Markaziy bank faoliyatining huquqiy
asoslari, kredit tashkilotlari faoliyatini
tartibga solish
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiyuridik shaxs
hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank —
o‘zsarf-xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga
oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
u O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki mamlakat bank-
kredit tizimlarini boshqaruvchi, monopol tarzda pul emissiyasini
amalga oshirishga xaqli bo‘lgan, milliy iqtisodiyot manfaatlarini
ko‘zlab pul kredit siyosatini shakllantiruvchi va amalga
oshiruvchi bankdir.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari O‘zbekiston Respublikasining «
Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Qonunga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida
ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning
moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit
siyosatini samarali o‘tkazish imkoniyatini siyosat sohasi hisoblanadi.
Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan
vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi
omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunda
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida
mustaqildir deb belgilab berilgan va u o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston
Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan
normativ hujjatlar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |