Biznesni tadqiq etish


rejalashtirish—tashkil etish—motivatsiya—nazorat qilish


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#208025
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

rejalashtirish—tashkil etish—motivatsiya—nazorat qilish 
Aniq  maqsadlarni  belgilash  kompaniya  vazifasining  umumiy  ta’rifidan  aniq 
ish rejalariga o’tish imkonini beradi. 
Ko’yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo’ladi. Agar yaxshi natijalarga 
erishmokchi  bo’lsak,  oldimizga  yaxshi  maqsadlar  kuyamiz.  Maqsadlar  kiska  va 
uzoq muddatli moliyaviy va strategik bo’ladi. 
Moliyaviy  maqsadlar  majburiydir,  chunki  moliyaviy  mablag’  etishmasa, 
kompaniya  tang  axvolga  tushib  koladi.  Strategik  maqsadlar  kompaniyaning 
bozordagi raqobat mavqeini kuchaytirishga karatiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda 
xajmi,  sarmoyalardan  kaytim,  nakd  pul  tushumi,  dividentlar  kabi  ko’rsatkichlarni 
ko’paytirishga karatiladi. Ular firmaning raqobatbardoshliligini oshirish natijasida 
rivojlanishning  yukoriroq  sur’atlariga,  bozordagi  salmogini  oshirishga,  kam 
xarajatlarga erishishga, firmaning obruyini oshirishga karatilgan bo’ladi. 
 Maqsadlar  natijalardir,  strategiya  esa  ularga  erishish  yullari  sanaladi. 
Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki xolati va tashki omillar urganilishi 
lozim. Kompaniya strategiyasi odatda, quyidagilardan iborat bo’ladi: 
-chuqur o’ylangan, maqsadga qaratilgan harakatlar; 
-voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish. 
Strategiya  fakat  menejerlar  avvalroq  o’ylab  chiqqan  harakatlar  emas,  balki 
kutilmagan  vaziyatlarda  kiritilishi  lozim  bo’lgan  tuzatishlar  hamdir.  Strategiyani 


109 
ishlab  chiqish  uchun  tadbirkorlik  iste’dodi  va  fikrlashning  strategik  tarzi  bo’lishi 
kerak.  Strategiyani  ishlab  chiqish  maxorati  menejerning  tadbirkorlik  iste’dodiga 
bog’liq. 
Menejerning  tadbirkorlik  maxoratini  belgilash  mezoni  uning  yangi  strategik 
imkoniyatlarni  ko’ra  bilishi  va  yangiliklarga  uchligidir.  Tadbirkorlik  iste’dodiga 
ega bo’lgan menejerlar odatda birinchi kaldirgochlar bo’ladilar. Ular yangiliklarni 
tez  uzlashtirib  oladilar,  tavakkalchi  bo’ladilar  va  keskin  yangi  strategiyalar 
yaratadilar. 
Kompaniya strategiyasiga tuzatishlar kiritish oddiy me’yoriy xol hisoblanadi. 
Ba’zan  strategiyaga  o’zgartirish  kiritish  zarur  bo’lib  qoladi.  Kamdan-kam 
xollardagina kompaniya strategiyasi vakt sinovidan o’ta oladi. Strategiyani qanday 
qilib yaxshilash mumkin degan savol menejerni hech kachon tark etmasligi lozim. 
Shuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir. 
Kompaniya strategiyasi moxiyatan kator savollarga javob beradi. Bu savollar 
quyidagilardan iborat: 
-ishni qanday rivojlantirish kerak? 
-mijozlarni qanday kilib kanoatlantirish mumkin? 
-raqiblardan qanday kilib o’zib ketsa bo’ladi? 
-o’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim? 
-kompaniyaning ayrim funktsional bulimlarini qanday boshkarish 
kerak? 
-moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday kilib erishish 
mumkin? 
Strategik  ko’ra  bilish  va  kompaniya  vazifasini  ishlab  chiqish,  maqsadlarni 
aniqlash va strategiyani tanlash kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini belgilashda 
asosiy vazifalardir. Kechikib to’zilgan strategik rejalar yoki uz vaktida kiritilmagan 
tuzatishlar xech qanday natija bermaydi. 
Strategiyani  amalga  oshirish  ishlari  ma’muriy  vazifalarga  kiradi.  U 
quyidagilardan iborat: 
-strategiyani muvaffakiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish; 


110 
- mablaglarni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshkarish; 
-firma strategiyasini amalga oshirishni ta’minlovchi siyosatni belgilash; 
-xizmatchilarning yanada samaralirok ishlashlari uchun rag’batlantirish; 
- erishiladigan natija va mukofotlar xajmini bir-biriga boglash; 
-kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish; 
-kompaniya  xodimlarini  ta’minlovchi  ichki  sharoitlar  yaratish,  ya’ni  xar  bir 
xodimlarning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish; 
-ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilg’or tajribalardan foydalanish; 
-ichki raxbarlikni ta’minlash. 
Yukoridagi 4 ta vazifa bir necha bor kayta ko’rib chiqiladi, chunki yangidan 
yuzaga keladigan xolatlar xar xil tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Utgan tajribalar 
natijasi va kompaniyaning istiqbol maqsadlari shunday o’zgartirishlar kiritilishiga 
sabab  bo’lishi  mumkin.  Strategiyani  muvaffakiyatli  amalga  oshirish  yullarini 
axtarish  doimiy  xisoblanadi.  Strategiyani  amalga  oshirishda  uning  ayrim  qismlari 
keraksiz bo’lgani bois o’zgartirish talab etiladi. 
 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling