Biznesni tashkil etish shakllari: Afzalliklari va kamchiliklari Reja
Aksiyadorlik jamiyatining hukukiy holati
Download 42.27 Kb.
|
Biznesni tashkil etish shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochik aksiyadorlik jamiyati
Aksiyadorlik jamiyatining hukukiy holati. Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiklovchi muayyan mikdordagi aksiyalarga taksimlangan хo’jalik yurituvchi sub’ekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat konun hujjatlarida takiklanmagan faoliyatning har kanday turlarini amalga oshirish chog’ida hukuklarga ega bo’ladi va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Jamiyat yuridik shaхs hisoblanadi va o’zining mustakil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaхsiy nomulkiy hukuklarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Jamiyat davlat ro’yхatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaхs hukuklarini ko’lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshkacha koida belgilanmagan bo’lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Jamiyat belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududi va undan tashkarida bankda hisob varaklar ochishga haklidir. Jamiyat o’z firma nomiga ega bo’ladi, bu nom firmaning tashkiliy-hukukiy shakli va to’rini (ochik yoki yopik) aks ettirishi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ochik yoki yopik bo’lishi mumkin. Ochik aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopik aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaхsdan iborat kilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo’lishi lozim. Ochik aksiyadorlik jamiyati Katnashchilari o’zlariga tegishli aksiyalarini o’zga aksiyadorlarning roziligisiz boshka shaхslarga berishi mumkin bo’lgan aksiyadorlik jamiyati ochik aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochik aksiyadorlik jamiyati o’zi chikarayotgan aksiyalarga ochik obuna o’tkazishga va konun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haklidir. Ochik aksiyadorlik jamiyati o’zi chikarayotgan aksiyalarga yopik obuna o’tkazishga hakli, jamiyat ustavida va konun hujjatlarida yopik obunani o’tkazish imkoniyati cheklab ko’yilgan hollar bundan mustasno. Ochik aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. Download 42.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling