Biznesni soliqqa tortish fanidan


Download 54.01 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi54.01 Kb.
#1172099
  1   2   3   4
Bog'liq
Refarat B.Ilxomov Biznesni soliqqa tortish fanidan


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUTI.


R E F E R A T


BIZNESNI SOLIQQA TORTISH FANIDAN
Mavzu: Sug’rta, Qayta sug‘urta tashkilotining sug’urta, qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’cha daromadalrni soliqqa tortish.


Bajardi: SST 2 S 10-21
guruh o’quvchisi
Ilxomov Bekmurod
Qashqadaryo viloyati 2022


Sug’rta, Qayta sug‘urta tashkilotining sug’urta, qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’cha daromadalrni soliqqa tortish.


REJA:
1. Sug’urtaning kelib chiqish tarixi va Sug’urtaning moxiyati, funksiyalari
2. Qayta sug‘urta haqida tushuncha va Qayta sug‘urtaning turlari va shakllari
3. Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi.
4. Sug‘urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi.


1. Sug’urta ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining ilk davrlaridan yuzaga kelib, asta sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas xamroxiga aylandi. Sug’urta iborasining birlamchi ma'nosi «qo’rquv» («strax») so’zi bilan bog’liqdir. Mulk egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkining saklanishiga, tabiiy ofatlar, yong’in, o’girlik va iqtisodiy xayotning boshka ko’zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida yakson bulishi yoki yuqotilishiga nisbatan qurquv xis etganlar.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o’rtasida birgalikda qoplash g’oyasi yuzaga keldi.
Ko’rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural Sug’urta bo’ylgan. Don, em-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan maxsulotlar xisobidan aloxida talofat ko’rgan dexqon xujaliklariga moddiy yordam kursatilgan. Bunday Sug’urta, albatta, bir qancha chegaralangan bulib, keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan o’z urnini pul shaklidagi sug’urtaga berdi.
Rivojlangan jamiyat sharoitida sug’urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashqilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari ximoyasining asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlashda va axolini ko’ngilsiz xodisalardan ximoya qilishda sug’urtaning o’ziga xos muxim urni bor. Sug’urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o’tishning muxim iqtisodiy dastaklaridan xisoblanadi. Sug’urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jixatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga o’z ta'sirini kursatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab buldi. Endilikda xar bir xujalik ob'ektining tashqilotchisi o’z ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona xarakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi mumkin bulgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko’rishga xam intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida Sug’urtaga bo’lgan talab kuchaya boshladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoklari bilan bevosita boglangan. Shunday ekan ishlab chiqarishga ta'sir kursatgan tabiiy ofatlar bozor iqtisodiyoti yunalishlarini chetlab o’ta olmaydi. Sug’urta kup tarmokli xujaliklarnig mol-mulkini saqlashda va tiklashda aloxida axamiyat kasb etadi. 
Inson va tabiiy ofatlar o’rtasidagi karama-karshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish va lokalizasiya qilish, xamda yetkazilgan zararni so’zsiz qoplash buyicha insonlar o’rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu ob'ektiv munosabatlar insonlarning erishgan xayot darajasini saqlab kolishga bo’lgan real va mavjud extiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni aloxida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig’indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni Sug’urtaviy ximoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashqil etadi. 

Bozor iqtisodiyotiga o’tish va mustaqillik talablari asosida Sug’urta soxasida quyidagi sifat o’zgarishlari sodir buldi.
Birinchidan, Sug’urtani boshqarishda markazlashgan tartib o’rniga markazlashmagan tartib joriy qilindi. Mustaqil Sug’urta tizimi barpo qilindi. Ilgari barcha Sug’urta tashqilotlari SSSR Sug’urta boshqarmasiga itoat qilgan bulsalar, endilikda Sug’urtani boshqarish respublika miqyosida amalga oshiriladigan bo’ldi. Ular O’zbekiston Moliya Vazirligi tarkibidan chiqib, davlat bosh isloxotchi bo’lgani xolda “UzagroSug’urta”, “Kafolat” kabi davlat aksionerlik Sug’urta kompaniyalariga aylantirildi. “Madad” Sug’urta agentligi, “Uzbekinvest” EIMSKlari tashqil etildi. Xozirda respublikamizda 28 ta (2008 yil 1 yanvar xolatiga) Sug’urta kompaniyasi bor.
Ikkinchidan, aloxida Sug’urta xaqida qonun qabul qilinib, unda respublikamizning o’ziga xos xususiyatlari e'tiborga olindi.
Uchinchidan, xorijiy mamlakatlarda Sug’urta tashqilotlari bilan xamkorlik qilish kuchaydi, ular ishtirokida qo’shma Sug’urta kompaniyalari barpo qilindi. Respublika Sug’urta tashqilotlari jaxon Sug’urta tashqilotlari qatoridan joy oldi.
To’rtinchidan. Sug’urta mablag’laridan investisiya maqsadlarida foydalanish asosida ularning moliyaviy axvoli yaxshilandi. Xorijiy mamlakatlar mablag’laridan investisiya maqsadlarida foydalanishda Sug’urta tashqilotlarining vositachilik roli vujudga keldi.
Beshinchidan, Sug’urta tashqilotlari bilan kredit muassasalarining xamkorligi kuchaydi. Korxonalar tomonidan bankdan olingan qarzlarni o’z vaqtida qaytarishga qaratilgan Sug’urta faoliyati kengaya borib, u qishlok xo’jaligi korxonalariga nisbatan xam joriy qilindi.
Oltinchidan, oldingi yillarga nisbatan majburiy Sug’urta doirasi qisqarib. Ixtiyoriy Sug’urta tadbirlari kengaydi. qishloq xujaligida majburiy Sug’urta qayta ko’rilib, Sug’urtalashda kreditning roli kuchaydi.
Yettinchidan, sug’urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga aloxida axamiyat berila boshlandi. Shu munosabat bilan indeksasiya tadbirlari o’tkazildi. Ixtiyoriy shaxsiy sug’urtaning shartlari ko’pchilik xollarda qaytadan ko’rib chiqildi, turar joy, uy-ro’zg’or, qo’shimcha pensiya, tomorqa sug’o’rtasi va boshqa sug’urta xillari uzgartirildi va yangilari joriy kilindi.
Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda tadbirkorlikning muxim axamiyatiga aloxida e'tibor berilib, Sug’urtaning yangi xillarini amalga oshirishga kirishildi.
To’qqizinchidan, mustaqillik yillarida javobgarlik Sug’o’rtasining ayrim xillari joriy qilindi, shuningdek garovga qo’yilgan mol-mulk Sug’o’rtasi xaqida aloxida dasturi amallar qabul kilindi.
Uninchidan, Sug’urta faoliyati bilan qimmatli qog’ozlar o’rtasida tegishli munosabat o’rnatildi. Sug’urta tashqilotlari xam o’z qimmatli qog’ozlarini tarqatish xuquqiga ega bo’ldilar va shu asosda aksiyadorlarning xuquqlari belgilanib, ularning idora qilish usullari aniqlandi.
Prezidentimizning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida davlatni aql-idrok bilan boshqarish xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratligini ko’zda tutish lozimligiga amal qilib, Sug’urta soxasida faqat mamlakat miqyosida emas, balki tashqi munosabatlarda xam qator tadbirlar amalga oshirilganligi kursatib turibdi. Jumladan chet ellik va maxalliy investorlarga yordam berish maqsadida «Uzbekinvest» eksport-import milliy Sug’urta kompaniyasi tashqil qilinib, AIG (AkSh) kompaniyasi bilan birga siyosiy xavf-xatarlardan Sug’urtalash bo’yicha «Uzbekinvest Interneyshl» kq’shma Sug’urta kompaniyasi ta'sis etilgani qayd qilib o’tildi. Shu bilan birga, tashqi sarmoyalarni ko’proq jalb qilish maqsadida Sug’urtalashning tayanch stavkalari xalqaro amaliyotda qabul qilinganidan ancha past ekanligi ta'kidlandi.
Sug’urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. Normal takror ishlab chiqarish jarayonining muxim sharti uning uzluksizligi va to’xtovsizligi xisoblanadi. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarda, shu jumladan rivojlangan jamiyatda xam mavjud extiyojlarini qondirish uchun zarurdir. 
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favkulodda xodisalarning (yonginlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy okibatlari ta'sirida to’xtasa yoki buzilsa, u xolda jamiyat avvalo turli oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular ko’zlangan natijani bermasa, u xolda etkazilgan moddiy zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur buladi.
Inson va tabiiy ofatlar o’rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish xamda yetkazilgan zararni so’zsiz qoplash bo’yicha insonlar o’rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu ob'ektiv munosabatlar insonlarning erishgan xayot darajasini saqlab qolishga bo’lgan real va mavjud extiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni aloxida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig’indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni sug’urtaviy ximoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashqil etadi. 

Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi xisoblanadi. Ammo, moliya to’laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq bulsa, Sug’urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina kamrab oladi.
Sug’urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz mumkin:
1. Sug’urtada to’satdan, oldindan kuzda tutilmagan va yengib bo’lmaydigan xolatlar, ya'ni Sug’urta xolatlari extimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi.
2. Sug’urtada ko’rilgan zararni Sug’urta ishtirokchilari, ya'ni sug’urtalanuvchilar o’rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash usuli zarar ko’ruvchi xujaliklar soni doimo sug’urta ishtirokchilari sonidan kam bulish extimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarlicha katta bo’lganda.
Zararni bunday qoplashni tashqil qilish uchun maqsadga yo’naltirilgan sug’urta fondi tashqil qilinadi. Bu fond sug’urta ishtirokchilarining badallari xisobidan shakllantiriladi. Sug’urta fondining mablag’lari faqatgina uni tashqil qilganlar o’rtasida ishlatiladi, Sug’urta badalining xajmi esa xar bir qatnashchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, Sug’urta qatnashchilarining doirasi qanchalik keng bulsa, Sug’urta badalining xajmi shunchalik oz va sug’urta xam samarali buladi. Agarda sug’urtada millionlab sug’urtalanuvchilar ishtirok etsa va yuz millionlab ob'ektlar sg’urtalansa, u xolda minimal badallar xisobiga maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo buladi.
3. Sug’urta zararlarni qoplashni xududiy birlik va ma'lum vaqt davomida amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bunda yil davomida sug’urtalanuvchi xo’jaliklar o’rtasida sug’urta fondini xududlar buyicha samarali qayta taqsimlash uchun yetarlicha katta xudud va anchagina sug’urtalashga tegishli ob'ektlar talab qilinadi. Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta xududlarni kamrab oluvchi tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni buladi.
Zararni sug’urta yordamida qoplash ma'lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy sug’urta doimo muddat bilan chegaralanadi.
Sug’urta – bu ko’rilishi mumkin bulgan zararlarni qoplashga muljallangan maqsadli sug’urta fondlarini uning qatnashchilari o’rtasida badallar xisobidan shakllantirish bilan bog’liq bulgan qayta taksimlash munosabatlari yigindisi.
O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati tug’risida»gi qonunining 3-moddasida sug’urtaga quyidagicha ta'rif berilgan:
«Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan Sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari xisobidan muayyan voqea (Sug’urta xodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga Sug’urta shartnomasiga muvofik Sug’urta tovonini (Sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini ximoya qilish tushuniladi».
Sug’urtaning iqtisodiy moxiyatiga uning funksiyalari mos keladi. Ular sug’urtani moliya tizimining bir bo’g’ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari xisoblanadi.
Sug’urtaning to’rtta funksiyasi mavjud:
1. Tavakkalchilik
2. Oldini olish
3. Jamg’arma
4. Nazorat
Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi xisoblanadi, chunki sug’urtaviy tavakkal zarar extimolligi sifatida talofat kurgan xujaliklarga pullik yordam kursatish bo’yicha sug’urtaning asosiy yunalishi bilan bevosita bog’liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida Sug’urta ishtirokchilari o’rtasida bulishi mumkin bulgan Sug’urta xodisalari oqibatlari bilan bog’liq pul shaklidagi qiymatning qayta taksimlanishi ruy beradi.
Oldini olish funksiyasi sug’urta fondi mablag’larining bir qismi xisobidan sug’urta tavakkalchiligini kamaytirish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan.
Xayot sug’urtasida Sug’urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan xayotni ma'lum muddatgacha sug’urtalash shartnomalari buyicha mablag’larni jamg’arishda ancha yaqinlashadi. Xayot sug’urtasi orqali pul mablag’larini jamg’arish oilaviy sharoitda sug’urtaviy ximoyaga bo’lgan extiyoj bilan bog’liqdir. Shu bilan sug’urta jamgarish funksiyasini xam bajarishi mumkin.
Sug’urtaning nazorat funksiyasi sug’urta fondini qat'iy maqsadli shakllantirilishi va uning mablag’laridan to’gri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi uch spesifik funksiyalardan kelib chiqadi va konkret sug’urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bo’ladi. Nazorat funksiyasiga mos ravishda qonunchilik va instruktiv xujjatlar asosida sug’urta amallarini to’g’ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug’urta nazorati amalga oshiriladi.
2. Qayta sug‘urtalash - sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug‘urtalash operatsiyalari bilan bir qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug‘urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug‘urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishida bo‘ladi. Bundan tashqari qayta sug‘urtalash nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi.
Ayrim holatlarda qayta sug‘urtalash operatsiyalari qayta sug‘urtalovchi broker - ikkita tomon, ya’ni sug‘urta kompaniyasi va qayta sug‘urtalovchi kompaniyasi o‘rtasidagi vositachidir.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir tomondan sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug‘urta kompaniyasi va ixtisoslashgan qayta sug‘urta qilish kompaniyasi o‘rtasida tuzilishi mumkin. Bu yerda shartnoma o‘zi nima degan savol to‘g‘ilishi mumkin. o‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 354 - moddasida "ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi" – deb ko‘rsatilgan. Dastlab, sug‘urta kompaniyasi o‘zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini boshqa sug‘urta kompaniyasida yoki ixtisoslashgan qayta sug‘urta qilish kompaniyasida sug‘urtalash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Agar qayta sug‘urtalovchi kompaniya riskni qayta sug‘urta qilishga rozilik bildirsa, ular o‘rtasida qayta sug‘urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo‘lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta sug‘urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko‘rsatilishi zarur. o‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi buyicha sug‘urtalanuvchi oldida ushbu shartnoma buyicha sug‘urta kompaniyasi javobgar bo‘lib qolaveradi. Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi buyicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma buyicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi buyicha sug‘urtalovchiga o‘tadi.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, bu ushbu shartnomalarni savdo va boshqa turdagi shartnomalardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham qayta sug‘urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi sug‘urta tarmog‘iga kiritish yoxud uni mustaqil sug‘urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi.
Agar sug‘urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qilishi kerak. o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi kompaniya shartnomada ko‘zda tutilgan qoplamani to‘lashi shart. Qayta sug‘urta qilish kompaniyasi shartnoma buyicha o‘z majburiyatlarini to‘la-tukis bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi.


2. Sedent atamasi riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi. Bundan qayta sug‘urtalashda sessiya atamasi ham keng qullaniladi. Sessiya – sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayonidir.
Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng yirik sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash jamiyati, Shveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyatlari kiradi.
Qayta sug‘urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish mumkin. Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug‘urtalashdir. Fakultativ qayta sug‘urtalash - nisbiy qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk buyicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk buyicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
Obligatorli qayta sug‘urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni bildiradi:
1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug‘urtalash orqali chet elga valyuta chiqib ketishini oldini oladi;
2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi buyicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi. Fakultativ-obligator shartnomasi - sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi.
Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul qilingan.
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug‘urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning prinsipi "qayta sug‘urtalovchi sedentning riskini bo‘ladi" degan fikrdan iborat.
Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning quyidagi shakllari mavjud:
* Kvotali qayta sug‘urta qilish;
* Ekssedent qayta sug‘urta qilish;
* Kvotali-ekssedent qayta sug‘urta qilish.
Nonisbiy qayta sug‘urta qilishda qayta sug‘urtalovchining sug‘urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi qullanilmaydi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga xos bo‘lgan belgilardan biri qayta sug‘urta qilish buyicha sug‘urta mukofotlarini qaytarib olish xarakteriga ega ekanligidir. Qayta sug‘urta qilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug‘urta qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir:
* fakultativ qayta sug‘urta qilish;
* obligatorli qayta sug‘urta qilish;
* fakultativ-obligatorli qayta sug‘urta qilish;
Yuqorida qayd qilingan qayta sug‘urta qilish shartnomalaridan eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgani - bu fakultativ qayta sug‘urta qilish shartnomalaridir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki, bunda riskni qayta sug‘urtaga beruvchi – sug‘urta kompaniyasi ham va qayta sug‘urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o‘ziga olib qolish yoki qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta sug‘urta qilish shartnomalari buyicha sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning tegishli qismini qayta sug‘urta kompaniyasiga berishi shart.
Sug‘urta tashkiloti hayotni sug‘urta qilish borasida tuzilgan har bir shartnomada turli darajadagi sug‘urta tarifini qo‘llashi yoki daromadlilik me’yorini har bir shartnoma bo‘yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi mumkin. Hayotni sug‘urta qilish klasslari bo‘yicha daromadlilik me’yorlari qat’iy belgilangan bo‘lishi, uning tarif stavkalariga o‘zgarishlar kiritish esa, davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Cug‘urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Sug‘urtani amalga oshirish, qonunchilikda man etilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘larining jami uning daromadi hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud. Ular ichida manbalarga ko‘ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo‘lishga asoslangan variant keng qo‘llaniladi (1-chizma):
a) sug‘urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar sug‘urtachi daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi.
Bu daromadlarning asosiy qismi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha undirilgan mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari hajmiga sug‘urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati, marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o‘zaro bog‘liqlikda ta’sir etadi. Masalan, ishlab chiqilgan marketing strategiyasini unga mos bo‘lgan tarif siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan marketing strategiyasi sug‘urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va aksincha.
Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlariga bozor kon’yunkturasi, inflyatsiya sur’ati, me’yoriy qonunchilik bazasi, amaldagi soliqqa tortish tizimi, sug‘urta bozorining monopollashganlik darajasi, kredit foizi dinamikasi, mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning holati va boshqa qator omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirining qandayligidan qat’iy nazar amaliyotda sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari oqimi ortishi yoki kamayishi hodisasi kuzatiladi.
1-chizma



Download 54.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling