Biznesni tadqiq etish
-rasm. Marketing tadqiqotlarining yo’nalishlarini turkumlash belgilari
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
2.1.-rasm. Marketing tadqiqotlarining yo’nalishlarini turkumlash belgilari
Shu sababdan marketing tadqiqotlarini uyushtirish bozorning rivojlanish holati, raqobat jaddalligi, firmalarning ushbu bozorlarda faoliyat yuritish maqsadlari va vazifalar inobatga olinishi zaruriy ahamiyat kasb etadi. Marketing tadqiqotlari yo’nalishlarini belgilashda tegishli firmaning bozorda faoliyat yuritish o’rni, vazifalarini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotini amalga oshirishda izlanish muammosi bilan uning maqsadlari o’rtasida tafovut – farqlanish mavjudligiga etarlicha e’tibor berilmaydi. Buning oqibatida keyingi bosqichlarda sezilarli xatolarga yo’l quyiladi. Shu sababdan to’g’ri va aniq belgilangan muammo, tayinli maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi. Masalan, yuqori sinfdagi avtomobillar ishlab chiqaruvchi «A» firmaning X – modelli avtomobillarini ichki bort kompyuteri va radio telefoni bilan bir yo’la jihozlab chiqarishni misol qilib olaylik. Dunyo tajribasidan shu narsa ma’lumki, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalar ushbu «qo’shimcha jihozlarni» qo’shimcha tanlov va unga xos bo’lgan haq evaziga bajaradilar. «A» avtomobil firmasi raqobatchilardan ajralish, yuqori iste’mol darajasidagi xaridorlar uchun urinishi qanday muammoni hal etishi va maqsadlarni ko’zlashini ko’rib o’tamiz. Bort kompyuter va radio telefonli avtomobillarga bo’lgan ommaviy ehtiyoj va buyurtma asosida bajarish qanday manfaatlarga erishish imkonini beradi? Ushbu «qo’shimcha jihozlar» uchun xarajatlar va daromadlarga ta’siri qay jihatda bo’ladi? 36 «qo’shimcha jihozlar» avtomobil harakati xavfsizligiga va boshqaruvchiga qanday afzalliklar va xatarli xolatlar yaratadi? Ushbu savollar tadqiqot maqsadiga yo’naltirilgan savollar ko’lami bo’lib, ular ko’lamni kengaytirish va yanada aniqlashtirish mumkin. Asosiy maqsad esa «A» firmaning yangi modeliga bo’lgan ehtiyojini oshirish imkoniyatlarini topish hisoblanadi. Demak, «A» avtomobil firmasi «qushimcha jihozlar» hisobiga iste’mol doirasini oshirish siyosatini yuritmoqda. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling