Biznesni soliqqa tortish fani bo‘yicha oraliq nazorat savollari


Download 45 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi45 Kb.
#1231085
Bog'liq
Бизнесни солиқа тортиш бўйича оралик назорат саволлари (1)


Biznesni soliqqa tortish fani bo‘yicha
oraliq nazorat savollari.

1. Soliq solishda biznesni toifalarga ajratishning nazariy va amaliy


asoslari.
2. O‘zbekistonda mikro, kichik, o‘rta va yirik biznes toifalari.
3. Yevropa mamlakatlarida korporativ sub’ektlarni ijtimoiy soliqqa
tortish amaliyoti.
4. Yirik biznesni soliqqa tortish: mamlakatlararo sharh.
5. Kichik biznesni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
6. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan chet el tuzilmalari.
7. Aktiv chet el xolding kompaniyalari.
8. Advokatlik subyektlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
9. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
10. Kichik biznesning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish.
11. Budjet daromadlarini shakllantirishda kichik biznesning roli.
12. Moliyaviy ijara shartnomasi (lizing shartnomasi).
13. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o‘zaro
munosabatlari.
14. Oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilgan operatsiyalar
bo‘yicha soliqni hisoblash.9
15. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha soliqni hisoblash.
16. Biznes sub’ektlari ayrim toifalarini soliqqa tortishning xususiyatlari.
17. O‘zbekistonda foydani soliqqa tortish xususiyatlari.
18. Foydani soliqqa tortishda daromad va xarajat moddalari.
19. Ayrim soliq to‘lovchilar va operatsiyalar bo‘yicha soliq bazasining
aniqlashning xususiyatlari.
20. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solish.
21. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining
foydasini soliqqa tortish.
22. Konsolidatsiyalashgan soliq to‘lovchilar guruhini shakllantirish
tartibi.
23. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning foydasiga soliq solishning o‘ziga
xos xususiyatlari.
24. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yo‘llash tartibi.
25. Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartiblari.
26. Maxsus iqtisodiy zonalarda biznes sub’ektlarini soliqqa tortish.
27. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan
faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
28. To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi
yuridik shaxslarga soliq solish tartibi.
29. Advokatlik sub'ektlari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi
notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
30. Yuridik shaxslarning dividend va foiz tarzidagi daromadlariga soliq
solish.
31. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
norezidentlar daromadlariga soliq solish.
32. Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan
daromadlariga soliq solish.
33. O‘zbekistonda ijtimoiy soliq to‘lovchilari va elementlari.
34. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
35. AQSHda korporativ sub’ektlarni ijtimoiy soliqqa tortish amaliyoti.
36. Kanadada korporativ sub’ektlarni ijtimoiy soliqqa tortish amaliyoti.
37. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida korporativ sub’ektlarni ijtimoiy
soliqqa tortish amaliyoti.
38. G‘arbiy Evropa mamlakatlarida korporativ sub’ektlarni ijtimoiy
soliqqa tortish amaliyoti.

Oraliq nazorat uchun talablar. - -= Oraliq nazorat referat shaklida elektron(word) ko‘rinishida lotin yozuvida yoziladi. = Referatning adabiyotlar ro‘yxatidan keyin mavzuni mustahkamlash maqsadida 10 ta test tuziladi. = Testning namunaviy shakli pastda keltirilgan.
1. Mavzu doirasida referat qilinadi. Referatda:
Titul, reja, asosiy matn, xulosa va Foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lishi lozim.
2. Matnda snoska(havolalar ) bo‘lishi, adabiyotlar ro‘yxati havolalardan tashkil topishi kerak.
3. Matnda kamida 3-rasm(chizma), 3-jadval bo‘lishi lozim.
4. Mavzuni mustahkamlash maqsadida 10 ta test ham bo‘lishi lozim.
5. Matn Times Nimes New Roman 14 shriftda 15 betdan kam bo‘lmagan holda bo‘lishi lozim. Interval 1.15 bo‘lishi kerak.
6. Oraliq nazoratni topshirish muddati 27.02.2023 yil soat 18. 00 gacha
7. Oralik nazoratni kech topshirganlar har bir kun uchun jarima balli 5 ball jami ballning 50% miqdoridan oshmagan holda qo’llaniladi.
Oraliq nazorat topshirmaganlar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 8. Javoblar guruhning telegramm kanaliga guruh va ism familiya va fan nomi ko‘rsatilgan holda yozilib joylashtiriladi. Ismi familiya, guruhi, fan nomi qo‘yilmaganlarning tayyorlagan topshiriqlari qabul qilinmaydi. O‘qituvchining lichkasiga yubormang. O‘qimayman. Sababi institutda mingdan ziyod talab o‘qiydi. Tahlil qilishga jismonan vaqt yetmaydi.
Testning namuna shakli 1. Soliqlarning ilk ko‘rinishlari qanday shakllarda bo‘lgan?
a) Qurbonlik, natura va mehnat
b) Oltin tangalar va kumush pullari
c) Qimmatli qog‘ozlar va qimmatbaho tolalar
d) Mo‘ynalar va oltin tangalar
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling