Biznesni tadqiq etish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
Strategik tahlil kichik biznes sub’ektining imkoniyatlari va tavak-
kalchiliklari, kuchli va zaif tamonlarini aniqlashga yo’naltiriladi. Tezkor tahlil esa kichik biznes sub’ekti faoliyati natijalarini ba-holash uchun yo’naltiriladi. U resurslarni boshqarishda samarali vosita bo’lib xizmat qiladi, harajatlarni optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Tezkor tahlil o’z ichiga quyidagilarni oladi: kichik biznes sub’ekti faoliyati natijalari tahlili; ishlab chiqarish harajatlari tahlili; mahsulot tahlili KB faoliyatini to’liq aks ettiradigan yagona ko’rsatkichni topish mumkin emas va hatto foyda ham buni to’la ifodalamaydi. Shu sababli ko’rsatkichlar tizimidan foydalanamiz: foyda, etkazib berilgan tovar va xizmatlar hajmi, tannarx, moddiy harajatlar, mehnatga haq to’lash jamg’armasi, xodimlar soni va hokazo. 12 Ю.М. Осипов. Основы предпринимательского дела. Москва, 2015. стр. 111 47 KB sub’ektlari faoliyatini baholashning eng oddiy usuli haqiqiy rejalashtirilgan (biznes rejadagi) ko’rsatkichlarni taqqoslashdir. Ko’rsatkichlarni bunday taqqoslash KB sub’ekti faoliyatining samaradorligi (nosamaradorligi) to’g’risida xulosa qilishga imkon beradi. KB faoliyatini samaradorligini baholashning nisbatan murakkab usuli harajatlar va yakuniy natijalar o’rtasidagi bog’lanish darajasini baholashdan iborat bo’lib, u maxsus ishlab chiqilgan matematik vosita-ko’p omilli ishlab chiqarish funktsiyasini qurishni talab qiladi. KB sub’ektining samaradorligini harajatlar va yakuniy natijalar nuqtai nazaridan qaraganda avvalo harajatlarni va natijalarni baholash (ishlab chiqarish harajatlari), keyin esa tashqi muhitda (texnika taraqqiyoti, tovarning hayotiy tsikli, bozordagi sub’ektlar harakati va h.k) bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olish zarur. Demak, KB sub’ekti faoliyatining yakuniy natijalariga ichki tashkiliy- iqtisodiy va tashqi, bozor omillari ta’sir etadi. Ma’lumki, har kanday sub’ekt kabi KB sub’ekti samaradorligi quyidagicha topiladi, ya’ni sotilgan mahsulot (xizmat) qiymatining mahsulot (xizmat) ishlab chiqarishga ketgan harajatlarga nisbatidir. Sotilgan mahsulot (xizmat) qiymati Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling