Bizning vatanimiz boy tarixga va madaniyatga egaligi bilan jahon tarixida ajralib turadi
Download 56.28 Kb.
|
italiya
Kurs ishining tuzilishi. Tadqiqot ishi kirish, ikki bob, boblarda ikkitadan savol javob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
II BOB. ITALIYANING MILLIY BIRLASHISH JARAYONLARI 2.1 ITALIYADA MILLIY DAVLAT TUZISH UCHUN KURASH VA MILLIY DAVLATNING TASHKIL TOPISHI. XVIII asr oxirida jamiyatning ilg’or kuchlari yangi, yagona va mustaqil Italiya davlatini barpo etish uchun oshkora siyosiy kurashga kirishdilar. Italiya tarixida XVIII asr oxiridan 1870 yilgacha davom etgan R I S О R J I M Ye N T О (Tiklanish) davri boshlandi. Risorjimentoning boshlang’ich nuqtasi 17891794 yillardagi frantsuz buijua inqilobiga to’g’ri keladi. Xuddi shu davrda italyan “yakobinchilari” Apennin yarim orolining turli burchaklarida feodalizmga, avstriyaliklar hukmronligiga qarshi qaratilgan, respublika uchun boshlangan ozodlik harakatiga rahbarlik qila boshladilar. 90-yillarning ikkinchi yarmida qo’shni Frantsiyaning Italiyaga siyosiy ta’siri kuchaydi. 1796 yilda Napoleon Bonapart armiyasi antifrantsuz koalitsiyasi qo’shinlariga zarba berish uchun Italiya hududiga kirdi. 1797-1799 yillarda frantsuzlar yordami bilan Apennin yarim orolida 4 ta respublika - TSizalpin, Liguriya, Rim, Neopolitan respublikalari tashkil topdi. Lekin tez orada italyan vatanparvarlarining Frantsiyaga bo’lgan ishonchi yo’qqa chiqdi. Frantsuz hukumati o’z chegarasida bir butun va kuchli Italiya davlati paydo bo’lishini istamas edi va mamlakatda inqilobiy-demokratik harakatning yanada yuksalishidan qo’rqardi. Frantsuzlar Italiyani okkupatsiya qilgan kundan boshlaboq mamlakatni talashga tushdilar. Ular Italiyadan san’at asarlarini, qimmatbaho metallar, oziq-ovqat mahsulotlarini tashib keta boshladilar. Ular yangi respublikalar hukumatlariga juda katta kontributsiyalar yukladilar. Natijada aholining ahvoli yanada yomonlashdi. Frantsuz okkupantlari italyan demokratlari o’tkazmoqchi bo’lgan demokratik va ijtimoiy islohotlarga qarshilik ko’rsatdilar. Frantsuzlar asta-sekin mamlakatda konstitutsion monarxiya o’rnatish tarafdorlari bo’lgan yirik italyan buijuaziyasi va liberal dvoryanlarga tayana boshladilar. Ular demokratlarni taqib qilishga o’tib, ularning klublarini yopib qo’yishar, gazetalarini taqiqlardilar. Italiyada frantsuz bosqinchilaridan norozilik kuchayib bordi. Antifrantsuz koalitsiyasi armiyasi yordamida 1799 yil bahorida frantsuzlar qo’shini Italiyadan haydab chiqarildi. 1800-yilda Italiyaga qarshi frantsuzlaming yangi bosqini boshlandi va buning oqibatida Italiya 15 yil mobaynida Napoleon hukmronligi ostida qoldi. Uning shimoliy hududlari Frantsiya tarkibiga qo’shib olindi. Italiyaning katta qismida Napoleon Bonapartning qarindoshlari hukmronlik qiluvchi davlatlar tashkil topdi. Faqat Sitsiliya va Sardiniya orollarigina frantsuzlar asoratiga tushmay qolgan edi. Frantsuzlar hukmronligi o’rnatilgan joylarda kapitalizm rivojlanishini tezlashtirgan bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi. Sanoatni rivojlanishiga halaqit beruvchi tsex cheklashlari va bojxona bojlari bekor qilindi. Feodallar va ruhoniylarning imtiyozlari bekor qilindi, cherkov erlarini sekulyarizatsiya qilish va sotish amalga oshirildi, o’z davri uchun ilg’or hisoblangan Napoleon qonunlari, Fuqarolik kodeksi joriy qilindi. Lekin bular frantsuzlar hukmronligining salbiy tomonlarini yo’q qila olmadi. Frantsuzlar mamlakatni ochiqdan-ochiq iqtisodiy talash bilan birga, Italiyani zo’rlab qit’a qamalida ishtirok qildirdilar, aholini ommaviy ravishda Napoleon armiyasiga safarbar qildilar, italyan vatanparvarlari va ilg’or kuchlarini ta’qib- quvg’in qilardilar. Frantsuzlar hukmronligidan norozilik Janubiy Italiyada karbonariylar harakatini yuzaga keltirdi. Ular rahbarligida 1812-1813 yilarda frantsuzlarga qarshi qaratilgan bir necha qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. lekin bu qo’zg’olonlar mag’lubiyatga uchradi. Napoleon hokimyati halokatga uchragach, buyuk davlatlar 1815 yilda Italiya taqdirini o’zlaricha hal qildilar. Vena kongressining qaroriga binoan Italiya birlashtirilmadi, aksincha parchalab tashlandi. Mamlakat 8 qismga ajratildi - Ikki Sitsiliya qirolligi, Papa viloyati, Toskana, Modena, Parma va Lukka gertsogligi, Pemont qirolligi, Lombardiya va Venetsiya Avstriya imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan kirdi. Bu davr Italiya tarixida Restavratsiya davri deyiladi va u orqaga qaytishni bildiradi. Barcha davlatlarda absolyutistik monarxiya qayta tiklandi, reaktsion tartiblar o’rnatildi, Dvoryanlar va ruhoniylar yana hukmron kuchga aylanib, ular inqilob va Napoleon davri olib kelgan barcha yangiliklarni yo’q qilishga kirishdilar. Napoleon rejimining ag’darilishi Italiyani milliy ozodlikga olib kelmadi, frantsuzlar zulmi o’rniga avstriyaliklar zulmi o’rnatildi. asrning 20-30-yillarida butun Evropa bo’ylab inqilobiy yuksalish yuz berdi. 1820 yil iyulda Neopolitan karbonariylari qo’zg’olon ko’tardilar. Ikki Sitsiliya qiroli Ferdinand I qo’zg’olonchilarga qarshilik ko’rsatmadi, konstitutsiyani tasdiqlab, parlament chaqirishga ruxsat berdi. Qo’zg’olon rahbarlari shu bilan o’z vazifalarini bajargan deb hisoblab, parlamentga xalq ommasi hayotiga doir hech qanday masalani kiritmadilar. Natijada xalq ommasi inqilobdan chetlasha boshladi. 1821 yil fevralda Avstriya qo’shinlari Italiyaning janubiga yurish boshladilar. Inqilobdan ko’ngli qolgan xalq ommasi dushmanga qarshi kurashga ko’tarilmadi. Konstitutsion hukumat tomonidan to’plangan armiya esa tez orada mag’lubiyatga uchradi. 23 martda bosqinchilar Neapolga kirib bordilar. SHu yili mart oyida Pemontda ham karbonariylar qo’zg’oloni boshlandi. Qirol Viktor-Emmanuil qochib ketdi. Karbonariylar konstitutsiya e’lon qildilar. Lekin bu karbonariylar ham xalq ommasi bilan bog’lanmagan edilar. Natijada bu erdagi qo’zg’olon ham Avstriya qo’shini tomonidan bostirildi. Neapol va Pemontdagi qo’zg’olonlar bostirilgach, mamlakatda reaktsiya kuchaydi. Barcha joyda karbonariylarni ommaviy ravishda ta’qib etish va qatl qilish avj oldi. Frantsiyadagi Iyul inqilobi (1830 y) ta’siri ostida 1831 yil fevralda Markaziy Italiyada - Papa viloyati, Moden, Lukka, Parma gertsogliklarida qo’zg’olonlar boshlanib ketdi. Bu erdagi hukmdorlar qochib ketgach, liberal dvoryanlar va burjuaziyadan iborat vaqtli hukumatlar tuzildi. 1821 yil saboqlaridan kelib chiqib, bu hukumatlar xalq uchun ba’zi tadbirlarni amalga oshirdilar (tuz narxini pasaytirdilar, soliqlarni kamaytirdilar). Lekin pomeshchiklarning erlari dehqonlarga berilmadi, busiz esa qashshoq va ersiz dehqonlarni inqilob himoyasiga otlantirib bo’lmasdi. 1831 yil mart oyinig boshlarida Avstriya o’z qo’shinlarini Markaziy Italiyaga yubordi. Inqilobdan hech nimaga erishmagan xalq ommasi dushmanga qarshilik ko’rsatmadi. Mart oyining oxiriga borib Markaziy Italiyadagi inqilob bostirildi. Keng xalq ommasidan ajralgan holda amalga oshirilgan fitna va qo’zg’olonlarning mag’lubiyatga uchrashi italyan inqilobchi-demokratlarini milliy-ozodlik inqilobi va unda xalq ommasining ishtiroki masalasini qayta ko’rib chiqishga olib keldi. 1831-1833-yillarda Risorjimento sahnasiga genuyalik huquqshunos va filolog Juzeppe Madzini chiqdi. U bolalik chog’idanoq milliy mustaqillik va ozodlik g’oyalari ta’sirida tarbiyalangan edi. Madzini karbonariylar jamiyati faoliyatida ishtirok qilgani uchun 1831 yilda Italiyadan chiqarib yuborilgan edi. U Marselda o’rnashib, “YOsh Italiya” nomli yagona umumitalyan inqilobiy tashkilotini tuzdi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi yagona Italiya milliy davlatini barpo etish edi. Madzinining fikricha, shusiz italyanlarni millat qilib birlashtirib ham, mamlakatni avstriyaliklar zulmidan ozod qilib ham bo’lmas edi. Madzini Italiyaning kelajagini siyosiy erkinliklar, fuqarolar tengligi, umumiy saylov huquqi o’rnatilgan respublika sifatida tasavvur etardi. Madzini va uning hammaslaklari bu dasturni faqat inqilob yordamida “xalq bilan va xalq uchun” amalga oshirish mumkin deb hisoblardilar. SHu bilan birga Madzinining xalq ommasiga bo’lgan qarashlarida ziddiyatlilik mavjud edi, u mamlakatni birlashtirish uchun bo’ladigan kurashda xalqni asosiy kuch deb bilardi, ikkinchi tomondan esa u milliy kurashni quyi tabaqalarning ijtimoiy kurashiga aylanishini istamasdi. U agrar masalani hal qilishdan o’zini olib qochardi, qishloq aholisining ehtiyojlarini inkor etardi. Butun mamlakat bo’ylab “YOsh Italiya”ning ta’siri o’sib bordi. Madzini va uning safdoshlari mahalliy tashkilotlar rahbarlarini umumitalyan inqilobini tayyorlashga yo’naltirdi. Lekin 1833-1834-yillar davomida qo’zg’olon ko’tarish uchun qilingan bir necha urinishlar natijasiz tugagach Madzini va boshqa italyan demokratlari yaqin orada italyan inqilobini amalga oshirib bo’lmasligiga ishondilar. 30-yillarning o’rtalaridan italyan milliy-ozodlik harakatida mo’’tadil-liberal oqim oldinga chiqib oldi. Mo’’tadil liberallar yuqoridan turib islohotlar orqali amalga oshiriladigan o’zgarishlar Italiya uchun eng to’g’ri yo’l deb hisoblardilar. Liberallar o’z dasturlarida iqtisodiyotdagi burjuacha o’zgarishlarga asosiy e’tiborni qaratdilar. XIX asrning 20-30-yillarida mamlakatda, ayniqsa SHimoliy Italiyada ijtimoiy-iqtisodiy jonlanish yuz berdi. Lombardiya va Pemontda yangi agrotexnika asosida yuritiladigan yirik tadbirkorlik xo’jaliklari paydo bo’ldi, bu erlarda doimiy ishlovchi qishloq xo’jalik ishchilari qatlami shakllandi. SHimoliy Italiyada qishloq xo’jaligining rivojlanishi bu erda sanoatning jonlanishiga ko’maklashdi, ipak, jun, ip-gazlama ishlab chiqarish jonlandi. Markazlashgan manufakturalar paydo bo’ldi, texnika ancha takomillashdi, mashinasozlikning dastlabki kurtaklari paydo bo’ldi. Bu yangiliklar XIX asrning 30-40- yillarida Italiyada sanoat to’ntarishi boshlanganligini ko’rsatar edi. Qashshoqlashgan dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topgan sanoat proletariati hali kam sonli edi. SHahar aholisining asosiy qismini hunarmandlar, kichik ustaxonalar ishchilari, may da savdogarlar tashkil etardi, ularning turmush sharoiti og’ir edi. YAngi tarmoqlarda xotin-qizlar va bolalar mehnati keng qo’llanilar edi. Markaziy va Janubiy Italiyada iqtisodiyot ancha orqada qolgan edi. Bu erlarda kuchli darajada saqlanib qolgan feodalizm sarqitlari sanoatning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. 1846-1847 yillarda umumevropa miqyosida ro’y bergan sanoat inqirozi va hosilsizlik Italiyada ham inqilobiy vaziyatni yuzaga keltirdi. Burjuaziya va liberal dvoryanlarning muxolifati kuchayib, xalq g’alayonlari ko’paydi. Och odamlar olomoni non do’konlarini, boy odamlarning uylarini ostin-ustun qilib tashlar, hukumat qo’shini bilan to’qnashar edilar. 1848 yil 12 yanvarda Palermoda shahar hunarmandlari, ishchilar qo’zg’olon ko’tardilar. Ularga dehqonlar ham qo’shildilar, qo’zg’olon butun Sitsiliyaga yoyildi. Hukumat qo’shinlari qurollangan qo’zg’olonchilarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib borgach, 5 kundan keyin orolni tashlab ketishga majbur bo’ldilar. Sitsiliya qo’zg’olonining g’alabasi haqidagi xabar Apennin yarim orolida yashayotgan barcha aholini ruhlantirib yubordi. Barcha joylarda buijuaziya tashabbusi bilan miting va namoyishlar o’tkazilib, ularning ishtirokchilari siyosiy huquqlar, Konstitutsiya, Avstriya zulmidan ozod bo’lish haqidagi talablar bilan chiqdilar. Xalq harakatidan cho’chib qolgan hukmdorlar 1848 yil fevral-martida Lombardiya-Venetsiyadan tashqari barcha erlarda mo’’tadil liberallardan hukumatlar tuzdilar va konstitutsiyalar joriy qildilar. 1848 yil martda Milanda qo’zg’olon ko’tarildi, ularga boshqa shaharlardan ko’makchilar keldi, natijada 15 ming kishilik Avstriya armiyasi chekinishga majbur bo’ldi. Lombardiyada burjuaziyadan iborat Vaqtli hukumat tuzildi. Venetsiyada respublika tuzilganligi e’lon qilindi. Lombardiya va Venetsiyada qo’zg’olonlarning g’alaba qozonishi butun mamlakatda xalq ommasi faolligining o’sishiga va mustaqillik uchun kurashning kuchayishiga olib keldi. Xalq taziyqi ostida Italiyadagi davlatlar hukmdorlari Avstriyaga qarshi urush e’lon qilishga majbur bo’ldilar. Italiya-Avstriya o’rtasidagi mustaqillik uchun bo’lgan birinchi urush Evropada, xususan Avstriyada burjua inqilobi g’alaba qozongan, Italiyaning o’zida xalqning vatanparvarlik harakati juda yuksalgan bir vaqtga to’g’ri keldi. Bunday vaziyat Italiyaning g’alaba qozonishini ta’minlar edi. Lekin burjua-demokratlarning kuchsizligi va xatolari, harakatga rahbarlik qilishni o’z qo’llariga olmaganliklari, milliy-ozodlik harakatiga rahbarlik qilish italyan davlatlari hukmdorlari qo’liga o’tib qolishi urushni mag’lubiyat bilan yakunlanishiga olib keldi. Italyan davlatlarining birlashgan armiyasiga Pemont qiroli Karl-Albert qo’mondon qilib tayinlangan edi. Mag’lubiyatdan ruhan cho’kkan Avstriya armiyasi Lombardiyaning qiyin yo’llari orqali chekinayotgan edi, bu armiyani qattiq bir zarba bilan tor-mor etish mumkin edi. Lekin Karl-Albert bu urushda g’alaba qozongan xalq ommasining kuchayishiga, Lombardiya va Pemontda respublika tuzilishiga olib kelishi mumkin deb, dushmanga zarba bermadi. Italiyadagi boshqa davlatlar hukmdorlari esa mamlakatning ozod qilinishi va birlashtirilishi o’zlarini taxtlaridan mahrum qilinishga olib kelishini bilib, o’z qo’shinlarini jangga yuborilishini turli yo’llar bilan kechiktirmoqda edilar. Natijada Avstriya qo’shini chegaradan o’tib olib, o’zining jangovar saflarini qaytadan tashkil etishga, yordamchi kuchlar, qurol-yarog’ olishga muvaffaq bo’ldi. Aprel oyining oxirida Rim papasi Piy IX o’z qo’shinini frontdan chaqirib oldi, undan keyin Toskaniyaning buyuk gertsogi ham o’z qo’shinini qaytarib oldi, bularning hammasi Italiya birlashgan qo’shinlarining kuchsizlanishiga olib keldi. 1848 yil 25 iyulda Pemont armiyasi avstriyaliklar tomonidan tor-mor etildi va Karl-Albert chekina boshladi. U 3 avgustda o’z qo’shini bilan Milan shahriga keldi. SHahar ishchilari, hunarmandlar, mayda burjuaziya shaharni himoya qilishga tayyor turgan edi. Lekin Karl-Albert Avstriya qo’shini qo’mondoni Radetskiyga elchi yuborib, taslim bo’lish haqida kelishib olishga harakat qildi. Bundan xabar topgan shaharliklar isyon ko’tarib, Karl-Albert joylashgan saroyni o’rab oldilar. Tunda Karl-Albert saroydan qochib chiqdi va o’z qo’shiniga Milanni tashlab chiqish haqida buyruq berdi. Tongda shahar burjuaziyasi Radetskiyga vakil yuborib, tezroq kelib shaharni egallashni va ularni shahar aholisidan himoya qilishni iltimos qildilar. “SHahar otalari” shahar darvozalarini avstriyaliklarga ochib, ularni tantana bilan kutib oldilar. SHu bilan birinchi Italiya-Avstriya urushi yakunlandi. yil noyabrda italyan inqilobining yangidan yuksalish davri boshlandi. Venetsiya, Florentsiya va Rim shaharlari bu harakatning markazlari bo’ldi. 1849 yil yanvarda xalq ommasining taziyqi ostida Papa viloyatida Ta’sis majlisi tashkil qilindi. Xalq ommasi harakatida Manini, Montanelli, Gveratstsi, Garibaldi va boshqalar faollik ko’rsatdilar. 1848 yil 9 fevralda Ta’sis majlisi Rim respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Rim respublikasi hukumati cherkov erlarini milliylashtirdi, ruhoniylarning imtiyozlarini bekor qildi, boylar uchun majburiy zayom joriy qildi, xalqning eng yomon ko’radigan soliqlarini bekor qildi, ishsizlarni ish bilan ta’minlash uchun ish joylari yaratishga mablag’ ajratdi. yil 12 martda Pemont qiroli Karl-Albert o’zining bo’shashib ketgan mavqeini yaxshilash uchun Avstriyaga qarshi ikkinchi mustaqillik urushini boshladi, lekin 10 kundan keyin mag’lubiyatga uchradi. Aprel oyida Italiyadagi inqilobiy harakatlarni bostirish uchun frantsuz va ispan qo’shinlari ham kirib keldi. YOmon qurollangan, harbiy ta’lim ko’rmagan 19 ming ko’ngilliga rahbarlik qilayotgan Garibaldi butun iyun oyi davomida 35 ming kishilik frantsuz armiyasiga qarshi turdi va 1 iyulda Rimni tashlab chiqishga majbur bo’ldi. 3 iyulda ichki va xalqaro reaktsiya kuchlari tomonidan mag’lubiyatga uchragan Rim respublikasi quladi. 1849 yil 22 avgustda Italiyadagi inqilobning so’nggi o’chog’i bo’lgan Venetsiyada ham inqilob Avstriya qo’shinlari tomonidan qonga botirildi. asrning 50-yillarida Pemont italyan davlatlari ichida Avstriyaga qarshi faol siyosat olib borgan yagona davlat edi. Frantsiya imperatori Napoleon III mamlakatda o’z mavqeining pasayib borayotganini oldini olish uchun o’zini Italiyaning mustaqilligi va birligining himoyachisi qilib ko’rsatmoqchi bo’ldi va Pemontga o’z yordamini taklif etdi. 1858 yil iyulda Pemont hukumatining boshlig’i Kavur Napoleon III bilan maxfiy shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga ko’ra frantsuz armiyasi Pemont armiyasi bilan birlashib, Avstriyaga hujum qilishi hamda Lombardiya va Venetsiyani ozod qilishda yordam berishi kerak edi. Bu hududlar Pemont tarkibiga qo’shib olinib, SHimoliy Italiya qirolligi tashkil topishi kerak edi. Napoleon esa Italiyadagi Avstriya hukmronligini Frantsiya hukmronligi bilan almashtirishni rejalashtirib qo’ygan edi. yil aprelda Frantsiya va Pemont Avstriyaga qarshi urush e’lon qildi. 1859 yil iyunda Avstriya armiyasi qattiq mag’lubiyatga uchrab, Lombardiya ozod qilindi. Bu urush Italiyada xalq ommasining milliy-ozodlik harakatini kuchaytirib yubordi. J.Garibaldi boshliq ko’ngillilar bataloni tuzila boshlandi. Lekin Napoleon III bir butun va kuchli Italiya davlatini tashkil topishini, xalq harakati Frantsiyaga ham yoyilishini istamas edi. SHuning uchun ham u urushni tezroq tugatish tarfdori edi va urushni g’alaba bilan yakunlash haqidagi va’dasiga qaramay, maxfiy ravishda Avstriya imperatori bilan uchrashib, u bilan yarash sulhi tuzdi. Pemont hukumati Frantsiya hukumatiga rasmiy ravishda protest bildirdi, lekin urushni frantsuzlarsiz davom qildirishni istamadi. Bu hukumat urushda o’z xalqiga suyanishdan qo’rqardi. yil noyabrda frantsuz va Pemont hukumatlari Avstriya bilan sulh shartnomasini tuzdilar, unga ko’ra Lombardiya Pemontga o’tdi, Venetsiya esa Avstriya qo’lida qoldi. yilda Italiyada milliy-ozodlik harakati yanada kuchaydi. SHu yili bahorda Sitsiliyada qo’zg’olon ko’tarildi. Ular Garibaldidan yordam berishni so’radilar. Garibaldi bir mingdan ortiq ko’ngillilar bilan (“Minglar ekspeditsiyasi”) yordamga etib bordi. U qisqa vaqt ichida Sitsiliyaning asosiy shahri Palermoni va orolning katta qismini qo’lga kiritdi. Garibaldi bu erda dehqonlarning jamoa erlarini bosib olishiga qarshilik qilmadi, dehqonlarni bir qator soliqlardan ozod qildi, ozodlik harakatida qatnashgan dehqonlarga jamoa erlaridan uchastka (hissa) ajratib berish haqida farmon chiqardi. Bu esa Garibaldi qo’shiniga ko’plab dehqon otryadlarining kelib qo’shilishiga sabab bo’ldi. Lekin 1860 yil yozida dehqonlar endi faqat jamoa erlarinigina emas, feodallaming xususiy erlarini ham tortib ola boshlaganlarida Garibaldi dehqonlar chiqishlarini bostira boshladi. Bu esa dehqonlar bilan Garibaldi o’rtasidagi ittifoqqa darz ketishiga, dehqonlarning Garibaldi otryadiga qo’shilishining kamayib ketishiga olib keldi. Garibaldi Burbonlarni Sitsiliyadan quvib yuborgach, qit’aga (Apenin yarim oroliga) yurish qilishga tayyorlana boshladi. Bu vaqtda uning armiyasi 24 ming kishidan iborat bo’lib, uning 3 mingi dehqonlardan, qolganlari ko’ngillilardan iborat edi. Xalq harakatidan qo’rqqan Pemont qiroli Viktor-Emmanuil Garibaldining qit’aga kelmasligini talab qildi, lekin Garibaldi uning talabini bajarmadi va o’z armiyasini 17 avgustda kemalarga yukladi. Bu vaqtda Neapolda feodalizmga qarshi xalq qo’zg’oloni boshlanib ketgan edi. Garibaldini bu erda shodiyonalik bilan kutib oldilar. Neapol qiroli armiyasidagi askarlarning ko’pchiligi Garibaldi tomoniga o’tdi. yil sentabrda garibaldichilar Neapolga kirib bordilar. Janubiy Italiya ozod etildi. Bu erda tashkil topgan hukumat xalq manfaatlarini ko’zlab bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Lekin dehqonlar orziqib kutgan qonun - feodallar erlarini dehqonlarga bo’lib berish to’g’risida qonun chiqmadi. Inqilobiy hukumat tarkibiga kirgan liberal dvoryanlar Garibaldi tomonidan chiqarilgan dekretlarni ham amalga oshirishga to’sqinlik qildilar. Inqilobiy hukumatning agrar masalani uzil-kesil hal qilmaganligi dehqonlarni garibaldichilar siyosatidan ko’ngli sovushiga va ba’zi joylarda ularga qarshi aksilinqilobiy isyonlar ko’tarishlariga olib keldi. Janubiy Italiyada mehnatkashlarning faol harakatlaridan cho’chib qolgan burjuaziya va liberal dvoryanlar Pemont bilan birlashishga va shu yo’l bilan Garibaldi rahbarligidagi ozodlik harakatini to’xtatishga urindilar. Garibaldi Pemont qiroli boshliq qo’shinni keng xalq ommasini kurashga chaqirib va ularga yo’lboshchilik qilish orqali engishi mumkin edi. Lekin u dehqonlar inqilobining dohiysi bo’lishini istamadi va bo’la olmas edi. U janubliklarni Pemont bilan birlashishga chaqirdi, natijada Janubiy Italiyada o’tkazilgan plebistsitda aholining katta ko’pchiligi Janubiy Italiyaning Pemont bilan birlashishini yoqlab chiqdi. Garibaldi o’zini Janubiy Italiyada Viktor-Emmanuilning noibi sifatida qoldirishi haqidagi iltimosini hukumat rad qildi. Pemont hukumati Garibaldi chiqargan inqilobiy-demokratik qonunlarni bekor qildi, uning armiyasi tarqatib yuborildi. Qo’zg’olon ko’tarilgan qishloqlarga jazo otryadlari yuborildi. yil aprelda yagona Italiya qirolligi tashkil topganligi rasmiy jihatdan e’lon qilindi. Dastlabki davrda Venetsiya va Rim uning tarkibiga kirmagan edi. Garibaldi 1862 yilda o’z tashabbusi bilan 2 ming ko’ngilli yordamida Rimni ozod qilish uchun kurash boshlaganida Italiya qiroli Viktor Emmanuilning shaxsiy buyrug’iga asosan to’xtatildi. Risorjimento qahramoni yarador bo’ldi va Sardiniya yaqinidagi Kaprer oroliga surgunga yuborildi (bu orol generel J.Garibaldi 1882 yilda vafot etguncha uning rezidentsiyasi bo’lib qoldi). Garibaldichilarnig Rimni egallash uchun 1867 yilda uyushtirgan ikkinchi ekspeditsiyasi ham to’xtatildi. Venetsiya 1866 yilda Avstriya hukmronligidan ozod qilindi va Italiya tarkibiga qo’shildi. 1870 yilda Napoleon III o’z qo’shinini Rimdan olib ketishga majbur bo’ldi va frantsuzlar madadidan mahrum bo’lgan papaning diniy hokimyati ag’darib tashlandi. 1871 yilda Rim Italiyaning poytaxtiga aylandi. Italiyaning birlashishi natijasida konstitutsion monarxiya tashkil topdi. Italiya davlati chet davlatlar tomonidan e’tirof etildi va xalqaro munosabatlarning muhim ishtirokchisiga aylandi. Download 144.5 Kb. Download 56.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling