Biznesni tadqiq etish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
Миқдорий усуллар
Каузал усули Вақтли қаторлар тахлили Корреляционлик Компьтерли имитацион Эконометрик усул Оддий ўртача силжитиш Тортилган ўртачани силжитиш Экспоненциал текислаш 42 O’zbekistonda tadbirkorlikni ekonometrik modellashtirishga muhim hissa qo’shgan olimlardan prof.B.Xodiev ilmiy ishlarida tadbirkorlikni iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlari, jumladan qishloq xo’jaligi bilan bevosita, umumiy bog’liq holda tahlil etgan. U moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlanishini ekonometrik modellari tizimini ishlab chiqdi va asosiy e’tiborni, hisob-kitoblarni qishloq xo’jaligi yo’nalishida amalga oshirgani holda tadbirkorlikni model- lashtirdi. Bundan tashqari, u o’z tadqiqotlarida tadbirkorlikda qabul qi-lingan qarorlarni optimallash usullarini, kichik va o’rta biznesda foyda darajasini oshirish va baholar muvozanati masalalarini, ekonometrik modellar identifikatsiyasi muammolarini qarab chiqdi. Shuningdek, B.Xodiev kichik biznes samaradorligini o’lchashning ekonometrik modella-riga to’xtalar ekan, kichik biznesda samardorlikni o’lchashning nazariy masalalari, ishlab chiqarish samaradorligi va aholi iste’mol ko’rsatkich-lari tahlili modellarini ishlab chiqqani holda kichik biznes rivojlanishi kontseptsiyasi, bashoratini taklif etdi. 8 Bugungi kunga kelib esa (III-V-bosqichlar) bu borada ancha o’zgarishlar ro’y berdi. Oldingi davrda (III-bosqich) kichik biznes sub’ektlarining aso-siy ulushi qishloq xo’jaligi, savdo sohasiga, YaIM ning esa atigi 12,1 foizi kichik biznesga to’g’ri kelgan. IV-bosqichda esa, kichik biznes sub’ektlarining tarmoq va mintaqaviy tuzilishi o’zgardi. Bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari savdo va umumovqatlanish, sanoat, transport va aloqa, bozor infratuzilmasi ob’ektlari misolida yoki respublika mintaqalari miqyosi-da kichik biznesni modellashtirish masalasini dolzarb qilib qo’yadi. Ikkinchidan, o’tgan davr mobaynida kichik biznesning tasniflash tizimi tubdan o’zgardi. Uchinchidan, yuqoridagi yondoshuvida kichik biznes, tadbirkor-lik tahliliga «tadbirkorlik» nomi ostida umumiy nuqtai-nazardan yondoshilgan. Vaholanki, u mezonga bir qator sub’ektlarni, jumladan, kichik yirik korxona, mikrofirma, yakka tadbirkorlarni kiritish mumkin. Bizning fikrimizcha, kichik biznes rivojlanish tendentsiyalarini modellashtirishda modellashtirilayotgan sub’ekt yoki tarmoqning xususiyat-lari va 8 Ходиев Б.Ю.Ўзбекистон иқтисодиётида тадбиркорлик ривожланишини эконометрик моделлаштириш: иқт.фан. док.дисc. - Т.: ТДИУ. 2000. – 338 б. 43 aniq tashkiliy-huquqiy maqomi hamda ular tadbirkorlikning qaysi turiga yoki shakliga mansubligiga e’tibor qaratish lozim. Modellashtiriluvchi sub’ektning tashkiliy-huquqiy maqomi, uning iq- tisodiyotning u yoki bu tarmog’i modellari boshqa tarmoq modellaridan farq qiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlikni modellashtirishda umumiy nuqtai nazardan talqin etishga ko’ra, tadbirkorlik sub’ektlarini ko’lami (yirik, o’rta, kichik) bo’yicha alohida yoki umumiy mintaqalar, tarmoqlar kesimida modellashtirish, kichik va yirik biznesning umumiy iqtisodiyotdagi ulushlarining nisbatlarini modellashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi M.Umarxodjaeva kichik biznesni rivojlantirishning italyancha modelini taxlil etgani holda, korxonalar tasnifiy mezonlariga xodimlar soni bilan birga investitsiyalar hajmini ham kiritishni tavsiya etadi. Uning fikricha, kichik biznesni rivojlantirish uchun ixtisoslashgan ishlab chiqarish xududlarini – klasterlarni yaratish yoki konstellyatsiya (italyancha “constellazione”- yulduzlar turkumi) Italiya tajribasini respub-likamizda qo’llash lozim. Konstellyatsiya - ishlab chiqarishni o’rta yoki oxirgi bosqichlariga ixtisoslashgan bir necha korxonadan iborat kooperatsiya bo’lib, bunda bitta firma etakchi bo’lib, qolganlari o’z ishlab chiqarishini shunga qarab moslashtiradi 9 . Tadqiqotchi Sh.Shodmonqulov kichik biznes sub’ektlarini marketing nuqtai nazaridan tahlil etib, xaridor diqqatini tortish, to’rli marketing asosida sotishni tashkil etish, qondiriladigan talab miqdori bo’yicha korxonalarni tasniflashni va SWOT tahlilini amalga oshiradi 10 . A.B.Yugay non va makaron ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarda ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlarini modellashtirgani holda, korxona biznes rejasi va uning moliyaviy natijalarini shakllantirish algorit-mini quradi, aholining non va makaron mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, ishlab chiqarish hajmlari bashoratini amalga oshiradi, ishlab chiqarishni samaradorligini baholaydi 11 . 9 Умарходжаева М.Г. Италияда кичик ва ўрта бизнеснинг ривожланиши: иқт.фан.ном....дисс. – Т.: ТДИУ, 2004. Б. 34-53. 10 Шодмонқулов А.А. Кичик бизнес субъектларида маркетинг фаолиятининг шаклланиши ва ривожланиши (пойабзал ишлаб чиқарувчи корхоналар мисолида): иқт.фан.ном. …дисс. – Т.: ДЖҚА, 2004. – 143 б. 11 Югай А.Б. Моделирования процессов управления развитием производства предприятий малого бизнеса: дисс.на соис……канд.экон.наук. Т.:ТГЭУ. – 2004. – С. 134. 44 Muallif fikricha, kichik biznesning rivojlanish jarayoni bevosita u yoki bu mamlakatda amal kilayotgan iqtisodiy mexanizmlar va tarmoq xususiyatlari bilan bog’liq. Shu sababdan ham rivojlangan mamlakatlar-ning miqdor ko’rsatkichlari va kichik biznes rivojlanish tajribasini O’zbekistondagi amaliyot bilan taqqoslaganda, albatta, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanish darajasi, milliy iqtisodiyoti-ning tarmoq tuzilishi va boshqa ijtimoiy madaniy xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Ko’pchilik rivojlangan davlatlarda quyidagi ko’r-satkichlardan foydalangan holda kichik biznes tasniflanadi: bandlik, xususiy korxonalar soni, ularning milliy daromaddagi ulushi. Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tahlil qilishda ekonometrik uslubning binominal, Puasson, darajali, normal taqsimot, Styudent, Fisher-Sinekord, χιι- kvadrat va katta sonlar qonunlariga mosligi alohida ahamiyatga ega. Biznesni taqsimot qonunlari yordamida bashoratlash, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va mezonlari bo’yicha taqsimlash va shu asosda mamlakatda yoki uning mintaqalarida rivojlanish istiqbolla-rini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir. Biznes sub’ektlarining o’rtacha foyda miqdorlari empirik va nazariy chastotalarini taqsimot zichlik-larini taxlil qilish uchun iqtisodiyot tarmoqlaridan, jumladan, sanoat, xizmat ko’rsatish, qurilish va savdo korxonalaridan 300 ta sub’ekt tanlab olingan. Ushbu sub’ektlar bir xil sharoitlarda faoliyat yuritishlariga qaramasdan, ularning o’rtacha foyda miqdorlari bir-biridan sezilarlicha farqlangan. So’ngra statistik to’plam 6 ta guruhga ajratilgan. Quyidagi 2.1.1-jadval ma’lumotiga ko’ra, kichik biznes sub’ektlari foyda miqdorlari bo’yicha o’rtacha qiymat atrofida to’planish va taqsimot chetlari bo’yicha kamayish tendentsiyasiga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling