Biznesni tadqiq etish
1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
11 1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o’rni hamda boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligi Biznesni tadqiq etish usullari fani qator iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liq. Chunki, biznes faoliyatini mukammal tashkil etish va uning samaradorligini oshirish uchun eng avvalo tegishli ko’nikma, bilim va malakaga ega bo’lish kerak. Biznesni tadqiq etishning mamlakatimiz va xorij o’quv adabiyotlarida qayd etilgan usullarini o’rganish bo’yicha xulosalarga tayanadigan bo’lsak, bugungi kunda mazkur fanni mukammal o’zlashtirish uchun talaba “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik”, “Iqtiso-diyot nazariyasi”, “Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va modellashtirish”, “Marketing”, “Menejment”, “Ilmiy tadqiqot metodolo-giyasi” kabi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak. Chunki mazkur fanlar kursning asosiy jihatlarini qamrab olgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, biznesni tadqiq etish usullari eng avvalo marketing va ilmiy tadqiqot metodologiyasi kabi fanlar uzviy bog’liq. Chunki biznesdan asosiy maqsad foyda ko’rishdir. Foydani maksimallashtirish iste’molchilar bozorini o’rganish marketing tadqiqotlarisiz amalga oshmaydi. Biznesda marketing tadqiqotlarini qay yo’sinda olib borish va iste’molchilar uchun qanday mahsulotlar ishlab chiqarish Fanning vazifasi - talabalarga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sog’lom raqobatni ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlarini, bozor kon’yunkturasini tahlil qilish yo’llari va usullarini, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil qilish va prognozlashni amalga oshirish yo’llarini, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni mantiqiy evristik va iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish amalga oshirish, firmaning bozor strategiyasini tanlash bo’yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o’rgatishdan iboratdir. Mazkur fan orqali talabalar biznes jarayonining tahlili nazariy va uslubiy asoslarini; biznesni tadqiq etish modellarini; biznes jarayonining empirik tahlili usullarini; xalqaro va ichki bozorni segmentlash, baholarni shakllanishi va iste’molchilarga servis xizmat ko’rsatish strategiyalarini; biznes jarayonini prognozlash; tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish imkoniyatlari va uni 12 raqobatga bardosh bera olish usul va yo’llari tanishadilar. Shuningdek, ular biznesni tadqiq etishning zamonaviy kontseptsiyasi asosida boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish; biznes jarayonlarini baholash va tahlil qilish usullarini qo’llay olish; ishbilarmonlik xavfini hisobga olgan holda biznesning faoliyat yuritish chegarasini aniqlash, yangi zamonaviy biznes strategiyalarini tanlashda analitik usullarni ishlatish, bozor va raqobat muhitini tadqiq etish, biznesni prognozlash usullaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Ma’lumki, mazkur sohaga bugungi kunda ko’proq ahamiyat berib borilmoqda. Shunday ekan mazkur fanni o’rganish shu sohaga qiziquvchilarda biznes muammolarini tahlil qilishda tizimli yondashuv, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari, etkazib beruvchilar hamda davlatning xulq-atvorini o’rganishda iqtisodiy tahlil usullarini qo’llash, qarorlar qabul qilish usullari, marketing faoliyatini prognozlash va tahlili oshirish usullarini qo’llay olish, moliyaviy tahlil usllarini qo’llay olish, inson kapitalini o’rganish bo’yicha zamonaviy usullarni ishlatish, biznesda odob-axloq me’yorlariga rivoya qilish usullarini qo’llash; ishbilarmonlik xavfini hisobga olish, raqobat muhitini tahlil qilish, biznesni prognozlash usullarini tanlash, investitsion tahlilni amalga oshirish hamda natijalardan foydalanish malakalariga ega bo’lishlariga imkoniyat beradi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling