Biznesni tadqiq etish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
“STRATEGIYA” so’zi “strategos” grek so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
“generalning san’ati” ma’nosini anglatadi. U hozir ham o’z ma’nosida harbiy boshliq tarkibining harbiy operatsiyalarini rejalashtirish san’atini bildiradi. Firma qo’yilgan maqsadlarga kaysi usul bilan samarali erishish mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob berish imkoni mavjud. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin bo’lganligi uchun strategiyani tanlash bosqichini ko’zlangan manzilga etib borishning yo’nalishi va harakat vositasini tanlashdek belgilash mumkin. Buning uchun iktisodiy nazariyada strategiyalar tizimi va strategik xarakatning mexanizmi (modellari) ro’yxati mavjud. Strategiyalar tizimi strategik karorlarni kabul qilishning uch boskichini uz ichiga oladi: 1) Umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy rivojlanishining yo’nalishini ko’rsatadi. Bu bosqichda sub’ekt iktisodiy faoliyatining shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bunda kushilish, sotib olish yoki biznesning biron turidan chiqish xakidagi savollar, masalalar xal qilinadi. 2) Ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda ifodalanadi) tanlangan (korporativ boskichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yunaltiriladi. Bu erda yangi maxsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha istiqbollar va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari ko’rib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, baho, reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi. 3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bulim va xizmatlar xarakatlarini korxonaning ishlab chiqarish bulinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya va personal korporativ va ishbilarmon strategiyalarga erishishning usulini rejalashtiradilar. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi funktsional strategiya yaroksiz maxsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo yukotishlarini kamaytirish va boshkalardan iborat bo’lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling