Biznesni tadqiq etish
Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
1.3. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos
vazifalari O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash orqali aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Aholining ish bilan bandligini va turmush farovonligini oshirishda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham muhim ahamiyatga egadir. Bunga sabab kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida quyidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal qilinadi: -birinchidan, ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o’zgartirishning, yangi ish o’rinlarini yaratishning, aholining bandligini va daromadlarini oshirishning muhim omili va manbai bo’lib xizmat qilish; -ikkinchidan, o’zining 13 harakatchanligi, bozor konyunkturasi o’zgarishlariga moslashuvchanligi va kam sarmoya talab qilish hisobiga ishlab chiqarishni tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarini yangilash; - uchinchidan, mulkdorlar o’rta sinfini shakllantirish asosida mamlakatda ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga erishish. Shu boisdan mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini yaratish, ular huquqini himoya qilish borasida qonunchilikni mustahkamlash, bozor infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Biznesni ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, shuningdek, faoliyatning alohida turlari bilan shug’ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirilib, tartibga solindi. Belgilangan soliq stavkasi miqdori sezilarli darajada kamaytirildi, ayrim jarima turlari butunlay bekor qilindi. Biznes sohasiga davlatning aralashuvini cheklashga qaratilgan ishlar davom etmoqda, biznes sub’ektlariga nisbatan har qanday sanktsiya faqat sud qarori bo’yicha qo’llanishi ustidan monitoring olib borilmoqda. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakl hamda muddatlari keskin qisqartirildi. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilinib, kamaytirildi. Tadbirkorlarga avvalo, kichik biznes sub’ektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo’lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi uchun etarli darajada qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan bo’lsada, lekin iqtisodiyotda hali ham uning ulushi dunyoning rivojlangan mamlakatlari darajasi miqdoridan past bo’lib, bu sohada echimini kutayotgan tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy muammolar talaygina. Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab- quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda. 14 Shu nuqtai nazardan davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o’ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun O’zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo’yicha kuchli milliy g’oya, milliy dastur kerak. 2018 yil faol tadbirkorlikni rivojlantirish e’tibor markazida bo’ladi. Bu sohani qo’llab- quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yo’lidagi to’siq va g’ovlarni bartaraf etish bo’yicha zarur choralar ko’riladi. Ayrim korxonalarga imtiyozlar berilgani erkin raqobat muhiti bo’g’ilishiga olib keldi. Endi bunday amaliyotdan voz kechiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida teng va halol raqobat muhitini yaratish maqsadida “Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada samarali ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmon loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi. Bojxona tartib-taomillarining murakkabligi tadbirkorlikka to’sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jahon bankining hisobotiga ko’ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylash-tirish bo’yicha O’zbekiston 190 davlat orasida 175-o’rinda turadi. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, O’zbekistonda 1 oy muddat sarflanadi. Shu munosabat bilan kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko’rigida xavf- xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo’laklar orqali o’tkazish joriy etiladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. O’zbekistonda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayoni boshlandi. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim. 15 2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechiladi. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi uchun byudjet barqaror bo’lishi kerak. O’zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida bo’lgan investorlar uchun mamlakatimizni jozibali qilish maqsadida soliq tizimi takomillashtiriladi. Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarur. Soliq imtiyozlari berishda individual yondashuvlardan voz kechib, ularni faqat iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlari uchun qo’llash amaliyotiga o’tiladi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling