Biznesni tadqiq etish


-BOB. FIRMANING BIZNES FAOLIYATINI STRATEGIK


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#208025
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

6-BOB. FIRMANING BIZNES FAOLIYATINI STRATEGIK 
REJALASHTIRISH 
6.1.  Firmaning biznes faoliyatini strategik rejalashtirish va uning 
xususiyatlari. 
Strategiyani  amalga  oshirish  jiddiy  jarayon  hisoblanadi,  chunki  aynan  u 
muvaffaqiyatli  bajarish  holatida  firmani  quyilgan  maqsadlarga  erishishi  uchun 
imkoniyat  yaratadi.  Ko’p  xolatlarda  firmalar  o’zi  tanlagan  strategiyani  amalga 
oshira  olmaydilar.  Bu  noto’g’ri  tahlil  utkazilishi  va  xulosalar  kilinishi,  tashki 
muxitda kuzda tutilgan o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida vujudga keladi. Biroq 
strategiya  bajarilmasligining  asosiy  sababi  boshqaruvni  firma  potentsialini 
strategiyani realizatsiya qilishga etarli darajada jalb qila olmasligidadir. 
Rejalashtirish  boshqarishning  barcha  boshka  funktsiyalarini  tashkil  etish, 
yulboshchilik  (qiziqtirish)  va  nazoratni  sezilarli  darajada  aniqlab  beruvchi 
menejmentning  muhim  funktsiyasi  hisoblanadi.  Har  qanday  tashkilot  o’z 
faoliyatini  amalga  oshirayotganda,  u  nimaga  intilayotganini  va  u  uchun 
xarakatntng qanday yo’llari eng muvofaqiyatli bo’lishi mumkinligini bilishi lozim. 
Shuning uchun maqsadlar va rejalar tushunchasi bir-biri bilan o’zaro chambarchas 
bog’liqdir.  Sog’likni  saqlashni  isloh  qilish  sharoitida  mulkchilik  shaklidan  qat’iy 
nazar  davolash-profilaktika  muassasalarida  ishlovchi  tibbiyot  xodimlari  bozor 
munosabatlarining  tamoyillariga  itoat  etgan  holda  ish  faoliyatini  yurgizishni 
o’rganadilar.  Bunda  marketing  va  menejment  bo’yicha  olingan  bilimlar  yangi 
sharoitga tezrok moslashishga yordam beradi. 
Reja  tashkilotning  kelajakdagi  holatining  murakkab  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
modelini tasvirlaydi. Vaziyatga mos keladigan yagona rejalash usuli mavjud emas. 
Rejalash  tipi  va  yo’nalishi  firmaning  tashkiliy  ierarxiyada  tutgan  o’rniga  bog’liq, 
ya’ni rejalashtirish tashkilotning darajasiga mos ravishda amalga oshiriladi. 
Strategik  rejalash  –  bu  tashkilotning  takibi  asosida  uzoq  istiqbolga  nazar 
solish uchun intilishdir, ya’ni hududiy doirada qanday o’zgarishlar bo’layotganini 
hamda raqobatchilar hulqini baholashdir. Bu darajada rejalashning bosh maqsadi – 
tashkilot bozor sharoitida o’zini qanday tutadi. 


105 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling