Bizning O‘zbekistonimiz janubga yaqin bo‘lgani uchun qish fasli qisqa bo‘ladi. Qor ham kamroq yog‘adi


Download 2.33 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi2.33 Kb.
#1817370
Bog'liq
Qish


Qish

Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar esa ancha qisqardi. Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu, lekin qizdirmaydi. Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz. Qor yog‘masa, qish faslining qizig‘i ham yo‘qday go‘yo. Allaqachon chana, chang‘i va konkilarni tayyor qilib qo‘yganmiz. Qordan esa hamon darak yo‘q. Boshqa davlatlarda bolalar maza qilib chana uchishyapti. Nega bizda qor kam yog‘ar ekan-a?


Bizning O‘zbekistonimiz janubga yaqin bo‘lgani uchun qish fasli qisqa bo‘ladi. Qor ham kamroq yog‘adi.
Shimoliy davlatlar qatorida turadigan Norvegiyada qor kuz faslidan boshlab bahorgacha yog‘ishi mumkin. Ko‘chalarda kuchuklar kishilarni chanada tortib ketayotganini uchratishingiz mumkin. Afrika davlatida esa qish bu iyun, iyul va avgust oylariga to‘g‘ri kelar ekan, yoz fasli bo‘lsa dekabr, yanvar, fevral oylari hisoblanadi. Bu yerda yil bo‘yi quyosh porlab turadi. Hech qanday sovuq bo‘lmaydi. Afrika xalqi qorni faqatgina muzlatgichlarda ko‘rishlari mumkin.
Download 2.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling