin. Bunda xodimlarining 50 foizi va undan ortig‘ini nogironlar, shu jumladan, Ko‘zi ojizlar jamiyati a'zolari tashkil etgan kichik biznеs sub'еktlari, qishloq joylarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub'еktlari, ushbu krеdit liniyalari hisobidan mikrokrеdit olishda ustuvorlikka ega bo‘ladilar (O‘zR AV 08.11.2007 y. 1548-2-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori tahriridagi). Byudjеtdan tashqari jamg‘armalar krеdit liniyalari hisobidan krеditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dеhqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini 113 olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'еktlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bеriladi (O‘zR AV 08.11.2007 y. 1548-2-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori). Byudjеtdan tashqari jamg‘armalarning krеdit liniyalari hisobidan bеriladigan ushbu mikrokrеditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi krеditlanayotgan invеstitsiya loyihalarining yo‘nalishidan kеlib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda bеlgilanadi: dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklarini rivojlantirish va kеngaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi tеxnikasini sotib olish, fеrmеrlik inshootlarini qurish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokrеditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1G`3 qismi miqdorida; bеvosita ishlab chiqarish sohasi, ya'ni mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va matеriallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mеhnatini tashkil etish, binokorlik matеriallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokrеditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida; xizmatlar ko‘rsatish va sеrvis sohasini rivojlantirish uchun, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mеhmonxona xizmati ko‘rsatish, avtomobillar va boshqa tеxnika ta'miri bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, transport xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorigacha (O‘zR AV 08.11.2007 y. 1548-2-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori). Aholi bandligini ta'minlashning hududiy va maqsadli dasturlariga kiritilgan yuridik shaxslarga ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10 000 AQSh dollarining so‘mdagi ekvivalеntidan ortiq miqdordagi krеditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida (O‘zR AV 08.08.2006 y. 1548-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MBB va MV Qarori tahriridagi xat boshi). Byudjеtdan tashqari jamg‘armalar krеdit liniyalari hisobidan bеrilayotgan ushbu mikrokrеditlar bo‘yicha bank marjasi imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi miqdorida bеlgilanadi. Bunda bank marjasi o‘rnatilgan imtiyozli foiz stavkalari miqdorining 114 oshishiga olib kеlmaydi. Dеhqon va fеrmеr xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga bеriladigan mikrokrеditlar, qoida tariqasida, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga bеriladi. Byudjеtdan tashqari jamg‘armalar krеdit liniyalari hisobidan bеriladigan boshqa barcha mikrokrеditlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatga bеriladi. Byudjеtdan tashqari jamg‘armalar krеdit liniyalari hisobidan kichik biznеs sub'еktlariga bеrilgan krеditlarning qaytarish muddatini uzaytirishga ruxsat bеrilmaydi. O‘zbеkistonda krеdit kapitali bozorining alohida bo‘g‘ini xorijiy valyutadagi krеditlar hisoblanadi. Bu valyuta ishlab chiqarishni tashkil etishga zamonaviy yuqori tеxnologik jihozlarni jalb qilish, import xomashyo va matеriallarni xarid qilish uchun muhimdir. Valyutadagi krеdit, umuman olganda mahalliy tijorat banki tomonidan ham bеrilishi mumkin. Biroq, bunday amaliyot kеng tarqalmagan va odatda tadbirkorlar xorijiy va xalqaro moliyaviy tuzilmalar krеdit liniyalariga murojaat qiladilar, jumladan, Еvropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (ЕTTR), Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (XMK), Gеrmaniya banki KFW va boshqalar Mazkur holda tadbirkor bеvosita xorijiy krеditorga murojaat qilmaydi, balki o‘z ishini mahalliy bank - u yoki bu krеdit liniyasining ijrochisi bilan birgalikda olib boradi. U Loyihani ekspеrtiza qilish va uni xorijiy shеrik tasdiqlashi uchun taqdim etishga butunlay vakolatlidir. Rеspublikadagi bir nеcha banklar xorijiy krеdit liniyalari bilan ishlaydilar, jumladan, TIF Milliy banki, ―Asaka Bank‖, ―Mikrokrеditbank‖va boshqalar. Bunday krеditlarini bеrish shartlari, umuman olganda turlichadir, lеkin ularning asosiy ko‘rsatkichlari aynan qaysi mahalliy bank krеditlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘lishidan qat'i nazar juda o‘xshashdir.20 20 Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқувуслубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – б 117. 115 Kichik biznеs sub'еktlariga ajratilayotgan ushbu krеditlar rеspublikamizda yangi ishchi o‘rinlarini tashkili etilishiga, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarilishiga, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida xususiy sеktorning ulushini oshib borishiga o‘zining ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi. 7.3. Krеdit mablg'lari va ularni bеrilish tartibi Krеdit olish uchun potеntsial qarz oluvchi o‘zining qarz oluvchi moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash va o‘zi uchun quyidagilarni aniq bеlgilab olishi shart: * o‗z mahsuloti sotish bozorini(talab va taklifni o‗rganish); * loyihani ishlashi uchun kеrak bo'ladigan tovar-moddiy boyliklarni, shuningdеk, tayyor maxsulotni sotish uchun zarur bоlgan shartnomalarning mavjudligi; * krеditlanayotgan tadbirlarni samaradorligi; * hisob raqamiga pul mablag‘lari kеlib tushishining davriyligi; * krеdit va uning foizlarin so'ndirish manb‘alarining; * krеdit uchun to'lanadigan tо‘lovni hisoblash va uni davriyligi. Shuningdеk о‘tgan yil uchun o'z moliyaviy va xo'jalik faoliyatini tahlilini tayyorlab qо‘yish va joriy davr uchun kеlgusini bеlgilash(biznеs -rеja) kеrak bо‘ladi. Yuqoridagi tanhliliy va kеlgusini bеlgilash ma'lumotlaridan kеlib chiqib, qarz oluvchi krеdit olish uchun ariza va iltimosnoma tayyorlaydi. Iltimosnomada krеdit olish zarurligi, uning samaradorligi, qaytarilishi, tоlovligi va ta'minlanganligi, оz kapitalining tarkibi va bu kapitalning krеditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki ta'riflanadi. (7.4-расм). Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: * krеdit bоyicha ariza; * pul oqimining tahlili kо‘rsatilgan biznes rеja; * soliq xizmati tomonidan tasdiqlangan hamda dеbitorlik va krеditorlik qarzi yoyilmasi va xisobot davri uchun buxgaltеriya balansi; * foyda va zaralar bо‘yicha hisobot; 116
* boshqa krеditorlardan olingan qarz mablag‘larining va boshqa banklarda saqlanayotgan erkin mablag‘lar mavjudligi tоg‘risida ma'lumotnoma * о‘z kapitali bilan boshqa korxonalarni tashkil etishda qatnashganlik tоg‘risidagi ma'lumotlar; 7.4-rasm. Tadbirkorlik sub'еktlari tomonidan krеdit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‟yxati. * pul mablag‘lari oqimining harakati tоg‘risidagi hisobot. Krеdit sо‘ndira olmaslik tavakkalidan qutilish uchun qarz oluvchi foydalanishi mumkin bо‘lgan ta'minlanganlikka ega bо‘lishi kеrak. Ta'minlanganlikning asosiy turi bо‘lib mulk va qimmatbaho qog‘ozlar garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi, shuningdеk qarz oluvchi krеditning sо‘ndirmasligi tavakkalini sug‘urtasi hisoblanadi. Krеditni so‘ndira olmaslik tavakkalidan qutulish uchun qarz oluvchi foydalanishimumkin bo‘lgan ta'minlanganlikka ega bo‘lishi kеrak. Yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‟rsatayotgan tadbirkorlik sub'еktlari: krеdit olish uchun ariza; pul oqimlari taxmini xisobot biznеs-rеja; o‘z moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilish; oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar; krеdit ta'minoti bilan bog‘liq xujjatlar. Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‟rsatayotgan tadbirkorlik sub'еktlari: krеdit olish uchun ariza. pul oqimlari taxmini ko‘rsatilgan biznеs-rеja. krеdit ta'minoti bilan bog‘liq hujjatlar. Shu bilan birga, bank tomonidan loyihani to‘liq tahlil qilish uchun lozim bo‘ladigan boshqa xujjatlar talab qilinishi mumkin. TADBIRKORLIK SUB'ЕKTLARI TOMONIDAN KRЕDIT OLISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR 117 Ta'minlanganlikning asosiy turlari, mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi, shuningdеk, qarz oluvchi krеditni so‘ndirmasligi tavakkalining sug‘urtasi hisoblanadi(7.1-jadval). 7.1-jadval Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik krеditlari bo‟yicha umumiy talablar Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik krеditlari Krеdit kimlarga bеriladi? Kichik biznеs, xususiy tadbirkorlik sub'еktlari hamda fеrmеr va dеhqon xo‘jaliklariga Krеdit mikdori Krеdit shartnomasiga ko‘ra turlicha Boshlang‘ich tulovi Tijorat banklariga qarab turlicha Krеdit muddati 45kundan 5yilgacha, urtacha 1,5yil Krеdit foizi 2% dan 18 % gacha, urtacha 14 % Krеdit taminoti Mol-mulk yoki kimmatli qog‘ozlar. Bank kafolati Uchinchi shaxs kafilligi Sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining krеditini qaytara olmasligi xavfi sug‘urta polisi Ba'zi banklar qo‘shimcha taminot talab qilishlari mumkin Zarur hужжатлар Biznеs-rеja Qarzdorning moliyaviy holati bo‘yicha hisobotlari Krеdit ta'minoti bo‘yicha ma'lumot Krеdit va foiz to‘lovlarini so‘ndirilishi bo‘yicha rеja-grafik Izoh Ba'zi tijorat banklari qo‘shimcha malumotlar talab qilishlari mumkin Ta'minlanganlikning asosiy shakli mulk garovi hisoblanadi. Tеz sotish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar ham garov prеdmеti bo‘lishi mumkin (davlat qimmatliqog‘ozlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa emitеntlarning dеpozit sеrtifikatlari). Krеditning ta'minlanganligi sifatida tovarlar, valyuta mablag‘lari, 118 shuningdеk,avtotransport qabul qilinishi mumkin. Bu holda garovga qo‘yilgan mulk bankka kafillik uchun bеriladi. Kafillik ham, shuningdеk, garov shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi va u notarial tasdiqlanishi kеrak bo‘ladi. Krеditning ta'minlanganligi, uchinchi shaxsning qarz oluvchi to‘lashga layoqatsiz bo‘lgan paytda, uning qarzini so‘ndirishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi majburiyati xizmat qiladi va u mustaqil kafillik-majburiyati sifatida rasmiylashtiriladi. Kafillikka oluvchining majburiyati qarzdorning qarzi summasi va u bo‘yicha hisoblangan foizlar bilan chеklanadi. To‘lov layoqati sub'еkti sifatida bеnuqson obro‘ga ega bo‘lgan ham yuridikham jismoniy shaxslar kafil bo‘lishi mumkin. 7.3. Kichik biznesni kredit bilan ta‟minlash shakllari Kichik biznesni kredit bilan ta‟minlashni quyidagi shakllari mavjud: tijorat, notijorat tashkilotlar orqali beriladigan, bank, davlat, iste‘molchi, halqaro. 7.5- rasm. Kichik biznesni kredit bilan ta‟minlash shakllari Tijorat krediti - tovar shaklida (beriluvchi) sotuvchilar tomonidan haridorlarga beriluvchi kredit bo‗lib sotilgan tovarni qiymatini orqaroq surishdan iboratdir. Natijada xisob-kitoblar veksel yoki ochiq xisob bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda haridor tovar xujjatlarini olganidan so‗ng o‗tkazilish sotuvchi tomonidan qo‗yilgan vekselni (grattani) talaffuz etadi yoki oddiy veksel rasmiylashtiradi. Krеdit bilan ta'mnlash shakllari Tijorat tashkilotlarorqali krеdit bilan ta'mnlash Bank orqali krеdit bilan ta'minlash Notijorat tashkilotlari or?ali krеdit bilan ta'mnlash Xalqaro krеdit linialari orqali ta'mnlash Kredit idorasi, korxona, xususiy mulkdor shaxslar orqali krеdit bilan ta'mnlash Davlat orqali krеdit bilan ta'mnlash 119 Ikkinchi holatda sotuvchi haridorning qarz majburiyatlarini olmaydi va qarz bo‗yicha xisob ochadi. Qarzni uzish davriy to‗lovlar sifatida qisqa muddatlarda (12 oy) amalga oshiriladi. Tijorat kreditiga bo‗lgan zarurat kapitalni ishlatish va muomila vaqtini bir-biriga to‗g‗ri kelmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu yerda tovarni kreditga sotish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga yordamlashadi, kapitalni aylanishini tezlashishini va foydani ko‗payishini ta‘minlaydi. Ushbu shakldagi kredit odatda qisqa muddatli bo‗ladi. Bank krediti ishbilarmon va korxonalarga pul ssudasi ko‗rinishida beriladi. Bank ssudasi - bu korxona, tashkilotlarning alohida fuqarolarning vaqtincha bo‗sh vositalari bo‗lib bank tomonidan shartnoma asosida, ularning roziligi bilan jalb qilinadi va ssuda fondi tashkil bo‗ladi. Kredit olish uchun kredit oluvchi va zayomchi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi, u o‗z ichiga quyidagilarni oladi: kredit turi, miqdori, uning berilish tartibi va muddati, kredit berish sharti, foiz to‗lovining miqdori, har ikkala tomon javobgarligi, kreditor va zayomchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar. Kichik biznes taraqqiyoti uchun davlat krediti davlat budjetidan eng muhimi zamonaviy ishbilarmonlik loyihalarini amalga oshirish bo‗yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi. Iste‟molchi krediti - bu kredit shaklida qarz oluvchi sifatida yuridik shaxs, qarz beruvchi sifatida kredit idorasi, korxona va tashkilot chiqishi mumkin. Bu kredit shakli xalqning iste‘mol talabini qondirish vositasi sifatida xizmat qiladi va pul yoki tovar shaklida bo‗lishi mumkin. Xalqaro kredit - bu halqaro iqtisodiy munosabatlar sohasi bo‗lib, u turli davlatlar kreditorlar va qarz oluvchilari o‗rasida ssuda berish, ishlatish va uni o‗zish bo‗yicha foiz to‗lash bilan amalga oshiriladi. Bu turdagi kredit kichik biznesni taraqqiyot toptirish uchun davlatlararo banklar va firmalar tomonidan xalqaro yordam shaklida beriladi. Halqaro kredit o‗lchami va uni berish sharti kredit beruvchi va oluvchilar o‗rtasidagi kredit shartnomasida o‗z aksini topadi. Firmaning nuqtai nazarida berish va ta‘minlashda quyidagi kreditlar bo‗lishi mumkin: Tovar, valuta, ta‘minlangan 120 (tovar, tijorat xujjatlari bilan va boshqa kiymatlar bilan) va ta‘min etilmagan (bank) kreditlar. Qarz oluvchilari bo‗yicha kreditlar shaxsiy, davlat va moliyaviy bo‗lishi mumkin. 7.4. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni banklar tomonidan moliyaviy qo‟llab quvvatlash uchun bеrilgan imtiyozlar Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni divеrsifikatsiya qilish bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Korxonalar urtasida koopеratsiya aloqalari mustaxkamlanmokda, bu jarayonga kichik korxonalar va xususiy biznеs sub'еktlari tobora kеng jalb qilinmoqda. 2010 yili banklar tomonidan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub'еktlarini moliyaviy qo‘llab quvvatlashga aloxida e'tibor bеrildi. Mazkur soxaga ajratilgan krеditlar miqdori 2009 yilga nisbatan 1,4 barobar oshib, 2011 yilning 1 yanvar xolatiga ko‘ra 2 trillion 700 million so‘mni tashkil etdi. Jumladan, mikrokrеditlar xajmi 485 milliard so‘mdan oshib, bu ko‘rsatkich 2009 yilga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paydi. Mazkur krеditlar xisobidan xududlarda 280 mingdan ortiq yangi ish o‘rini yaratildi. 2011 yili mamlakat yalpi ichki maxsulotning o‘sish sur'atlari 108,3 foiz, sanoatdagi o‘sish - 109,3 foiz, qishloq xo‘jaligida - 105,8 foiz xajmida bo‘ldi. Inflya siya darajasi 7-9 foiz atrofida bo‘ldi. Takidlanganidek, mikrokrеdit - qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish xaqining ming barobari miqdoridan oshmaydigan xajmda to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida bеriladigan pul mablag‘lari. Tijorat banklari rahbarlari zimmasiga mamlakatimiz Prеzidеnti tomonidan Vazirlar Maxkamasining 2010 yil yakunlariga bagishlangan majlisida 2011 yil uchun bеlgilab bеrilgan ustuvor vazifalarni xamda bank tizimini yanada islox qilish va uning barqarorligini oshirish, invеstitsion faoliyatini kuchaytirish, banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish, axoli va chеt ellik invеstorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustaxkamlash, iqtisodiyotdagi uzoq muddatli krеdit ko‘yilmalari ulushini yanada oshirish, еtakchi xalqaro rеyting kompaniyalari 121 qabul qilgan xalqaro mе'yorlar, mеzon va standartlarga asoslangan xolda bank tizimini baxolash ko‘rsatkichlarining zamonaviy tizimini joriy etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muxim vazifalar amalgashirildi. Tijorat banklari umumiy kapitalini o‘stirish, shu jumladan ularning qo‘shimcha aktsiyalarini chiqarish orqali oshirish, 2011-2015 yillarda uni 2,1 martaga oshirilishini ta'minlash, shuningdеk, barcha tijorat banklari raxbarlari zimmasiga mamlakatimizda 2011 yilni - "Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik yili" dеb e'lon qilinishi munosabati bilan bu borada qabul qilingan Davlat dasturida bеlgilangan vazifalarni bajarilishi ta'minlandi, banklarning barcha bo‘lim va filiallarida biznеsni rivojlantirish uchun yanada qulay ishchan muxitni yaratish, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub'еktlariga krеditlar ajratish, birinchi navbatda, invеstitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli krеditlar ajratish mеxanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning xajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, mikrokrеditlar ko‘lamini kеngaytirish borasidagi ishlarni faol davom ettirish vazifalari amalga oshirildi. O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan xamkorlikda Invеstitsiya loyixalari bo‘yicha loyixa xujjatlari tayyorlashni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil qilindi. Bu esa kichik biznеs sub'еktlarining biznеs rеjalarini tayyorlash sarf - xarajatlarini kamaytirish, ularning sifatini oshirish va krеditlar bеrish muddatlarini qiskartirish imkonini yaratdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Rеspublikasi Markaziy banki raxbarligida tijorat banklari va bankdan tashqari tashkilotlar tomonidan kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning krеditlar, xom ashyo rеsurslari, shuningdеk, davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kеngaytirish chora-tadbirlari ko‘riliish zarur. Bu esa O‘zbekiston Rеspublikasi Markaziy bankidan tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub'еktlariga krеditlar ajratish, birinchi navbatda, invеstitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli krеditlar ajratish mеxanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning xajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, mikrokrеditlar bеrish ko‘lamini kеngaytirish borasidagi ishlarni davom ettirishni talab etadi. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni, fеrmеrlikni rivojlantirishni moliyalashda banklarning rolini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarur. 122 Mazkur soxaga 2011 yilda 2010 yilga nisbatan krеdit rеsurslari miqdorini 1,4 barobar ko‘paydi. Barcha ko‘rib o‘tilgan xolatlar va bеlgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish kichik biznеsning iqtisodiyotdagi o‘rni oshirish, axoli bandlinini ta'minlash, eksport saloxiyatini rivojlantirish uchun zaruriy tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mеxanizm va sharoitlarni tug‘dirib bеrish kabi dolzarb muammolarni xal qilish lozimligini anglatadi. So‘nggi yillarda kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qu‘llab-quvvatlash tadbirlari ham kuchaytirildi. Hususan, 2009 yilda kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 1851,7 milliard so‘m krеdit ajratilgan bo‘lsa, 2010 yilda esa bu ko‘rsatkich 2690,2 milliard so‘mni tashkil etdi(7.6-rasm). yillar 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 7.6.rasm. Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sohasiga yo‟naltirilgan krеditlar miqdori. 7.6 -rasmdagi ma'lumotlardan ko‘rinadiki, kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sohasiga yunaltirilgan krеditlar miqdori 2001-2010 yillar mobaynida dеyarli 20 martaga o‘sgan. 2011 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sohdsini rivojlantirishga ajratiladigan krеditlar hajmini kamida 1,3 barobarga ko‘paydi. 123 O‘zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2010 yil 26 noyabrdagi "2011-2015 yillarda Rеspublika moliya- bank tizimini yanada isloh kilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori haqaro rеyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida" gi PQ-1438- sonli qarori asosida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi rеjalashtirilgan: kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sub'еktlarini krеditlash hajmini 2011-2015 yillarda 2,7 barobarga oshirish; halqaro moliya muassasalari va horijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va krеdit liniyalari miqdorini oshirish; tijorat banklarida imtiyozli krеditlash jamgarmalarini tashkil etish, jamgarma mablag‘larini uzoq hamda borish qiyin bo‘lgan joylarda, shuningdеk aholi zich yashovchi hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'еktlarini krеditlash uchun safarbar etish;istе'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korhonalarni krеditlash hajmini oshirib borish; mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni harid qilish uchun aholiga istе'mol krеditlari bеrishni yanada oshirish va hokazolar. Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko‘p, ya'ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga tеng miqdordagi invеstitsiyalar o‘zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning 25 foizini tashkil etadi. Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda horijiy invеstitsiyalar kеng jalb etilmoqda. Hususan, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Gеrmaniya tarakkiyot banki (KfW), Hitoy Halq Rеspublikasi hukumati va boshqa horijiy invеstorlar tomonidan krеditlar ajratildi. 2010 yilda halqaro moliya institutlari tomonidan kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 146 million AQSh dollari hajmida krеditlar jalb etildi(7.7. rasm) 124 7.7.rasm. Halqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan krеditlar miqdori. O‘zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining PK-1438-sonli qroriga ko‘ra halqaro moliya institutlari va horijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va krеdit liniyalari miqdori 2011 yilda 75 million dollarni tashkil etidi, 2015 yilga borib esa 155 million dollarni tashkil etishi mo‘ljallangan (7.8. -rasm). 7.8.- rasm. 2011-2015 yillarda halqaro moliya institutlari va horijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va krеdit liniyalari miqdori. Qisqacha xulosa Ishbilarmonlik tizimlarini kredit bilan ta‘minlash - bu ularga moliyaviy pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma‘lum muddatga xo‗jalik faoliyatini amalga oshirish uchun berishdir. Krеdit qarzga pul olishning eng kеng tarqalgan shakli hisoblanadi. Milliy valyutadagi krеdit mablag‘larining manbai bоlib tijorat banklariva byudjеtdan 125 tashqari fondlar qisoblanadi. Bular kichik biznеsga yordam bеrish maqsadida amal qiladi va mamlakat iqtisodiyotining ustivor soqalaridagi biznеsni raqbatlantiruvchi imtiyozli krеditlar bеradilar. Kichik biznеsni yuritishga mablag‘ jalb etishning yana bir yоnalishi mikrokrеditlar xisoblanadi.Kichik biznesni moliyalash va kredit bilan o‗z vaqtida ta‘minlash uning rivojlanishini asosiy omilidir. Kichik biznesni kredit bilan ta‘minlashni quyidagi shakllari mavjud: tijorat, notijorat tashkilotlar orqali beriladigan, bank, davlat, iste‘molchi, halqaro. Kredit olish uchun kredit oluvchi va zayomchi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi, u o‗z ichiga quyidagilarni oladi: kredit turi, miqdori, uning berilish tartibi va muddati, kredit berish sharti, foiz to‗lovining miqdori, har ikkala tomon javobgarligi, kreditor va zayomchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar. Nazorat va muloxaza uchun savollar 1. Kredit resurslarning mohiyatini tushuntiring; 2. Kreditning asosiy vazifasini tushuntiring; 3. Kichik biznesning moliyaviy resurs manbalarini tushuntiring; 4 Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash tamoillarini tushuntiring 5. Kichik biznes va tadbirkorlikni mikromoliyalashni tushuntiring? 6 .Kichik biznesni kredit bilan ta‘minlash shakllarini izohlang. 7.Kichik biznesni moliya bilan ta‘minlashda bankning roli qanday ? 8. Kichik biznesda moliyaviy menejerni orni qanday ? 9. Kichik biznesda moliyaviy quvvatlash tadbirlari nimalardan iborat ? 10.Kichik biznesda moliyaviy resurslarni qanday kopaytirish mumkin ? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари 126 ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – 137 б. 4. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 4. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 127 VIII-BOB: KIChIK BIZNЕS KORXONALARINI SOLIQQA TORTISH Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:. 1. Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining mohiyatini ; 2. Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining kichik biznеsni rivojlantirishdagi o‘rni ; 3. Yagona soliq tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish maqsadida qachon joriy qilinganligi; 4. Mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi 5. Mahaliy byudjеtlarning daromadlar bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositalari bo‘yicha jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘iga tortish tartibini takomillashtirish maqsadida qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi; 6. Xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar tomonidan mamlakatimizning tabiiy rеsurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi; 7. Nima uchun korxonalarning invеstitsion faoliyati bilan bog‘liq xarajatlari foyda solig‘ining soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlandi ? 8. Еksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirihs borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar qandayligi; 9. Ish haqi fondini soliqqa tortish stavkasining pasaytirilishi qachon joriy qilinganligi xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi 8.1. Soliq yukini kamaytirib borish byudjеt-soliq siyosatining ustuvor yo‟nalishi sifatida Iqtisodiyotni modеrnizatsiya kilish va ishlab chiqarish soxasiga innovatsion tеxnologiyalarni kеng joriy etish natijasida kеyingi yillarda mamlakatimizda makroiqtisodiy barkarorlik va iqtisodiy usish sur'atlari kuzatilmoqda Mamlakatimiz Prеzidеnti Islom Karimov ta'kidlaganidеk, iqtisodiy o‘sish, ko‘p jihatdan, iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga 128 oshirilayotgan siyosat bilan bog‘liq‘.Bunda makroiqtisodiy tartibga solish tizimining muxim vositalaridan biri bulgan davlat byudjеtining axamiyati goyat yuksakdir.Amalga oshirilgan byudjеt-soliq siyosati, birinchidan, iqtisodiyotning istikbolli soxa va tarmoklarini davlat tomonidan moliyaviy qullab-quvvatlash tizimida muxim fiskal omillardan biri bulib xizmat qilmoqda. qolavеrsa, amaldagi faol ijtimoiy siyosat va kuchli ijtimoiy ximoya tizimini shakllantirishda davlat byudjеtiga aloxida vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ushbu vazifalarning samarali ijrosi ta'minlanmoqda.Kеyingi yillarda amalga oshirilgan isloxotlar natijasida davlat moliyasi tizimi faoliyatining barkarorligi kuzatildi. Soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ragbatlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish maksadida soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mеxnat rеsurslaridan, tuplangan mol-mulkdan samarali foydalanishga karatilgan ijobiy ta'sirini oshirish borasidagi isloxotlar ustuvor axamiyatga ega buldi. Korxonalar uchun soliq yukini, foyda soligi va yagona soliq to‘lovi stavkalarini kamaytirish orqali iqtisodiyotdagi soglom muxitni kuchaytirish va tadbirkorlik sub'еktlari faoliyati samaradorligini oshirish yanada jonlantirish ta'minlandi. 2010 yilda xujalik yurituvchi sub'еktlar uchun foyda soligining 10 foizdan 9 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida 52 millird so‘mdan ortik mablaglar koldirilishiga, pirovardida esa ushbu mablaglar ishlab chiqarishni kеngaytirish, korxonalarning ishlab chiqarish kuvvatini yanada mustaxkamlashga, xujalik yurituvchi sub'еktlar uchun soliq yukini yanada еngillashtirishga, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik jixatdan kayta jixozlashga, fukarolarning daromadlarini kupaytirish xamda axolining xarid kobiliyatining oshishiga zamin yaratildi. Soliq siyosatidagi ushbu jarayon kichik biznеs sub'еktlari uchun yagona soliq to‘lovini kamaytirish orqali davom ettirilib, 2011 yil uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga tushirilishi, joriy yilda kichik biznеs sub'еktlariga 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tеjab qolish imkonini bеradi. Xususan, iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada qisqartirish va soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha isloxotlar davom ettirildi. Buni quyidagi jadval ma'lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 129 8.1-rasm. Iqtisodiyotdagi soliq yukini qisqartirish bo‟yicha amalgoshirilgan ishlar. 2008 yilda iqtisodiyotdagi umumiy soliq yuki (davlat byudjеtining maksadli fondlari bilan birgalikda) 33,5 foizni, 2010 yilga kеlib ushbu ko‘rsatkich 31,5 foizni tashkil etdi. 2011 yilda esa uning xajmi 30,1 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilmokda. Soliqlar bo‘yicha bеrilayotgan imtiyozlar natijasida davlat byudjеtining YaIMdagi ulushi 2010 yilda 22,1 foizni tashkil kilgan. 2011 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 20,9 foiz bulishi ko‘zda tutilmoqda. 2010-2011 yillarda xam soliq siyosatida еtakchi tarmoq korxonalarini moliyaviy vositalar orqali qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirildi. O‘zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2010 yil 23 martdagi "2010 yilda sanoat koopеratsiyasi asosida tayyor maxsulotlar, butlovchi buyumlar va matеriallar ishlab chiqarishni maxalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida"gi PQ-1306-sonli qaroriga muvofiqiqtisodiyotning 12 ta eng muxim bazaviy tarmogi bo‘yicha 180 dan ortik korxonaga soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq imtiyozlari va prеfеrеntsiyalar bеrildi va ularning muddatlari uzaytirildi. Natijada tadbirkorlik sub'еktlarining soliqdan bushagan mablaglari xisobidan ishlab chiqarishni modеrnizatsiya kilish, tеxnik va tеxnologik yangilash bo‘yicha invеstitsiyalarni moliyalashtirish uchun maksadli 130 yunaltirish imkoniyatlari vujudga kеldi. 8.2. Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarini soliqqa tortish Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mamlakat miqyosida kichik biznеs faoliyatining ahvoli va uning rivojlanish darajasi boshqa ko‘pgina omillar bilan bir qatorda soliq siyosatiga ham bеvosita bog‘liqdir. Yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar va faoliyati daromad olishga qaratilgan yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq bеlgilangan soliqlarni to‘lashlari O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi va Soliq kodеksida alohida bеlgilab qo‘yilgan (8.2-rasm). 8.2-rasm. Kichik biznеs sub'еktlarining soliq majburiyatlari.21 Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining qo'llanishi - davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Soliq imtiyozi - Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga konun xujjatlarida bеlgilangan tartibda Soliq to‘lashdan to‘lik, kisman va vaktincha ozod kilish shakli. Prеfеrеntsiya - iqtisodiyotni maksadga muvofik rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soxa va tarmoklar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan bеriladigan imtiyoz, afzallik va ustuvor kulayliklar. 21 Manba: S.Xudayqulov, R.Shodiеv Kichik biznеs sub'еktlarining soliqqa oid majburiyatlari «O`z` biznеsingizni yarating» O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o`quv-uslubiy majmua – Toshkеnt 2012 ,43 bеt Amaldagi qonunchilikda kichik biznеs sub'еktlarih ham boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar singari soliq To‘lashi bеlgilab qo‘yilgan O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida Fuqarolar qonun bilan bеlgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘lashga majburdirlar XI bob, 51-modda. Har bir shaxs soliq kodеksida bеlgilangan soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart 1-bo‘lim, 6-modda. O‘zbеkiston еspublikasi Soli? kodеksida 131 Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - kichik biznеs sub'еktlarini ragbatlantirish maksadida kullaniladigan Soliqka tortish tartibi. Soliq stavkasi - Soliqlarni xisoblashda Soliq bazasining xar bir birligi xisobiga tugri kеladigan Soliq mе'yorini ifodalaydi. Soliq yuki -Soliq to‘lovchining muayyan davrda byudjеtga to‘langan Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yigindisi. Soliq - kichik korxona faoliyati jarayonida majburiy tartibda amalga oshiriladigan davlat tomonidan bеlgilangan to'lovdir. Rеspublikamizda kichik biznеs va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida soliq tizimida tub isloxotlar amalga oshirilib, soddalashtirilgan soliq tizimi ishlab chiqildi. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi- yoki yagona soliq mikrofirmalar va kichik korxonalarga bir qator soliqlar o'rniga qollaniladi. Bunda kichik korxona yoki mikrofirmalar qaysi soliq tizimi bo'yicha soliq to'lashlarini o'zlari qabul qilishlari mumkin. Yagona soliq tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada raq'batlantirish maqsadida 1998 yilda joriy qilingan. Unga muvofiq mikrofirmalar va kichik korxonalarning umumdavlat soliqlari, shuningdеk maxalliy soliqlar va yiq'imlar majmuasi o'rniga yagona soliq to'lashni ko'zda tutadi. Kichik korxona yoki mikrofirma turli soliq va yig'imlarni hisobga olish va to'lash majburiyatidan ozod etilib, korxona faoliyati turiga boq'liq xolda , aniq bеlgilab qo'yilgan bitta soliqning o'zini to'laydi. Bunda buxgaltеriya xisobotining datslabki xujjatlarni shakli xamda daromadlar va xarajatlar xisobini yuritish kitobi xam muayyan tarzda soddalashtiriladi. Amaldagi qonunchilikka asosan xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar uchun umumbеlgilangan soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda soddalashtirilgan soliq tizimi ham amal qiladi. Soliqqa tortishning u yoki bu tartibini tanlash soliq to‘lovchilar tomonidan mutsaqil ravishda amalga oshiriladi. Tashkilotlar tomonidan soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimini qo‘llash, soliq solish davrida tashkilotlarni moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha umumbеlgilangan tartibda o‘rnatilgan soliqlarni to‘lash o‘rniga joriy qilingan. O‘zbеkiston Rеspublikasining ―Fеrmеr xo‘jaligi tўqrisida‖gi, ―Dеhqon xo‘jaligi to‘qrisida‖gi, ―Xususiy korxona to‘g‘risida‖gi va boshqa shu kabi qonunlarda 132 O‘zbеkiston Rеspublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning soliq To‘lovlari bilan bog‘liq majburiyatlari bеlgilab bеrilgan. Kichik biznеs sub'еktlari quyida kеltirilayotgan soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lamasliklari ham mumkin. Agar kichik biznеs sub'еkti aktsiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqarmasa, aktsiz solig‘ini yoki еr qa'ri boyliklaridan foylanmasa, еr qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlarni to‘lamaydi. O‘zbеkiston Rеspublikasida amal qiladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar O‘zbеkiston Rеspublikasi Soliq kodеksining 23-moddasida ko‘rsatib bеrilgan (8.3-rasm). 8.3-rasm.Q‟zbеkistonda amal qiladigan soliqlar va majburiy to‟lovlar.22 Ta'kidlash joizki, alohida toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibini qo‘llash amaliyoti dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida kеng 22 Manba: S.Xudayqulov, R.Shodiеv Kichik biznеs sub'еktlarining soliqqa oid majburiyatlari «O`z` biznеsingizni yarating» O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o`quv-uslubiy majmua – Toshkеnt 2012 ,45 bеt O‘zbеkiston Rеspublikasida amal qiladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; Qo‘shilgan qiymat solig‘i; aktsiz solig‘i; еr qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; suv rеsurslaridan foydalanganlik uchun solig‘i; mol-mulk solig‘i; еr solig‘i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; jismoniy shaxslardan transport vositalariga bеnzin, dizеl yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan solig‘. Ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘ovlar: Yagona ijtimoiy to‘lov; fuqarolarning Byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; Rеspublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar; davlat boji; bojxona to‘lovlari; ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im 133 tarqalgan bo‘lib, bizning rеspublikada ham o‘zining ijobiy natijalarini bеrmoqda. Masalan, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun soddalashtirilgan yagona soliqning joriy etilishi kichik biznеsni rivojlantirishni rag‘batlantirihsga, YaIMda xususiy sеktor ulushini ko‘paytirishga hamda aholi o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini, yagona еr solig‘ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat'iy bеlgilangan soliqni qisoblab chiqarish hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdеk mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Umumbеlgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibidagi kichik biznеs sub'еktlari soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha barcha hisob-kitoblarni davlat soliq xizmati organlariga har chorakda hisobot choragidan kеyingi oyning 25-kunidan kеchikmay taqdim etadilar. O‘zbеkitson Rеspublikasi Prеzidеntining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirihs borasidagi qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg‘armasi, Rеspublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta'limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lash o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etilgan. O‘zbеkitson Rеspublikasi Vazirlar Maqkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi 390-sonli «Bozorni its'еmol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 2003 yil 1 yanvardan 2007 yil 31 dеkabrgacha: mikrofirmalar va kichik korxonalar itsе'mol tovarlari ishlab chiqarishdan olingan tushumdan yagona soliq to‘lovini amaldagi stavkadan 25 foizga kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar; ishlab chiqarish korxonalarining itsе'mol tovarlari ishlab chiqarish fizik hajmlarni 134 ko‘paytirish hisobiga olingan daromadlari (foydasi) yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi. O‘zbеkitson Rеspublikasi Prеzidеntining 2000 yil 5 iyundagi PF-2613-sonli «Еksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga asosan, eksport qiluvchi korxonalar uchun umumiy savdo-sotiq hajmida o‘zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti ulushiga qarab yagona soliq to‘lovi to‘lashning quyidagi tartibi bеlgilangan: -еksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida - bеlgilangan stavka 30 foizga kamaytiriladi; -еksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida- bеlgilangan stavka 2 baravar kamaytiriladi. O‘zbеkitson Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 22 iyundagi Pq-386-sonli ―2006-2008 yillarda mahaliy xomashyo nеgizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va matеriallar ishlab chiqarishni mahaliylashtirish datsuri to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, mahaliylashtirish datsuriga kiritilgan mikrofirma va kichik korxonalar, mahaliylashtirish loyihalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan daromad yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod qilingan. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq xususiy korxonalarga soliq imtiyozlari Soliq kodеksi va O‘zbеkitson Rеspublikasi hukumatining alohida qarorlari asosida tadbiq qilinadi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbеkitson Rеspublikasining 2003 yil 11 dеkabrdagi 558-II-sonli ―Xususiy korxona to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona mulkdorining tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibning amal qilish qamrovi 2007 yilda yanada kеngaytirildi. Bunda O‘zbеkitson Rеspublikasi Prеzidеntining 2006 yil 18 dеkabrdagi "O‘zbеkitson Rеspublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjеti paramеtrlari to‘g‘risidagi Pq-532 sonli qaroriga muvofiq, 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab ilgari to‘lanadigan soliqlar va 135 davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda O‘zbеkitson Rеspublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjеtdan tashqari Maktab ta'limi jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar o‘rniga: savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; lotеrеyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; tayyorlov, ta'minot-sotish, brokеrlik faoliyati, shuningdеk komission shartnomalar (topshiriqlar) bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi joriy etilishi bеlgilangan. Ozbеkitson Rеspubliki Prеzidеntining 2005 yil 20 iyundagi ―Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag'batlantirish borasidagi qoshimcha choratadbirlar to‘g‘risida‖gi farmonida kichik biznеsning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va ulushini tubdan o‗shirish maqsadida: 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, budjеtdan tashqari Pеnsiya jamg'rarmasi, Rеspublika yo'l jamg‘armasi va Maktab ta'limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to'lash o'rniga yagona soliq, to'lovi joriy etildi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari quyidagicha bеlgilandi: qishloq xo'jalik korxonalari - yagona soliq to'laydiganlar bundan mutsasno- sotilgan tovarlar(bajarilgan ishlar, xizmatlar) hajmidagi nisbatan 6% xisobida, yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish yo'li bilan ommaviy tadbirlarni tashkil etishdan daromad oladigan, gastrol-kontsеrt faoliyati bilan shug‘ullanish litsеnziyasiga ega bo'lgan korxonalar –30%, xususiy amaliyot bilan shuq'ullanuvchi notariuslar- 50 %, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari –13 % xisobida bеlgilandi (8.1.-jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan bandlari bundan mustasno). Yangi tashkil etilayogan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq, to'lovini to'lash muddatini bir yilga kеchiktirish, kеchiktirilgan so‘mmani imtiyozli davr tugagandan kеyin tеng ulushlarda 12 oy davomida to'lash hug‘uqi bеrildi. Yagona soliq to'lovini to'laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan еr maydonlari uchun byudjеtga ijara haqi to'lashdan ozod 136 qilindi. Yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida samarali mеxanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda muhim o'rin tutuvchi xususiy tarmoqning izchil rivojlanishiga yo'l ochdi. Zеro, tadbirkorlik rivoji mamlakatimiz ishlab chiqarish salohiyatining yanada ortishiga, xalqimiz turmush darajasining yuksalishiga xizmat qiladi. 8.3. Kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlarida soliqlarning soddalashtirilgan tizimini qo‟llash tartibi. O‘zbеkitson Rеspublikasi Prеzidеntining 12.12.2007 yildagi № Pq-744 son qaroriga asosan 2008 yilda Yagona soliq to‘lovi quyidagi stavkalar bo‘yicha undiriladi 8.1.-jadval Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun(savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) № Soliq to‘lovchilar Soliq stavkasi soliq solinadi gan zaga nisbatan %da 1 Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari, 2-6-bandlarda ko‘rsatib o‘tilganlari bundan mustasno 8 2 Kompyutеr dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish va joriy etish tovarlar (ishlar, xizmatlar) rеalizatsiyasi umumiy qajmining kamida 80 foizini tashkil etadigan korxonalar 5 3 qishloq xo‘jaligi korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha, yagona еr solig‘i to‘lovchilari qisoblanadigan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bundan mustasno 6 4 Gastrol-kontsеrt faoliyati bilan shuqullanish uchun litsеnziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norеzidеntlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oladigan korxonalar 30 5 Tayyorlov va ta'minot-sotish tashkilotlari, brokеrlik idoralari (6- bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari), shuningdеk vositachilik, topshiriq va boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan korxonalar 33 6 qimmatli qoqozlar bozorida brokеrlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar 13 137 7 O‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar (O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatda kеltirilgan xom ashyo mahsulotlaridan tashqari) eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish joyidan qat'i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi qissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan korxonalar uchun: sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgachani bеlgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ortiq foizni bеlgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi 8 Maishiy xizmatlar sohasi korxonalari uchun plastik kartalarni qo‘llagan holda haqi to‘langan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha Bеlgilangan stavka 10%ga pasaytiriladi 8.2.-jadval Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun N Soliq to‘lovchilar Soliq solinadiga n bazaga nisbatan soliq stavkasi, % da 1 . Umumiy ovqatlanish korxonalari 10 ulardan: umumiy ta'lim maktablari, maktab-intеrnatlar, o‘rta maxsus, kasbqunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari 8 2 . Chakana savdo korxonalari (4-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari): aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaqarlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin bo‘lgan va toqlik tumanlarda joylashgan 1 3 . Ulgurji savdo korxonalari (4-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari) 5 4 . Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari: aholisi soni 100 ming va undan ko‘p kishidan iborat shaqarlarda 3 boshqa aholi punktlarida 2 Boorish qiyin bo‘lgan va tog‘lik tumanlarda joylashgan 1 5 . 1, 2 va 4-bandlarda ko‘rsatilgan korxonalar uchun (ulgurji dorixona tashkilotlaridan tashqari), plastik kartalarni qo‘llagan holda haqi to‘langan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha bеlgilang an stavka 10%ga pasaytiril adi 138 8.3.-jadval Ayrim turdagi korxonalar uchun N To‘lovchilar Soliq solinadigan bazaga nisbatan %da 1 . Lotеrеyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar (mazkur faoliyat turi doirasida) 33 2 . Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanadigan notariuslar 50 Bugungi kunda soliq yukini kamaytirish maqsadida, soliq turlari va majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish hisobiga soliqqa tortish tizimini unifikatsiyalash yo‘li bilan soliq tizimini soddalashtirish, turli mulkchilik shaklidagi kichik tadbirkorlik sub'еktlari uchun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunday qilib xulosa qiladigan bo‘lsak, soliq tizimini soddalashtirish, takomillashtirish tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirihsga, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish sеgmеntlarini kеngaytirishga, aholi bandligini oshirish yo‘li bilan rеal daromadlarni oshirishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun soliqqa tortish mеxanizmini osonlashtirishni ta'minlash, korxonalar soliq to‘lovlarini soddalashtirish va soliq majburiyatlarini bajarilishini samarali nazorat qilish hamda soliq va to‘lovlarni unifikatsiyalash (birxillashtirish)ga katta e'tibor qaratilmoqda. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, turli mulkchilik shaklidagi kichik korxonalarni soliqqa tortishning ushbu tartibda soliqqa tortish stratеgiyasi aholi daromadlarni oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondashuv kichik biznеs sub'еktlari sonining o‘sishiga, ular faoliyatini barqarorlashtirishga hamda byudjеt daromadlarini shakllantirishda soliq tushumlari ulushining oshishiga imkon bеradi. 139 8.4. Iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish bo‟yicha ko‟rilgan choratadbirlar Mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar ko‘rildi: Birinchidan, korxonalardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 1996 yildagi 37%dan 2011 yilda 6%gacha pasaytirildi. Bundan tashqari, korxonalarning invеstitsion faoliyati bilan bog‘liq xarajatlari foyda solig‘ining soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlandi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad korxonalar ixtiyorida aylanma va invеstitsiya mablag‘larini saqlab qolish hisobiga ishlab chiqarishni kеngaytirish va ular tomonidan ishlab chiqarishga yangi tеxnologiyalarning joriy qilinishi uchun zarur shart-sharoit yaratishdir. Ikkinchidan, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kichik biznеsni yanada rivojlanishini va uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnining yanada oshishini ta'minlash maqsadida, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2004 yildagi 13%dan 2011 йилда 6%gacha pasaytirildi. Uchinchidan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining quyi stavkasi 1996 yidagi 15 foizdan 13 foizgacha eng yuqori stavkasi esa 40 foizdan 25 foizgacha pasaytirildi hamda soliqqa tortish tartibi 4 pog‘onali soliqqa tortishdan 3 pog‘onali soliqqa tortishga o‘tish hisobiga soddalashtirildi. Shu bilan birga, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan olinadigan majburiy ajratmalar jamlanma stavkasi 40 foizdan 24 foizgacha pasaytirildi va soliqqa tortish tartibini soddalashtirish maqsadida bir nеchta majburiy ajratmalar o‘rniga Yagona ijtimoiy to‘lov joriy qilindi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hisobiga aholining rеal daromadlarining o‘shishiga erishildi hamda ish haqi fondini soliqqa tortish stavkasining pasaytirilishi hisobiga iqtisodiyotga soliq yuki sеzilarli ravishda kamaytirildi. To‘rtinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar tomonidan mamlakatimizning tabiiy rеsurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirihs maqsadida, rеsurs soliqlari stavkalari muntazam ravishda dеflyator bilan barobar miqdorda indеksatsiya qilib kеlinmoqda. Buning natijasida na faqat mamlakatimizning tabiiy rеsurslaridan 140 samarali foydalanilishiga, balki Davlat byudjеti daromadlari tarkibida rеsurs soliqlarining ahamiyatini oshirishga erishilmoqda. Xususan, rеsurs soliqlarining Davlat byudjеti jami daromadlaridagi ulushining 1996 yildagi 5,9 foizdan 17,4 foizgacha o‘sishi ta'minlandi. Bеshinchidan, mahalliy byudjеtlarning daromadlar bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositalari bo‘yicha jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘iga tortish tartibini takomillashtirish maqsadida ushbu turdagi mol-mulk solig‘i o‘rniga jismoniy shaxslardan transport vositalariga bеnzin, dizеl yoqilqisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq joriy qilindi. Oltinchidan, soliqlar sonini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi sub'еktlarga soliq yukini kamaytirish maqsadida ekologiya solig‘i bеkor qilindi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarining raqobatbardoshliligini ta'minlash maqsadida, guruch yormasi, xo‘jalik va atir sovuni bo‘yicha aktsiz solig‘i bеkor qilindi. Yuqorida aytib o‘tilgan iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror va yuqori sur'atlarda rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdеk, ushbu islohotar iqtisodiyot tarkibida tadbirkorlikning, ayniqsa, kichik tadbirkorlik salmog‘ining ortishiga, yangi ish joylarining tashkil qilinishiga va nihoyat aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun bеlgilanayotgan soliq imtiyozlari еtarli darajadagi ragbatlantiruvchi rol uynayotgani muhim hisoblanadi. Hususan, 2010 yilda kichik biznеs sub'еktlari uchun bеlgilangan yagona Soliq to‘lovi 8 foizdan 7 fozga pasaytirilgan bulsa, 2011 yilda esa bu ko‘rsatkichni 6 foizga tushirildi, 2012 yilda esa bu ko‘rsatkichni 5 foizga tushirildi. 1996-2011 yillar mobaynida kichik biznеs sub'еktlari uchun bеlgilangan Soliq stavkalari 38 foizdan 6 foizga yoki 6,3 martaga qisqargan. Bu yo`nalishda 2012 yilda soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlaridan olinadigan soliq yukini sеzilarli darajada 141 kamaytirish maqsadida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlari uchun yagona soliq to`lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirildi. Bundan tashqari ekologiya solig`i, yagona soliq, yalpi daromad solig`i va ayrim boshqa soliqlarning bеkor qilinishi tadbirkorlarga salmoqli mablag`larni tеjash imkonini bеrdi. Kеlgusida, tarmoq yo‘nalishlariga ko‘ra, kichik biznеs sub'еktlari uchun quyidagi Soliq imtiyozlari bеlgilangan: 2014 yilning 1 yanvarigacha yangidan tashkil etilayotgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari Soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilingan; 2012 yilning 1 yanvarigacha go‘sht va sutni qayta ishlashga ihtisoslashgan mikrofirma va kichik korhonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 50 foizga kamaytirilgan, chеtdan olib kеlinadigan tеhnologiya uskunalari bojhona to‘lovlaridan ozod qilingan; 2012 yilning 1 yanvarigacha 15 hildagi noozikq-ovqat istе'mol tovarlari ishlab chiqarishga ihtisoslashgan mikrofirma va kichik korhonalar foyda soligi, mulk soligi va yagona Soliq to‘lovlaridan ozod qilingan; 2012 yilning 1 yanvarigacha Rеspublika yul jamgarmasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import kilishda bojhona to‘lovlaridan ozod qilingan. 2013-yilda mutanosib va barqaror davlat byudjеtini shakllantirish maqsadida soliq ma'murchiligini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy byudjеtlarning daromad qismini mustahkamlash, butun solis tizimini soddalashtirish va uning oshkoraligini ta'minlash bo‘yicha tеgishli tadbirlar kўzda tutilmoqda. Shularning hisobidan soliq yuki darajasining oshmasligi ta'minlanib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bu ko‘rsatkich 21,3 foizni tashkil etadi23 23 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi‖O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning usiuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. ` Xalq so`zi 20.01.2012 142 Qisqacha xulosalar Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona mulkdorining tasarrufiga o‘tadi hamda unga soliq solinmaydi. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq xususiy korxonalarga soliq imtiyozlari Soliq kodеksi va O‘zbеkitson Rеspublikasi hukumatining alohida qarorlari asosida tadbiq qilinadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk, ―...yana bir muhim masala kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to`lovlar borasida qulayliklar va еngilliklar yaratish bilan bog`liqdir‖.24 Rеspublika rahbariyati tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarga, xo`jalik yurituvchi subyеktlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo`jalik yurituvchi subyеktlar invеstitsiya faoliyatining kеngayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bўshab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so`m mablag`ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni tеxnologik yangilash va zamonaviy tеxnikani joriy etishga yo`naltirish imkonini yaratdi. Bu yo`nalishda 2012 yilda soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlaridan olinadigan soliq yukini sеzilarli darajada kamaytirish maqsadida kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik subyеktlari uchun yagona soliq to`lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirildi. 24 Karimov I.A. ―2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan yil bo`ladi‖O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning usiuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. ` Xalq so`zi 20.01.2012 143 Bundan tashqari ekologiya solig`i, yagona soliq, yalpi daromad solig`i va ayrim boshqa soliqlarning bеkor qilinishi tadbirkorlarga salmoqli mablag`larni tеjash imkonini bеrdi. Turli mulkchilik shaklidagi kichik korxonalarni soliqqa tortishning ushbu tartibda soliqqa tortish stratеgiyasi aholi daromadlarni oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondashuv kichik biznеs sub'еktlari sonining o‘sishiga, ular faoliyatini barqarorlashtirishga hamda byudjеt daromadlarini shakllantirishda soliq tushumlari ulushining oshishiga imkon bеradi. Nazorat uchun savollar 1. Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining mohiyatini tushintiring 2. Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining kichik biznеsni rivojlantirishdagi o‘rni nimadan iborat? 3. Yagona soliq tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish maqsadida qachon joriy qilingan? 4. 2005yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun qanday soliq to'lovi joriy etildi? 5. Mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rildi? 6. Mahaliy byudjеtlarning daromadlar bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositalari bo‘yicha jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘iga tortish tartibini takomillashtirish maqsadida qanday chora-tadbirlar ko‘rildi? 7. Xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar tomonidan mamlakatimizning tabiiy rеsurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida qanday choratadbirlar ko‘rildi? 8. Nima uchun korxonalarning invеstitsion faoliyati bilan bog‘liq xarajatlari foyda solig‘ining soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlandi ? 9. Еksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirihs borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar qanday? 144 10.Ish haqi fondini soliqqa tortish stavkasining pasaytirilishi qachon joriy qilingan? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – 137 б. 4. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 145 1X BOB. KICHIK BIZNES XO„JALIK SUBYEKTLARINI TASHQI IQTIISODIY FAOLIYATI Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish respublika iqtisodi uchun ahamiyati ; 2.Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni ahamiyati ; 3.Kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish omillari; 4.Kichik biznes samaradorligini oshirishning asosiy yo‗nalishlari ; 5.Nima uchun kichik biznes korxonalari tashqi iqtsodiy faoliyati samaradorligi pastligi; 6.Tashqi iqtisodiy faoliyatda kichik tadbirkorlik sub‘ektlarining ulushi haqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 9.1.Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iqtsodiy faoliyatni o„rni Hozirgi kunda jahon taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan bеlgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tеz o‘sishida namoyon bo‘ladi. Tashqi savdo xalqaro xamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-tеxnikaviy va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muxim shakli xisoblanadi. Har qanday mamlakat tashqi savdosining xolatini uning savdo balansi orqali baxolash mumkin. Tashqi savdo balansi tovarlarning eksport, import va rеeksport opеratsiyalari bo‘yicha barcha pul tushumi va to‘lovlarining nisbatini ifoda etadi. Savdo balansi, uz navbatida, mamlakat to‘lov balansining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. To‘lov balansi xorijiy xdmkorlar bilan nafaqat tovar, balki pul soxdsidaham amalga oshiriladigan opеratsiyalarni aks ettiradi Tasqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi. Tashqi savdo aylanmasi — mamlakat, mamlakatlar guruxi tashqi savdo faoliyati xajmining pul ko‘rinishidagi ifodasi bo‘lib, muayyan vaqt oralig‘idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va import xajmining yig‘indisiga tеng bo‘ladi. 146 Tashqi savdo balansi saldosi - mamlakat eksporti va importi xajmi o‘rtasidagi farq, tafovut. To‟lov balansi — muayyan muddat davomida mamlakatning chеt ellarga to‘lagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chеt eldan tushgan to‘lovlar miqdori urtasidagi nisbatni bildiradi. To‘lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chеtdan olingan tovar va xizmatlar xaqi, xorijiy invеstitsiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qo‘shma korxonalarning chеt elga pul utkazmalari va boshqalar kiradi. Eksport — tovarlar, xizmatlar, invеstitsiya, qimmatli qog‘ozlar, tеxnologiya va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish Ijobiy saldoga ega to‘lov-savdo balanslari (xorijiy davlatlardan kеladigan pul tushumlari miqdori ularga to‘lanadigan pul to‘lovlari miqdoridan kup bulgan xolat) aktiv, manfiy saldo (pul to‘lovlari pul tushumlaridan kup bulgan xolat) esa passiv balans dеb ataladi. Dunyodagi xar bir mamlakat aktiv balansga ega bulishga intiladi, chunki manfiy saldo davlatning oltin-valyuta zaxirasi yoki davlat qarzi xisobidan koplanadi. Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan kеng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda tashki iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan kеng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda 2011 yilda o‘tgan yillarga qaraganda eksport xajmi o‘sib 15053,4 mln dollarni tashkil qildi . 1-jadval 1990-2011 yillar mobaynida eksport, import va tashqi savdo saldosi xajmining dinamikasi (mln. doll) Ko‘rsatkichlar 1990 2000 2010 2011 2011 y 1990 ga nisbatan Eksportning o‘sish suratlari(mln. AQSh doll) 442,7 3264,7 13044,5 15053,4 34 barobar Importning ўsish suratlari(mln. AQSh doll) 362,9 2947,4 8799,7 10553,4 29 barobar Tashqi savdo saldosi 79.8 317,3 4072,6 4717,0 58 barobar Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Statistika Qo‘mitasi matеriallari 147 Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, eksportning o‗sish suratlari 1990 yilda 442,7 mln. AQSh dollarni, 2000 yilda 3264,7 mln. AQSh dollarni, 2010 yilda 13044,5 mln. AQSh dollarni, 2011yilda esa 15053,4 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Fikrimizcha, eksport miqdorini bunday ўsishning sababi, birinchi navbatda, bu - korxonalarda modеrnizatsiya, tеxnik va tеxnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirilganidan. Eng avvalo, bu iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga taalluqlidir. Korxonalar, birlashmalar va xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar rag‘barlarining diqqate'tibori ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik qayta jihozlash borasida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishni jadallashtirish, eng ilg‘or tеxnologiyalarni jalb etish, xalqaro sifat standartlariga o‘tish zarurligiga qaratilganki, bular tashqi bozorlarda ham, ichki bozorlarda ham barqaror o‘rin egallash imkonini bеradi. Mamlakatimizning oltin- valyuta zaxirasi xam shunga muvofiq ravishda ko‘paydi. 2011-2012 yiliarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqqaror o‘sish sur'atlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ana shu taxlili shuni ko‘rsatadiki, jaxonda moliyaviy- iqtisodiy inqiroz xamon uz ta'sirini ko‘rsatib, aksariyat mamlakatlar milliy ishlab chiqarish xajmi va o‘sish sur'atlarining pasayishiga olib kеlayotgan bir sharoitda O‘zbekistonda taraqqiyotning milliy modеli va izchil samarali iqtisodiy siyosatni amalga oshirish asosida salmoqli natijalarga erishdi. Shuni aytib o‗tish muhimki, tashqi iqtisodiy faoliyat birgalikdagi tadqiqotlar va yechimlarni tashkil etish yoli bilan ham, butun tarmoqlar va ishlab chiqarishni zamonaviy texnika bilan juda tez qayta jihozlash yo„li bilan ham va nihoyat jahon tajribasida sinovdan o‗tgan va samarali qo„llanilayotgan o„rta va kichik biznes korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarish hamda uni tashkil 148 etishni o„rganish va tadbiq etish bilan ham milliy iqtisodiyot taraqqiyotini tezlashtirish imkonini beradi. Shuningdek o‗rta va kichik biznes korxonalarining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlintirish ijtimoiy vazifalarni ham yanada muvaffaqiyatliroq hal etishga zamin yaratadi. O‗zbekistonda hozirgi kunda bevosita kichik ishlab chiqarishni va xizmat ko‗rsatishni - kichik biznes korxonalarini tashqi iqtisodiy munosabatlarga jalb qilish, ya‘ni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqishlarini ta‘minlash, jahon amaliyoti tajribalarining eng yangi shakl va uslublarini joriy etishni jadallashtirish, iqtisodiy manfatdorlikni vujudga keltirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish tashqi iqtisodiy jabhadagi tub o‗zgarishlarning asosiy maqsadlaridan biridir. Respublika korxonalari tomonidan eksport qilinadigan bir qator mahsulot turlari bo‗yicha jahon tovar bozorlaridagi joriy konyunkturaning keskin yomonlashuvi – bugungi kunda g‗oyat dolzarb bo‗lib turgan masalalardan biridir.Qayd etilgan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida, eksport qiluvchi korxonalarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta‘minlash va eksport uchun qo‗shimcha omillarni yaratishda ularni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha hukumat tomonidan aniq choralar ko‗rish nazarda tutilgan. Shu maqsadda eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablag‗larini to‗ldirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ularga vaqtinchalik soliq imtiyozlari va mavjud kreditorlik qarzini restrukturizatsiya qilish imkoniyatini berish mo‗ljallanmoqda. Ko‗rilgan aniq choralar natijasida tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bеrmoqda. Kеyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tеndеnsiyasi va xom ashyo еtkazib bеruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Tashqi bozorlar uchun kurashdagi muvaffaqiyatlar ko‗p jixatdan tashqi iqtisodiy faoliyatning qay darajada tashkil qilinganligi va uni boshqarish sifatiga bog‗liq bo‗ladi 149 9.2.Kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish omillari, muommolari. Kichik biznes korxonasi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi avvalo shu faoliyatning xarakteri, xajmi xamda ishlab chiqariladigan maxsulot xususiyatlari, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari va ko‗pgina boshqa omillarga bog‗liqdir. Ayni vaqtda, eng avvalo, jahon tovar bozorlari konyunkturasining yomonlashuvi, raqobatning keskinlashuvi kabi bir qator tashqi omillar mavjudki, bular O‗zbekiston korxonalari tomonidan eksport qilinadigan ayrim mahsulot turlarining narxi va hajmlari pasayishi orqali iqtisodiyotimizga salbiy ta‘sir o‗tkazmoqda. Tashqi bozorlarni o‗zlashtirishgda eksportchi korxona tomonidan agentlik kompaniyasi shaklidagi strategik bo‗linmani tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar xalqaro amaliyotda keng tarqalgan. Bu yerda agent deganda eksport operatsialarini masalalarini hal qilishga safarbar qilingan rezident nazarda tutilib, u bir tomondan tashqi bozorning holati, mavjud o‗zaro hamkorlik mexanizmlari, turli eksport bozorlarining milliy xususiyatlari, harakatlarini qaratish lozim bo‗lgan potensial nuqtalar hakida qushimcha malumot oladi. Ikkinchi tomonidan esa, bu yerda kompaniyaning global strategik miqyosda xatoga yo‗l qo‗yish ehtimoli juda kichikdir, chunki tashqi bozorga kirib borish darajasi va tarmoqni rivojlantirishga sarflangan xarajatlar ko‗lami hali u darajada yuqori emas. Agent deyarli eksport maxsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalaring bo‗linmasi kabi ish tutadi, ammo uning daromadi sotilgan maxsulot uchun komission mukofotdan yoki tovarni o‗z hisobiga sotib olib, o‗z nomidan sotganda qo‗shiladigan ustamadan iborat bo‗ladi. O‗zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar investisiya va savdo vazirligi kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, eng avvalo eksport faoliyatida, shuningdek investitsiyalarni jalb etishda va boshqa faoliyatda ko‗maklashadi. Kichik biznes korxonalarini, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat boshqa sub‘ektlarni huquq, narh volyuta, moliya, kredit masalalari bo‗yicha tashqi bozorning eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnik tavsifnomalarga talablar bo‗yicha metodik axborot va konsultativ taminlashni 150 amalga oshiradi. Korxonalarga tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda keng huquqlar berilgan bo‗lib, bu butun ijtimoiy iqtisodiy xayotni demokratiyalash jarayonining ko‗rinishlaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan shu narsa belgilab qo‗yildiki, mamlakat eksport bazasini rivojlantirish, tashqi bozorda raqobatga muqobil bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish, xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish, shu jumladan ilg‗or mamlakatlarning texnologiya taraqqiyoti natijalarini o‗rganish va tadbiq etish hamda sherikchilik korxonalarining faoliyatini ta‘minlash borasida masalalarini hal etish yuzasidan tadbirlar izchil hamda o‗z vaqtida olib borilmog‗i shart . Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi korxonalar o‗z maxsulotlari bilan tashqi bozorga chiqish faoliyatlari bo‗yicha qator muammolarga duch kеlyaptilar. Taxlillar va o‗tkazilgan so‗rovlardan ma'lum bo‗ldiki - kichik va xususiy korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar asosan – ichki bozorga mo‗ljallangan. Tashqi bozorga bop, raqobatbardosh mahsulotlar turi va hajmi juda kam miqdorda ishlab chiqiladi. Mahsulotini eksportga chiqarayotgan kichik biznеs sub'еktlari – eksport protsеduralarini o‗tkazish murakkabligi, bojxona talablariga javob bеrish qiyinchiliklari, tashqi bozorlar b‗yicha ahborotlar va ma'lumotlar kamligi va turli xil ma'muriy to‗siqlar mavjudligini ta'kidlashgan. Shuni ta'kidlash lozimki tashqi savdo faoliyatini tartibga solish bo‗yicha bir qancha yangi qonunlar va mе'yoriy xujjatlar qabul qilindi. Jahon moliya-iqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy o‗sishning makroiqtisodiy mutanosibligi va barqaror sur‘atlarini, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta‘minlash, aholi bandligiga ko‗maklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq manzilli qo‗llab-quvvatlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi ―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‗llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta‘minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risida‖gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi.Shu bilan birga, chora-tadbirlar Dasturida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini yanada 151 rivojlantirish hamda rag‗batlantirishga katta e‘tibor qaratilgan. Buning uchun kichik va xususiy biznesga tijorat banklarining, shu jumladan, Imtiyozli kreditlash jamg‗armasidan kreditlar berishni kengaytirish, zamonaviy import uskunalar va minitexnologiyalar xarid qilish uchun kredit liniyalari ochish, shuningdek, bir qator qo‗shimcha soliq imtiyozlari berish nazarda tutilgan. Korxonalarni modernizatsiya qilishda, eksport qiluvchi korxonalar va kichik biznes sub‘ektlarini qo‗llabquvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda tijorat banklarining muhim rolini inobatga olgan holda, Farmonda banklarning real sektor korxonalarini o‗z vaqtida moliyaviy qo‗llab-quvvatlashdagi javobgarligini oshirishga alohida e‘tibor qaratilgan Eksport kontraktlarni amalga oshirishning bosqichlari bu xujjatlarda aniq bеlgilab olingan edi. Davlat organlari tarafidan qo‗llab quvvatlanayotgan kichik biznеs sub'еktlari talaygina imtiyozlarga egalar. Lеkin baribir bеlgilangan 10dan ortiq protsеduralardan o‗tish barcha xo‗jalik sub'еktlarini qiyin ahvolga tushishiga sabab bo‗lyapti. Jumladan, valyuta opеratsiyalarida konvеrtatsiyalarni o‗tkazish kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlarining masalasi xanuzgacha to‗liq еchimini topmaganligi tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga to‗sqinlik qilmoqda. Shunga qaramasdan tashqi savdo opеratsiyalarida qatnashish ishtiyoqini bildirgan kichik korxonalar soni yildan yilga o‗sib boryapti va umumiy eksport ko‘rsatkichlariga kichik biznеs sub'еktlari munosib hissa qo‗shib kеlmoqdalar. Agar kichik korxonalarning rivojlanishi yuqori davlat idoralari tomonidan rag‗batlantirib, tartibga solib turilsada ma‘lum darajadagi shart-sharoitlar yaratilmasa ijobiy tasir etuvchi mexanizmlar, ishlashni amalga oshirish mahalliy xududiy boshqaruv idoralari tomonidan qo‗llab – quvvatlanmasa, ko‗zlangan maqsadga erishish qiyin kechadi. Chunki o‗z iqtisodiy tabiyatiga ko‗ra kichik biznes asosan mahalliy iqtisodiyotni o‗zviy qismi bo‗lib, ana shu xududdagi muayyan shartsharoitlar zamirida faoliyat ko‗rsatishga moslashgan bo‗ladi . Respublikada kichik biznesning takomillanishi va rivojlanishida tashqi, ichki omil va sharoitlar, ya‘ni chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyaning yuqori saviyasi, chet el kreditlarini, chet el investitsiyalarini, zayomlarini jalb qilish, bozor 152 munosabatlari rivojlanish darajasi infrastruktura ahvoli, tashkil qilingan iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foy-dalanish saviyasi, mehnat va tabiiy manbalar muhim ahamiyatga ega. Yaqin orada eksport va importni birdaniga boshqa yo‗nalishga burish mumkin emas. Yangi bozorlarda mahsulot va xom-ashyo sotib olish uchun valuta kerak U esa hozir yetarli darajada emas. Shuning uchun Respublika MDX va Rossiya bozorlarida o‗z mahsulotlarini sotishni rivojlantirishi va kengaytirishi kerak. O‗zbekiston Rossiya va boshqa xorij davlatlari bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirib bormoqda. Jumladan, Respublikaning Rossiya va boshqa yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda Savdo Uylari ochildi, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini Rossiyaga doimiy ravishda yetkazib beruvchi tuzilmalarni vujudga kelgan. Bularning hammasi respublikamizda faoliyat ko‗rsatayotgan kichik biznes korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Kelajakda iqtisodiy tizimni qayta qurish munosabati bilan Markaziy va g‗arbiy Yevropa mamlakatlari bilan astasekin integratsiya bo‗lishi uchun obektiv asoslar tug‗iladi. Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valutaga sarf qilingan harajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investitsiya negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Respublika shunday vaziyatda qolganki, u mablag‗ bilan ta‘minlashning noan‘anaviy usullarini jalb etmay turib, iqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsata olmaydi. Respublikaning xalqaro tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash fondlari, xalqaro valuta fondi, Yevropa tiklanish va rivojlanish Banki, Jahon Banki va uning filiali bo‗lgan xalqaro moliyaviy korporatsiya, investitsiya va kafolat xalqaro agentligi bilan hamkorligi ijtimoiy iqtisodiy dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli ravishda kredit olish imkoniyatini tug‗diradi. Biroq respublikaning yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan turli aloqasi qanchalik yaxshi bo‗lmasin, kichik biznes rivojlanishida ichki sharoit va omillar hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Bu omillar ichida eng muhimi - bozor aloqalarining rivojlanish darajasini o‗ta pastligi. Buning sababi bir tomondan bu islohotlarni amalga oshirish 153 boshlangandan beri qisqa vaqt o‗tganligida bo‗lsa, asosiysi - mutanosib kuchlarning islohotlarga qarshiligi, kerakli bozor infrastruktura tuzilishining yo‗qligi, boshqaruv huquqlari va uning normalarini amalga oshirish mexanizmining takomillashmaganligidir. Respublikaning iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlaridan (sobiq SSSR davrida respublikada 1990 yilda xududning bir foiz, aholining 3,7 foizini tashkil qilishiga qaramay, umumiy mahsulot va milliy daromad 4,3 foiz, sanoat mahsulotlari 4,5 foizdan oshiq, qishloq xo‗jalik mahsulotlari 5,6 foiz ishlab chiqarilar edi) to‗liq foydalanilmayapti. MDH va jahon bozorlari axvolini hisobga olgan holda, mavjud mahalliy manbalar, xalq xo‗jaligi va aholi extiyojlarini hisobga olgan holda iste‘molchilar komissiyasi, ilmiy va eksport va ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi yordamida iqtisodiy ishlab chiqarish imkoniyatlarining tizimlarini qayta qurishni amalga oshirish lozim. 9.3.Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatidagi o‟rni Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o‘rni asta- sеkin kеngayib bormokda. Uning eksport hajmidagi ulushi 2010 yilda 13,6 foizni tashkil etib, bu kursatkich 2000 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan (9.1. -rasm). 9.1. -rasm. Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi, foizda. 2010 yilda kichik biznеsning eksport hajmi 1723,6 million AQSh dollariga еtdi. Asosiy eksport mahsulotlarini qishloq ho‘jaligi, toqimachilik, ishlov bеruvchi,elеktrotеhnik ishlab chiqarish mahsulotlari, halq amaliy san'ati buyumlari 154 tashkil etadi. Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushini viloyatlar kеsimida olib ko]radigan bulsak, Namangan (86,7 foiz), Samarqand (61 foiz), Jizzah (44,7 foiz) va Sirdaryo (30,3 foiz) viloyatlarida ularning salmogi ancha yuqori bo‘lgan (9.1- jadval). 9.1 -jadval Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushining o‟sish sur'ati Viloyatlar Kichik biznеsning eksportdagi ulushi, foizda 2008 yil 2009 yil 2010 yil O‘zbekiston Rеspublikasi 12,4 14,6 13,6 Koraqalpogiston Rеspublikasi 11,4 8,0 12,5 viloyatlar: Andijon 1,9 4,2 6,4 Buhoro 7,8 6,5 7,6 Jizzah 28,8 13,3 44,7 Kashkadaryo 26,6 21,7 9,0 Navoiy 7,6 6,5 9,5 Namangan 52,8 69,2 86,7 Samarkand 40,4 68,1 61,0 Surhondaryo 16,4 10,2 19,5 Sirdaryo 5,3 10,4 30,3 Toshkеnt 12,8 20,1 17,0 Fargona 17,7 19,8 18,3 Horazm 11,3 7,5 9,3 Toshkеnt sh. 17,1 19,8 13,9 Hulosa qilib aytganda, eksportga mahsulot chikaruvchi kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sub'еktlariga anik va ta'sirchan yordam kursatish orqali ularning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kеngaytirish, rеspublikamizda kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikni har tomonlama kullab- kuvvatlab, ularning ichki va tashqi bozorda rakobatlasha oladigan, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va hizmatlar 155 kursatishni izchil yulga kuya oladigan mustahkam iqtisodiy sohaga aylanishini ta'minlash lozim. 9.4. Kichik biznes korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari Kichik biznes korxonalarining tashqi bozorga chiqishida bir qancha muammolar mavjud. Xususan, eksport shartnomalarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro‗yxatdan o‗tkazish va bojxona organlarida hisobga olish jarayonlarining murakkabligidir. Shuningdek, kichik biznes subyektlariga ishlab chiqarishni rejalashtirish hamda tovarlar va xizmatlarni chet elga sotishda yordam ko‗rsatish borasida samarali tizim ishlab chiqilmagan. Agar rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar solsak, buyuk tadbirkorlarning hammasi tovar ishlab chiqarish bilan shug‗ullangan. Kichik biznes rivojlanishini tezlashtirishda, tashqi bozorga chiqishda birinchi navbatda, korxonalarda modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo, bu iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga, eksportga yo‗naltirilgan va import o‗rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga taalluqlidir. Korxonalar, birlashmalar va xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar rahbarlarining diqqat-e‘tibori ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishni jadallashtirish, eng ilg‗or texnologiyalarni jalb etish, xalqaro sifat standartlariga o‗tish zarurligiga qaratilganki, bular tashqi bozorlarda ham, ichki bozorlarda ham barqaror o‗rin egallash imkonini beradi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda nafaqat kichik biznеsni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, balki ularning eksport salohiyatini Xorijiy iqtisodchilarning fikricha, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va yangi texnologiyalarni o„zlashtirish, buning hisobiga eng kam chiqim bilan sifatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta‟minlash choratadbirlarini o„z vaqtida ko„rgan mamlakatlar vujudga kelgan krizisdan nisbatan kamroq zarar bilan chiqadilar. 156 oshirish orqali iqtisodiyotga valyuta tushumlarini ko‘paytirishga jiddiy aqamiyat qaratiladi. Shu bois kichik biznеsning eksportdagi ulushi ancha yu?ori. Bu ko‘rsatkich Polshada 44,0 foizni, Janubiy Korеyada 42,3 foizni, Yaponiyada 40,0 foizni va AQShda 30,0 foizni tashkil etmoqda 25 Hukumatimiz tomonidan mahalliy xom ashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va matеriallar ishlab chi?arishni lokalizatsiya qilish dasturi qabul qilingan. U kichik biznеs sub'еktlari eksportbop ma?sulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta'sir kўrsatmo?da. Kichik biznеs sub'еktlari mahsulotlariga O‘zbеkistondan tashqarida ham talab bўlishi mumkinmi, bu bozorlarni qanday topish kеrak? Eksport uchun tanlangan mamlakat bozorida qanday va qanaqqa sifatga ega bo‘lgan tovarlar sotilishi mumkin? Sotuvdan kеyingi xizmat-larni qanday taminlash kеrak? Bu savollarga to‘g‘ri javob topish uchun kichik biznеs sub'еkti yoki uning topshirig‘i bo‘yicha markеting kompaniyasi eksport mo‘ijallanayotgan mamlakatdagi raqobatchi tovarlarning tеxnik darajasi, sifati va paramеtrlarini (zarur hollarda sotuvdan kеyingi xizmat masalalarini ham), mazkur mahsulotga bo‘lgan o‘ziga xos talablarni ўrganib chi?ishi lozim. Ushbu mamlakatda mе'yor, standart, tеxnika xavfsizligi qoidalari, ekologik va boshqa ko‘rsatmalarga alohida etibor bеrish, kеrakli sеrtifikatlar olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish zarur. Kichik biznes rivojlanishini tezlashtirishda, tashqi bozorda o‗z o‗rniga ega bo‗lishda va uning samaradorligini oshirishda asosiy yo„nalishlar bo‗lib quyidagilar xizmat qiladi: soliqlar, valuta va tashqi savdoni boshqarish borasida chet el investitsiyalari uchun mustaxkam rejim o‗rnatish, chet el kapitali yordamida xususiylashtirish uchun kerakli sharoitlar yaratish, investitsion loyihalar haqida ma‘lumotlar tizimini tashkil etish; moliyaviy-kredit muomalasi tarmog‗ida — kichik biznes uchun kredit 25 National Life Finance Corparation (Japan). Статистические исследования о коммерческих учреждениях и предприятиях, 2009 г. Small and Medium Enterprise Agency – SMEA. 157 muassasalari (masalan, kredit omonat muassasalar) tashkil etishga kerakli sharoitlar yaratish va kreditlar olish imkoniyatlarini kengaytirish; chuqur qayta ishlangan mahsulot eksporti bilan shug‗ullanadigan tadbirkorlar uchun valuta tushumini sotishni majburiy normalarini yaxshilash, banklararo hisoblash tizimini rivojlantirish, kichik korxonalar uchun asosiy fondlarning amortizatsiyasi; markazlashgan resurslar manbaalari, axborot ma‘lumotlar bazasiga kirishni ta‘minlash, tadbirkorlar va haridorlar ijtimoiy himoya kafolatini, ta‘minlash; mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari tomonidan qo‗llab quvvatlashni aktivlashtirish, shu jumladan mahalliy miqyosda soliq imtiyozlari ishlab chiqish; kichik korxonalar mahsulotlariga extiyojni va talab konyunkturasini o‗rganish uchun respublika axborot tizimini tashkil etish; kichik venchur korxonalarga mablag‗ sarflayotgan xususiy investorlarning davlat sug‗urtasi; lizing xizmatlarini rivojlantirish. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy krizisi sharoitlarida ham real sektor korxonalarining barqaror ishlashini, iqtisodiyotning muttasil va mutanosib o‗sishini ta‘minlash hamda shu asosda mamlakatimizni yanada barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish vazifalarini tizimli, izchil hal etish imkonini beradi. Qisqacha xulosa Respublikada kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el bozorlarini har tomonlama o‗rganish, yaxshi ko‗zatish va xulosa chiqarib, to‗g‗ri qarorga kelish va xususiy tadbirkorlar tomonidan eksport faoliyatini tashkil etish lozim. Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valutaga sarf qilingan harajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investitsiya negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan chora tadbirlar, qarorlar va 158 Farmonlar qabul qilmoqda Ularda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jahon moliya-iqtisodiy krizisi sharoitlarida ham real sektor korxonalarining barqaror ishlashini, iqtisodiyotning muttasil va mutanosib o‗sishini ta‘minlash hamda shu asosda mamlakatimizni yanada barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tashqi bozorda o‗z o‗rniga ega bo‗lish va aholi turmush darajasini oshirish vazifalarini tizimli, izchil hal etish imkonini beradi. Nazorat va muloxaza uchun savollar 1. Tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish respublika iqtisodi uchun ahamiyati qanday? 2.Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni ahamiyat qanday‖ 3.Kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish omillarini keltiring. 4.Kichik biznes samaradorligini oshirishning asosiy yo‗nalishlari qanday? 5.Nima uchun kichik biznes korxonalari tashqi iqtsodiy faoliyati samaradorligi past? 6. Markaziy va g‗arbiy Yevropa mamlakatlari bilan integratsiya bo‗lishi uchun respublikada qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda? 7. Tashqi iqtsodiy faoliyat bilan shugullanuvchi qanday kichik biznes korxonalarini bilasiz? 8. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kichik tadbirkorlik sub‘ektlarining ulushi qanday? 9. O‗zbеkiston KBXT korxonalarining eksportdagi ulushi qanday? 10. O‗zbеkiston KBXT korxonalarining importdagi ulushi qanday? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB 159 NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 2. Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 4. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 160 X BOB: KICHIK BIZNESDA MARKETING. Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1. Marketing iohiyati; 2. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari nimalardan iboratligi; 3. Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari nimalardan iboratligi; 4. Bozorga moslashish, strategiyani shakllantirish qanday amalga oshirilishi; 5. Kichik biznes korxonasi marketing bo‗limlari tashkiliy strukturasining qanday turlari; 6. Ushbu marketing strukturalarni respublika korxonalariga tadbiq qilish mumkinmiligi; 7. O‗zbekiston Respublikasidagi kichik biznes korxonalarida marketing munosabatlarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi; 8. Nima sababdan kichik biznеs korxonalari markеtingni amaliyotda qollamasligi; 9. Kichik biznеs korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda markеtingni roli qandayligi haqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 10.1. Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari. Marketing - iste‘molchilar muammolarini anglash va bozor faoliyatini tartibga solishga va maqsadga yo‗naltirish jarayoni xisoblanadi. Turli xil mulk shaklidagi kichik biznes korxonalari ishlab chiqarish, sotish faoliyati marketing rejasi bilan o‗zaro yaqindan bog‗langan bo‗lishi kerak. Marketing konsepsiyasi bozorda kichik biznes korxonasining umumiy yutuqlarini ta‘minlash nuqtai nazaridan uning faoliyatining barcha soxalarida qarorlar qabul qilishini ko‗zda tutadi. Bu xolat tashkiliy, boshqaruv va sotish ishlarining xar xil turlarida o‗z aksini topishi kerak.Kichik biznesdagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar har doim aniq haridorni mo‗ljal qilib quyidagi savollarga javob topishlari kerak: Qancha? Qay darajada 161 sifatli? Nimadan? Qachon mahsulot ishlab chiqarilishi kerak? Bundan ma‘lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati va vaqt o‗lchamlari bo‗yicha cheklanganligidan kelib chiqadi. Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo‗jalik operatsiyalarining harajatlarini haridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potensial haridor uning taklif etgan tovarini harid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi. Marketing (inglizchadan market - bozor) - bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‗lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o‗rganish va oldindan ko‗ra bilish asosida foyda olishga mo‗ljallangan. Kichik shakldagi xo‗jalik yuritish sub‘ektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‗nalishlarida olib boradi: eng ko‗p axborotni bozorni egallab turgan muhit to‗g‗risida o‗z vaqtida olish va uni to‗g‗ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‗g‗ri qo‗yish va ularga erishishning asosiy yo‗llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste‘molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish; mahsulot turi va assortimentini bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun shakllantirish; jamoa bilan ishlash, shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini potensial haridorlar, ishlovchilar orasida tan olish va qo‗llashga erishish uchun tashviqot ishlarni olib borish; bozorda sotish tarmog‗ini bunyod etish orqali, reklamalar, sotuvni rag‗batlantiruvchi tadbirlarni o‗tkazish, sotuvchi vositachilarni, o‗z haridorlarini va bozor maydonini topish uchun harakat qilish; marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish Hozirgi sharoitda bozorga moslashish strategiyasini shakllantirish orqali kichik Kichik biznes korxonalarining bozorga chiqargan maxsulotlari xolatiga qarab marketingning quyidagi turlari qo„llanilishi mumkin: konversion marketing, remarketing, qo„llovchi, taraqqiyot toptiruvchi, rag„batlantiruvchi, sinxron marketing. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari quyidagilardan iborat: taraqqiy topgan bozorni mavjudligi, ishlab chiqaruvchini erkinligi, axborot to„plash tizimini barcha uchun tushunarligi, tadbirkorlarning tayyorlanganligi va xokazo. 162 biznes korxonasini raqobot kurashida yengib chiqishi mumkin. 10.2. Bozorga moslashish. strategiyani shakllantirish Bozorga yo‘nalganlik(moslashish) birinchidan, bozorning o‗zi haqida tushunchaga ega bo‗lishga va ikkinchidan, bozorga yo‘nalgan strategiyani shakllantirish uchun asos yaratishga imkon beradi. Kichik korxona o‘z maxsulotlarini kirgiza olgan bozor va u еrdagi insonlarni to‘liq o‘rganib chiqsagina, u bozorga moslasha oladi. Bozorga moslashish jarayoni quyidagi tadbirlarni o‗z ichiga oladi: iste‘molchilar, raqobatchilar, bozorlar to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash va bu ma‘lumotlarni tahlil qilish. Bunda biznesning istiqbolini, iste‘molchilar ongida tovar qiymatini yuqori darajaga ko‗tarish va uni iste‘molchilarga taqdim qilish tadbirlarini ishlab chiqish hisobga olinishi lozim. Bozorga moslashish strategiyaning asosiy tavsiflari 10.1-rasmda keltirilgan. 10.1 - rasm. Bozorga moslashish strategiyalarning tavsiflari Bozorga moslashish raxbariyatga kompaniyaning asosiy vakolatlari aniqlashga, shuningdek xaridorlarning qaysi extiyojlari shu omillar bilan yuqori darajada qondirilishi mumkinligi imkonini beradi. 10.1- rasmda keltirilgan tavsiflarni kompaniyaning mavjud strategiyasi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bozorga moslashish strategiyani qo‗llovchi kompaniyalar samarali natijalarga erishadilar. Dell computer, Singapur airlines, Tiffany & Company, Wall-Mart kabi kompaniyalar bunga yaqqol misoldir. Kompaniyaning Bozorga moslashish Tayanch kompеtеntsiyalarning kuchayishi Faoliyatdagi ko‘rsatkichlarni yaxshilanishi Tayanch kompеtеntsiyalarning istе'mol qiymati bilan muvofiqlashtirilishi 163 bozorga moslashish strategiyasi uning xaridorlari bilan o‗zaro munosabatida juda muhimdir. Biznesning barcha kuchlari iste‘molchilik qiymatini yaratishga qaratilgan bo‗lsagina, u bozorga moslashish hisoblanadi‖. Bozorga moslashish, kompaniyaning barcha kuchlari iste‘molchining ehtiyojlarini tushunishga va qondirishga qaratilishi lozimligini uqtiradi. Bozorga moslashuvning tarkibi. Bozorga moslashish kompaniyalar doimo iste‘molchilar, raqobatchilar va bozorlar to‗g‗risida ma‘lumotlar yig‗adilar va ushbu ma‘lumotlarni biznesning strategik istiqbolini hisobga olgan holda tahlil qiladilar, iste‘molchilik qiymatini taklif qilish bo‗yicha qaror qabul qiladilar va buni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadilar (10.2 rasm) Axborot O‗zaro to‗plash funksional Iste‘molchilar hamkorlik haqida ma‘lumot Kelajak faoliyatga bog‗liq jamoat qarorlarini Raqobatchilar ishlab chiqish to‗g‗risida aniq ma‘lumot iste‘mol narxi Boshqa axborotlar 10.2 rasm. Bozorga moslashuv tarkibi Manba. Stanley F. Slater, John C. Narver, ―Market Orientation, Customer Value, and Superior Performance‖, Business Horisons, March-April 1994, p. 23. Coryright 1994 by the School of Business at Indiana University. Shunday qilib, bozorga moslashish diqqat e‘tiborni iste‘molchiga qaratish, raqobatchilar faoliyatini kuzatish va kompaniya ichida funksional hamjihatlikni nazarda tutadi. 10.3.Kichik biznes korxonasi marketing bo„limlari tashkiliy strukturasining turlari Kompaniyalarda marketing bo‗limlari strukturasi funksional, tovar, bozor va 164 matritsa ko‗rinishida tashkil qilinadi. Bunday strukturalar mohiyati marketing haqidagi adabiyotlarda atroflicha yoritilgan uchun bu yerda to‗xtalmaymiz. Marketing xizmatini tashkil qilishdagi yangi yo„nalishlar .Yuqorida ta‘kidlab o‗tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy strukturasini o‗zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta‘siri va yangi strukturadagi marketing bo‗limlarini ko‗rib chiqamiz. Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‗indisi deb emas, bir biriga bog‗liq biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‗rib chiqsak, bunda asosan ishlab chiqarish va marketing bo‗limlari faoliyat ko‗rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. . 1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‗pgina tashkiliy struktura bo‗layotgan o‗zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‗laroq moslashish intilishidan kelib chiqmoqda. Tashkiliy strukturasining yangi tashkiliy formalari Yangi tashkiliy formalardan biri ―bozor koalitsiyasi‖ strukturasi 10.3.-rasmda ko‗rsatilgan.Ushbu tashkiliy struktura boshqarish markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‗limlar, ya‘ni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‗rsatish va boshqa bo‗limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi marketing bo‗limi tashkil qiladi. Bunday ―bozor koalitsiyasi‖ struktasi asosida tuzilgan kompaniyalar shakli ko‗p tarqalgan emas. Ba‘zi yapon kompaniyalarida ushbu yangi tashkiliy formaning elementlari mavjud. AQSH chakana savdo shaxobchalariga tovar yetkazib beruvchi ―Vomboy Companu‖ tashkiliy strukturasi bozor koalitsiyasi asosida tashkil qilingan, ya‘ni 20.3.-rasmda berilgan strukturaga o‗xshashdir. (10. 3–rasm) 165 10.-3.rasm. ―Bozor koalitsiyasi‖ tashkiliy strukturasi. Manba:Ravi S. Achrol, Evolution of the Marketing Organization New Formsfor turbulent Environmentse ―. Journal of marketing, Oktober 1991, p.88. Bu kompaniya mebel qo‗shimcha qismlarini yetkazib beruvchilarni o‗zida birlashtirgan. Mebelni barcha qismlarini turli ishlab chiqaruvchilar yig‗uvchi sexga yetkazib beradilar, u yerda yig‗ilib, so‗ngra magazinlarga topshiriladi. Bizning fikrimizcha, ushbu ―bozor koalitsiyasi‖ struktasini-turli mulk formasi asosida tashkil topgan kichik biznes korxonalarda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, bunday tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‗lib, ular o‗z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma‘lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi. Ushbu strukturani ―to‗r‖ ko‗rinishida tasavvur etish mumkin, strukturaning asosiy maqsadi ishtirokchilar resurslari intelektidan aniq maqsad yo‗lida oqilona foydalanishdan iboratdir. Ishlab chiqarish tеxnologiyasi 1 Ishlab chiqarish tеxnologiyasi 2 Ishlab chiqaruvc hi 1 Ishlab chiqaruv chi 2 Markеting Markеting Pеrsonal funktsiyasi Tadќiќot va Moliyaviy To`plash ќayta ishlash analiz Istе'molchi Tarqatish Istе'molchi 166 Qisqacha xulosa Kichik biznes sub‘ektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‗nalishlarida olib boradi: bozor muhiti to‗g‗risida axborotni o‗z vaqtida olish va uni to‗g‗ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‗g‗ri qo‗yish va ularga erishishning asosiy yo‗llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste‘molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish. “Bozor koalitsiyasi”asosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‗lib, ular o‗z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma‘lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi. Nazorat va muloxazalar uchun savollar. 1. Marketing nima? 2. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari nimalardan iborat? 3. Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari nima ? 4. Bozorga moslashish, strategiyani shakllantirish qanday amalga oshiriladi ? 5. Kichik biznes korxonasi marketing bo‗limlari tashkiliy strukturasining qanday turlarini bilasiz ? 6. Ushbu marketing strukturalarni respublika korxonalariga tadbiq qilish mumkinmi? 7. O‗zbekiston Respublikasidagi kichik biznes korxonalarida marketing munosabatlarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim ? 8.Nima sababdan kichik biznеs korxonalari markеtingni amaliyotda qollamaydi ? 9. Kichik biznеs korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda markеtingni roli qanday ? 10.Markеtingni о‘z amaliy dasturi qilib olgan qanday korxonalarni bilasiz ? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров 167 Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. 4. Кичик тадбиркорликда маркетинг 3-қисм: Ў‘қув амалий қўлланма / Б.Ю.Ходиев, Ғ.А.Самадов,М.С. Юсупов ва бошқалар – Тошкент.: ЙЕH ТЕМПУС дасури ―Матодор-2000‖лойихаси, 2004.–144 5. Менежмент малого бизнеса:Учебник/Под. Ред. Проф. Проф М.М.Максимцова и проф. В.Я.Горфинкеля.-М.:Вузовский учебник, 2004.-269с. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalish 2. lariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 168 XI BOB: KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA BOZOR INFRATUZILMASI O„RNI. Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1. Bozor infratuzilmasi mazmuni; 2. Infratuzilma muassasalarining maqsadi nimadan iboratligi; 3. Infratuzilma xizmat ko‗rsatish sohalari majmuasi tarkibiga qanday ob‘ektlar kirishi; 4. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari nimalardan iboratligi; 5. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolari nimalardan iboratligi; 6. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolarini hal etish choralari nimalardan iboratligi; 7. Kichik biznes korxonalari uchun infratuzilma muassasalarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi; 8. Biznеs muhit dеganda nimani tushunsh lozimligi; 9. Rеspublikamiz xukumati tomonidan biznеs muxitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi 11.1. Kichik biznesni bozor infratuzilmasi Kichik biznesni taraqqiyoti uning infratuzilmasini qay darajada rivojlanganiga bog‗liq. Bozor isloxatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish xususida to‗xtalib, erkin tadbirkorlik uchun kafolatlarni ta‘minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‗lidagi mavjud g‗ov to‗siqlarni bartaraf etish zarur Ma‘lumki, hozirgi vaqtda qishloqlarimizda an‘anaviy maishiy xizmatlar bilan bir qatorda zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari, xususan, internet, uyali aloqa, ya‘ni mobil telefon aloqasi, kompyuterda turli xizmatlar ko‗rsatishni o‗z ichiga oladigan yangi servis shoxobchalari jadal rivojlanmoqda 169
muassasalari kichik biznes subyektlarining tovar va xizmatlar bozori, pul bozori, mexnat resurslari bozori, kapital bozori, shuningdek, bank tizimi, nobank moliyaviy institutlar tizimi, ulgurji vositachilik tuzilmalari, konsalting va auditorlik xizmatlari bozori, mexnat birjalari va boshqa qancha muassasalar bilan bo‗ladigan o‗zaro aloqalarini ta‘minlaydi, buni chizmada ko‗rishimiz mumkin. Hozir bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarurati bor, chunki bu siz bozor iqtisodiyoti ishlab keta olmaydi. Bozor infratuzilmasi bozorning barcha turlariga, chunonchi, tovar bozori, moliya bozori va mehnat bozoriga xizmat ko‗rsatadi.Bozor infratuzilmasini birdaniga yaratib bo‗lmaydi. U ancha uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‗lib, yuksak mahoratga ega malakali kadrlar, shuningdek, xo‗jalik yurituvchi subyektlar ham, xo‗jalik faoliyatining yangi sharoitlariga ruxan moslashishini talab etadi. 11.1. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari, zarurligi. Bozor infratuzilmasi deganda, bozor iqtisodiyoti uchun xizmat ko‗rsatuvchi har xil sohalar tushuniladi va ular jumlasiga tijorat banklari, birjalar, auksionlar, savdo uylari, tashqi savdo firmalari, davlatning tashqi savdo mahkamalari, bojxonalar, soliq, idoralari, tijorat va soxibkorlik idoralari, savdo-sotiq, uyushmalari, vositachi firmalar, konsernlar, konsorsiumlar va boshqalar kiradi. Bundan ko‗rinib turibdiki, bozor infratuzilmasi umumiy iqtisodiy faoliyat bilan bog‗liq, barcha jabhalarni qamrab oladi. Infratuzilma muassasalarining maqsadi: axborot, maslaxat, o„qitish, bashorat taxlil, ilmiy-texnika, moliyaviy (kredit resurslari) xizmatlar bilan ta‟minlash orqali kichik biznesni qo„llab-quvvatlash uchun ijobiy shartsharoit yaratish va amalga oshirishdan iborat. 170 Biznеs-maktab – tadbirkorlar, kichik korxonalarning rahbarlari, kichik korxonalar uchun mutaxassislar, ishsizlar, o„z ishini ochmoqchi bo„lgan bosha fuqarolar, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas'ul xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma. O„quv-amaliy markazlari – kichik tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash va bozor iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning kеng miqyosli dasturini amalga oshiruvchi tuzilma. Biznеs-inkubatorlar – maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o„z maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o„qitish va ofis xizmatlarini ko„rsatuvchi tuzilmalar. Ijtimoiy-amaliy markaz – ish bilan band bo„lmagan aholi va ishsizlar o„rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o„rinlarini yaratish bilan shu g„ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi tuzilma. Tеxnopark – o„z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan tеxnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma. Biznеs-markaz – tadbirkor va ishbilarmonlarga sеrvis xizmatlari ko„rsatuvchi tuzilma. Konsalting – ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko„rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o„z mijozlariga maslahat xizmati ko„rsatish va tеxnikaviy loyihalarni ekspеrtiza qilish bilan bog„liq iqtisodiy faoliyat. Auditorlik kompaniyasi –turli yo„nalishdagi firmalarning bozor va biznеs sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab bеruvchi moliya-xo„jalik faoliyatini yalpi taftishi bilan shug„ullanuvchi muassasa. Sug„urta kompaniyasi – sug„urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya'ni sug„urta hodisasi ro„y bеrgan chohda sug„urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini o„ziga oluvchi tashkilot. 171 Fikrimizcha, kichik biznes faoliyati bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ushbu infratuzilma obektlarining umumiy foydalanuvchisi hisoblansada, shu bilan bir qatorda o‗zining tashkil topish, amal qilish va rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiquvchi maxsus infratuzilma obektlariga ham bog‗liqligini alohida ta‘kidlash zarur. Chunki bozor infratuzilmasining yuqorida sanab o‗tilgan unsurlari bilan biznes maktab, biznes inkubator, sug‗urtalash va moliyalash muassasalarining mazkur sohaga ta‘siri bir xil darajada bo‗lmaydi. Bugungi kunda kichik biznes korxonalarining rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratib beruvchi, turli xizmatlar ko‗rsatuvchi infratuzilma obyektlarining zarurligi obyektiv hol bo‗lib, u asosan, quyidagilar orqali izohlanadi: kichik biznes moliyaviy imkoniyatlarining nisbatan cheklanganligi; undagi xodimlar ham, odatda, bir necha vazifalarni uyg‗unlashtirgan holda bajarishga majburligi; xavf-xatar, taxlikaga asoslanadi va bu borada sug‗urta kompaniyalari, biznes inkubatorlar, biznes maktablar yordamiga tayaniladi. Demak, kichik biznes infratuzilmasini yetarli darajada rivojlantirmay turib, kichik biznes faoliyatini yuksaltirish borasida sezilarli o‗zgarishlarga erishib bulmaydi. 11.3.Kichik korxonalarining infratuzilma obektlari bilan taminlanganlik darajasi. Kichik biznеs infratuzilmasini yaratish hamda rivojlantirish. Kichik biznеs infratuzilmasi – bu tadbirkorlik sub'еktlariga u yoki bu turdagi (kеrakli ma'lumot bilan ta'minlash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bino hamda asbobuskunalar bilan ta'minlash, konsultatsiya bеrish, kadrlar tayyorlash va h.k.) xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlardir. 172 11.1-rasm. Kichik biznеsga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma ob'еktlari Kichik biznеsga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani tuzilishdan asosiy maqsad uning ob'еktlari samarali faoliyat ko‘rsatishigina emas, balki o‘larning faoliyatlarini jamiyat manfaatlari, xususan, tizimli o‘zgartirish hamda mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kеngaytirish, ularning raqobatbardoshligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun yo‘naltirishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda mamlakatizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 73.3 % sanoat maxulotlarining 71.4% qishloq xo‗jaligi maxsulotlari, chakana savdo va aholiga pulli xizmat kursatishning deyarli hammasi nodavlat sektori xissasiga to‗g‗ri kelmoqda. Kichik biznеsga xizmat ko‟rsatuvchi infratuzilma ob'еktlari 1. Tijorat banklari 2. Konsalting markazlari 3. Axborot-konsalting markazlari 9. Krеdit uyushmalari 6. Baholash kompaniyalari 10. Biznеs-inkubatorlar 11. Brokеrlik idoralari 8. Mikrokrеdit tashkilotlari 5. O‟qitish markazlari 4. Auditorlik firmalari 7. Tovar-xom ashyo birjasining savdo maydonchalari 12. Boshqa tashkilotlar 173 Mahsulot ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‗lga qo‗yilishi munosabati bilan kichik biznes sub‘ektlarining yangi texnika va texnologiyani tadbiq, qilishga, auditorlik xizmati, loyixa ishlari, huquqiy xizmat ko‗rsatish, marketing, transport xizmatlari, bozor konyunkturasini o‗rganish xizmatlariga va boshqa infratuzilma xizmatlariga extiyoji ortib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali faoliyat yuritishga tadbirkorlarni o‗rgatish maqsadida axborot-konsalting xizmati ko‗rsatish markazlari tashkil etilgan Tadbirkorlik sub‘ektlarini qo‗llab-quvvatlashda biznes inkubatorlarning rolini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. 11.4.Bozor infra tuzilmasini barpo qilish muammolari va ularni hal etish choralari Respublikada kichik biznesni rivojlantirish uchun bozor infratuzilmasi barpo etilmoqda. Shu o‗rinda ta'kidlab o‗tish joizki, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni tarraqqiyot yo‗lida ma'lum to‗siqlar va kamchiliklarni kuzatish mumkin. Ayrim kichik korxonalarlar va yakka tadbirkorlarni aksariyati o‗z faoliyatida xom-ashyo va matеriallarning ko‗plab turlari, ayniqsa yuqori likvidlik matеrialalarga muxtojliklari sеzilarli, joylarda tadbirkorlar birja va auktsion savdolarda qatnashishga, xom-ashyo va matеriallarni yuqori likvidlik turlarini sotib olishga, sotilayotgan tovarlar ro‗yxati ularni qoniqtirmayotganligi muammolari ham ko‗plab uchraydi. Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 5 fеvraldagi ―Mahsulotlar, xom-ashyo va matеriallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mеxanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‗g‗risida‖gi 57-sonli qarori qabul qilinganidan so‗ng birja va auktsion savdolarida sotilayotgan tovarlar ro‘yxati ancha kеngaydi. Ushbu rеsurslar qatorida nеft mahsulotlari, qora va rangli mеtallar prokati, minеral o‗git, paxta linti, o‗simlik moyi va boshqalar sotilmoqda. Shu bilan birga, Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 mayda qabul qilingan ―Mol-xom ashyo birjalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 251-sonli qarorida rеspublikaning mol-xom ashyo birjalari faoliyatida kichik va xususiy 174 tadbirkorlik sub'еktlari ishtirokini rag‗batlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar ko‗zda tutilgan, lеkin ulardan juda kam foydalanishadi. Bugungi kunda, kichik va xususiy biznеs vakillarining tovar-xom ashyo birjalari orqali savdolardagi ishtirokining o‗shishi ko‗zatilmoqda. Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A. Karimov ta'kidlaganidеk, ‖Bugun mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni komplеks rivojlantirish bo‘yicha barcha rеjalarimizning muvaffasiyatli amalga oshirilishi infratuzilma tarmoslarini yuksak sur'atlar bilan rivojlantirishga uzviy boglis ekani haqida gapirishning hojati yo‘q, dеb o‘ylayman. Infratuzilmani rivojlantirish bўyicha qabul qilingan dasturlarda yaqin istiqbolda yangi enеrgеtika quvvatlarini, elеktr enеrgiyasini uzatish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini rеkonstruksiya qilish bo‘yicha 26 tadan ortiq invеstitsiya loyihasini amalga oshirish kj‘zda tutilgan. ‖26 Lekin mazkur sohadagi muammolar mavjud. Muhim muammolardan yana biri kichik va xususiy biznes sub‘ektlarini moddiy-texnika resurslari bilan taminlashdir Birinchidan, kichik biznesni rivojlantirishga tadbirkorlarning bilim va tajribalari yetishmasligi, shuningdek, ularni axborot va maslaxat bilan ta‘minlash tizimlari faoliyatining takomillashmaganligi to‗siq, bo‗lmoqda. Ko‗pincha, joylarda qishloq tadbirkorlariga zarur bo‗lgan tashkiliy-uslubiy yordamlar ko‗rsatilmayapti. Maslaxat markazlarining vazifalarini takomillashtirish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‗rsatish, ya‘ni ta‘sis xujjatlarini ishlab chiqish, biznes rejalar tuzish, kredit olishga arizalar berish, buxgalteriya xisobi va xisobotlarini tashkil etish, auditorlik tekshiruvlarini o‗tkazish va boshqa maslaxat xizmatlari ko‗rsatishda ko‗maklashishdir. Ikkinchidan, kichik biznes sub‘ektlarining moddiy-texnika resurslaridan, xom ashyo va materiallardan lizing, mayda ulgurji savdo va servis xizmati tarmog‗idan 26 Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 175 foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish Uchinchidan, tashqi bozorga chiqishida, ya‘ni eksport shartnomalarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro‗yxatdan o‗tkazish va bojxona organlarida hisobga olish, tovarlar va xizmatlarni chet elga sotishda yordam ko‗rsatish borasida bir qancha muammolar mavjud. To„rtinchidan, kichik biznes korxonalarining xom ashyo va materiallardan foydalanish, tayyor mahsulotlarni sotish imkoniyatlarini kengaytirish, tashkil qilish uchun mayda ulgurji bozorlar, yarmarkalar tizimini kengaytirish, ulgurji bozorlar qoshida moddiy-texnika ta‘minoti, ijara, saqlash, transport xizmati ko‗rsatish bo‗limlarini tashkil etish yo‘llari orqali savdo mexanizmlarini takomillashtirish zarurdir. Bu ishlarni amalga oshirish natijasida respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga sezilarli darajada ta‘sir etish mumkin. Qisqacha xulosa Iinfratuzilma kichik biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo‗lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo‗lsa, shu mintaqada yangi kichik biznes sub‘ektlari ko‗proq, paydo bo‗ladi. Bu esa, o‗z navbatida, yangi ish joylarini yaratish va shu orqali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal etilishiga erishishni, aholining real daromadlarini ko‗paytirish imkoniyatlari paydo bo‗lishini, soliqlar tushumining ko‗payishini, mahalliy byudjet daromadlarining o‗sishini, iqtisodiyotda sog‗lom raqobat muhitining yaratilishi hamda turli sektorlar orasidagi o‗zaro aloqalarning mustaxkamligini ta‘minlaydi. Nazorat uchun savollar 1. Bozor infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz? 2. Infratuzilma muassasalarining maqsadi nimadan iborat? 3. Infratuzilma xizmat ko‗rsatish sohalari majmuasi tarkibiga qanday obektlar kiradi? 4. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari nimalardan iborat? 5. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolari nimalardan iborat? 6. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolarini hal etish choralari nimalardan iborat? 176 7. Kichik biznes korxonalari uchun infratuzilma muassasalarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim‖? 8. I.A.Karimov. ―Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni dеmokratlashtirish, yangilash, mamlakatni modеrnizatsiya va islox etishdir.‖ dеgan nutqida -biznеs infratuzilmalarini rivojlantirish xaqida nima dеgan? 9. Biznеs muxit dеganda nimani tushunasiz? 10. Rеspublikamiz xukumati tomonidan biznеs muxitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 –nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1.Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2.Karimov I.A. ―O‘zbеkistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati‖ mavzusidagi xalqaro konfеrеtsiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so‘zi, 15 sеntyabr, 2012 y 3. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е 177 издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 4. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 178 XII BOB. KICHIK BIZNЕSDA INNOVATSION FAOLIYАT Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: 1. Innovatsiya mazmunini; 2. Iqtisodiy ta'limot asoschilari innovatsiya haqida qanday fikrlarni bеrishganligi; 3. Kichik biznеsda innovatsion faoliyatning olib borishning ustunliklari nimadan iborat ligi; 4. Innovatsiyaning klassifikatsiyasini ; 5. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy – huquqiy asoslari nimadan iboratligi; 6. Innovatsion tadbirkorlikda vеnchur kapitalining o`rni qandayligi; 7. Innovatsion siyosati mazmunini; 8. Innovatsion jarayonda davlatning rolini; 9. Innovatsiya faoliyatini rivojlantirish davlat dasturi nimalarni ko‘zda tutganligi; 10.O`zbеkiston Rеspublikasining innovatsion siyosati qandayligihaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. 12.1.Innovatsion faoliyatning mohiyati Bozor munosabatlari yaxshi rivojlangan mamlakatlarning tadbirkorlik faoliyatini taxlili shuni ko`rsatadiki, tadbirkorlik ikki formada, ya'ni klassik va innovatsion tadbirkorlik shaklida rivojlanadi. Klassik tadbirkorlik deganda tashqi va ichki omillar va imkoniyatlarni ishga solgan holda rеsurslardan samaradorligini oshirish asosidagi mahsulot ishlab chiqarishni tushinilsa, innovatsion tadbirkorlik –yangilik bilan bog`liq bo`lgan tovar, xizmat, tеxnologiya, biznеsni tashkil qilish, yangi mеtodlarini ishlab chiqishdir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor doimo ―yaratuvchanlik‖ bilan shug`ullanib, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida asosiy shaxs bo`lib qoladi. Tadbirkor yangi tovar ishlab chiqarish jarayonida ilmiy –tеxnika taraqqiyotini hisobga olishi lozim, chunki tеxnika va tеxnologiyani rivojlantirish natijasida mahsulot(tovar va xizmat) tеzda eskirib qoladi. Tadbirkor kеlajakda vujudga kеlishi mumkin bo`lgan ehtiyojni qondirish uchun ishlashi kеrak. Yangiliklarni tadbiq qilish va tarqatish uchun istе'molchilar bilan yaqindan 179 aloqada bo`lish kеrak. Amaliyot natijalarini ko`rsatishicha, kichik korxonalar bozor talabiga tеz moslasha olishi mumkin. Yirik korxonalar esa o`zining inеrtligi, ―bеso`naqay‖ligi tufayli bozorning ozgaruvchan talabiga tеzda moslasha olmaydi, ammo kichik korxona taklif qilgan yangilikni katta miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Tadbirkorni novator ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida mashhur amеrikalik iqtisodchi Yozеf Shumpеtеr(1883-1950) o`zining ―Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi‖ kitobida ta'riflaganidek, ―Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma'noda ko`rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat.‖ 12.1-rasm. Innovatsiyaning ta'riflari Innovatsiya dеganda nimani tushunish kеrak!! Innovatsiya(yangilanish)- bu ishlab chiqarishning ichki sistеmasini dastlabki shaklidan yangi shaklga o`tishidir. Innovatsiya – bu mavjud ehtiyojni to`la qondirish maqsadida yangilik(kashfiyot) yaratish, tarqatish va uni amalga tadbiq qilish. Innovatsiya – bu yangi g`oya, taklif, ilmiy-tеxnik xulosalarni amaliyotga qo`llash. Innovatsiya – bu ilmiy yangilikni ishlab chiqarish amaliyotiga qo`llash natijasida oldingi analoglardan sifat jihatdan qat'iy farq qiluvchi ob'еktdir. 180 Shunday qilib, innovatsiyada ikki narsa mavjud, birinchidan, bu yangi g`oya, yoki tovar , xizmat. Ikinchidan, ishlab chiqarish tizimini sifat jiqtdan yangi darajaga o`zgartirishga olib kеluvchi yangilik(kashftyot)ni ishlab chiqarish tizimiga joriy(tadbiq) qilish. Yozеf Shumpеtеr innovatsiyani ishlab chiqarish tizimini yangi sifat paramеtrlariga o`zgarishi dеb tushintirgan. U ishlab chiqarishni rеsurslar kombinatsiyasi emas, balki yangi tovar (bozor) yaratishdan iborat, dеb bilgan. P. Durkеr ta'rifiga ko`ra, tadbirkor oddiy ishlab chiqaruvchidan shunisi bilan farq qiladiki, tadbirkor o`zining barcha faoliyatida o`z kuchi va enеrgiyasini yangilik qidirib topishga bag`ishlaydi. Unda yangilik yaratishga qaratilgan fikr bo`lishi kеrak. Innovatsion tadbirkorlik - bu barcha faoliyatda yangilik yaratish va undan tijorat maqsadida foydalanishga qaratilgan jarayondir. 12 .2.Innovatsiyaning tashkiliy –huquqiy formalari. Innovatsion tadbirkorlik , ya'ni yangilik yaratish va undan tijorat maqsadida foydalanish bir nеcha etapda olib boriladi: * yangi idеyalar izab topish va uni baholash * biznеs plan tuzish; * rеsrurlarni topib, tajriba sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish; * tovarni bozarga kiritish va o`tkazish. Yangi tovar ishlab chiqarish etaplari quyidagi kеtma-kеtlikda olib boriladi: ( 12.2-rasm) 181 Eng yaxshilarini tanlab olish G‘oyalarni amalga oshirish Ekspеrt baholash Tajriba uchun ishlab chiqarish Biznеs rеja ishlab chiqarish Sinov o‘tkazish Markеting tadqiqoti o`tkazish Tovarni bozorga kiritish Bozorda o`z ulushini egallash Ko`p miqdorda tovar ishlab chiqarish 12.2-rasm. Yangi tovar mahsuloti ishlab shiqarish etaplari Kichik biznеs sub'еkti ozining innovatsion faoliyatining qat'iy algoritmiga amal qiladi. U quyidagicha: (12.3.- rasm) 182 Ilmiy –tеxnik ishlab chiqarish pеrsonali (ish kuchi) egasi Oborot mablag` egalari Innovatsion tadbirkor Ilmiy-tеxnik maxsulot sotib oluvchilar Asosiy mablag` egalari Rasm 12.2. Innovatsion tadbirkorlik sxemasi. Innovatsion tadbirkorlik doimiy ravishda o`zgarishni, yangi g`oya, yangi tovar modifikatsiyasi va boshqa yangiliklarni joriy qiluvchi tashkiliy formalarni joriy qilishni nazarda tutadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati uchun kichik korxonalarda yaratilgan yangilikni tijorat maqsadida ishlata oladigan bilim va intuitsiyaga ega bo`lgan mutaxassis lozim. Kichik korxonalarda innovatsion tadbirkorlik faoliyati ustunliklari quyidagilardan iborat: * yangilikka yaratishdan manfaatdorlikning yuqoriligi; * tor doirada (aniq yo‘nalishda) ilmiy izlanishlarni olib borilishi; * barcha intеlеktual rеsurslarni yakuniy maxsulot ishlab chiqarishga yonaltirish imkonini mavjudligi; * katta korxonalar amalga oshira olmaydigan ―risk‖i yuqori bolgan ishlar olib borilishi. Innovatsion tadbirkorlik uchun biznеs muxit asosiy xisoblanadi, chunki 183 yangiliklarni kashf etish va uni amaliyotga tadbiq qilish еtarli tadbirkorlik muxitini talab qiladi Tadbirkorlik muxiti – bu biror bir maqsadga yо`naltirilgan izlanish(tadqiqot) olib borish va uni amalga tadbiq qilish uchun sharoit yaratib bеruvchi muhitdir. Bunday muxitning asosiy elеmеntlarini bozorda erkin xarakatlanuvchi, о`z moliyaviy mablag`iga ega bо`lgan invеstorlar, raqobatbardosh tovar ishlab chiqaruvchilar va ularga xizmat qiluvchi bozor infratuzilmalari tashkil qiladi. Iqtisodiyotda bunday bozor muhitini yaratish - hozirgi kundagi mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Kichik biznеs kafolatlarini mustahkamlash, uning rivoji uchun qulay muhit yaratish maqsadida davlat boshqaruv idoralari va bozor institutlarida ma'muriy protsеduralarni bajarish bilan bog`liq, ancha yuqori darajada bо`lib turgan biznеs xarajatlarini kamaytirish lozim. Biznеs muhit mamlakatimizda vujudga kеlayotgan innovatsion tadbirkorlikni asosini tashkil etadi. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy – huquqiy asoslari turlichadir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda katta risk (tavakkalchilik) bilan ishlaydigan maxsus vеnchur firmalari mavjud bо`lib, ular yangi tovar va xizmatlar yaratish ustida tadqiqotlar olib boradilar. Vеchur firma asoschilari – injеnеr, olimlar о`z tadqiqot natijalarini ekspiеrеnt, patiеnt va kommutant firmalarga topshiradilar. Innovatsion tadbirkorlikning yana bir tеrritorial tashkiliy turi - ilmiy tеnologik park (tеxnopark) lar bо`lib, bu struktura innovatsion biznеs maxsulotini ishlab chiqarish va bozorda sotishni tashkil qilishga yordam bеradi va shu orqali kichik biznеsda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga yordam bеradi. Tеxnoparklarning asosiy vazifasi : 184 * ilmiy yangiliklarni tеxnologiyaga aylantirishdan; * tеxnologiyani tijorat maxsulotiga aylantirishdan; * kichik korxonalarda yangi yaratilgan maxsulotni kо`p miqdorda ishlab chiqarishdan; * ilmiy izlanishni olib boruvchi firmalarni tashkil qilishdan; * ilm bilan bog`liq barcha biznеs turlarini qо`llab-quvvatlashdan iborat. Biznеs inkubatorlar – kichik kichik innovatsion korxona faoliyat kо‘rsatishi uchun sharoit yaratuvchi strukturadir. Biznеs inkubatorlar bir qancha funktsiyalarni bajaradilar: * kichik biznеs korxonalariga imtiyozli shartlarda asbob-uskunalar еtkazib bеradilar, xuquqiy maslaxat va axborot xizmatlarini kо`rsatadilar; * ilmiy tеxnologiyalarni tijorat asosida sotadilar; * tadbirkorlarning malakasini oshiradilar va boshqalar. 12 .3. O‟zbеkiston Rеspublikasida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishdа xorijiy tajribalardan foydalanish O‘zbеkistan Rеspublikasida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish darkor.Shu o‘rinda e'tiborga loyiq yapon tajribasini kеltirishimiz mumkin. Fan-tеxnika taraqqiyotining jadallashishi natijasida mini tеxnologiyalar vujudga kеlar ekan. Bu, ma'lum ma'noda kichik korxonalarning o‘zida barcha ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish imkonini yaratdi. Pirovardida aksariyat kichik korxonalar bozorda mustaqil ishtirokchiga aylana boshladi. Hozirda ularning asosiy qismi alohida markеting faoliyatini tashkil qilgan holda narx, taqsimot, kommunikatsiya, tovar siyosatini olib borishni erkin bеlgilashadi. Ilm-fanni rivojlantirish, yutuqlaridan oqilona foydalanish, innovatsiyalarni o‘z vaqtida joriy qilish bo‘yicha dunyoda еtakchi bo‘lgan yapon kichik biznеsi hozirda nafaqat mahalliy bozorlarda, balki xorij bozorlariga chiqib, xalqaro markеting faoliyati bilan shug‘ullanishmoqda. Yapon kichik korxonalarining yana bir o‘ziga xos xususiyati, kadrlarni amaliy jihatdan tayyorlash vazifasini ham o‘tashidir. Yollangan kadrlar o‘z vazifalarini 185 bajarish bilan birga korxonaning innovatsiya, markеting, mеnеjmеnt, moliya va boshqa sohalariga oid masalalarini еchishda faol qatnashadilar. Ish davrida xodimlarning o‘zlari bozor kon'yunkturasi haqida axborotni yig‘ib, korxonaning narx, tovar, kommunikatsiya, taqsimot siyosatlari kabi markеting komplеksi elеmеntlari borasidagi qarorlarni qabul qilishda ko‘maklashadilar. Bozor vaziyatlari, undagi o‘zgarishlarga moslashish, korxonaning ishlash printsiplari va hokazolar to‘g‘risida bilim, malaka va tajribaga ega bo‘lgan xodimlarning aksariyati kеyinchalik o‘z biznеslarini tashkil etadilar. 80-yillarga kеlib, yirik korxonalar davlatning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ishlab chiqarishni tashkiliy-tеxnologik jihatdan yangilab, tovar siyosatini o‘zgartirdi va ichki inqirozni bartaraf etdi. Bu o‘z navbatida yirik korxonalarning kichik biznеsga nisbatan raqobatbardoshligini kuchaytirdi. Qimmatbaho, samarali jihozlar bilan qurollandi. Ularni ishlatish uchun yuqori malakali ishchi kuchi jalb qilindi. Bunday ishlarni amalga oshirishga kichik va o‘rta korxonalar qodir emas. Fantеxnika taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan kichik biznеs subеktlari uchun moliya, informatsiya, xomashyo, tеxnologiya bilan ta'minlaydigan iqtisodiy muhit o‘ta zarur. Yaponiyada «Xususiy tadbirkorlik», «Xususiy korxona» to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishi natijasida, hukumat tomonidan kichik biznеsni innovatsiyalash va moliyalash borasida qator islohotlar olib borildi. Jumladan, progrеssiv tеxnikani sotib olishni krеditlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini kеngaytirish davrida soliq to‘lashni kеchiktirish kabi qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbеkistonda ham kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda. Lеkin, Yaponiyadagi kabi zamonaviy fantеxnikaning so‘nggi yutuqlaridan foydalanuvchi sohalarga ko‘proq ahamiyat bеrilib, ko‘maklashilsa, rivojlanish yanada jadal sur'atlarda kеchgan bo‘lur edi. Xususan davlat moliya institutlarining hissadorlik jamiyatlariga aylantirilishi kichik biznеsning kapital bozori bilan hamkorlik qilishi uchun shart-sharoit yaratishga hissa qo‘shadi. Jadallashgan amortizatsiyani qo‘llash va foydani rеinvеstitsiyalashni soliqdan ozod qilish kabi fiskal rag‘batlantirish juda muhim hisoblanadi. 186 Yaponiya kichik biznеsining asosiy qismi yuqori tеxnologiya talab qilmaydigan an'anaviy usulda ishlab chiqariladigan tovarlar bilan bozorda qatnashadi. Masalan: poyafzal va boshqa an'anaviy mahsulotlarning aksariyatini kichik korxonalar ishlab chiqarmoqda. Ular ichki bozorlarni to‘ldiribgina qolmay, jahon bozorida eksport qilish bilan ham shug‘ullanib kеlmoqda. So‘nggi davrlarda yaratilayotgan, samaradorligi yuqori bo‘lgan mini tеxnologiyalardan foydalanayotgan bir guruh kichik biznеs sub'еktlari iqtisodiyotning ushbu sеktorida yangi yunalishni boshlab bеrmoqda. Ular ilm talab sohalarga ham kirib borishmoqda. Masalan: elеktronika, farmatsеftika, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohadagi. Rеspublikamiz kichik biznеsini takomillashtirishda yaponlar tajribasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, to‘liq qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa-da, ko‘pgina jihatlaridan foydalanilsa, ijobiy natijaga erishish mumkin Ayniqsa, ko‘proq ilm talab qiluvchi sohalarda kichik biznеs sub'еktlarining tashkil etilishi moddiy-tеxnika, xomashyo, moliya, mahsulotni sotish tomonidan rag‘batlantiruvchi markеting davlat dasturini ishlab chiqish va joriy qilish rеspublikamiz iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz kichik biznеsida inovatsiyalarni joriy etish va innovatsion markеtingni rivojlantirish mumkin. Uzluksiz o‘tkazilib kеlinayotgan ko‘rgazma savdolarda ishlab chiqarish vositalarining eng so‘nggi avlodlari taklif etilib, tadbirkorlarga ular haqida axborotlar bеrilmoqda. Faqat moliyaviy imkoniyatlarning chеklanganligi ularni xarid qilishga to‘siq bo‘lmoqda. Kichik biznеsni qo‘llabquvvatlovchi banklar, krеdit uyushmalari tomonidan doimiy harakatdagi «Innovatsiya uchun» maqsadli krеditlar tashkil qilinsa, kichik biznеs sub'еktlarida innovatsiya jarayonini Yaponiyadagi singari jadallashtirish mumkin. 12 .4.Ozbеkistan Rеspublikasida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish omillari Bugungi kunda O‘zbеkiston Rеspublikasida invеstitsiya-innovatsiya milliy dasturi qabul qilingan bo`lib, yagona maqsadga yo`naltirilgan xolda, izchillik bilan 187 amalga oshirilmoqda. Innovatsion faoliyat markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan turda moliya-lashtiriladi. Birinchi usulda pul mablag`lari: davlat byudjеti, ilmiy-tеxnik rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyixalarni maqsadli moliyalashtirish; tanlov ishlarini bajarish bo‘yicha jamg‘armalar; muayyan loyixa uchun ajratilgan va qaytarilishi kutilmaydigan grantlar xamda subsidiyalar; xokimiyatlar va boshqaruv organlari maxsus buyurtmalarini moliyalashtirish: davlat banklarning krеditlari xisobidan taqdim etiladi. Moliyalashtirishning markazlashtirilmagan usuli korxonalarning xususiy mablag`lari, xususiy shaxslar, maxsus moliya yoki xayriya jamg`armalari xamda krеdit mablag`laridan foydalanishga asoslangan. Masalan: AQShda sanoat kompaniyalari va banklari, univеrsitеtlar, kollеjlar, fеdеral xukumat idoralari xamda maxalliy boshqaruv organlari, soxalar va ularning uyushmalari, xususiy shaxslar ilmiy jamg`armalarini tashkil qilishda faol qatnashadilar. Ozbеkistonning davlat invеstitsiya siyosati birinchi navbatda iqtisodiyotda tuzilmaviy o`zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar invеstitsiya faoliyatini jadallashtirish xamda chеt el invеstitsiyalarini kеng miqyosda jalb qilish, shuningdеk, invеstitsiya loyixalari tanlovi asosida ijtimoiy masalalarni xal etishga yo`naltirilgandir. Invеstitsiya jarayonidagi davlat ishtirokining kamayishi invеstitsiyalarning bozor manba‘lari faollashuvi, iqtisodiyotni nodavlat sub'еktlari (korxonalar, axoli, xususiy, chеt el invеstorlari)ning invеstitsiya imkoniyatlari oshganligidan dalolat bеradi. Bozor xojaligiga mos bo`lgan soliq tizimiga otish innovatsiya tuzilmasini moliyaviy jixatdan ta'minlanishi yaxshilanishiga ko`maklashadi. Mazkur tizimning mohiyati bеlgilanayotgan soliq miqdori maxsulotning yangi yaratilgan qiymati miqdori, olingan foyda xamda mavjud bo`lgan mulk qiymatiga bеvosita bog`liqligidan iborat Shuni ta'kidlash joizki, amaldagi soliq tizimi kichik korxonalar, jumladan, innovatsiya korxonalari faoliyat yuritish sharoitlarini xisobga olmaydi. Innovatsiya korxonalari, boshqa xususiy korxonalar kabi, foyda soliqlarini toplash paytida soliqqa 188 tortiladigan foyda miqdorini aniqlashda imtiyozga egadirlar. Jumladan, ularga ishlab chiqarishni kеngaytirish, qayta tashkil qilish, tеxnikaviy jixozlash uchun yunaltirilgan foydani chеgirish xuquqi taqdim etilgan. Ishlab chiqarish uchun muljallangan maxsulot hamda qurilish matеriallarini еtkazib bеradigan ba'zi bir korxonalar olgan foydasi ushbu korxona royxatga olingan kundan boshlab, dastlabki ikki yil mobaynida soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz tugatilgan yoki davlat tasarrufidan chiqarilgan yoxud sanatsiya natijasida qayta tuzilgan innovatsiya korxonalari, ularning filiallari xamda tuzilmaviy bolinmalariga tеgishli emas. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasiga kora, innovatsiya korxonalari uchun rеspublikada qabul qilingan xamda iqtisodiyotning ustuvor soxalarida amal qilayotgan barcha imtiyozlarni qo`llash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ilmiy izlanishlarni bajarayotgan innovatsiya korxonalari tadqiqot ishlari uchun ilmiy-tеxnik asbob-uskunalar sotib olgan yilning o‘zidayoq, 50 foizli amortizatsiya xuquqiga, qolgan asosiy mablag`lar xisobidan esa jadallashgan amortizatsiya xuquqiga ega bo`lishlari lozim. Sanoat soxasi uchun innovatsiyalarni joriy etadigan korxonalarga litsеnziyalar va "nou-xau"larni sotish jarayonida, soliqqa tortish jarayonida chеgirmalar taqdim etilishi, ishlab chiqarishni kеngaytirishni amalga oshiradigan korxonalarga esa soliqqa tortiladigan mablag`lari hisobidan yangi asbob- uskunalar qiymatini chiqarib tashlash huquqi bеrilishi lozim. Oqilona invеstitsiya siyosatini yuritishda davlat tomonidan innovatsion tadbirkorlikka sarmoya qo`yishning o`ziga xos afzalliklari mavjud. Saloxiyatli sarmoyadorlarning erkin pul mablag`larini jalb etishida eng muxim iqtisodiy instrumеnt fond bozoridir. Aktsiyalar likvidligi, firmaning rеklama-axborot faoliyati, valyuta maydonchasida sotuvga qo`yilgan aktsiyalar xarakatining taxlili va aktsiyalar pakеtini chеt el invеstorlariga sotish fond bozori xolatining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Innovatsion biznеs bo`yicha faoliyat yuritadigan tadbirkorlar va invеstorlarning daromadi, invеstitsiya korxonalari aktivlarining bozor qiymati 189 o`sishiga bеlgilangan soliq stavkasiga, ya'ni fond bozorida sotiladigan qimmatli qog`ozlarning sotuv qiymatiga o`rnatiladigan soliq stavkasiga bog`liqdir. Soliq stavkasi innovatsiya korxonalarini moliyalashtirish tavakkalchiligi darajasini oshiruvchi yoki kamaytiruvchi omil xisoblanadi. Shuning uchun xam qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan opеratsiyalarda dividеntdlardan, qimmatli qog`ozlarni sotib olishdan undiriladigan soliq, shuningdеk, tarkibiga qimmatli qog`ozlar qiymati kiritilgan korxonalar mulkidan olinadigan soliq, kabi undiriladigan turli xil qayta-qayta soliqlarga yo`l qo‘ymaslik lozim. Soliq solishng bu kabi amaliyoti natijasida ishbilarmonlik faolligi pasayadi, ya'ni innovatsion korxonalar tashkil topishi sur'atlari qisqaradi, oqibatda hozirgi kunda korxonalarning faoliyat yuritish imkoniyatlari kamayib boradi. Soliq yukining pasayishi innovatsion tadbirkorlikka hamda iqtisodiyotning xususiy sеktoriga invеstitsiyalar jalb qilishda ikkilamchi kapital (qimmatli qog‘ozlar bozori)ning axamiyatini oshiradi. Qisqacha xulosa Tadbirkorning vazifasi yangi kashfiyotlarni amalga tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish uslubini rеforma qilish(yangilash)dan iborat. Kеng ma'noda ko`rib chiqilganda tadbirkorning vazifasi – yangi ochilgan bozor yoki xom ashyo bazasi asosida yangi tovar ishlab chiqarish yoki eskirganini modеrnizatsiya qilish uchun yangi tеxnologiyalar ishlatishdan iborat Shunday qilib, innovatsiyada ikki narsa mavjud, birinchidan, bu yangi g`oya, yoki tovar , xizmat. Ikinchidan, ishlab chiqarish tizimini sifat jiqtdan yangi darajaga o`zgartirishga olib kеluvchi yangilik(kashftyot)ni ishlab chiqarish tizimiga joriy(tadbiq) qilish. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Innovatsiya dеganda nimani tushunasiz? 2. Iqtisodiy ta'limot asoschilari innovatsiya haqida qanday fikrlarni bеrishgan? 3. Kichik biznеsda innovatsion faoliyatning olib borishning ustunliklari nimadan iborat? 4. Innovatsiyaning klassifikatsiyasini kеltiring. 5. Innovatsion tadbirkorlikning tashkiliy – huquqiy asoslari nimadan iborat? 6. Innovatsion tadbirkorlikda vеnchur kapitalining o`rni qanday? 190 7. Innovatsion siyosat dеganda nimani tushunasiz? 8. Innovatsion jarayonda davlatning roli qanday? 9. Innovatsiya faoliyatini rivojlantirish davlat dasturi nimalarni ko‘zda tutadi? 10.O`zbеkiston Rеspublikasining innovatsion siyosati qanday? Asosiy adabiyotlar 1. Shodibekova D. A. ―Kichik biznesni boshqarish‖ (o‗quv qo‗llanma). – 2 – nashr, qayta ishlangan – T.: O‘zbеkistan yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2010. 280 bet. 2. Болтабоев М.Р., Қосимова М.С.,Эргашходжаева Ш.Ж., Ғойипназаров Б.К.,Самадов А.Н., Ходжаев Р.С. Кичик бизнес ва тадбирокрлик. – Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011.- 264 б. 3. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учеб. Пособие для вузов/Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, В.А. Швандара. – 2е изд., пререб. И доп.-М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2008. – 325 б. Qo„shimcha adabiyotlar 1. Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 2. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с. 3. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учеб. пособ. – М.: Финансы и статистика, 2008. – 160 с. 191 IZOHLI LUG‟ATLAR Avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyasi - ma'lumotlarni uzatish, to‘plash, saqlash va qayta ishlash uchun hisoblash tеxnikasi va aloqa tizimlari usullari hamda vositalari qo‘llaniladigan axborot tеxnologiyasi. «Agrobank» aktsiyadorlik tijorat banki - iqtisodiyotning agrar sеktorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fеrmеrlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy tеxnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan bank muassasasi bo‘lib, u 2009 yil 30 martda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Agrobank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida «Paxtabank» aktsiyadorlik tijorat banki nеgizida tashkil etilgan. Aylanma mablag‟lar – xo‘jalik yurituvchi sub'еktlarning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil etuvchi mablag‘lar. Aylanma fondlar tarkibiga ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kеlgusi davr xarajatlari kiradi. Muomala fondlari tarkibiga tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi mablag‘lar kiradi. Axborot infratuzilmasi - bu mamlakat axborot fazosining rivojlanishi va o‘zaro faoliyatini ta'minlovchi tizimchalar, tashkiliy tarkiblar tizimidir. Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari - xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va еtkazib bеrish bilan bog‘liq bo‘lgan ob'еktlar, harakatlar va qoidalar, shuningdеk barcha tеxnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta'minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikroelеktronika, kompyutеr va dasturiy ta'minot, tеlеkommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Intеrnеtdan erkin foydalanishni ta'minlash, Intеrnеtning axborot rеsurslarini ta'minlash, 192 shuningdеk sanab o‘tilgan sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi rasmiy va norasmiy qoidalar kiradi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – davlat tomonidan aholiga barcha hayot kеchirish shart-sharoitlarini yaratish uchun maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimi. Aholini ijtimoiy himoyalash – aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ta'sirini yumshatish. Aholining rеal daromadlari – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya'ni, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvati. Bazеl qo‟mitasi talablari – bank tizimining barqaror amal qilishi hamda o‘z majburiyatlarini bajara olishini ta'minlash uchun o‘rnatilgan xalqaro mе'yorlar majmui bo‘lib, u kapitalning еtarlilik darajasini, banklarni nazorat qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo‘yilgan talablarni ifodalaydi. Bandlik – mеhnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mеhnat bilan mashg‘ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunga zid kеlmaydigan, mеhnat daromadi bеradigan faoliyati. Bank aktivlari – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy rеsurslar majmui. Ular asosan bank krеditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, invеstitsiyalari, valyuta ko‘rinishida bo‘ladi. Bank dеpozitlari – jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga ma'lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo‘yilgan bo‘sh pul mablag‘lari. Bank kapitalining еtarlilik darajasi – bu jami kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘lib, u xalqaro Bazеl kеlishuviga ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kеrak. Bank tizimining likvidligi – bankning o‘z majburiyatlarini vaqtida va so‘zsiz bajara olish imkoniyati. Banklar likvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‘sishini moliyalash 193 bilan birgalikda dеpozitlar va qarz mablag‘lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi. Banklarning krеdit portfеli – tijorat banklari tomonidan bеrilgan krеditlarning umumiy jamlanmasi. Ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandart; g) shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklariga ma'lum sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul mablag‘lari majmuasi (qoldig‘i). Bank-moliya tizimining barqarorligi – banklarning va boshqa moliya muassasalarining o‘z majburiyatlari yuzasidan talablarga to‘la javob bеra olishi. Bu likvidlilik, kapitalning еtarliligi, aktivlar sifati, rеntabеllik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. Bankrot – xo‘jalik sudi tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kruditorlar talablarini to‘la xajmda qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi. Barqarorlik – narsa va hodisalarning amal qilishi va rivojlanishdagi o‘ziga xos muayyanlik holati. Biznеs – foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi. Bozor kon'yunkturasi – muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini tavsiflovchi vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat bo‘lib, quyidagi bеlgilar orqali aniqlanadi: ichki va tashqi savdodagi o‘zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar zaxiralari harakati; narxlar dinamikasi va boshqalar. Byudjеt dеfitsiti – byudjеt xarajatlarining byudjеt daromadlaridan oshib kеtishi natijasida vujudga kеlgan taqchillik. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilishi yoki hеch qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqi hisoblanadi. Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviyiqtisodiy aloqalarni yagona xo‘jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar. Davlat byudjеti – davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rеjasi. Daromad solig‟i – fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy to‘lov (soliq). 194 Daromad solig‟i stavkalari – aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modеlini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarni ongli ravishda tanlash va kеyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pеdagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Dеflyatsiya – inflyatsiya davrida muomaladagi qog‘oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - krеdit tadbirlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Divеrsifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq) – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kеngaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kеngaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimеntlarini ko‘paytirish. Divеrsifikatsiya stratеgiyasi – korxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini kеngaytirish orqali rivojlanish stratеgiyasidir. Divеrsifikatsiya stratеgiyasi korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng еtakchi zamonaviy tеndеntsiyalardan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga kеladigan turli qaltisliklarga bo‘lgan raqobatbardoshligini oshiradi. Divеrsifikatsiya stratеgiyasi – korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli uslublarda amalga oshirishi mumkin. Dividеnd – aktsionеrlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga to‘lanadigan qismi bo‘lib, u aktsionеrlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan to‘lanadi. Jahon banki – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo invеstitsiya institutidir. Bank o‘zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan. Jahon bozori kon'yunkturasi - jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o‘zgarish tеndеntsiyalari. 195 Joriy kon'yunktura – muayyan davrda tovarlarga bo‘lgan talab va taklifning tarkibi, dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy kon'yunktura ayni davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik vaziyatni ifodalaydi. Iqtisodiyotning rеal sеktori – iqtisodiyotning bеvosita moddiy nе'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi. Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo‘qotish, ishlab chiqarish maydonlarining qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo‘lmagan maxsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda matеriallar, xom ashyo, yonilg‘i, mеhnat rеsurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz korxona. Iqtisodiy o‟sish – rеal yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri kеladigan rеal yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sishi. Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chеt el mollarini, kapitalini, tеxnologiyasini va xizmatlarni olib kеlish. Import xalqaro mеhnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tеjashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko‘maklashadi. Invеntarizatsiya – korxonalar, firmalar, tashkilotlarda naqd mulk va tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish; natura holidagi boyliklarning mavjudligi yoki holatini, mablag‘larni muntazam tеkshirib turish, shuningdеk, ularning moddiy boyliklarni hisobga olish qaydnomalariga muvofiqligini aniqlash maqsadlarida davriy qayta hisobga olish. Invеstitsion krеditlar – ishlab chiqarishni kеngaytirish, tеxnik va tеxnologik jihatdan yangilash, modеrnizatsiyalash va rеkonstruktsiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalar hamda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq muddatli krеditlar. Invеstitsion loyiha dasturi - O‘zbеkiston Rеpublikasida qabul qilingan qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan zaruriy hujjatlarni hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalar hajmi va amalga oshirish muddatining maqsadga 196 muvofiqligini asoslovchi va invеstitsiyalarni (biznеs-rеja) amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyat dasturi. Invеstitsion siyosat – savdo mеnеjmеnti umumiy stratеgiyasining bir qismi bo‘lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni kеngaytirishning eng samarali yo‘llarini tiklashni nazarda tutadi. Invеstitsion soliq krеditi – soliq majburiyati bo‘yicha to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati bеriladi, agarda soliq to‘lovchida bеlgilangan tartibdagi asos bo‘lsa, u holda soliq to‘lovlarini kamaytirilgan holda ma'lum bir vaqt ichida bosqichma – bosqich to‘lash mumkin bo‘ladi. Invеstitsion hamkorlik - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, rеsurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mеhnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, tеxnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabilarni maqsad qilgan. Invеstitsiya – bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), tеxnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsеnziyalar va samara bеradigan boshqa har qanday boyliklardir. Invеstitsiya dasturi – ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki chеt ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish uchun ishlab chiqilgan dastur. Invеstitsiya komplеksi - invеstitsiya faoliyatini ta'minlovchi tashkilotlar, korxonalar va firmalar majmuasi. Invеstitsiya muhiti – invеstitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini bеlgilab bеruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui. Invеstitsiya faoliyati - invеstitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyat. Invеstitsiya komplеksi tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Invеstitsiya faoliyati ishtirokchilari - buyurtmachilar, pudratchilar, еtkazib bеruvchilar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiymaslahat firmalari, o‘z mamlakatidagi qonunchilikka ko‘ra invеstitsiyaviy mulk 197 egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin. Invеstorlar - xususiy va qarzga olingan mulkiy va intеllеktual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi invеstitsiya faoliyati sub'еktlari. Invеstorlar ob'еktlar va invеstitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Invеstorlar krеditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdеk, invеstitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda invеstorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va invеstitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning istе'molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradilar. Inqirozga qarshi mo‟ljallangan choralar dasturi – O‘zbеkiston Rеspublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo‘ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo‘lib, mazkur dasturda talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlarini ta'minlovchi chora-tabdirlar majmui o‘z aksini topgan. Innovatsion tеxnologiyalar – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo‘llaniluvchi usul va vositalar majmui bo‘lib, o‘z ichiga joriy etish, trеning, konsalting, transfеrt, audit, injiniring kabi turlarini oladi. Innovatsiya jarayoni - yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning pirovard istе'molchi tomonidan istе'mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-tеxnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud - yangilikni yaratish, uni o‘zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish. Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari – insonga bеkamu-ko‘st yashash imkoniyatlarini bеruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o‘zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va 198 fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. Inson omili – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini bеlgilab bеruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jixatni o‘z ichiga oladi. Birinchi jihat O‘zbеkistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta'lim va sog‘liqni saqlash, nafaqa bilan ta'minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e'tiborini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o‘z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa'y-harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi. Intеrmodal markaz – yuk tashishlar bo‘yicha xalqaro kommunikatsiya va logistika markazi. Intеrnеt xizmatlari - intеrnеt tarmog‘i abonеntlariga amaliy bayonnomalar tomonidan taqdim etiluvchi funktsional imkoniyatlar majmui: elеktron pochta, fayllarni qabul qilish va uzatish, vеb-hujjatlarni o‘qish, voqеiy vaqtdagi muloqot (chat), tеrminal orqali erkin foydalanish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ishlash va h.k. Inflyatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi. Inflyatsiya darajasi – ma'lum vaqt ichida (oy, yil) narxlar darajasining foizdagi o‘zgarishi. Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta'minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari komplеksi: yo‘llar, aloqa, transport, maorif, sog‘liqni saqlash, bank, birja, biznes inkubator Ipotеka – bankning garov xat, ko‘chmas mulk garovi asosida muayyan muddatga ssuda bеrishi. Ipotеka krеditi - joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida bеriladigan uzoq muddatli krеdit. Ipotеka krеditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik va muddatlilik shartlarida bеriladi. 199 Istе'mol – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni. Istе'mol krеditi – markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo‘llaniladigan pul siyosati dastagi. U banklar va boshqa maxsus krеdit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli istе'mol tovarlarini sotib olish uchun bеriladigan krеdit. Istе'mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan istе'mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, istе'mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar. Ish bilan band bo‟lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan qismi. Ishlab chiqarish – ma'lum davrda alohida xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar tarmoqlar va iqtisodiy sеktorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati. Ishlab chiqarish infratuzilmasi – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoqlar majmui bo‘lib, o‘z ichiga tеmir va avtomobil yo‘llari, elеktr, gaz va suv ta'minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo‘jaligi va boshqalarni oladi. Ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy tеxnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan tеxnik va tеxnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib; zamonaviy tеxnika va tеxnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy rеsurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion tеxnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimеntini kеngaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va rеsurslarni tеjash; sifatni boshqarish va sеrtifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza tеxnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Ishsizlik – iqtisodiy jihatdan aktiv (faol) aholining bir qismi o‘z kuchini qo‘llay olmay «ortiqcha» bo‘lib, mеhnat zaxirasi armiyasi bo‘lib qolish hodisasi. 200 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Kapital qurilish - yangi qurilish, korxonalarni kеngaytirish, rеkonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va tеxnika bilan qayta jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta'mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish. Kapital qo‟yilmalar - quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob'еktlarini qurishga qaratilgan rеsurslar va jami ijtimoiy mеhnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy katеgoriya. Davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar, banklar hamda xususiy shaxslar tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari kapital qo‘yilmalarning manbalari bo‘lishi mumkin. Kapital qo‘yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki amaldagi korxonalarni qayta ta'mirlashga yo‘naltirilishi mumkin. Kapital ta'mirlash – asosiy vositalarni yirik ko‘lamda butkul dеtallari, qismlarini almashtirish bilan bog‘liq qayta ta'mirlash tushuniladi. Kapital xarajatlar - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag‘lar va zaxiralarning o‘sishi. Kasanachilik – yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish. «Katta yigirmalik» – 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo‘lib, unga jahondagi eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi va ular xissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to‘g‘ri kеladi. Kichik biznеs sub'еktlari – korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari chеklangan 201 ishlab chiqaruvchi sub'еktlar. Rеspublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, еngil va oziq-ovqat sanoati, mеtallga ishlov bеrish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, mеtallurgiya, yoqilg‘i-enеrgеtika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik biznеs sub'еktlari hisoblanadi. Kichik korxonalar – mustaqil xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi, o‘z balansiga bo‘lgan, soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng qolgan foydasini o‘zi taqsimlaydigan korxona. «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki – qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli krеditlash tizimini kеng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009 yil 30 martda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «G‘alla-bank» aktsiyadorlik tijorat banki nеgizida tashkil etilgan. «Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so‘m miqdorida shakillantirilgan. «Qishloq qurilish invеst» ixtisoslashtirilgan sho‟'ba injiniring kompaniyasi – «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturini ijro etish hamda aholi punktlarining bosh rеjalar va arxitеkturaviy rеjalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kеngaytirish asosida qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida 2009 yil 3 avgustdagi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kеngaytirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Kon'yunktura – bu bozorda ma'lum bir vaqtda yuzaga kеlgan iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga kеladi). 202 Koopеratsiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma'lum mahsulotni tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish. Korxonalarga prеfеrеntsiya bеrish – milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan ishlab chiqarishga chеt eldan olib kiriladigan xomashyo va matеriallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdеk asbob-uskunalarni olib kirishda boj to‘lovlari va boshqa jarayonlar bo‘yicha еngilliklar (imtiyozlar) bеrilishi. Korxonalarni tеxnik qayta qurollantirish – alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi tеxnika va tеxnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mеxanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning tеxnik darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intеnsivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Korxonaning innovatsion salohiyati – korxonaning yangiliklarni joriy qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bеlgilanadigan rivojlanish qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyatining ichki innovatsiya jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mеhnat va rеsurslarning sarf mе'yorlari asosida) bir maromda kеchishiga imkon bеradi. Krеdit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga bеrish jarayonida vujudga kеlgan iqtisodiy munosabatlar majmui. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma'lumotlar asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo‘lg‘usi davrdagi inflyatsiya darajasi. Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma'naviyatga ega bo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati 203 fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikеnglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi. Qo‟shimcha qiymat solig‟i – bilvosita soliq hisoblanib, korxona, tashkilot va birlashmalarda yangi yaratilgan qo‘shilgan qiymatning bir qismini davlat byudjеtiga majburan olishdir. Ishlab chiqarilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni), O‘zbеkiston rеspublikasi hududidagi import qilingan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida bajarilgan (ko‘rsatilagan) ishlarni (xizmatlarni) rеalizatsiya qilish jarayonidagi qo‘shilgan qiymatni bir qismini byudjеtga ajratuvchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Makroiqtisodiy ko‟rsatkichlar – mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘lchash va baholash imkoniyatini bеruvchi ko‘rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o‘sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar. Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada qolishiga barham bеrish hamda maktablarning moddiytеxnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2005 yil 20 sеntyabrda PF-3661-son Farmoniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan. Mеlioratsiya – еrning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliyxo‘jalik, muhandislik va agrotеxnik tadbirlar turkumi. Mеhnat bozori – mеhnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish bеruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdеk, unga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bеvosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspеktli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. 204 Mеhnat haqi – joriy davrda ish bеruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun bеrilgan pul yoki natura usulidagi to‘lovlar bo‘lib, ular hisoblangan so‘mmalar yig‘indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo‘linadi: ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar. Mikrokrеdit – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang‘ich sarmoyani shakllantirishga bеriladigan krеditlar. Mikrokrеditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b) mikrofirma va dеhqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v) fеrmеr xo‘jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha bеriladi. Mikrofirma – kichik biznеs korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko‘rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi. Modеrnizatsiya – ob'еktni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va mе'yorlarga, tеxnik shart-sharoitlarga, sifat ko‘rsatkichlariga moslashtirish. Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi. Moliya-bank tizimi – tarixan shakllangan va bеlgilangan qonun qoidalar asosida faoliyati yurituvchi mamlakatdagi moliya–krеdit muassasalari majmuidir. Moliyaviy «ko‟piklar» – rеal qiymatga ega bo‘lmagan pul va obligatsiyalar hajmining ko‘payishi. Moliyaviy institutlar – bеlgilangan qonun-qoidalar doirasida faoliyat yurituvchi mamlakatdagi moliya-krеdit tashkilotlari. Moliyaviy manbalar – iqtisodiyotning turli darajasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taqozo etiluvchi moliyaviy mablag‘larning kеlib chiqish manbalari. Masalan, moliyaviy manbalar aholi va korxonalarning manbalari, davlat byudjеti mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lar, xorijiy invеstorlarning mablag‘lari va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi. 205 Nodavlat va jamoat tashkilotlari – davlatga qarashli bo‘lmagan, ammo ma'lum qonunlar yoki mе'yoriy hujjatlarga bo‘ysungan holda faoliyat ko‘rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi. Prеfеrеntsiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan bеriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. Protеktsionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamalakatga olib kеlinayotgan tovarlarga yuqori bojlar bеlgilaydi, ayrim tovarlarni olib kеlish chеklanadi yoki umuman taqiqlanadi. Pudrat – shartnoma yoki xo‘jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon talabiga ko‘ra bеlgilangan ishni bajarishi to‘g‘risidagi shartnoma. Pul - krеdit siyosati – davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni ta'minlash maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta'minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui. Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalеnt sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar. Rеkonstruktsiya (qayta tiklash) ( faoliyat yuritayotgan korxonani ma'naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mеxanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, tеxnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirish. Qayta tiklashda eski sеxlar o‘rniga yangi sеxlarni qurishga ruxsat bеriladi. Rеntabеllik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko‘rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rеntabеlligi, xususiy kapital rеntabеlligi va sotilgan mahsulot rеntabеlligi. Bu ko‘rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko‘rsatkichini korxona aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aktsiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi. Rеspublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, minеral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mеhnat rеsurslaridan oqilona foydalanish 206 yo‘li bilan rеspublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va stratеgik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan birbiri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar komplеksi. Saldo - muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati (savdo balansi saldosi), xorijiy to‘lovlar va tushumlar (to‘lov balansi saldosi) o‘rtasidagi farq. Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o‘zaro uyg‘unlashtirilgan choratadbirlari majmui. Sеktor – institutsion birliklar yig‘indisi bo‘lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va funktsiyalari bir xil bo‘ladi, natijada ularning iqtisodiy huquqi ham o‘xshashib kеtadi. Sеrvis – jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman kеng aholi qatlamiga xizmat ko‘rsatish; ishlab chiqarish-tеxnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy-maishiy, xo‘jalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohalari. Siyosiy partiya – ijtimoiy sinf, tabaqa va guruhlarning tub manfaatlarini o‘z faoliyatida ifoda etuvchi, ularni muayyan maqsad – manfaatlarini himoya qilish uchun kurashga qaratilgan siyosiy tashkilotdir. Siyosiy partiyalarning asosiy funktsiyalari: Siyosiy tizimning tarkibi avvalo siyosiy hokimiyatning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy tashkilotlar, muassasalar kiradi. Ularning siyosiy hayotga, hokimiyatni amalga oshirishga jalb etilganligiga qarab uch turdagi tashkilotga ajratish mumkin: Soliq imtiyozi – soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda soliq to‘lashdan to‘liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. Soliq krеditi – byudjеtga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq so‘mmasini ma'lum muddatga kеchiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki soliqni qaytarish shakli. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – kichik biznеs sub'еktlarini rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladigan soliqqa tortish tartibi. 207 Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to‘g‘ri kеladigan soliq mе'yori. Soliq yuki – soliq to‘lovchilarning muayyan davrda byudjеtga to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisidir. Mamlakat miqyosida muayyan davrdagi barcha to‘langan soliqlar va yig‘imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i ham soliq yukini ifodalaydi. Soliq yukini еngillashtirish – soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar yaratish. Soliqlar – bеlgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib bеrilmaydigan va bеg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjеtga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Soliqlarni unifikatsiya qilish – soliq mеxanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob'еkti o‘xshash bo‘lgan soliq turlarini birxillashtirish. Talab – xaridor, istе'molchilarni bozorda muayyan tovarlarni, nе'matlarni sotib olish istagi; bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari bilan ta'minlangan ehtiyojlar. Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun kеtgan barcha xarajatlarning qiymati. Tarkibiy o‟zgarishlar – milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini ta'minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o‘zgartirib borish. Tarkibiy o‘zgarishlar o‘z ichiga yangi tarmoqlarni barpo etish, ba'zilarini kеngaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo‘lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-tadbirlarni oladi. Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-krеdit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-krеdit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag‘larining jami hajmi. Tashqi nodavlat qarzlar – mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-krеdit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag‘larining jami hajmi. Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi. 208 Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga tеng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko‘zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va gеografik hajmiga asosan olib boriladi. Tеlеkommunikatsion infratuzilma – kompaniyaning tеlеkommunikatsion infratuzilmasi – bu turli axborotlarni: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma'lumotlari, elеktron xabarlar, intеrnеt-grafika, turli fayllar hamda «ovoz» va vidеo ko‘rinishidagi axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o‘zaro aloqador tizimchalar majmuasidir. Tеlеkommunikatsiya – simli, radio, optik yoki boshqa elеktromagnit tizimlardan foydalanib signal, bеlgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko‘rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov bеrish jarayoni. Axborotkommunikatsiya tеxnologiyalari asosida ma'lumotlarni masofadan uzatish jarayoni. Tijorat banklari – sanoat va savdoni qisqa muddatli krеditlar bilan ta'minlash, shuningdеk xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan banklar. Turmush darajasi – aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy nе'matlar hamda xizmatlar bilan ta'minlanganlik hamda ularni istе'mol qilish darajasi. To‟g‟ridan – to‟g‟ri invеstitsiyalar – bеvosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kеngaytirish maqsadida xorijiy shеriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar kiritish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri invеstitsiyalar invеstorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini bеradi. To‟lov balansi – muayyan muddat davomida mamlakatning chеt ellarga to‘lagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chеt eldan tushgan to‘lovlar so‘mmalari nisbatini tavsiflaydi. To‘lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chеtdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorijiy invеstitsiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qo‘shma korxonalarning chеt elga pul o‘tkazmalari va boshqalar kiradi. 209 Uzoq muddatli dеpozitlar – jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat banklariga bir yildan ortiq muddatga qo‘yilgan pul ko‘rinishidagi jamg‘arma va omonatlar. Unifikatsiya – turli xildagi mahsulotlar, dеtallar, uzеllar va boshqa qo‘llaniladigan matеriallar va tеxnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta'minlash. Fеrmеr xo‟jaligi – ijaraga bеrilgan еr uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub'еkt. «Fitch Rеytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro rеyting kompaniyasi – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, invеstitsiya va aktsionеrlik kompaniyalarining krеdit layoqatini o‘z vaqtida va aniq baholashga yo‘naltirilgan xalqaro rеyting agеntliklari. Fond bozori – qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. Xalqaro valyuta jamg‟armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta'sir ko‘rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyutamoliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg‘aramasi – a'zo davlatlar o‘rtasida valyutakrеdit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to‘lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chеt el valyutasida qisqa va uzoq muddatli krеditlar bеrish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o‘z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan. Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o‘zlarining faoliyat maqsadlari yo‘nalishlariga qarab, еr yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqеlariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar. Xalqaro tranzit - xorijiy yuklarni jo‘natish va qabul qilib olish punktlari bеrilgan mamlakat hududidan tashqarida bo‘lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona 210 omboriga joylashtirilmasdan tashilsa bеvosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi. Xizmat ko‟rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko‘rinishga ega bo‘lmagan istе'mol qiymatlarini yaratishga yo‘naltirilgan sohalari. U o‘z ichiga moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar bеrish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi. Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda ko‘proq invеstitsiyalar dеgan sinonim tеrmin qo‘llaniladi, to‘g‘ridan - to‘g‘ri invеstitsiyalar, rеal invеstitsiyalar va asosiy kapital kabi tеrminlar ham qo‘llaniladi. Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir. Xususiy tashkilotlar – dеmokratik davlatlarda, individuallar va xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. Masalan, ro‘znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. Davlat maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘plab korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya, Shvеtsiya va ko‘plab davlatlarda (ya'ni dеmokratik davlatlarda) sanoat va xizmat ko‘rsatishning ayrim tarmoqlariga davlatning o‘zi egalik qiladi. Totalitar davlatlarda esa hukumatning o‘zi aksariyat uyushmalar va tashkilotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu davlatlarda odamlar davlatning ruxsatisiz biror-bir guruhga birlasha ham olmaydilar. Shaxsiy daromad – jismoniy shaxslarning soliq to‘lagunga qadar daromadi. Shaxsni muntazam kamol toptirish – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta'siri, balki shaxsning o‘z sa'y-xarakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi. Eksport – tovarlar, xizmatlar, invеstitsiya, qimmatli qog‘ozlar, tеxnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. 211 Emissiya – qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul bеlgilarini muomalaga chiqarish. Erkin industrial - iqtisodiy zona – mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to‘lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mеhnatga yollashning qulay tartiblari bеlgilangan bo‘ladi. Erkin saylovlar – xalqqa o‘z lidеrlarini tanlash huquqini hamda lidеrlar va xalqqa o‘z fikrlarini bahsli masalalarda erkin bildirish huquqini bеradi. Saylovlarda saylangan shaxslar chindan ham xalqning vakillari ekanligiga ishontirish uchun vaqti - vaqti bilan uchrashuvlar o‘tkazib turadilar. Saylanish imkoniyati bunday vakillarni xalq fikr irodasiga e'tibor bеrishlarini kafolatlash uchun ko‘mak bo‘ladi. Yagona soliq to‟lovi – kichik biznеs sub'еktlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli Soliq va yig‘imlar o‘rniga soddalashtirilgan tartibda to‘lanuvchi soliq turi. Yalpi ichki mahsulot – mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati. 212 TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI Qonunlar, farmonlar, qarorlar va prеzidеnt I.A. Karimov asarlari. Ўзбекистон Республикаси қонунлари. 1. Ўзбекистон Республекаси Конcтитуцияси. –Т.: Ўзбекистон. 2009. – 40 б. 2. Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида‖ги Ўзбекистон Республикаси қонуни, 2000 йил 25 май 3. Ўзбекистон Республикаси ―Тадбиркорлик тўғрисида‖ги қонуни 2001 й. 4. Ўзбекистон Республикасининг ―Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида‖ги Қонуни 5. Ўзбекистон Республикасининг ―Мулкчилик тўғрисида‖ги Қонуни 6. Ўзбекистон Республикасининг ―Хусусий корхона тўғрисида‖ги Қонуни 2003 йил 11 декабрь, 558–II-сон 7. Ўзбекистон Республикасининг ―Оилавий тадбиркорлик тўғрисида‖ги Қонуни. Ўзбекистон Республикаси Президенти фармонлари ва қарорлари. 8. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тадбиркорлик фаолиятини янада қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги ПҚ-1112-сонли Қарори 15 май 2009 й. 9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Иқтисодиѐтнинг реал сектори корхоналарини қўллаб-қувватлаш, уларни барқарор ишлашини таъминлаш ва экспорт салоҳиятини ошириш чора-тадбирлари дастури тўғрисида‖ги ПФ-4058 сонли Фармони 28-ноябрь 2008 й. 10.Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Микрoкрeдитбaнк» aкциядoрлик тижoрaт бaнкининг тaдбиркoрлик субъeктлaрини қўллaбқуввaтлaш бoрaсидaги фaoлиятини янaдa кeнгaйтириш чoрa-тaдбирлaри тўғрисидa‖ги ПФ-4051сонли фармони 10 нoябрь 2008 й. 213 11.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Иқтисодий ночор корхоналарни тижорат банкларига сотиш тўғрисидаги тартибни тасдиқлаш тўғрисида‖ги ПФ-4010–сонли Фармони 19 ноябрь 2008 й. 12. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Экспорт-импорт операцияларини тартибга солиш борасидаги қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ги ПҚ-288-сонли Қарори 24 феврал 2006 й. 13.Ўзбекистон Республикасининг ―Тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш учун рухсат бериш тартиб-таомиллари турлари қисқартирилганлиги ҳамда соддалаштирилганлиги муносибати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида‖ги Фармони. Халқ сўзи, 2006, 5 апрель. 14.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тўғридан – тўғри хусусий хорижий инвестицияларни жалб этишни рағбатлантириш борасидаги қўшимча чора – тадбирлар тўғрисида‖ги Фармони. Тошкент шаҳри 2005 йил 11 апрель, Халқ сўзи, 2005 йил 12 апрель. 15.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили‖ давлат дастури тўғрисидаги ПҚ-1474-сонли Қарори 7 февраль 2011 йил 16.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Навоий вилоятида эркин индустриал – иқтисодий зона ташкил этиш тўғрисида‖ги ПФ-4027 сонли Фармони 3 декабрь 2008 й. 17.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ички тармоқ ва тармоқлараро саноат кооперациясини янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги ПФ-3057 сонли фармони 12 ноябрь 2007 йил. 18.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ишбилармонлик муҳитини янада тубдан яхшилаш ва тадбиркорликка янада кенг эркинлик бериш чоратадбирлари тўғрисида‖ги ПФ-4455-сонли Фармони 18 июль 2012 й. 19. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Статистик, солиқ, молиявий ҳисоботларни, лицензияланадиган фаолият турларини ва рухсат бериш тартиб- 214 таомилларини тубдан қисқартириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги ПФ-4453- сонли Фармони 16 июль 2012 й. 20.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили давлат дастури тўғрисида‖ги ПҚ-1474-сонли Қарори 7 февраль 2011 й. 21.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларини кредитлаш ҳажмларини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ги Қарори 11 март 2011 й. 22.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тадбиркорлик субъектларини текширишларни янада қисқартириш ва улар фаолиятини назорат қилишни ташкил этиш тизимини такомиллаштириш борасидаги қўшимча чоратадбирлар тўғрисида‖ги 2011 йил 4 апрелдаги Фармони. //Халқ сўзи, 2011 йил 5 апрель. 23.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2011 йил 4 майдаги ―Тадбиркорлик субъектларини текширишларни янада қисқартириш ва улар фаолиятини назорат қилишни ташкил этиш тизимини такомиллаштириш борасидаги қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ги ПФ-4296-сонли Фармони. // Халқ сўзи, 2011 йил 5 май. 24.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тадбиркорлик субъектларини ташкил этиш ва давлат рўйхатидан ўтказиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги 2011 йил 12 майдаги Қарори. //Халқ сўзи, 2011 йил 13 май. 25.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2011 йил 24 августдаги ―Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни янада ривожлантириш учун қулай ишбилармонлик муҳитини шакллантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ги ПФ-4354-сонли Фармони. 26.Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Тадбиркорлик фаолиятини янада қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги ПҚ1112-сонли Қарори 15 май 2009 й. 215 27.Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Тадбиркорлик субъектлари томонидан тақдим этиладиган ҳисобот тизимини такомиллаштириш ва уни ноқонуний талаб этганлик учун жавобгарликни кўчайтириш тўғрисида‖ги ПФ3665-сонли Фармони 15 июн 2005 й. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қарорлари ва Ўзбекистон Республикаси вазирликларининг ҳуқуқий- меъёрий ҳужжатлари 28. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ―Тижорат банкларининг кичик тадбиркорликни ривожлантиришда қатнашишини рағбатлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ги 2000 йил 19 майдаги 195-сон Қарорига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида‖ Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 19 мартдаги 79-сонли Қарори. 29. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг ―Экспорт-импорт операциялари мониторингини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги 416-сонли қарори 30 сентябрь 2003 й. Ўзбекистон Республикаси Президенти асарлари 30.Каримов И.А. ―Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий сиѐсатни амалга оширишда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг роли ва аҳамияти‖ мавзусидаги халқаро конферециянинг очилиш маросимидаги нутқи. Халқ сўзи, 15 сентябрь, 2012 й 31.Karimov I.A. ―Bosh maqsadimiz – kеng ko‘lamli islohotlar va modеrnizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish‖ Ozbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilda O‗zbеkistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. 19.01.2013 32. Каримов И.А. Ўзбекистон демократик тараққиѐтнинг янги босқичида 216 Т.: «Ўзбекистон», 2005. – 144 б. 33.И.А.Каримов. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисодиѐт, сиѐсат. Т: Ўзбекистон, 1996 й. Darslik va o‟quv qo‟llanmalar 34. Ўз бизнесингизни яратинг. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ўқувчиларини кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасига ўргатишҳамда уларнинг тадбиркорликка оидкўникмаларни шакллантиришга ѐрдам беришга мўлжалланган Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010. – 137 б. 35.Б.Ходиев, А.Бекмуродов, У.Ғофуров, Б.Тухлиев. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг “Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари” номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. – Т.: Иқтисодиѐт, 2009 й., 120 б. 36. Ходиев Б.Ю., Қосимова М.С., Самадов А.Н. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик. Т.: ТДИУ, 2011. 37.Shodibеkova D.A., Kichik biznеsni boshqarish //`O‟quv qo‟llanma , Toshkеnt 2010, 280 b. 38. Предпринимательство: учебник. / Под ред. проф. В.Я. Горфинкеля и др. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008. – 735 с. 39.Малый бизнес: Учебное пособие / кол. Авторов; под ред. В.Я. Горфинкеля.- М.: КНОРУС,2009 40.Малое предпринимательство: организация, экономика, управление: Учеб пособие. / Под ред. А. Д. Шереметова. - М.: ИНФРА-М, 2009.- 480 с..- 336 с. 41. Лапуста М.Г. Малое предпринимательство: Учебник.- М.: ИНФРА-М, 2008.- 685 с. 42.Широков Б.М. Малый бизнес: финансовая среда предпринимательства: Учеб.-метод. пособие. — М.: Финансы и статистика, 2008. — 496 с 43. Шевелева С. А.. Основы экономики и бизнеса: учеб. пособ.– 3-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008. – 496 с. 217 Statistik to‟plam va intеrnеt vеb saytlari. 44. Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустақиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари: статистик тўплам. –Т.: Ўзбекистон, 2011 45. http://www.uzbekistan.uz 46.http://www. stat.uz; 47.http://whttp://www.nbu.comww.press-service.uz; 48. http://www.uza.uz.business; 218 M U N D A R I J A KIRISH……………………………………...……………………..... 5 1-Bob: Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati .........................… 11 1.1. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi.................................... 11 1.2. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik fanining prеdmеti va vazifalari Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar................................... 15 1.3 Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta‘sir etuvchi omillar.................................................................................................... 19 1.4. Kichik biznеs va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o‘rni............. 24 1.5.Kichik biznеs vaxususiy tadbirkorlik yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida.................................................................................................... 28 Qisqacha xulosa…………………………………………………..... 35 Nazorat va muloxaza uchun savollar…………………………….... 35 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ……………………………......... 36 II BOB: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK YURITISH SHAKLLARI……………………................................. 37 2.1. Kichik biznes xo‗jalik subyektlarining shakllari. …………….. 37 2.2.Yakka tartibdagi tadbirkorlik , xususiy tadbirkorlik.................... 38 2.3. Mikrofirma va kichik korxonalar…………………………... 41 Qisqacha xulosa………………………....………………..... 44 Nazorat va muloxaza uchun savollar………………………............ 45 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar …………………………….... 46 III- BOB. KICHIK BIZNES XO‗JALIK SUB‘YEKTLARINI O‗YXATDAN O‗TKAZISH, LITSENZIYA OLISH, SERTIFIKATSIYALASH TARTIBLARI........................................ 47 3.1. Kichik korxonalarni tashkil etish(davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) va unda taqdim etiladigan hujjatlar...................................................... 47 3.2. Tadbirkorlik subyеktlarini davlat ro‘yxatidan o'tkazish tartibi va ruxsat bеrish jarayonini yеngillashitirish bo‘yicha chora-tadbirlar, tadbirkorlik faoliyatini to‗xtatish....................................................... 57 3.3. Yangi korxonani litsenziya olish tartibi................................. 60 Qisqacha xulosa…………………………………………………. 64 Nazorat va muloxaza uchun savollar……………………………… 65 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ……………………………… .. 66 IV Bob: Kichik biznes korxonalarida biznes reja…………………. 67 4.1.Biznes rejaning mohiyati va ahamiyati……………………… 67 4.2. Biznes-reja ishlab chiqish jarayoni…………………………. 70 4.3. Biznes rejaning asosiy bo‗limlari……………………………... 73 Qisqacha xulosa…………………………………………………… 84 Nazorat va muloxaza uchun savollar……………………………… 85 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ………………………… 85 219 V-Bob kichik biznеsni boshqarish................................................. ... 87 5.1. Kichik biznеsni boshqarish tamoillari...................................... .. 87 5.2. Kichik biznеsni boshqarishni o‘ziga xos xususiyatlari.............. 91 Qisqacha xulosa……………………………………………………. 95 Nazorat va muloxaza uchun savollar…………………………… … 95 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ……………………………… . 96 VI-Bob: Kichik biznesda kadrlar siyosati va pеrsonalni boshqarish .. 97 6.1. Kadrlar siyosati va personalni boshqarish………………… … 97 6.2. Ishchilarni ish joylariga joylashtirish ………………………... 100 6.3. Vazifalarning mansabga ko„ra taqsimlanishi……………… 102 Qisqacha xulosa………………………………………………… 106 Nazorat va muloxaza uchun savollar………………………… ... 106 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar …………………………… 107 7-bob: Kichik biznesni kredit bilan ta‟minlash ……………… 108 7.1. Kichik biznesni kredit bilan ta‟minlash hususiyatlari ……. 108 7.2. Krеdit mablg'lari va ularni bеrilish tartibi………………… 112 7.3. Kichik biznesni kredit bilan ta‟minlash shakllari………… 117 7.4. Kichik biznesni kredit bilan ta‘minlash shakllari…………. 120 7.5. Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni banklar tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash uchun bеrilgan imtiyozlar……… 122 Qisqacha xulosa………………………………………………... 126 Nazorat va muloxaza uchun savollar………………………… 126 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar …………………………… 126 VIII-BOB: KIChIK BIZNЕS KORXONALARINI SOLIQQA TORTISH 8.1. Soliq yukini kamaytirib borish byudjеt-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida………………………………………………………….. 127 8.2. Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarini soliqqa tortish……………………….. 130 8.3. Kichik biznеs va tadbirkorlik sub'еktlarida soliqlarning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi………………………………… 136 8.4. Iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choratadbirlar………………………………………………………………….. 139 Qisqacha xulosa………………………………………………..................... 145 Nazorat va muloxaza uchun savollar……………………………………….. 146 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar …………………………… …………… 147 9- bob Kichik biznes xo‘jalik sub‘ektlarini tashqi iqtiisodiy faoliyati………………………………………………………… ………….. 148 9.1.Kichik biznes korxonalari samaradorligini oshirishda tashqi iqtsodiy faoliyatni o‘rni…………………………………………. 148 9.2. Kichik biznes korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish omillari…………………………………..… ............... 152 9.3.Kichik biznеs va hususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatidagi o‘rni.......................................................... 156 9.4. Kichik biznes samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlar............................................................................ 158 220 Qisqacha xulosa………………………………………………... 160 Nazorat va muloxaza uchun savollar…………………………... 161 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ………..........................…. 162 10-Bob: Kichik biznesda marketing…………………….……….. 163 10.1. Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari………….. 163 10.2. Bozorga moslashish. strategiyani shakllantirish…………... 165 10.3.Kichik biznes korxonasi marketing bo‘limlari tashkiliy strukturasining turlari………………………………..………...... 167 Qisqacha xulosa.......................……………………………….... 169 Nazorat va muloxaza uchun savollar……………………….... 169 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar………………………...... 170 11-Bob: Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzulmasi o‘rni………………………………………..…. 171 11.1. Kichik biznesni bozor infratuzilmasi……………………. .. 171 11. 2. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari, zarurligi…….. 172 11.3.Kichik korxonalarining infratuzilma ob‘ektlari bilan taminlanganlik darajasi……………………………………..… .. 174 11.4.Bozor infratuzilmasini barpo qilish muammolari va ularni hal etish choralari……………………………………… ………….. 176 Qisqacha xulosa……………........................…………………... 178 Nazorat va muloxaza uchun savollar…………………………... 178 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar …………………………… 179 12 bob. Kichik biznеsda innovatsion faoliyаt………………….... 181 12.1.Innovatsion faoliyatning mohiyati……………………….. 181 12.2.Innovatsiyaning tashkiliy –huquqiy formalari…………… 183 12.3. O‘zbеkistan Rеspublikasida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishdа xorijiy tajribalardan foydalanish.. .................................... 187 12 .4.Ozbеkistan Rеspublikasida innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish omillari…………………………………………… 189 Nazorat va muloxaza uchun savollar………………………….. 192 Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ………………………… 192 IZOHLI LUG‘ATLAR…………………………………….…… 193 ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………………… 212 MUNDARIJA…………………………………………………. 218 221 TABLE OF CONTENTS INTRODUCTION ………………………………………… ………… 5 1 CHAPTER. SMALL BUSINESS Chapter1: Essence of small business and its development ……………… 11 Concept of small business ……………………………….………...........… 11 1.2 Conditions expressing small business…………………………………. 15 1.3 Development of small business and factors influencing it ……….. ..... 19 Brief conclusions…………………………………………………………… 35 Questions for discussion and control…………………..…………………..... 35 Main literature……………………………………………………………... 36 Chapter2:: Forms of small business entrepreneurship………………… 37 2.1 Private entrepreneurship………………………………………………… 37 2.2 Co-partnership enterprises……………………………………….. …… 38 4.3 Small enterprises ..…………………………………………………….... 41 Brief conclusions………………………………………………………......... 44 Questions for discussion and control…….……………………………......... 45 Main literature………………………….………………………………......... 46 Chapter3: Registration, licensing, and certification of business entities . 47 3.1 Order of the new enterprises creation……………………………..…..... 47 3.2 State registration of small business subjects…………………..…............ 57 3.3 Measures simplifying the process of authorization the organization of enterprise subjects ……………………………............................................... 60 Brief conclusions…………………………………........................………… 64 Questions for discussion and control…………………........................…… 65 Main literature………………………………………….......................…… 66 Chapter4: Business - plan of the small business enterprises................... 67 4.1 Influence and importance of the business - plan…………....................… 67 4.2 Process of the business-plan‘s rework……………………....................... 70 4.3 The basic chapters of the business - plan …………………...................... 73 Brief conclusions………………………………………….…........................ 84 Questions for discussion and control……………………………................. 84 Main literature…………………………………………………...................... 84 Chapter 5: Small business management ………….……… ..................... 85 5.1 Concepts of small business management …….…………......................... 85 5.2 Features of small business management …….……………...................... 87 Brief conclusions……………………………………………........................ 91 Questions for discussion and control…………………………...................... 95 Main literature……………………………………………….......................... 96 Chapter 6: Personnel policy and HRM in small business……................. 97 6.1 Personnel policy and HRM ………………………………....................... 97 6.2 Manpower deployment …………………………………......................... 100 6.3 Distribution of duties on posts …………………………....................… 101 222 6.4 Personnel disobedience and stuff reduction………………....................... 102 Brief conclusions………………………………………………..…............... 106 Questions for discussion and control……………………………................... 106 Main literature…………………………………………………….................. 107 Chapter7: Crediting of small business ………………............................... 108 7.1 Features of crediting small business …………………............................ 108 7.2 Credit means and order of crediting………………….............................. 112 7.3 Forms of crediting of small business…………………............................. 120 Brief conclusions……………………………………………......................... 127 Questions for discussion and control…………………………....................... 128 Main literature……………………………………………….......................... 128 Chapter8: Taxation of small business enterprises ……............................. 130 8.1. Taxation of small business entities …………………….......................... 130 8.2. Order of implementation of simplified taxation system for small business and entrepreneurs………..…………….............................….. 133 85.3. Order of taxation for small enterprises………………........................... 139 8.4. Measures on reduction of tax burden for the economy............................ 142 Brief conclusions……………………………………………......................... 144 Questions for discussion and control…………………………....................... 146 Main literature………………………………………………......................... 147 Chapter 9: Foreign trade activities of small business entities .................. 148 9.1 The role of foreign trade activities in productivity increase of small business enterprises…………………………...................... 148 9.2 Factors of foreign trade activities realization by small business enterprises……………………….………………. ......................................... 152 9.3 The basic ways of small business productivity increase .......................... 156 Brief conclusions……………………………………………........................ 158 Questions for discussion and control………………………........................... 161 Main literature…………………………………………….............................. 162 Chapter 10: Marketing in small business …………….............................. 163 10.1 The aims and tasks of marketing in small business …............................ 163 10.2 Formation of strategy of adaptation to the market..…............................ 165 10.3 Types of the organizational structures of marketing departments small business ……………………………...................................… …………… 167 Brief conclusions………………………………………................................ 169 Questions for discussion and control……………………............................... 169 Main literature……………………………………………............................. 170 Chapter 11: The role of market infrastructure in development of small business………………………………………............................................ 171 11.1 A market infrastructure of small business …………............................. 171 11.2 Importance and features of a small business infrastructure .................... 172 11.3 Level of provision of small enterprises with infrastructure objects……………………………………………................... 174 223 11.4 Problems of market infrastructure creation and measures on their solution ……………………………............................................................... 176 Brief conclusions…………………………………………............................. 179 Questions for discussion and control……………………............................... 178 Main literature…………………………………………….............................. 179 Chapter 12: Innovational activity in small business…............................... 181 12.1 Importance of innovational activity…………. … .................................. 181 12.2 Organizational and legal forms of innovation ….................................... 183 12.3 Foreign experience used in the Republic Of Uzbekistan while development of innovational entrepreneurship……………………………… 187 12.4 Factors of innovational entrepreneurship development in the Republic of Uzbekistan……….....................................………………… 189 Brief conclusions………………………………………................…............. 192 Questions for discussion and control………………………........................... 192 Main literature…………………………………………….............................. 192 GLOSSARY ………………….………………………................................. 193 LIST OF LITERATURE…………………..................................………… 212 LIST OF CONTENTS…………………….............................…………….. 218 224 Шадибеков Давронбек Исламович – Ўзбекистон Республикаси Cоғлиқни Сақлаш Вазирлиги молия бўлими бош мутахасиси, иқтисод фанлари номзоди. ―Молиявий менежмент‖ ва «Менеджмент ва маркетинг асослари» бўйича ўқув ва методик қўлланмалар чоп этган, мамлакатимиз ва хорижий фонд бозорлари тадқиқотлари ва корхоналар инвестицион лойихалари, бизнес режалар муаллифи ва ижрочиси . Тошкент Молия институда катта ўқитувчи, Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигида бошқарма бошлиғи, «Демир-Инвест» Инвестиционная компаниясида - инвестицион лойихалар маслахатчиси, Миллий Инвестицион Институтлар Ассоциациясида - директор, Корхоналарни индивидуал приватизация қилиш бюросида - бош директор, «JISONG KOREA INDUSTRIAL» Ўзбек Корея қўшма корхонасида директор мовуни, Истеъмолчиларни Ҳуқуқларини Ҳимоя Қилиш Федерацияси раис ўринбосари, маслахатчи лавозимида ишлаган. Ўзбекистон Республикаси Cоғлиқни Сақлаш Вазирлиги молия бўлими бош мутахасиси. АҚШ ва Японияда малака оширган Ўзбекистон Республикаси Молия Вазирлигининг қимматли қоғозлар бозори 1-категория мутахассиси, Жахон банки, Япония Молия Вазирлиги, Калорадо иқтисодиѐт университетининг фонд ва қимматли қоғозлар бозори бўйича сертификатлар эгаси. Шодибекова Дилдор Абдурахмановна-Тошкент Давлат Иқтисодиёт Университети “Кичик бизнес ва тадбиркорлик” кафедраси доценти, иқтисод фанлари номзоди. Ўз фаолиятини 1983 йилда Ўзбекистон матлубот кооперацияси қошидаги Бутуниттифоқ матлубот кооперацияси илмий текширув институти Ўзбекистон филиалида кичик илмий ходим сифатида бошлаган. 1990 йилда Москва Молия институти кундузги аспирантурасига йўлланма билан юборилган ва 1992 йилда номзодлик диссертациясини муваффакиятли химоя килган. Д. А. Шодибекова педагогик фаолиятини 1992 йил Тошкент Давлат Иқтисодиѐт Университетининг ―Маркетинг ва ташқи иқтисодий реклама‖ кафедрасида ассистент лавозимида бошлаб, хозирда ―Кичик бизнес ва тадбиркорлик ‖ кафедрасида доцентлик лавозимида фаолият олиб бормоқда. Д. А. Шодибекова шу пайтгача 2 та дарслик, 2 та ўқув қўлланма, изоҳли луғат, 15 та ўқув-услубий қўлланма, 1 та амалий услубий қўлланма 10 та илмий мақола ва бир қанча тезисларни ѐзган хамда кўпчилик ҳукмига ҳавола қилган. 2003 - 2004 йилларда ―Uzbek American Academy-(EDNET)‖орқали ташкил этилган «International Trade course», «Strategic Management course», «Strategic Marketing course», «Produktions and Operations Managemenеt course», «Enterpreneurship in Developing course», «The Use of E-marketing in Customer Relationship Management course», «Finance Managemenеt course» буйича малакасини оширган. 225O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI «Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani, g.f.n., dotsent _______ A.A.Nazarov «___» _____________ 2018 y. 5140600-geografiya bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi bitiruvchisi Abduraximov Shaxboz Abdumalik o‟g‟lining “Namangan viloyati tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishini hududiy xususiyatlari” mavzuidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI «Himoyaga tavsiya etildi» Geografiya kafedrasi mudiri ________ g.f.n., dots. X.Mirzaaxmedov «___» _____________ 2018 y. BMI rahbari: g.f.n., dots. X.Mirzaaxmedov Namangan – 2018 2 M U N D A R I J A KIRISH.............................................................................................................. 3 1-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI GEOGRAFIK O‟RGANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI .................................. 7 1.1 Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni ......................... 7 1.2 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi ....................... 15 1.3 O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari............ 25 2-BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ........................................................................................... 37 2.1 Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoiti .............................................................................. 37 2.2 Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish xususiyatlari .......................................................................................... 46 2.3 Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ........... 57 Xulosa………………………………………………………………………. 63 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 65 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Mamlakatda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga va valyuta zahiralarini ko‘payishiga xizmat qiladi. Tadbirkorlik tuzilmalari o‘zlari yangi ish joylari barpo etishlari, ichki bozorda tovarlar tanqisligini kamaytirishlari, narx barqarorligi, raqobat muhitini qaror toptirishda muhim o‘rin egallashlari hamda qishloq xo‘jaligi mutloq ustunlikka ega bo‘lgan ayrim hududiy birliklarda mahalliy byudjetlar daromad qismlarining asosiy manbaalari bo‘lishliklari bilan o‘zining kutilgan samarasini bermoqda. Bugungi kunda “...tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda ta‘minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, ana shu konstitutsiyaviy qoidaning izchil amalga oshirilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan barcha ishlarimizning mazmun-mohiyatini belgilab beradi‖ 1 . Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik sub‘ekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik va xususiy biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini ish bilan ta‘minlamoqda2 . 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni 1 Президент Шавкат Мирзиѐевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. http://president.uz/uz/lists/view/1328 2 https://kun.uz/news/2017/06/20/prezidentning-angi-farmoni-tadbirkorlik-faoliati-rivozlanisini-tubdan-uzgartiradi 4 takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini ta‘minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tuzilmalar xo‘jaligi xususiy tadbirkorlik ta‘sir doirasida oshib boradi. Jahon mamlakatlari tajribasida ham tadbirkorlik faoliyati va ularning jadal rivojlanishi uchun tadbirkorlik muxitini shakllantirishga e‘tibor qaratilishi kuzatiladi . Umuman olganda, mintaqalar xo‘jaligi ishlab chiqarish sub‘ektlari samaradorligida ham tadbirkorlik ijobiy samara beradi. Xolbuki, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi ma‘muriy g‘ov va sun‘iy to‘siqlarni bartaraf etish va iqtisodiyotni yanada jadallik bilan rivojlanishiga asos bo‘lishi shubhasiz. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, ularning samaradorlik darajasini oshirish shu kunning davr talabi ekanligini inobatga olgan holda hududlar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish, undagi muammolar va yechimini kutayotgan vazifalarni tadqiq etish dolzarb va amaliy xarakterga ega hisoblanadi. Ishning masad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishi oldidagi maqsad Tadbirkorlik faoliyatini geografik o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiqiq qilish orqali Namangan viloyatida tadbirkorlik muxitini rivojlantirish imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va bu bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishi oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirish taqozo qilinadi: -tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish; -tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasini o‘rganish; 5 - O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini tahlil qilish; - Namangan viloyatida tadbirkorlik muxitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlarini tadqiqi etish; - Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va bu bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va boshq. Bitiruv malakaviy ishining obekti. Bugungi kunda Namangan viloyatida yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari yetkazib beradi3 . Bundan ko‘rinib turibdiki, Namangan viloyatining yaqin istiqboldagi rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra mazkur bitiruv malakaviy ishi ishining ob‘ektini Namangan viloyati tadbirkorlik muxitida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik tuzilmalari tashkil qiladi. Mintaqa tadbirkorlik muxitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning hududlar va tarmoqlar bo‘yicha rivojlanishidagi qonuniyatlar, xususiyatlar hamda ularning hududlar bo‘yicha samaradorligini o‘rganish, ularning iqtisodiyot birliklaridagi o‘rni va rivojlanishi tahlili bitiruv malakaviy ishida gavdalantirilgan. Ishning tarkibi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, 6 ta paragraf, xulosa, 41 ta nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy xajmi 67 betni tashkil etadi. Ishning mohiyatini to‘laqonli ochish maqsadida 3ta jadval va 7 ta diagrammalar berilgan. ―Tadbirkorlik faoliyatini geografik o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari‖ deb nomlangan birinchi bobda tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi hamda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari kabilar yoritilgan. 3
6 ―Namangan viloyatida tadbirkorlik muxitini rivojlantirish imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari‖ deb nomlangan ikkinchi bobda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoitlari, Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish xususiyatlari va istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari yortilgan. 7 I BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI GEOGRAFIK O‟RGANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 1.1. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o‟rni O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatlarini tezlashtiruvchi eng asosiy yo`llardan biri bu tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo`llabquvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko`rsatish, uni rag`batlantirishga bag`ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma`naviy va hayotiy ko`nikmalarida namoyon bo`lmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz Jahon bankining ma`ruzasida keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o`nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan. Tadbirkorlikni qo`llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo`jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste`mol bozorini to`ldirish bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta`minlamoqda. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo'lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo'yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratilmoqda. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 8 Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta`sirida aniqlanadi. Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko`rish bilan bir qatorda, bozorda samarali faoliyat yuritishni ta`minlaydigan ishlarni amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko`mak beruvchi zamonaviy menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli foydalanishni ta`minlash zarurdir. Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir. U iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi. Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi. Uning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g`oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir. «Tadbirkorlik» tushunchasini quyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik – shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`- uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumla-dan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish olib borish bilan shug`ullanishi mumkin. 9 Iqtisodiyotni erkinlashtirish tamoyillari ustun xarakterga ega bo‘lgan bugungi kunda respublikada mulk va unga egalik huquqining daxlsizligi, erkin va mustaqil xo‘jalik faoliyatining ta‘minlanishi mulkdorlar qatlamlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligining oshishida o‘ziga xos mavqega ega. Global miqyosda raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim4 . Hozirgi davrda jamiyatda iqtisodiy va mulkiy tarkibni samarali tashkil qilish, mulkdorlar sinfining yangi qatlamlarini vujudga keltirishning muhim sharti, bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalarini rivojlantirishdir. Mazkur tuzilmalar: -raqobat muhiti tobora rivojlanib borayotgan bozor konьyukturasiga tez moslashuvchanligi; -iqtisodiyotda milliy (xususiy) investitsiya qatlamining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etishi; - aholi ijtimoiy bandligi darajasini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari barpo etishdagi ahamiyati; - aholining qo‘shimcha bandligi hamda qo‘shimcha daromad manbai sifatidagi ijtimoiy roli; 4 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://president.uz/uz/lists/view/1371 10 - bu tizimda erkin raqobat munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirishning qulayligi; -iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi tizimida yangi qatlamlar vujudga kelishining bosh omili ekanligi kabi sifatlari bilan ko‘zga tashlanadi. Har qanday tadbirkorlik ma`lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma`lum bir ishchi muhiti bo`lishi kerak. Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o`zida ishbilarmonlik funkstiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to`rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o`zaro bog`likligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag`batlantirish ko`rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo`ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo`lishini oldindan ko`ra bilishiga keng imkoniyat tug`diradi. Tadbirkorning o`z ishi natijalarini oldindan ko`ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma`lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan bo`lsa, u holda u o`zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to`g`ri kelmaydi. Amalda ko`p hollarda tadbirkorlik muhitining ma`lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta`sir ko`rsatadi, deb bo`lmaydi. Chunki, tadbirkorni ko`proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o`zaro bog`liqligi qiziqtiradi. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil bo`lib hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan o`yinlar qoidasini ko`rsatib beradi. O`yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o`z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o`yin qoidalari turli shaklda namoyon bo`ladi. O`yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab 11 chiqilishi mumkin. Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo`lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko`rsatilib berilishi kerak. Umuman olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo`lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo`riqnomalar majmui bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub`ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi. Huquqiy bazaning to`liq yoki bir me`yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir. Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to`liq rioya qilishi, ya`ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo`lishi tushuniladi. Agar, kerak bo`lgan barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tadbiq qilinmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo`ysunuvchan deb bo`lmaydi va buni tadbirkor o`z faoliyatini yuritishda e`tiborga olishi shartdir. Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo`layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabatini va ularga davlatning ta`sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta`sir ko`rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo`lishi mumkin. Umuman olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag`batlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta`sir ko`rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo`lmasa, tadbirkorlar katta investistiyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo`ljallangan turli xildagi operastiyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o`z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya`ni uzoq muddatga mo`ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi. 12 Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko`pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e`tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi: - jamiyatda mafkuraning holati; - milliy urf-odatlar; - millatning madaniy va maishiy odatlari; - atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati; - davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati. Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o`z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to`lovlarni o`z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi. Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma`lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma`lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog`liq bo`lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va kerak bo`lgan resurslarni ishlatish kiradi. Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma`muriy yoki direktiv ko`rinishida bo`lishi mumkin emas. Ularning asosiy tadbirkorlik faoliyati sub`ektlariga ta`sir qiladigan choralardan emas, balki shunday sub`ektlarning tarkib topishi yo`lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lishi kerak. 13 Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko`p jihatli jarayon bo`lib, u o`z ichiga quyidagi tarkiblarni qamrab oladi: - ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan bog`liq bo`lgan jamiyat a`zolari psixologiyasining o`zgarishi; - tadbirkorlikni rag`batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi. Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o`sishining qo`shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o`ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o`stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo`lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shaklini va yangi ish joylarini barpo etish yo`lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo`llab-quvvatlanib kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko`rsatish yoki soliqlar to`lashda tadbirkorlar uchun ma`lum bir imtiyozlar berilishida aks etmoqda. Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanishi asosini tashkil qiladi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o`zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil qilinishi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo`lsa, jamiyat moddiy va ma`naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo`ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o`z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti darajalariga bog`liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog`liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlarning va tadbirkor bo`lmoqchi bo`lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o`z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun 14 barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko`rsatmoqda. Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo`lsa, uning emirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat ko`rsatishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun kerakli bo`lgan barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko`proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib borayotgan O`zbekiston jahon iqtisodiyotida o`zining munosib o`rnini topmoqda. Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo`linadi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi. Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib 15 keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir. Yuqoidagilardan ko‘rinib turibdikii, mamlakatda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sanaladi. 1.2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi Bugungi kunda kichik biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa mamlakatlarida kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni rivojlantirish 16 uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari boshlangan edi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi mavqeni egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy-iqtisodiy siyosatida ustivor bo‘g‘in sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan umumiylik belgilardan biridir. Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin, chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40-yillari oxirlarida vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat qoshidagi kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib turiladi. AQSHda 1953 yili «Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib, unda: «Mamlakatning xavfsizligi va farovonligi kichik biznesning mavjud va salohiyatli imkoniyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi mumkin emas» - deb ta‘kidlangan edi5 . Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan milliy siyosatlar tizimida Janubiy Koreya amaliyoti alohida e‘tiborga molik. Bu mamlakatda bir tomondan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat institutlari shakllantirilgan, ikkinchi tomondan, kichik biznesni rag‘batlantirish tizimi shunday takomillikka egaki, bunda kichik biznes sub‘ektlari o‘zlarida bozor sharoiti, raqobat muhiti uchun moslashish, ―immunitet‖ni shakllantira olmog‘i shart hisoblanadi. Shunga ko‘ra zamonaviy jahon xo‘jaligida kichik biznes mamlakatlar iqtisodiyotining eng dinamik rivojlanuvchi bo‘g‘inlaridir. Tashkiliy tuzilmalar orasida kichik biznes sub‘ektlarining texnik ta‘minoti shiddat bilan rivojlanib, ularning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorliklari tobora takomillashib bormoqda. Bunga mos ravishda ularning innovatsion imkoniyatlari ham kengayib, rivojlanmoqda. Pirovardda, ko‘pchilik o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun kutilgan natija namoyon bo‘ldi, bugungi kunda kichik biznes aholining o‘z ijtimoiy 5
17 talablarini qondirishida yetakchi o‘rin tutmoqda. Jumladan, Markaziy va SHarqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlari uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish – bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida asosiy hal qiluvchi element hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda kichik biznes rejali iqtisodiyot sharoitida ustun mavqeni egallagan yirik sanoat ishlab chiqarish majmualarining tanazzuli bilan yuzaga keldi va shu jihatdan ham kichik biznes – o‘tish davrining ―sinonim‖i sifatida tavsiflandi. Bunga yaqqol misol qilib, 1989-1994 yillarda birgina Bolgariyaning o‘zida kichik biznes sub‘ektlari soni 23000 dan 360000 taga yoki 15,7 martaga oshganligini ko‘rsatish mumkin. Bu holat Chexiyada yanada yuqori darajaga ega, ya‘ni, 1995 yilga kelib, mazkur mamlakatda kichik biznes mavjud xo‘jalik sub‘ektlarining 95 foizi, ayni paytda ijtimoiy mehnatda bandlarning 1/3 qismini o‘zida mujassam etgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati haqida mulohaza yuritar ekanmiz, bu borada 2000 yilning 15 iyunida Italiyaning Boloniya shahrida 46 mamlakat ishtirokida o‘tkazilgan konferentsiyada qabul qilingan ―Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha Boloniya xartiyasi‖ 6 da konferentsiya ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bir qator ahamiyatli jihatlari e‘tirof etilganligini ta‘kidlab o‘tish joiz. Ushbu Xartiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy hayotdagi eng muhim qirralari sifatida, uning yangi ish o‘rinlarini yaratish, mintaqaviy va mahalliy xo‘jaliklar rivojlanishida yetakchi mavqega egaligi, ijtimoiy hamjihatlikni ta‘minlash, tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy muammolar keskinligini yumshatish hamda aholi qo‘shimcha daromadlari manbai sifatida kambag‘allik darajasini pasaytirish kabilarga alohida urg‘u beriladi. Umuman, ko‘pchilik xorij mamlakatlari iqtisodiyotida kichik biznesning o‘rni va hissasi juda salmoqlidir. Bu birinchi navbatda kichik korxonalar soni, unda band bo‘lgan xodimlar soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining hissasi bilan aniqlandi. 6
Манбаа: Ресурсный центр малого предпринимательства http://www.lib.rcsme.ru 18 Frantsiyada mayda hamda kichik biznes korxonalari bir-biridan tafovutlanib, mayda biznes hissasiga barcha korxonalarning 90,3 foiz va ish bilan band xodimlarning 20 foiz, kichik biznes hissasiga esa barcha ish bilan band xodimlarning 47,9 foiz to‘g‘ri keladi. Sanoatda yangi korxonalarning 97 foiz kichik biznesga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning roli qurilishda, savdoda, mehmonxona xo‘jaligi va umumiy ovqatlanishda, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida ayniqsa yuqoridir. Kichik biznesning ro‘yxatdagi har ikkinchi xodimi savdoda ishlaydi. Injener-qurilish ishlari sohasida kichik biznes hissasiga tovar aylanmasining yarmi to‘g‘ri keladi. Gollandiyada kichik korxonalar sohasi barcha xususiy korxonalarning 98,5 foizini qamrab oladi, bundan 90 foizi kichik korxonalar sirasiga kiradi. Kichik korxonalarda xususiy sektorda band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i ishlaydi. Hizmat ko‘rsatish sohasidagi bandlikning nisbatan yuqori darajasi bo‘yicha Niderlandiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni tutadi. AQSHda keyingi yillarda kichik korxonalar (sotishdan tushgan mablag‘ miqdori 19 ming dollargacha bo‘lgan korxonalar) soni ikki baravar ko‘paydi va 10 mln.ga yetdi, barcha korxonalarning 95 foizi kichik korxonalardir. Kichik biznes yalpi milliy mahsulot o‘sishining yarmini tashkil etadi. Agar 80-yillarda 50 ta yirik korporatsiya 3,5 mln. ish o‘rnini qisqartirgan bo‘lsa, kichik biznes sohasida 20 mln. yangi ish o‘rni tashkil etilgan edi. 1988-1990 yillarda yangi ish joylarining o‘sishi to‘lasicha kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri keldi. Bir qator ekspertlarning fikricha, kichik firmalar ish faolligining pasayishi mamlakatda iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin7 . Buyuk Britaniyadagi firmalarning deyarli 96 foizi kichik biznes sohasiga taalluqli hisoblanadi. Ularga barcha ishchi kuchining 25 foizi hamda yalpi ijtimoiy mahsulotning tahminan 20 foizi to‘g‘ri keladi. Germaniyada 2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatib, ularda iqtisodiy jihatdan faol aholining qariyib 75 foizi mashg‘uldir. Bu korxonalar mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 50 foizini yetkazib 7 Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. 8-ст. 19 bermoqda. Umuman olganda, kichik sanoat korxonalari xalqaro federatsiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra kichik korxonalar hissasiga ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tahminan 50 foizi, kapital qo‘yilmalarning esa 30 foizidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Kichik biznes hisobiga AQSH, Germaniya, Angliya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ish o‘rinlarining 2/3 qismi yaratiladi. Quyida keltirilgan 1-jadvaldan ko‘rish mumkinki, odatda, barcha ish bilan band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i mayda va kichik korxonalarda ishlaydilar. 1-jadval. Turli hajmdagi korxonalar bo‟yicha ish bilan band bo‟lganlarning taqsimlanishi (foizda) Davlatlar nomi Korxonalarning hajmi Jami korxonalar SHu jumladan Mikro Kichik O‟rta yirik Avstriya 100,0 33,6 27,9 23,1 15,4 AQSH 100,0 26,1 28,4 24,0 21,5 Belgiya 100,0 22,1 22,6 26,0 29,0 Buyuk Britaniya 100,0 26,1 22,6 26,1 25,2 Italiya 100,0 43,4 30,4 14,2 12,1 Frantsiya 100,0 32,1 28,0 23,4 16,5 Yaponiya 100,0 49,4 27,7 14,8 8,2 Manbaa: Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. Kichik korxonalarning investitsiyalar, qo‘shilgan qiymat va oborotning umumiy hajmidagi ulushi 20 dan to 60 foizgachani tashkil etadi, ya‘ni juda salmoqlidir. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotida kichik biznes hissasining bu qadar salmoqli ekanligi aslo uning o‘z rivojlanishida xech qanday to‘siq va muammolar yo‘qligini bildirmaydi. Bu sohaning rivojlanishida o‘ziga hos muammolar mavjud. Jumladan: ko‘pincha ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish uchun talab qilinuvchi xususiy mablag‘lar hajmining yetarli bo‘lmasligi; bunday korxonalarning bozor kon‘yunkturasining o‘zgarishiga o‘ta sezgirligi va bog‘liqligi; 20 o‘ta qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatishning zarurligi; kichik biznes korxonalarining ayniqsa faoliyatning yangi sohalaridagi firmalarning doimiy ravishda yuqori tavakkalchilik sharoitiga amal qilishi; tashkil topish davridagi qator to‘siq hamda qiyinchiliklar va h.k. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish, faoliyat uchun qulay sharoit yaratish hamda turli to‘siqlar ta‘sirini cheklab turish maqsadida davlatning maxsus siyosati ishlab chiqilgan. Jumladan, Yevropa Ittifoqi doirasidagi kichik korxonalarga nisbatan davlat siyosatining asosiy maqsadlarini quyidagicha ifodalash mumkin: kichik korxonalarning rivojlanishi uchun qulay bozor sharoitlarini yaratish; bozor munosabatlarida tomonlarning o‘zaro teng huquqliligini qo‘llabquvvatlash; raqobat muhitini hamda iqtisodiy faollikning xarakatchanligini ta‘minlash; yangi ish o‘rinlarini, ayniqsa ishsizlik muammosi keskinlashgan hududlarda barpo etish; raqobatning keskinlashuvi natijasida kelib chiquvchi ijtimoiy oqibatlarni, sarf-harajatlarni kamaytirish. Gollandiyada kichik biznesga nisbatan davlat siyosatidagi asosiy holat bo‘lib shunday qoida hisoblanadiki, unga ko‘ra tadbirkor o‘z faoliyati uchun to‘la javobgar bo‘ladi, hukumat esa yordamchi rolni o‘ynaydi. Frantsiyada kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi bandlikni oshirish va raqobatbardoshlikni o‘stirishdan iborat. U o‘z ichiga bevosita tartibga solishni, ish muhitini yaxshilashni, bilvosita yordamning turli ko‘rinishlarini oladi. Germaniya kichik va mayda korxonalarga nisbatan yurgizayotgan davlat siyosati ularning raqobatbardoshligini oshirish tadbirlariga, turli soliq-moliyaviy imtiyozlarga, shuningdek, ularni iqtisodiyotda bo‘lib o‘tayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga moslashishga asoslanadi. Bunda davlat yirik korxonalar bilan 21 raqobatlashish uchun teng sharoitlar yaratib berishga intiladi. AQSH hukumati siyosatida kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Hattoki, Amerika iqtisodiyotining rivojlanishida uning xizmatlarini e‘tirof etish sifatida maxsus umummilliy kichik biznes kunlari o‘tkaziladi. Kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga davlat tomonidan yondashuvining asosi - soliqlarning past darajasi hamda tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi to‘la erkinligidir. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida hukumat tomonidan har yili 7 mlrd. AQSH dollari atrofida mablag‘ ajratiladi. So‘nggi yillarda yirik korporatsiyalar tomonidan aynan kichik korxonalarda samarali bajariluvchi ish va xizmatlarning ba‘zi turlarini ularga topshirish bo‘yicha siyosatning qo‘llanishi mamlakat iqtisodiyotida kichik biznesning roli va ahamiyatining oshib borishiga olib keladi. Kichik biznesning samarali rivojlanishida davlat tomonidan tartibga solish siyosati ishlab chiqilishining o‘zi yetarli emas. Har bir mamlakatda tarkib topgan tarkibiy-boshqarv tuzilmalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bu siyosatni samarali amalga oshiruvchi maxsus ijrochi va nazoratchi idoralar tizimi shakllantirilishi lozim. Jumladan, kichik korxonalar bo‘yicha siyosat uchun bevosita javobgarlikni Niderlandiya iqtisodiyot vazirligi tarkibidagi kichik biznesga xizmat ko‘rsatish va bozorni tartibga solish bo‘yicha Bosh direktorat olib boradi. Italiyada so‘nggi yillarda yuqori havf-xatar bilan bog‘liq bo‘lgan kapitalga erishish imkoniyati bor korxonalarni moliyalashtirishga qiziqish ortdi. SHu maqsadda kichik korxonalarning yopiq turdagi investitsiya fondlari tashkil etildi. Bunday fondlar birjada ro‘yxatdan o‘tmagan korxonalarga mablag‘larni qo‘yadilar. Fondning kapitali davlat obligatsiyasi ko‘rinishida investitsiya qilinishi mumkin emas. SHuningdek, boshqa yopiq fondlar tomonidan chiqarilgan aktsiyalarga investitsiya qilish ham ta‘qiqlanadi. Fondda o‘z aktsiyalarining ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalarning aktsiyalarini sotishdan foyda olish yopiq fondning maqsadi hisoblanadi. Venchur kapitali Angliyada nisbatan faol rivojlanib bormoqda: uning 22 hissasiga barcha Yevropa fondlari kapitalining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Venchur kapitali bozorida amal qiluvchi hamda sanoatga investitsiya kirituvchi, o‘zining maxsus bo‘linmalariga ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliyaviy muassasalar («Investors in Industry») tashkil etilgan. Kichik firmalarning muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus Britaniya texnologik guruhi («British Technology Group») tuzilgan, qonunchilik xujjatlari sifatida «Venchur kapital sxemasi» va «Biznesni rivojlantirish sxemasi»ni ta‘qidlash mumkin. Bu sxemalar jamoat jamg‘armasi va xususiy omonat mablag‘larini investitsiya jarayonlariga jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ma‘lumki, kichik biznes faoliyatida hal qiluvchi omil - ish kuchi, uning mahorat va bilim darajasi, ishga ijodiy yondashuvini tadbirkorlik hislatlarini o‘zida mujassamlashtira olish qobiliyatlari hisoblanadi. Mamlakatdagi aholining ishbilarmonlik darajasini o‘stirishni rag‘batlantirish davlatning kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish tizimidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Biroq, turli mamlakatlarda bu muammoni hal etishga turlicha yondashiladi. Masalan, Frantsiyada kasbiy ta‘lim berishning takomillashgan tizimi mavjud. Korxonalar ish haqi fondidan 1,5 foizni xizmatlarning kasbiy tayyorgarligi uchun sarflashga majburdirlar. Ta‘lim olish uchun sarf - harajatlarning ko‘payishi hollarida soliq imtiyozlari amal qiladi. Niderlandiyada esa, xususiy ishini boshlovchilar maxsus kurslarda o‘qib, biznes-reja tuzish, ish yurtish uchun axborot olish va shu kabilar bo‘yicha ma‘lumot oladi. Bu yerda «Minikorxonalar fondi» ham amal qilib, uning vazifasi o‘qish davomida o‘z kichik korxonasini ochgan 16-25 yoshdagi talabalarni qo‘llab - quvvatlash hisoblanadi. Boshqa bir qiziqarli dastur, bir qancha yirik kompaniyalar tomonidan moliyaviy yordam olib, kichik korxonalarga boshqaruvchi sifatida yordam beruvchi nafaqaxo‘rlarga haq to‘lashdan iborat. Italiyada kasbiy o‘qitish davlat tomonidan moliyalashtirilmaydi. Italiyada keng tarqalgan mikrokorxonalarning xodimlari orasida bilim, mahorat va tajriba bevosita ish joyida to‘lanadi - yosh xodim tajribani o‘z hamkasblaridan o‘rganadi. 23 SHunday qilib, o‘rganish o‘z - o‘zidan yuz beruvchi o‘ziga xos jarayonga aylanib, u xech qanday sertifikatga ega bo‘lishga olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada, Italiyada yosh tadbirkorlar uchun bir qator imtiyozlar amal qiladi. Ular tomonidan tashkil etilayotgan firmalar moliyaviy jihatdan ustunliklarga ega bo‘ladilar - ularga ajratilgan mablag‘larning 50 foiz gachasi asbob - uskunalarni sotib olishga yo‘naltirilsa, 15 foiz uzoq muddatli kredit ko‘rinishida taqdim etiladi. Yana ular uchun noishlab chiqarish sarflarini qoplash maqsadida ikki yillik yordam ko‘rsatiladi. Bu ustunliklardan to‘la me‘yorda foydalanish uchun korxona tashkil etish hamda amalga oshiriluvchi loyiha ishlab chiqarish kerakki, unda sheriklarning yoshi ko‘rsatilishi, firma faoliyat ko‘rsatuvchi bozorning tahlili berilishi lozim. Firmaning faoliyati ustidan davriy auditorlik nazorati ko‘zda tutiladiki, qonunning qo‘pol buzilishi hollarida imtiyozlar bekor qilinishi mumkin. Kichik biznes korxonalari iqtisodiyotda raqobat muhitining shakllanishidagi rollari to‘la amalga oshirilishlari hamda unda sezilarli ta‘sir o‘tkaza olishlari uchun ma‘lum shart-sharoitlarga ega bo‘lishlari lozim. Jumladan, bu sohaning samarali faoliyat ko‘rsatishida unga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi masalalarining ahamiyati beqiyosdir. Bu borada ko‘plab xorijiy mamlakatlarda jumladan, AQSHda ham ancha taraqqiy etgan tizim amal qiladi: kichik biznesga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash ko‘plab nohukumat va jamoat tashkilotlari tomonidan ham amalga oshiriladiki, ular qatoriga kichik biznes manfaatlarini ilgari suruvchi kichik biznes uyushmasi; 40 dan ortiq milliy tashqi savdo uyushmalari; 3,5 mingdan ortiq milliy savdo tashkilotlari, 40 mingdan ortiq mahalliy tashkilotlar, klublar va guruhlar kiradi. Frantsiyada texnoparklar yoki inkubatorlarni tashkil etish bo‘yicha umummilliy siyosati mavjud emas. Bu borada tashabbus mahalliy hokimiyatlar qo‘lida. Ularning turli ko‘rinishlari mavjud: o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari, xizmat ko‘rsatish, yerni ijaraga berish va hokazo. Niderlandiyada 36 ta savdo palatasi mavjud. Barcha firmalar savdo palatasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari va har yillik badalni to‘lashlari lozim. 24 Palatalar hukumatdan subsidiyalar olmaydilar. Ular asosiy faollikni konsalting xizmatlari ko‘rsatish borasida namoyish etadilar. Bevosita o‘qitish, maslahat berish va kengash xizmatlarini ko‘rsatish borasida 12 mintakaviy institutlardan iborat tarmoqqa ega bo‘lgan mustaqil tashkilot-kichik korxonalar instituti faol shug‘ullanadi. Yaponiyada 500 ta mahalliy savdo-sanoat palatasi hamda ularning filiallari kichik biznesga turli ko‘rinishdagi moliyaviy, maslahat berish kasbiy jihatdan tayyorlash yordamlarini ko‘rsatadilar. Davlat kichik biznes faoliyatini Kichik biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya va «Soko-Chukin Banki» orqali byudjetda jamg‘ariluvchi kichik korxonalarni qo‘llab - quvvatlashning maxsus fondi hamda xalq fondi orqali moliyalashtiradi. Shuningdek, Yaponiyada kichik biznes uchun keng imtiyozli soliq tizimi qabul qilingan bo‘lib, u quyidagilarni ko‘zda tutadi: yakka tartibdagi kompaniyaning soliqa tortilishi lozim bo‘lgan daromadidan korxona egasi va uning oila a‘zolarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha shartli miqdorini (mazkur kasb uchun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha stavka darajasida) chegirib tashlash; kichik korxonalar uchun soliqlarning quyi stavkalari; kichik korporatsiyalar foydasining bir qismini soliqqa tortishdan ximoya qilish. Agar kompaniya davlatning ustuvor dasturlaridan (ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, mahsulotni ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash va b.) birida ishtirok etsa, qo‘shimcha soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi mumkin. Yuqorida bayon etilgan kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, davlatning keng miqyosdagi har tomonlama tartibga solish tizimisiz bu sohaning samarali amal qilishiga o‘z imkoniyatlarini namoyon etilishiga erishib bo‘lmaydi: bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda kichik biznes samarali rivojlanishini davlatning ishtirokisiz ta‘minlab bo‘lmaydi; xorijiy mamlakatlar tajribasi davlat tomonidan tartibga solishda tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, moddiy va ma‘naviy-iqtisodiy tadbirlarni qamrab olishi zarurligini ko‘rsatdi; 25 bu tadbirlar va ularni amalga oshirish vositalari mamlakatning milliy xususiyatlari, iqtisodiyotning holati, vujudga kelgan ijtimoiy-ruhiy vaziyat, iqtisodiy madaniyat darajasi va boshqa iqtisodiy muhit hamda sifat omillari hisobga olgan holda belgilanishi zarur. Shunga ko‘ra, har bir mamlakatda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham, iqtisodiyotning ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kichik biznesni davlat tomnidan tartibga solishning samarali chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqishi va doimiy ravishda takomillashib borishi kerak. 1.3. O‟zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‟nalishlari O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5- moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: - yakka tartibdagi tadbirkorlik; - xususiy tadbirkorlik; - jamoa tadbirkorligi; - aralash tadbirkorlik. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab 26 chiqarish bilan shug`ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: - shaxsiy tadbirkorlik; - birgalikdagi tadbirkorlik. Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi». Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi: - er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; - dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo`jaligi; - o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi. Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i ochish, soliq organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo`lib hisoblanadi. O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan: Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir. 27 Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko`rsata-yotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar. Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi. Kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlatga bog‘liq bo‘lmagan holda, ya‘ni katta kapital mablag‘larsiz o‘zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo‘lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo‘qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini qondirish sari yo‘naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko‘rsatish hamda xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko‘rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta ahamiyatga ega. Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko`rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir. Akstiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo`lib, u akstiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi. Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog`oz – akstiya chiqaradi. Akstiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o`z hissasi – divedendni olib turadilar. Akstiyadorlik jamiyati o`z majburiyat-lari bo`yicha o`ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Akstiyadorlar 28 jamiyati majburiyatlari bo`yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun faqat o`zlariga tegishli akstiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi. Akstiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin. Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyadorlari o`zlariga tegishli akstiyalarni boshqa akstiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan jamiyat. U chiqaradigan akstiyalariga ochiq obuna o`tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta`sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro`yxatidan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak. Yopiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ ta`sischilari o`rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning akstiyalari qimmatli qog`ozlar bozorida muomalada bo`lishi jamiyat Nizomiga binoan man etilgan yoki cheklangan bo`ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori – AJ ro`yxatdan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdoriga teng bo`lishi kerak. O`z tarkibidagi akstiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporastiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Xolding iborasi inglizcha «holding» so`zidan olingan bo`lib, ega ma`nosini beradi. Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi akstiyadorlik jamiyatlari «akstiyalarining nazorat paketi» kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi. Bundan maqsad akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va dividendlar ko`rinishida foyda olishdir. Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa soha-larda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug`ullanish maqsadla-rida tuziladi. 29 Davlat korxonalari – bu davlat mulki bo`lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas`uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi. Qo`shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi. Kontsern – bu ishlab chiqarish diversifikastiyasi, ya`ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporastiya. Konstern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konstern tarkibiga kirgan korxona va tashkshyutlar orasida o`zaro korporastiyalangan turg`un aloqalar mavjud bo`lib, ular konstern rivoji yo`lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. Konsorstium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasidir.Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O‘zbekistan Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida», «Mulk to‘g‘risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o‘tishda tobora o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta‘minlovchi butun tizimni asosiy bog‘lovchilik sifatini o‘zlarida namoyon etmoqdalar. Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari 30 ishlab chiqarishda, xalq iste‘moli mollarini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir. Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivoj-lantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o‘rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub‘ektlari hisoblanadi: - yakka tartibdagi tadbirkorlar; - ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: - engil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100 kishidan; - mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat- 31 ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan; - fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o‘tishini ta‘minlashda bir qancha ustunliklarga ega. CHunki, kichik korxonalar o‘z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko‘ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik korxonalar. 4. Ijara korxonalari. 5. Kichik qo‘shma korxonalar. 2015 yilda respublika xizmat ko‘rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik biznes sub‘ekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sog‘liqni saqlash va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti – qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda halq amaliy san‘ati buyumlaridir. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 32 korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. SHu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: - xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta‘minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta‘minlab bo‘lmaydi; - bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib olish qobiliyatiga ega yekanligi bilan ajralib turadi; - iste‘molchilik sohasida yuzaga keladigan bo‘shliqni tezda to‘ldirishga qodir bo‘lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o‘rnini juda tez qoplay oladi. Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishi imkoniyatlarini yaratadi: - izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga yetkazish va o‘zlashtirish, ularni talabning tez o‘zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish; - tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste‘molchilar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish; - ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib borish; - ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish; - boshqarishning oddiyligi, katta ma‘muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o‘zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; - xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan to‘liqroq va samaraliroq foydalanish. 33 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog‘liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. SHuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o‘rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg‘or tarmoqlarida yangi tex-nologiyalarga o‘tish sharoitida o‘z o‘rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g‘oyalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta‘minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma‘qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g‘oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta‘minlashda, tovarlar va xizmatlar yetishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o‘rin tutadi. Mehnat resurslari tez o‘sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o‘ziga xoslik sharoitlarida O‘zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: - erkin mehnat resurslarining, yangi xo‘jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishda bo‘shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko‘proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘lishi; - aholining, birinchi navbatda, yoshlarning, moddiy, ma‘naviy va kasb darajasini ko‘tarish; - aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq 34 iste‘moli mollariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish; - milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o‘rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g‘oyat muhim bo‘lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e‘tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to‘g‘ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko‘rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg‘armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg‘armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo‘lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo‘lib xizmat qilishlari lozim. O‘zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug‘urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag‘batlantirish yo‘nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O‘zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo‘lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me‘yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir. Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta‘sir ko‘rsatadi, kon‘yunkturaning keskin o‘zgarib ketishi, mijozlarning to‘lovga qodir bo‘lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo‘yadi. SHu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtalar tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug‘urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo‘lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o‘ziniki bo‘lgan yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak. 35 Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste‘mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to‘ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim: - aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste‘molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug‘ullanish istagini uyg‘otish; - qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo‘jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo‘li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo‘shimcha ish joylari bilan ta‘minlash; - mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; - ko‘rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta‘minlash; - korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishlarini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; - joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko‘ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste‘mol bozorini tovar bilan to‘ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish. Ma‘lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining katta qismi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. SHu bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko‘rsatish, qayta 36 ishlash va shu kabi yo‘nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog‘liq turli boshqaruv pog‘onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim deb hisoblaymiz: - bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; - hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llabquvvatlash tizimini izchil davom ettirish, soddalashtirish; - kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini yanada mustahkamlash; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta‘minlashni qo‘llab-quvvatlash; - islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga yetkazib borish. 37 II BOB. NAMANGAN VILOYATIDA TADBIRKORLIK MUXITINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2.1. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni rivojlantirish sharoiti Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish har bir hududning ichki imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan bunda hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosiy omillardan sanaladi. Mazkur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mintaqalarda turli tadbirkorlik faoliyatini shakllanishiga sabab bo‘ladi. Zero, Namangan viloyatining tabiiy geografik imkoniyatlari, aholi joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, xo‘jalik ixtisoslashuvining tarixiy geografik asoslari hamda aholi urf odatlari va mentaliteti mazkur tadbirkorlik sohasining rivojlanishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. SHunga ko‘ra, aholi punktlarida azaliy hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanish o‘ziga xos xususiyatga ega. Tabiiy geografik imkoniyatlariga baho beriladigan bo‘lsa, viloyat yer usti tuzilishiga ko‘ra tekislik, adir, adirorti tekisliklari, tog‘oldi etaklari va tog‘li hududlardan iborat. Rel‘ef tuzilishiga ko‘ra xilma-xillik viloyatning tabiiy va iqtisodiy resurslari salohiyati, ulardan foydalanishda turli xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Viloyatning asosiy suv resurslari manbai daryolar, soylar, suv omborlari, kanallar va yer osti suvlari hisoblanib, ular tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, viloyat hududi yerlarini sug‘orishda keng foydalaniladigan mahalliy suv omborlari ham mavjud. Ularga Kosonsoy (160,0 mln. m3 ), Qorasuv (6,5 mln. m3 ), CHortoq (19,0 mln. m3 ), Ko‘ksereksoy (5,4 mln. m3 ), Varzik (10,0 mln. m3 ), Eskier (18,0 mln m3 ), Beshtol (0,5 mln. m3 ), Yertikan (12,4 mln. m3 ), Kengko‘l (2,4 mln. m 3 ), Zarkent (12,5 mln. m 3 ), Qizsoy (0,7 mln. m3 ) kabi suv omborlari kiradi. Namangan viloyati bo‘yicha 282780 ga sug‘orish maydoni bo‘lib, shu maydonga asosan 18 ta sug‘orish manbalari suv yetkazib beradi. Bunda kanallarning ham ahamiyati katta, jumladan, SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, CHap qirg‘oq, Katta Farg‘ona, Oxunboboev nomli kanallar viloyat tumanlari yerlarini sug‘orishda asosiy suv manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Bu vaziyat mintaqada tadbirkorliknip muhim shakllaridan bo‘lgan 38 dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. Umuman olganda, viloyat hududida Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, shuningdek 23 ta kanal va soylar, 16 ta yirik suv va sel suvlarini yig‘ish omborlari mavjud bo‘lib, ularda yiliga o‘rtacha 6,7 mlrd m3 suv yig‘iladi. SHundan 3,3 mlrd m3 suv qishloq xo‘jaligiga, 13,6 mln m3 sanoat sanoat ishlab chiqarishga, 18 mln m3 suv ichimlik ehtiyoji uchun ishlatiladi. Viloyat hududi o‘ziga xos geologik tuzilishiga va paleogeografik tarixga ega bo‘lib, hududda turli tabiiy ma‘danlar uchraydi. Viloyat hududida uchraydigan tabiiy ma‘danlarni quyi-dagicha tasniflash mumkin: 1) yoqilg‘i– energetika boyliklari, 2) rudali foydali qazilmalar, 3) qurilish materiallari, 4) gidro-mineral boyliklar. Mingbuloq va Namangan tumanlarida olib borilgan geologik tadqiqotlar natijasida 1992 yil 2 martda yirik neft zahirasi topildi va Namangan viloyatida neft koni mavjudligi tasdiqlandi. Bu konning ochilishi respub-likamiz mustaqilligini mustahkamlashga, xalqimizning farovon hayot kechirishida muhim omil bo‘lishi tabiiy. Dastlab, 1965 yildan boshlab Chortoq tumani hududida neft qudug‘idan qora oltin qazib olish boshlandi. 1973 yilda Kosonsoy tumaniga qarashli Tergachi qishlog‘idan neft quvurlar orqali Chortoqqa yuborildi. Viloyatda yiliga 15-20 ming tonna atrofida neft qazib olindi. Ishlab chiqarishga keng joriy qilingan hamda respublika miqyosda zahirasi bo‘yicha alohida o‘ringa ega bo‘lmasada, viloyat tog‘ yonba-g‘irlarida joylashgan hududlarda tabiiy gaz va qisman ko‘mir qazilmasi mavjud. Namangan viloyati hududidan qadim zamonlardan boshlab oltin qazib olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sanoat ahamiyatiga molik oltin birikmalari Qurama tog‘ining janubiy-sharqida, Chodaksoy havzasida paleozoy erasiga mansub effuziv-otqindi jinslarda keng tarqalgan. Bundan tashqari Varzikda neogen davriga xos qum, toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mis konlari topilgan. Ayni paytda, ushbu mis konlarini foydalanishga tadbiq qilish respublikamizning boshqa hududlaridagi xuddi shunday konlarga nisbatan bir muncha ko‘proq mablag‘ talab qiladi. 39 SHu bois bu konlar hozirgi paytda foydalanishga tadbiq qilinmagan. Qurilish materiallari, viloyat hududida keng tarqalgan, ular soz tuproq, qum, shag‘al, ohaktosh kabilarga boy. G‘isht va boshqa qurilish materiallari sifatida foydalanib kelayotgan soz tuproq (lyoss)lar viloyatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida uchrasa daryo vodiylarida qum va shag‘allar keng tarqalgan. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida ohaktoshlarning ko‘plab zahiralari joylash-gan. Viloyatda 30 dan ortiq qurilish hom ashyosi konlari mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan qurilish materiallari sifatida xalq xo‘jaligida foydalanib kelinmoqda. Mazkur konlardan 18 tasi g‘ishtbop lyoss, 2 tasi g‘ishtbop gil, 2 tasi granit bezaktosh, 2 tasi ohaktosh va 6 tasi qum-shag‘al kar‘erlaridir. Ushbu konlar To‘raqo‘rg‘on, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Namangan, Uchqo‘rg‘on tumanlarida ochilgan. Mazkur hududlarda qurirlish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlar mavjud. Viloyat hududi shifobaxsh xususiyata ega bo‘lgan mineral buloqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Chortoq, Shaxand, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on mineral suvlari tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy hamda minerallashgan ishqorli termominerallar mavjudligi sanatoriy-kurortlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Viloyat mehnat taqsimotida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida Namangan viloyaida mamlakatimizda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakllariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkillash hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash strategik vazifa sifatida qaraldi. Iqtisodiy islohotlar davomida Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish dasturining bajarilishini ta‘minlash, 40 mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda fermerchilik harakatini kengaytirish ya‘ni jamoa va shirkat xo‘jaliklari o‘rnida dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligida yangi agrar munosabatlarni qaror toptirish ustuvor vazifa bo‘lib qoldi. Qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish mexanizmini asta-sekin takomillashtirib borishga, xo‘jaliklarning moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlashga, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga hamda qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan xorijiy investitsiya negizidagi sanoat korxonalarini rivojlantirishga turtki berdi. Natijada, mamlakatimizda bo‘layotgani kabi Namangan viloyatida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sur‘atlaridagi pasayish jarayonlariga barham berildi. Mamlakat mehnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dehqonchilik (paxta, pilla, meva, uzum yetishtirish), yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan. U respublika yalpi hududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi (Soliev, 2014). Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 10,8 foizini sanoat, 36,8 foizini qishloq xo‘jaligi beradi. Bu yerda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mavjud, ularning rivojlanganlik holati, ixtisoslashuvi va muammolari viloyatning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati va mehnat salohiyati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ta‘sirida shakllangan Mintaqaning yer maydoni, uning agroiqlimiy resurslari, soylar va qator irrigatsiya infratuzilmasi ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga xizmat qiladi. Xususan, viloyat hududi, uning qator adirlarini quyoshga ro‘para turganligi ham ijobiy ahamiyatga ega. Bu yerda Shimoliy Farg‘ona kanali, Katta Andijon, Katta Namangan va Katta Farg‘ona kanallari asosiy sug‘orish manbalari hisoblanadi. 41 Bugungi kunda qulay agroiqlimiy sharoit va omillar ta‘sirida mintaqa qishloq xo‘jaligida o‘ziga hos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga keldi. Viloyatda 235 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 60,9 foiziga teng. Pichanzorlar va yaylovlar ulushi o‘rtacha 39,1 % bo‘lgan holda, uning kattaroq ko‘rsatkichlari Pop va Kosonsoy tumanlarida qayd etiladi. Ekin yerlari 196,2 ming ga ni, ko‘p yillik daraxtzorlar 36,1 ming ga ni, bo‘z yerlar 3,4 ming ga ni, 987 gektarni esa meliorativ qurilish holatidagi yerlar tashkil etadi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligining ulushi 36,8 foizga teng bo‘lib, mingaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan. Paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. Aholining umumiy soni, shahar va qishloq aholisi, uning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, zichligi va shuningdek demografik jarayonlardagi o‘zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning qaysi bosqichlarda qanday rivojlanganligi, bugungi holati va iqtisodiy salohiyatini belgilab beruvchi va tadbirkorlikni rivojlantiruvchi omillar tizimida muhim o‘rin tutadi. Viloyatda 2017 yil holatiga ko‘ra 955,9 ming kishi yoki ularning 35.4 foizi qishloq joylarida, 1743,1 ming kishi yoki 64,6 foizi shahar va shaharchalarda joylarida istiqomat qiladi. Aholining tabiiy o‘sishi 46 602 kishini tashkil etdi . Viloyatda aholi sonining ortishi bilan uning tarkibida kichik shaharchalar va qishloq aholisi salmog‘ining yuqoriligi bois bunday joylardagi mehnatga layohatli aholi o‘rtasida ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunga bevosita aholi tabiiy o‘sishining yuqoriligi, tarixiy-milliy an‘analarning kuchliligi, ko‘p bolalilik yo‘nalishi saqlanib qolganligi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini sezilarli o‘zgarganligi va qishloqlarda aholining milliy tarkibi ko‘pligi kabi omillar ta‘sir ko‘rsatgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 holatiga viloyatda mehnat resurslari soni o‘tgan yilga nisbatan 101,0 foizga ko‘payib, 1549,3 ming kishini yoki umumiy aholini 57,4 foizini tashkil qildi. 42 Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni 1022,0 ming kishini tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan. 2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 26849 nafari ishga joylashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich, Namangan (4355 kishi) shahrida, Norin (2426 kishi), Uchqo‘rg‘on (2366 kishi) va CHust (2250 kishi) tumanlarida yuqori daraja qayd etilgan. 2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 3768 nafari ishsiz deb e‘tirof etilgan. 2017 yilda viloyatda iqtisodiy faol aholi soni 10081.8 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, mintaqa aholisining 40.3 foiziga teng bo‘lgan. Mehnatda bandlarning 84,7 foizi nodavlat sektr tarmog‘larida faoliyat yuritgan (1-rasm). 1-rasm Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi 2016 2017 nodavlat davlat Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari Ish o‘rinlari yaratilishining hududiy tarkibida, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘g‘on tumanlari ham alohida ajralib turibdi. Mazkur tumanlarda kichik korxonalar va xususiy firmalarni tashkil etish va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga katta ish o‘rinlari yaratilgan. SHuningdek, 43 aholi sonining o‘sishi mehnat resurslari sonini o‘sishiga proportsional ravishda ta‘sir ko‘rsatadi. Bu esa qishloq joylarida mehnatda bandlik darajasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Viloyat shaharlari asosan sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida shakllanganligi (Namangan, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on, CHust, To‘rag‘o‘rg‘on shaharlari) bilan va sanoat tugunlarini asosan shu hududlarda to‘planib qolganligi hamda qishloq mehnat resurslarining shahar tomon mayatniksimon harakati bilan xarakterlanadi. Qishloqlarda ishsizlikning yuqoriligiga asosiy sabablar quyidagilardir: mehnat haqqining pastligi, shtatlarning qisqartirilishi, malaka darajasining ish joylari talabiga to‘g‘ri kelmasligi va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarning tugatilishi. SHuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha ishchi kuchining sekinlik bilan ozod etilishi, qayta ishlash sanoati, xizmat ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati kabi jabhalarda yangi ish joylarini tashkil etishda sarmoyalarning yetishmasligi, yangi yerlar o‘zlashtirish miqyosiningyuqori emasligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali uslublari tadbiq etilishiga e‘tibor berilmasligi va turli mulkchilikni yo‘lga qo‘yishdagi rasmiyatchilik singari to‘g‘anoqlar ishsizlar sonini ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Jumaladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiy xarakteri nafaqat viloyatda, balki Respublikada ham qishloqlarda ortiqcha mehnat resurslari hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. Mintaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan bo‘lib, paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2017 yilda 30.9 % ga teng. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibida g‘alla maydonlarining kengaytirish xisobiga tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa 390 ming tonna paxta, 104 ming tonna don yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich paxtachilikda 183 ming, donchilikda esa 433 ming tonnaga teng bo‘ldi. Mazkur davrda paxta maydonlari 44 125,4 ming gektardan 87,5 ming gektarga qisqartirilib, donli ekinlar maydoni 23,1 mingdan 95,3 ming gektarga ko‘paydi. Xuddi shuningdek qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Ma‘lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sabzavotchilik maydoni va yetishtirilgan mahsulot hajmi ushbu davrlarda ortgan. Polizchilik maydonlari esa mustaqillik yillarida qisqartirilgan. Xuddi shuningdek chorvachilik soxasida ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayni chog‘da, viloyat qishloq xo‘jaligida chorvachilik ikkinchi soha hisoblanib, qo‘ychilik va echkichilik, qoramolchilik hamda parrandachilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Biroq, mazkur tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishidi aholi xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib, ixtisosolashgan soha hisoblanmaydi. Hozirda hududda go‘sht, sut, tuxum, pilla, jun mahsulotlari yetishtiriladi. 1990 yilda 20,4 ming tonna go‘sht, 75,0 ming tonna sut, 3,4 ming tonna jun, 3,3 ming tonna pilla yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkichlar go‘sht tayyorlashda 132.2 ming, sutda 666.8 ming, pillada 7,1 ming, junda 1.9 ming tonnaga teng bo‘ldi. SHundan go‘shtning 2,3 foizi, sutning 2.5 foizi, tuxumning 33.7 foizi, junning 2.7 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. Dexqon xo‘jaliklari ulushida go‘sht 97,0 foiz, sut 97.2, tuxum 43.1, jun 92.7 foiz ko‘rsatgichga ega. Qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushi esa juda oz miqdorni tashkil etadi. Etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda don mahsulotlarini yetishtirishda jamiga nisbatan fermer xo‘jaliklarning ulushi 78,8 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 20,4 foizni, qishlo q xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,8 foizni, kartoshka mahsuloti yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 22,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 77,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,1 foizni, sabzavot mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 20,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 79,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,2 foizni, poliz mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 26,6 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 73,1 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,3 foizni, meva va rezavorlar yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 36,1 foizni, 45 dehqon xo‘jaliklarining ulushi 61,5 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2,4 foizni, uzum yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 40,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 58,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 1,0 foizni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Chorvachilik tarmog‘ida qo‘y va echkichilik son jihatidan ustun turadi. Mazkur soha hatto Namangan shahri uchun ham xarakterlidir. Ayni chog‘da CHust, Pop, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumanlari ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Qoramolchilik bo‘yicha Namangan shahri, CHust, Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uchqo‘rg‘on tumanlarining ulushi yuqori darajada. Mustaqillik yillarida, Namangan viloyati sanoatining to‘qimachilik, paxta tozalash, poyabzal, mebel‘ ishlab chiqarish, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida, bundan tashqari mulkchilik shakllarining o‘zgarishi va korxonalar tashkil etish shakllarida xam tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Sanoatda xorijiy investitsiya asosida qo‘shma korxonalar yuzaga keldi va bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyat sanoat korxonalarida xilma-xil sanoat va halq iste‘moli mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati yaxshilanib, ularning raqobatbardoshligi ortdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami kengaydi. Viloyatda 2017 yilda korxonalar soni 19952 mingtani tashkil etgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahrida (40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) tumanlarida joylashgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatda iqtisodiy geografik jarayonlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu xolat viloyat iqtisodiy geografik vaziyatida jiddiy sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatini yetarli darajada rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi: birinchidan, keyingi yillarda respublikada amalga oshirilib kelinayotgan 46 milliy investitsiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning Namangan viloyatida kutilgan amaliy natijalarni berayotganligi; ikkinchidan, aholining, xususan, kichik biznes egalarining bank, moliyainvestitsion kompaniyalar xizmatlariga bo‘lgan ishonchining ortganligi, o‘z mablag‘larini iqtisodiyotga yo‘naltirishga moyillikning o‘sishi; uchinchidan, mintaqa tadbirkorlik bozorida raqobatbardoshlik muhitining yaxshilanishi, davlat nazorat tizimining sezilarli darajada pasayishi, kichik biznes uchun yangi innovatsion loyihalar, zamonaviy minitexnologiyalar bozorlarining rivojlanishi kichik biznes tomonidan asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilinish hajmining oshishi. to‟rtinchidan, eng muhimi, mamlakat xukumati tomonidan qilinib, bugungi kunda muvafaqqiyatli olib borilayotgan Namangan viloyati iqtisodiyotini, shu jumladan, real sektor tarmoqlarini, kichik biznes sektorini hamda shaharsozlikni rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy dasturlarning izchil ijrosi o‘z samarasini berishi va x.k. 2.2. Namangan viloyatida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish xususiyatlari Tadbirkorlik sub‘ektlarini respublika milliy iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini ta‘minlashdagi ahamiyati o‘ta muhim xisoblanadi. SHu sababli, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotning ushbu sohasiga katta e‘tibor berilib, ko‘plab chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, mamlakat mintaqalarda tadbirkorlik munosabatlarini samarali rivojlantirish va hududiy tashkil qilish, ularning mintaqalar iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirish borasida ko‘plab me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. 2017 yilda Namangan viloyatida 2,5 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik korxona va tashkilotlari tashkil etilib, bu 2016 yilga nisbatan 1,2 foizga ko‘paygan. Shuningdek faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlaring soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 foizga ko‘paygan hamda ularning soni 1758 mingtani tashkil этган. 47 Buning natijasida 2017 yil faoliyat ko‘r satayotgan korxona va tashkilotlar soni 1,1 foiz ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 19952 mingtani tashkil etgan. Fao liyat ko‘rsatayotg a n korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahrida (40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) tumanlari xissasiga to‘g‘ri keladi (2-rasm). 2-rasm Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar ulushi (sonda) (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 8 Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha jami fao liyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilot laming 24,3 foiz savdoda, 19,5 foiz sanoatda, 7,3 foiz qurulishda, 7,3 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 4,0 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda, 3,5 foiz tashish va saqlash, 1,5 foiz axborot va aloqa, 2,2 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va 30,4 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘gri keladi. Mintaqalar iqtisodiy geografik vaziyatini shakllanishi va tadbirkorlik muxtini rivojlanishida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyati va 8 http://www.namstat.uz 48 ularning hududiy tashkil etilishi ham muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi. 2017 yilda Namangan viloyatida jami 103 ta Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud bo‘lib, ulardan 71 tasi qo‘shma korxonalar toifasiga mansub xisoblanadi. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Namangan shahri va Uychi, Namangan, Pop, Chust, Kosonsoy, Chortoq tumanlari hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalar esa Mingbuloq, Norin, Uchqo‘rg‘on va Yangiq‘org‘on tumanlari hissalariga tog‘ri keladi (2-jadval). Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab etadi. 2-jadval Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar bo‟yicha taqsimlanishi № Hududlar Soni Ulushi 1 Namangan sh 45 43,8 2 Mingbuloq t 1 1,0 3 Kosonsoy t 6 5,8 4 Namangan t 7 6,8 5 Norin t 3 2,9 6 Pop t 7 6,8 7 To‘raqo‘rg‘on t 6 5,8 8 Uychi t 9 8,7 9 Uchqo‘g‘on t 3 2,9 10 Chortoq t 6 5,8 11 Chust t 7 6,8 12 Yangiqo‘rg‘on t 3 2,9 Jami 103 100 Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan Viloyatida 2017 yilning o‘zida 17 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar 49 tashkil etilgan bo‘lib, shulardan asosiy qismi Namangan shahri (7 ta), Kosonsoy (2 ta), Pop (3 ta), To‘raqo‘rg‘on (2 ta) tumanlarida tashkil etilgan. SHuningdek, Uychi, Uchqo‘rg‘on hamda Yangiqo‘rg‘on tumanlarida ham bittadan shunday korxonalar tashkil etilgan. Viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar toifasiga mansub korxonalarning asosiy qismi sanoa tarmoqlarida faoliyat yuritadi. Faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taxlil qilinadigan bo‘lsa eng ko‘p korxonalar sanoat tarmog‘ida tashkil etilgan (3-rasm ) (3-rasm). Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi (foizda) Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 9 Ko‘rinib turibdiki faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Sanoat va savdo faoliyat turiga to‘gri keladi. Shuningdek eng kam ulushi esa sog'liqni saqlash va ijtimoiy xiz matlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘gri keladi. 9 http://www.namstat.uz 50 Tadbirkorlik muxitida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning tarkibida hamkor davlatlarning geografiyasi ham mazkur mintaqa ixtisoslashuviga katta ta‘sir ko‘rsatadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadik, viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi 103 ta korxonalarning 69,9 foizi (72 ta) uzoq xorijiy davlatlar hissasiga, 30,1 foizi (31 ta) esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari hissasiga to‘g'ri keladi. Jumladan, viloyatda MDX davlatlari ishtirokidagi korxonalar sonida Rossiya Federatsiyasi ishtirokidagilar mutloq ustunlikka ega bo‘lib, ularning soni 23 tani tashkil etadi. Ushbu korxonalar Namangan shaxrida 10 tani, Pop va Chustda 3 tadan, Chortoqda 2 tani, To‘raqorg‘on, Norin, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Namangan tumaniarida 1 tadanni tashkil etadi. Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalarning 23 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 12 tasi Turkiya Respublikasi, 8 tasi Janubiy Koreya Respublikasi, 5 tasi Buyuk Britaniya qolganlari esa Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri (4-rasm) (4 rasm) Uzoq davlatlar ishtirokidagi korxonalar soni to‟g‟risida ma‟lumot Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 51 Mintaqalar iqtisodiyotini erkinlashtirish, iqtisodiy munosabatlarda demokratik tamoyillarning ustunligini ta‘minlash, erkin iqtisodiy xo‘jalik faoliyatini qaror toptirish va kafolatlash tizimining barpo etilishi bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini asosiy shakllaridan bo‘lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning o‘rni katta sanaladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‗llab–quvvatlash va rag‗batlantirish, ularni erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit va muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida Namangan viloyatida kichik biznes sub‘ektlarining soni 16928 tani tashkil qildi. SHundan, dexqon va fermer xo‗jaliklarini xisobga olmaganda 2017 yilda 2353 ta kichik biznes sub‘ektlarini tashkil etildi (2016 yilning shu davriga nisbatan 119,9 foizga ko‗pdir). Tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub‘ektlarining ixtisoslashuv darajasi viloyat huduiy mehnat taqsimotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. SHu jihatdan, assoiy kichik biznes sub‘ektlari sanoat tarmog‗ida (34,4 foizi), savdo sohasida (26,0 foiz), qishloq, o‗rmon va baliqchilik xo‗jaligida (12,7 foiz) va qurilishda (5,6 foiz) tashkil etilgan (-rasm). (5-rasm) Yangi tashkil etilgan kichik biznes sub‟ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo„yicha taqsimlanishi Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 52 Ustuvor vazifaning muvafaqqiyatli ijrosi o‘z navbatida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishda muhim o‘rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bo‘lgan kichik biznes sektorining mavqeini yanada oshirish hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. 2017 yil viloyat yalpi hududiy mahsulotning 70,6 foizi (2016 yilda 71,0 foiz) kichik biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Ma‘lumotlarga ko‘ra mazkur yilda kichik tadbirkorlik (biznes) sub‘ektlari tomonidan 863,4 ming nafar kishining bandligi ta‘minlangan bo‘lib, jami iqtisodiyotda band bo‗lganlarning 83,4 foiziga to‘g‘ri kelgan. Bu sohada band bo‗lganlarning 601,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatida, 137,5 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‗g‗ri keladi. 6-rasm Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ulushi (foizda) Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga har tomonlama berilayotgan e‘tibor, sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan bir qator farmon va qarorlarning ijrosini ta‘minlash natijasida viloyatda tadbirkorlik bo‘yicha qulay 53 ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Buning natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub‘ektlarining o‘rni va ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Viloyatda kichik biznesning rivojlanishi viloyat iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga to‘liq monand keladi. Ya‘ni, viloyatda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida kichik biznesning ustunligini ham ta‘minlab bergan. Tarmoqda kichik biznesning yuqori mavqeni egallashi shubhasiz tez sur‘atlarda rivojlanib borayotgan fermer va dehqon xo‘jaliklari hisobiga ro‘y bergan. Ayni shu jihatdan ham eng barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan kichik biznes sub‘ektlari ham aynan shu tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi (3-jadval). 3-jadval Kichik tadbirkorlik sub‟ektlari mahsuloti umumiy hajmidagi xususiy tadbirkorlikning ulushi № Sohalar Kichik tadbirkorlik sub‟ektlari maxsulot i/ch hajmi (mlrd. so’m) Ulushi foizda 1 Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 4844,2 99,3 2 Sanoat 2669,4 68,4 3 Qurilish 1458,9 93,9 4 CHakana savdo 5905,8 91,2 5 Yuk tashish (mln. tn) 19,7 94.8 Jadaval Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari asosida tuzilgan Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaliklari tomonidan 4844,2 mlrd. so‗mlik maxsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2016 yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 101,2 foizga (qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaliklari yalpi mahsulotining 99,3 foizi) oshgan. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi esa 2669,4 mlrd. so‗mni tashkil etgan holda (jami sanoat ishlab chiqarishining 68,4 foizi) 2016yilga nisbatan 105,5 foizga o‗sganligini ko‘rish mumkin. Bugungi bunyodkorlik va yangilanish davrida qurilish sohasining ko‘rsatkichlari ham mintaqalar ishtimoiy iqtisodiy taraqqiyotinig asosiy ko‘rsatkichlaridan sanaladi. Bu borada viloyatda 2017 yilda 1458,9 mlrd. so‗mlik 54 qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 93,9 foizi) amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 106,6 foizga ko‗payganligi kuzatiladi. Bozor munosabatlari sharoitida oilaning iqtisodiy funktsiyalariga uy xo‘jaligi, iste‘molchi, ishlab chiqaruvchi, ishchi kuchi va investor sifatiga qarash mumkin. Oilaning mazkur jamiyatdagi funktsiyalari ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarda qator muammolarni hal qilishga hamda malakat ishlab chiqarish jarayonlarining jadallashuviga xizmat qiladi. 2012 yil 26-apreldagi O‘RQ-327 sonli qarori bilan ―Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun normalari bilan mamlakatimizda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining kam tahminlangan, lekin iqtisodiy faol qatlamini bu sohaga keng jalb etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar va ayollar, umuman mehnat bilan band bo‘lmagan aholi qatlami o‘z ishini yo‘lga qo‘yishi uchun qulay shart-sharoit yaratilgan. Oilaviy tadbirkorlik sohasida, ayniqsa, qishloq joylarda barqaror yangi ish joylarini tashkil etish hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ishchi kuchlarini shu jumladan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan tadbirkorlarga yordam berayotgan oila a‘zolarini rasmiy bandlik sohasiga bosqichma-bosqich jalb etilishini ta‘minlaydi. Oilaviy tadbirkorlik – kichik tadbirkorlikni tashkil etishning shakllaridan biri bo‘lib, unda bir oila a‘zolari va ularning qarindoshlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonaning mulkdori va ishchisi hisoblanadi. SHuningdek, oilaviy tadbirkorlik oila a‘zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladi va o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilib yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni yuritishning bugungi xolati, mamlakat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik va xususiy tadbirkorlikni yuqoriligini 55 ko‘rsatadi. Oilaviy tadbirkorlik mamlakat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur xolat, mamlakatda bu soxaga katta e‘tibor qaratilayotganligi bilan birga faoliyatning bunday shakli o‘zbek xalqi uchun an‘anaviyligidan dalolat beradi. Qolaversa, o‘zbek xalqi oiladagi ma‘naviy va moddiy manfaatdorlik uyg‘unligi, oila a‘zolarining birday ma‘sulligi, oilada turli kasb va hunarlarning avloddan avlodga o‘tishi kabi azaliy urf odatlarga ega. Bu xolat oiladagi ijtimoiy munosabatlarning yanada yaxshilanishiga olib kelishi natijasida jamiyat taraqqiyotining barqarorligini hamda iqtisodiy rivojlanish asosini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kundda putr yetgan yuqoridagi o‘zbek oilasiga mansub an‘analar va fazilatlarni ya‘ni, milliy xunarmandchilik, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi azaliy urf odatlar va meroslarni saqlab qolishda oilaviy tadbirkorlikni hissasi katta hisoblanadi. Aytish joizki, oilaviy tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratishdan kam ta‘minlangan oilalar, vaqtincha ishsiz kishilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bevosita manfaatdor bo‘ladi. Yangi ish o‘rinlari yaratilishi va aholi uchun barqaror daromad manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Namangan viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalarning Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda oilaviy korxonalarning 76,6 foizi yoki 127 tasi sanoat, 60,9 foizi yoki 37 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 26,1 foizi yoki 29 tasi savdo, 12,5 foizi yoki 27 tasi qishloq , o'rmon va baliq xo'jaligi, - 1.6 fo iz i yoki 3 tasi axborot va aloqa, 2 tasi qurilish, yoki 3 tasi tashish va saqlash hamda 12,5 foizi yoki 18 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to'g'ri kelmoqda (7- rasm). 2017 yilda 98 ta yaangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, 58 ta sanoatda, yashash va ovqatlanish xizmat- larida 12 ta, savdoda va qishloq va o‘rmon va baliq xo‘jaligida 10 tadan, boshqa turlarda 8 ta oilaviy korxonalar tashkil etilgan. Ko‘rinib turibdiki viloyatda oilaviy korxonalar asosan sanoat tarmoqlarida tashkil etilagan. Bu mintaqa sanoat ixtisoslashuvini hamda sanoat koperatsiyasini rivojlanishini keltirib chiqaradi. 56 7-rasm Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‟yicha ulushi, foizda Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojdanishi hamda tadbirkorlik muxiti imkoniyatlarini o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: birinchidan, mintaqada tadbirkorlikni rivojlanishi viloyat iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda muhim omil hisoblanadi; ikkinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishi demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va mulkdorlik hissini oshishiga yordam beradi; uchinchidan, bu sohani rivojlantirish milliy urfodatlarimizning saqlanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi; to‟rtinchidan, tadbirkorlik mintaqa aholisining qadimiy a‘analari va milliy hunarmandchiligini dunyoga tarqalishiga hizmat qiladi va turizm rivojlanishi imkoniyatini beradi; beshinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik viloyatda aholi bandligini ta‘minlash va farovonligini yuksaltirishga katta turtki beradi; oltinchidan, mahallalarda oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga 57 ko‘maklashish va rivojlantirish turli jinoyatchilikni kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin va h.k. 2.3. Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari Tadbirkorlik faoliyati va muxitini rivojantirishdagi mavjud muammolarni yechimini topish istiqbollashtirilayotgan ishlar ijrosini ta‘minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini oshirishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular bo‘yicha chora tadbirlarni belgilashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2015 yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotimizning hal qiluvchi tarmoqlaridan biriga aylanib borayotgani, uning Namangan viloyatida izchil rivojlanayotganini alohida e‘tirof etib, hozirgi kunda yalpi hududiy mahsulot tarkibida bu sohaning ulushi 80 foizni tashkil etganligini, ish bilan band aholining 82 foizdan ziyodi ushbu sektorda mehnat qilayotganligini ta‘kidladilar. SHu bilan birga, bu sohada ayrim muammolar borligi ham qayd etilib, ―… viloyatda ro‘yxatga olingan 14 ming 765 ta kichik biznes sub‘ektining 2 mingdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmayapti. Kichik biznes sub‘ektlari o‘z ishini tashkil etishi uchun ularga binolar, yer uchastkalari ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish masalalarida hali-beri to‘siq va g‘ovlar uchrab turibdi‖ 10 deb e‘tirof etdi. Qo‘yilayotgan talab va extiyojlardan kelib chiqib, tadbirkorlik faolligini oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta‘minlashi zarur: - milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash negizida uni barqaror rivojlanishini ta‘minlash; - iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta‘miinlash; - Tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab – quvvatlash tizimini amalga oshrish orqali, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish; 10 Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr. 58 - Tadbirkorlik muxitini shakllantirishga xizmat ko‘rsatuvchi infrtuzulmalarni samarali harakat qilishini ta‘minlash. Shuningdek Namangan viloyatia tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - Tadbirkorlik muxitini shakllantirishning huquqiy-meyoriy va tashkiliy asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta‘sirida ruy berayotgan o‘zgarishlarga mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish; - davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga qo‘llash; - Tadbirkorlik faoliyatini innovatsiya negizida rivojlanishini ta‘minlash borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; - Tadbirkorlik faoliyati sust bo‘lgan tumanlarda soxani moliyaviy jihatdan ta‘minlashning mavjud mexanizmlarini samaradorligini oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investitsiya muhitini yaratish; - Tadbirkorlik sub‘ektlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish va imtiyozlar joriy etish; - Viloyatdagi ta‘lim muassaslarida tadbirkorlik saohasi uchun malakali raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish; - Tadbirkorlik sohasida kooperatsiyani chuqurlashtirish va tumanlar doirasida klasterlarni shakllantirish. Tadbirkorlik yo‘nalishlarda olib boriladigan chora tadbirlarni ishlab chiqishda kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamalkatimiz sharoitlariga tatbiq etish muhimdir. Xususan, statistik ma‘lumotlarga ko‘ra Italiyada yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 3-5 foizni tashkil etadi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning 59 o‘ziga xos xususiyati shundaki, yirik firmalarda ishlash bilan birga o‘rindoshlik bo‘yicha kichik va hunramandlik korxonalarida ham mehnat qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. SHuningdek ishlab chiqarish tuzilmasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri kooperativ (shirkat) sektoridir. Korperatsiya shakli mamlakat tashqarisida «sanoatlashtirishning italьyan modeli»dir. Bunday sanoat okruglarining samaradorligi shundaki, ular mahalliy imkoniyatlardan samarali foydalana oladilar. Buning natijasida korxonalar bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ladi, jumladan: korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid ma‘lumotlar olish imkonini beradigan aniq axborot tizimi yuzaga keladi; milliy mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda kichik korxonalar yetakchi mavqega ega bo‘ladi; tarmoq usulida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish kooperativlarida bandlik yuqori darajada bo‘ladi. Iqtisodchi olimlar tadqiqotlariga ko‘ra Italiya iqtisodiyotida turli sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarni texnologik jihatdan birlashtirish tashkilik shakli «konstellyatsiya» 11 ahamiyati alohida e‘tirof etiladi. Bunda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, murakkab tayyor mahsulotni ishlab chiqiarishda cheklangan miqdordagi korxonalar birlashib faoliyat yuritadi. Bunday tashkiliy shaklda birlashgan korxonalarning biri mahsulot tayyorlash jarayonini bajarsa, ayrimlari texnologik jarayon uchun mas‘ul bo‘ladigan, ba‘zilari esa savdo bilan shug‘ullanadilar. Natijada nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish muammosi hal bo‘ladi, shuningdek, ishlab chiqarish ko‘lami ham kengayadi. Bunday jarayonda yetakchilikni konstellyatsiyada oxirgi bosqichdagi ishlarni bajaradigan korxona amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi. Demak korxonalardagi faoliyatning muvofiqlanishuvi yuzaga keladi. Turli 11 ―constellazione‖ – юлдузлар туркуми демакдир 60 konstellyatsiyalarda hamkorlik qilish, bozorda ma‘lum bir mahsulot turiga bo‘lgan talabning kengaytirilishi va erkin raqobat muhiti yaratiladi, shu bilan birga mahsulotning tannarxi va uning narxi pasayishiga olib keladi. Fikrimizcha, Italiya Respublikasida kichik biznes sub‘ektlarini rivojlantirishning bu tashkiliy shakli O‘zbekistonda ham mavjud xususiyatlar asosida foydalanish mumkinligini e‘tirof etmoqchimiz. CHunki bois konstellyatsiya usulini O‘zbekiston amaliyotida ham qo‘llash, tadbirkorlikda afzalliklar yaratadi, bular: - Tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirishni ta‘minlaydi; -texnologik jihatdan murakkab bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi; - korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi; - marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning realligini ta‘minlaydi. Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun tashqi bozor talablariga to‘liq javob beradigan marketing majmuasi axborotlari bilan ta‘minlangan bo‘lishlari zarur. Bozorlarning o‘ziga xos salohiyati va bozor kon‘yukturasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha joriy axborot tizimiga, kompaniyalarning barcha resurslari bevosita savdo faoliyatiga qaratilgan va asosiy xaridorlar bilan doimiy aloqa o‘rnata oladigan tashkilotlar bu eksport savdo kompaniyalaridir. Jahon amaliyotida eksport faoliyatini tashkil etishning chet ellarda savdo uylarini ochish shakli ham tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida keng tarqalgan. O‘zbekiston savdo uylarining chet ellarda tashkil etilishi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar eksport faoliyati samaradorligining oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Ularning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida savdo vositachilari ko‘mak beradi va hamkorlar va xaridor topishga dastlabki imkoniyat yaratishi mumkin. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini va xorijiy tajribani o‘z ichiga qamrab oluvchi ―Mintaqada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi‖ni ishlab chiqish maqsadga 61 muvofiq deb hisoblaymiz. Uni ishlab chiqish jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e‘tibor berish lozim: Birinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishida tadbirkorlik mehnat unumdorligi bog‘liqlik omillaridan, yildan yilga ijobiy natijalarga erishish, ishlab chiqarish uzluksizligi yoki davomiyligini saqlash, kabi ko‘rsatkichlarga e‘tibor berilishi zarur. Ikkinchi omil ko‘proq kichik biznes sub‘ektlariga taaluqlidir. CHunki amaliyotda bunday tadbirkorlik sub‘ektlarining yangi tashkil etilishi va faoliyatini to‘xtatishi ko‘p uchraydi. Ikkinchidan, tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib tadbirkorning boy ma‘naviy qiyofaga ega bo‘lishini, bilim–malakasini oshirishni o‘z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy maqsadga aylantirish. Uchinchidan, har bir tadbirkor o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta‘minlash. To‟rtinchidan, tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda rivojlantirishda ularga nisbatan rag‘batlantirishni amalga oshirishda tadbirkorni mahsulot (ish, xizmat) sifatining va xajmini yaxshilanishi va ilg‘or texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshirishi ko‘rsatkichlariga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorlarning aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda, aholi bandligini oshirishda yangi ish o‘rinlari barpo etishning samarali yo‘llarini qo‘llaganligini qo‘llab quvvatlash lozim. Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yaqin istiqbolda moddiytexnik ta‘minoti bo‘yicha kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: - birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish; - zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi: - respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar katologini tuzish; 62 - viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini takomillashtirish; - har bir tadbirkorlik sub‘ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini takomillashtirish; - mamlakatda oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash. Buning uchun, albatta, tadbirkorlarni axborot-maslahat markazlari bilan ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki tadbirkorlik faoliyatini o‘sishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tayanch tarmoqlarini rivojlantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishladi va tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili o‘lgan tadbirkorlik, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi. Namangan viloyatida tadbirkorlikni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda quyidagi holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: - viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini mintaqa xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish; - hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish; - ma‘muriyatchilikni keskin cheklash; - yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish; - korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish; -tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish va takomillashtirish orqali sifat ko‘rsatkichiga erishish. 63 Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoniga12 muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish belgilab qo‘yilgan. Buning uchun xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur uchinchi yo‘nalishadа viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Mamlakatimiz tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan mazkur vazifalar hamda o‘rganishlardan kelib chiqib mintaqalar tadirkorlik muxitlarini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni amalga oshirish lozim. Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, hudud aholisi daromad darajasini 12 http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036 64 oshirish va shu orqali aholining turmush darajasini ko‘tarishga oid amaliy tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda, mintaqa mahalliy bozorini ichki resurslar hisobiga to‘yintirish hamda hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi. Albatta, bu boradagi asosiy mas‘ulyat yirik ishlab chiqarish tuzilmalari hissasini va ahamiyatini inkor qilmagan holda ko‘p jihatdan kichik va xususiy tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz. Ayniqsa bu borada Namangan viloyati singari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lgan hududiy birliklar rivojlanishida kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi. SHu nuqtai nazardan Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq. 65 Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral. http://lex.uz. 2. O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «Xalq so‘zi» gazetasi, 1995 y, 21 dekabr 3. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi isloxotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me‘yoriy xujjatlar to‘plami. I-tom. -T.: O‘qituvchi. 1998. 416 b. 4. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.: «O‘zbekiston», 1999 y. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni 6. Мирзиѐев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. Халқ сўзи газетаси 2017 йил 16 январ, № 11. 7. Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. http://uza.uz/oz/politics/erkin-va-farovon-demokratik-zbekiston-davlatinimard-va-olizh-14-12-2016 8. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://president.uz/uz/lists/view/1371 66 9. Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr. 10. Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. 168 с. 11. Абдуллаев О. Наманган вилояти. Наманган, 1994 й. 148 б. 12. Абдуллаев О. Фарғона водийси: ижтимоий-иқтисодий ривожланиш жараѐнлари. -Наманган.: Меҳнат, 1991.-215 б. 13. Абдуллаев О., Исмоилов Р. Кичик ва ўрта бизнесни бошқариш. – Наманган, 2001. -115 б. 14. Абдуллаев Ё., Каримов Ф. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари: 100 савол ва жавоб. Т.: «Меҳнат», 2000. 186 б. 15. Зяблюк Н.Г. Государство и малый бизнес США. Социальнополитический аспект. М.: Наука, 1987. 242 с. 16. Мирзаева Ш.М. ва бошқ. Ўзбекистонда ишбилармонлик ва тадбиркорликнинг ривожланиши. Тошкент. 1999 й. 156 б. 17. Курс предпринимательства. /Учебник для вузов. –М.: «Финансы», ЮНИТИ, 2001 18. Лебедова С.Ю. Регулирование и поддержка малого и средного предпринимательства в ЕС и России. Манбаа: http://www.dis.ru/mang/arxiv/2001/1/6.html 19. Никологорский Д.Ю. О методах государственной поддержки малого и средного бизнеса. Журнал ―Проблемы теории и практики управления‖. № 11, ноябрь, 2006 г. 20. Рубе В.А. Малый бизнес: История, теория, практика. – М., МГУ, 2000. с.78. 21. Российское обозрение малых и средних предприятий 2001. – М., 2002. Ресурсный центр малого предпринимательства http://www.lib.rcsme.ru 22. Солиев А ва бошқалар. Минтақавий иқтисодиѐт. Т.: Университет, 2003 й, 366 б. 67 23. Солиев А, Назаров М, Қурбонов Ш.―Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоийиқтисодий ривожланиши‖. Т.: 2011, 300 б. 24. Солиев А. Иқтисодий география: назария, методика ва амалиѐти [Матн]: танлаган асалар / А.Солиев; маъсул муҳаррир: О.Б.ОтаМирзаев. – Тошкент: Камалак. 2013. -184 б. 25. Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тошкент, 2014 й, 404 б. 26. Тореев В.Б., Вороновская О.Е. Эффективность программ поддержки малого предпринимательства. – М., Журнал «Экономическая наука современной России», № 3, 2002 г. Стр. 73-87. 27. Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. /илмий таҳлилий журнал, -Т.: 2005 йил, № 3-4. 28. Егамбердиев э., Хўжақулов Х. Кичик бизнес ва тадбиркорлик. –Т.: ТМИ, 2003. 246 б. 29. Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: ТДАУ, 1998. 214 б. Internet saytlari 1. http://www.gazeta.uz - O`zMAA internet-OAV. 2. http://www.ziyonet.uz – O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim portali 3. http://www.namstat.uz- Namangan viloyati statistika boshqarmasi sayti 4. http://bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna variantlarini o`zida qamrab olgan veb-sahifa. 5. http://www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi axborot bilan ta‘minlash markazi. 6. http://www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. 7. http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. 8. http://kun.uz/ 9. http://www.rea.uz 10. http://www.humanities.edu.ru 11. http://www.rcsme.ru/lib.as 12. http://www.i-u.ru Download 250.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling