Biznesni tadqiq etish


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#208025
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
biznesni tadqiq etish usullari

Iste’mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun 
sotib  oladigan  yakka  shaxslar  va  oilalar  majmuidan  iborat  bo’lib,  ommaviy 
iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga 
ega ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Korxonalar  (tashkilotlar)  bozori  esa  o’z  navbatida  ishlab  chiqarish  -  texnik 
maqsadlarda  foydalaniladigan  mahsulotlar  bozori  va  davlat  tashkilotlari  bozoriga 
bo’linadi. 
Ishlab  chiqarish  -  texnik  maqsadlarda  foydalaniladigan  mahsulotlar 
bozori  deganda  boshqa  tovarlar  ishlab  chiqarishda  qo’llaniladigan  tovarlar  va 
xizmatlarni  sotib  oluvchi  korxonalar  va  shaxslarning  majmui  tushuniladi.  Ishlab 
chiqarish  -  texnik  maqsadlarda  foydalaniladigan  mahsulotlar  bozori  kam  sonli 
xaridorlarga  egaligi,  lekin  tovarlarning  katta  miqdorda  sotilishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Davlat  tashkilotlari  bozori  deganda  esa  o’z  faoliyatlarini  yuritish  uchun 
tovarlar  va  xizmatlarni  sotib  oluvchi  yoki  ijaraga  oluvchi  hamma  bo’g’indagi 
davlat tashkilotlari tushuniladi. 


142 
Bozorni topish, tanlash, ularning talablarini bilish uchun bozor tushunchalari 
mohiyatini  yaxshi  bilish  zarur.  «Bozor»  tushunchasi  baho  yordamida  resurslar 
taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy o’rinda turadi. 
Bozor  –  tovarlarni  realizatsiya  qilish,  ayirboshlash  sohasidagi  ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.  
Tovar  munosabatlari  tizimida  markaziy  elementlardan  biri  bo’lgan  bozor 
ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  asosida  mustaqil  ishlab  chiqaruvchilar  o’rtasidagi 
aloqalarni  belgilashning  hal  qiluvchi  vositasi  bo’lib  yuzaga  keladi.  Bozor 
iqtisodiyoti  yaqinda  paydo  bo’lgan  bo’lsa,  bozor  esa  undan  ancha  ilgari  yuzaga 
kelgan.  
Bozor  –  xaridor  va  sotuvchilar  savdo  bitimlarini  amalga  oshirish  uchun 
to’planadigan  mahsus  joy.  Fond  birjalari  ham  bozor  hisoblanadi  va  vositachilar 
yoki  makler  (dallol)lar  orqali  harakat  qiladi.  Xaridor  bilan  sotuvchilarning 
uchrashish  yo’llari,  shakllari  ko’p.  Ularning  uchrashishida  yoki  bozor 
munosabatlarida  baho  mexanizmi  markaziy  o’rinda  turadi;  u  talab  va  taklifni 
muvozanatga  keltiradi.  Talab  va  taklifning  o’zaro  ta’siri,  iste’molchilarning  talab 
va  ehtiyojlarini  qondirish  bu  uzluksiz  jarayondir.  Bu  jarayonda  ishtirok  etuvchi 
iqtisodiy kategoriyalarning asosiysi quyidagilardir. 
EHTIYoJ  –  inson  tomonidan  biror  bir  narsani  etishmovchiligini  his  etish 
tuyg’usidir. 
ZARURAT  –  insonning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  kelib  chiqishi,  madaniy,  milliy, 
estetik,  geografik  joydashuvi  va  boshqa  omillarning  ta’siri  asosida  shakllanuvchi 
xohishidir. Xohish cheksiz bo’lishi mumkin, lekin bu xohishni qondirish uchun pul 
mablag’lari zarur. Shuning uchun inson o’zi uchun eng muhim bo’lgan xohishini 
qondirishga intiladi. 
TALAB – iste’molchining konkret tovar yoki xizmat turiga bo’lgan ehtiyojini 
pul bilan ta’minlab qondirilishidir. 
XARID  –  bozordama’lum  tovar  yoki  xizmatni  sotib  olish  jarayonidir.  Bu 
jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga oshiriladi. 


143 
BITIM  –  ikki  tomon  o’rtasida  ular  uchun  zarur  bo’lgan  tovar  vaxizmatni 
sotish va sotib olish operatsiyasidir. 
AYIRBOShLASh  –  ikki  tomono’rtasida  ularuchun  kerak  bo’lgan  narsani 
ikkinchitomonga  boshqa  bir  narsani  taklif  etib  savdo  operatsiyasini  o’tkazishga 
aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 tonna kartoshkani ayirboshlash. 
Bozorning  umumiy  holatini  o’rganish  zamonaviy  marketing  tamoyillaridan 
biridir.  Bozorni  o’rganishdan  asosiy  maqsad,  uning  mavjud  vaziyatda  holatiga 
(konyunkturasiga)  baho  berish  va  bozorning  rivojlanish  istiqbolini,  prognozini 
ishlab  chiqishdan  iborat.  Marketing  faoliyatida  bozorni  o’rganishning  asosiy 
elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi. 
18  asr  oxiri  va  19  asr  boshlarida  talab  va  taklif  o’rtasidagi  muvozanat 
masalasini,  ijtimoiy  mahsulotni  bozor  konyunkturasiga  bog’liqligini  birinchi  bor  
klassik  maktabini  rivojlantirgan  iqtisodchi  Jan  Batist  Sey  o’rgangan  edi.  Bozorni 
kompleks  (majmuaviy)  o’rganish  bozor  konyunkturasini  tahlil  qilish,  bozor 
sig’imini aniqlash va uni bozor “ishtirokchilari” (o’yinchilari) orasidagi ulushlarga 
bo’lishni,  ehtiyojlar,  xarid  talabini  tahlil  qilishni  va  xaridorlar  muomalasini 
modellashtirishni,  aniq  muhitni  o’rganishni,  marketing  kompleksini  (tovar,  narx, 
savdo va ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko’zda tutadi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling