Biznesni raqamlashtirish amaliyoti kompaniyani raqamli transformatsiyalashuv yoʻnalishlari Reja
Download 85.47 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Kompaniyani raqamli transformatsiyalashuv yoʻnalishlari (2)
247 BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI Kompaniyani raqamli transformatsiyalashuv yoʻnalishlari Reja: 1. Jahondagi raqamli transformatsiyalashuv 2. Raqamli transformatsiyaning yoʻnalishlari 3. O‘zbekistonda raqamli transformatsiyalashuv jarayonlari Raqamlashtirish, didjitalizasiya, avtomatlashtirish tushunchalari ancha vaqtdan buyon bahs-munozaralar, iqtisodiy forumlar va ixtisoslashtirilgan konferentsiyalarning dasturlari kun tartibida mustahkam oʻrin egallagan. Albatta, ushbu mavzu ba’zan qisqa muddatli inqiroz katalizatorlariga yoʻl ochib beradi (masalan, sanktsiyalar va savdo urushlari), lekin aslida bu bugungi kunda biznes va umuman jamiyatni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Biroq, raqamli transformatsiya avtomatlashtirish yoki raqamlashtirishdan qanday farq qiladi? Gap shundaki, avtomatlashtirish yoki raqamlashtirish bu, birinchi navbatda, jarayonlarni yoki ob’yektlarni avtomatlashtirilgan (raqamli) ga oʻzgartirish usulini anglatadigan atamalardir. Raqamli transformatsiya esa raqamli texnologik tsiklda samarali ishlashi mumkin boʻlgan yangilangan modelni yaratish uchun biznesni moslashtirish jarayonini anglatadi (hozirgi shaklning oʻzgarishi, A shaklini yangi B shaklga oʻtishi sifatida tasavvur etish mumkin). 4.1.-rasm. Raqamli transformatsiya Raqamli texnologiyalar ta'siri ostida iqtisodiyot va jamiyatdagi global o zgarishlar, axborotni iste'mol qilish formatlari, aloqa vositalari, odamlarning ijtimoiy va texnologik o zaro ta'siri usullari va boshqalar. Yangi texnologik sikl sharoitida biznesning qayta qurilishi, ijtimoiy va iqtisodiy o zgarishlar, ishlab chiqarish sikliga yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlar va xizmatlardagi o zgarishlar, raqamli texnologiyalar va ma'lumotlardan foydalangan holda biznes modellarini o zgartirish. 248 Aslida, “raqamli transformatsiya” bu biznesni moslashtirish jarayonidan boshqa narsa emas, ammo strategik ma’noga ega. Biz buni mustaqil hodisa sifatida emas, balki joriy sikl-raqamli texnologiyalardan foydalangan holda uyushgan strategik oʻzgarish jarayoni sifatida qabul qilamiz. 90 Dasturiy ta’minot kompaniyalari birinchi boʻlib raqamli transformatsiyaga ehtiyoj sezdilar. Internet rivojlanishi bilan ular oʻz mahsulotlarini tarqatish usullarini bir necha bor oʻzgartirishi kerak edi: dasturiy ta’minot vositalarini sotishdan tortib, saytdan yuklab olishga va bulutli SAAS (dasturiy ta’minot xizmat sifatida) modeliga oʻtishgacha oraliq bosqichlarni bosib oʻtishdi. Transformatsiyaning har bir bosqichida tashkiliy tuzilmani, ishlab chiqarishni, biznes modelini, yetkazib berish va sotish zanjirlarini, aloqa usullari kabilarni sezilarli darajada oʻzgartirish kerak edi. Bugungi kunda, soʻrovlarga koʻra, dunyodagi turli sohalardagi kompaniyalarning 70% dan ortigʻi oʻzlarining raqamli transformatsiyasini amalga oshirish ustida ishlamoqda. Biznesni oʻzgartirishning maqsadi zamonaviy raqamli iqtisodiyotda samarali ishlashi va moslashishi mumkin boʻlgan tashkilot uchun yangilangan barqaror biznes modelini yaratishdir. Bu jarayon nafaqat texnologiyalarni bilishni, balki eng muhimi - innovatsion biznes modellarini qoʻllab-quvvatlashi va rivojlantirishi mumkin boʻlgan yangi avlod aktivlarini shakllantirish tamoyillarini tushunishni talab qiladi. Soʻnggi bir necha oʻn yilliklar davomida koʻplab yangi kasblar va vakolatlar paydo boʻldi, loyihalar va boʻlimlarni boshqarish uchun mutlaqo yangi metodologiyalar yaratildi, toʻliq raqamli kompaniyalar va eng yirik global infratuzilmalar paydo boʻldi. Amaliyot davomida mijozlar bilan ishlashda raqamli transformatsiyani boshqarish boʻyicha oʻziga xos yondashuv talab etiladi. Bu esa strategik loyihalar muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Biznesni oʻzgartirishning bir necha asosiy yoʻnalishlari ajratib koʻrsatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, raqamli transformatsiya bu barcha yoʻnalishlarda strategik tashabbuslarni amalga oshirishni anglatadi, albatta, oldindan ishlab chiqilgan strategik rejaga muvofiq. https://komanda-a.pro/blog/digital-transformation 249 Download 85.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling