Blackcurse


IV. Fizikaning ayrim bo’limlarini o’qitish uslubiyati


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana02.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#197631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
2 1 Fizikani o'qitish uslubiyati (Rustamov H) Maruza

IV. Fizikaning ayrim bo’limlarini o’qitish uslubiyati 
16. \ 16- Ma’ruza. Mexanika……………………………………………. 
114 
17. 1 
17-Ma’ruza. Molekulyar fizika va termodinamika…………….. 
119 
18.  18-Ma’ruza. Elektr-magnetizm va Optika………………………. 
123 
19.  19-Ma’ruza. Atom, yadro va elementar zarrachalar fizikasi…… 
125 


 

 
Barkamol avlod – O’zbekiston  
taraqqiyotining poydevori 
 
 
SO’Z BOShI 
 
 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, bozor iqtisodiga asoslangan 
jamiyat qurishga kirishildi. Ma’lumki, jamiyat bilan ta’lim tizimi o’rtasida o’zaro 
dialektik  munosabat  mavjud.  Jamiyat  ta’lim  tizimining  rivojlanishi  uchun  shart-
sharoitlar  yaratib  bersa,  ta’lim  tizimi  o’z  navbatida  jamiyat  taraqqiyotini  amalga 
oshiradigan  malakali  kadrlarni  yetkazib  beradi.  Ammo  sovetlar  davridan    bizga 
meros  bo’lib  o’tgan  ta’lim  tizimi  zamona  talabiga  javob  bera  olmas  edi.  Ta’lim 
tizimidagi  kamchiliklarni  prezident  I.Karimov  1997  yil  29  avgustdagi  Oliy 
Majlisning  IX  sessiyasida  so’zlagan  nutqida  har  tomonlama  chuqur  tahlil  qilib 
berdi  [1].  Ta’lim  tizimida  islohotlarni  amalga  oshirish  yuzasidan  hukumatimiz 
tomonidan  «Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi»  va  «Ta’lim  to’g’risida»gi  
qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  davlat  hujjatlarida  ta’lim  tizimining  muhim  qismi 
bo’lgan o’qitish uslubiyatiga ham keng e’tibor berilgan. Ta’lim jarayonini tubdan 
isloh  qilish  uchun  yangi  mazmundagi  va  zamona  talabiga  javob  beradigan  o’quv 
adabiyotlari,  uslubiy  qo’llanmalar  yaratish  va  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarni 
joriy  etishni  taqozo  etadi.  Ta’lim  tizimidagi  kamchiliklar  shu  jumladan  fizika 
fanini o’qitish uslubiyatini ham chetlab o’tmadi. Respublika DTM ning  axborotida 
qayd  etilishicha,  keyingi  yillarda  abiturentlarning  fizika  fanidan  to’plagan  ballari 
fanlar  orasida  oxirgi  o’rinlarni  egallab  kelmoqda.  Respublika  miqyosida  maktab 
o’quvchilari  o’rtasida  o’tkaziladigan  olimpiadalarda  fizika  fani  bo’yicha  1  va  2 
o’rinlar  bo’sh  qolmoqda.  Bunday  ahvol  Respublikada  fizika  fanini  o’qitish 
uslubiyatida  jiddiy  kamchiliklar  mavjudligidan  darak  beradi.  Bu  muammoni  hal 
etishning  yagona  yo’li  fizikani  o’qitishga  ilmiy  yondashuv-sistemali  tahlil  usuli 
hisoblanadi.  Rivojlangan  xorijiy  davlatlarning  ta’lim  tizimida  sinovdan  o’tib 
o’zining    hayotiyligini  ko’rsatgan  yangi  pedagogik  texnologiya  (YaPT)  bizning 
ta’lim  tizimimizda  yaqinda kirib kela boshladi.  Fizikani  o’qitishda YaPT ni joriy 
etish    o’qituvchidan  zamonaviy  didaktik  usullar  (induksiya,  deduksiya,  sistema, 
model,  analogiya)ni  keng  qo’llashni  taqozo  etadi.  Ikkinchidan  ta’lim  jarayoni 
murakkab,  takomillashib  boruvchi,  ochiq,  boshqariladigan  dinamik  va  nochiziqli 
sistema hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo’lib o’qituvchi, o’quvchi, 
darsliklar, o’qitish uslubiyati va xokazolar  hisoblanadi. Bu elementlarning har biri 
o’z  navbatida  murakkab  sistema  hisoblanadi.  Ushbu  elementlar  o’rtasida 
funksional  bog’lanish  mavjud.  Funksional  bog’lanishlarni  tahlil  qilib  uning  zaif 
tomonlarini  aniqlash  va  uni  bartaraf  etish  orqali  fizikani  o’qitishning 
samaradorligini oshirishga erishish mumkin. 
 
Buning uchun fizika o’qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni 
o’qitishning  zamonaviy  uslubiyatidan    yetarli  bilimga  ega  bo’lish  talab  etiladi. 
Hozirgi  kunda  fizika  fanini  o’qitish  uslubiyatiga  bag’ishlab  yozilgan  darsliklar 
zamonaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi. O’zbek tilida esa yagona darslik 


 

[  2    ]  hisoblanib  u  rus  tilidan  jiddiy  kamchiliklar  bilan  tarjima  qilingan.  Shuning 
uchun  fizikani  o’qitish  uslubiyati  fanidan  zamonaviy  talablarni  e’tiborga  olib 
darsliklar,  uslubiy  qo’llanmalar  yaratish  dolzarb  muammo  hisoblanadi.  Yuqorida 
qayd  etilgan  mulohazalarni  e’tiborga  olib,  muallif  tomonidan  bir  necha  yillar 
davomida  universitetning  fizika  fakulteti  talabalariga  fizikani  o’qitish  uslubiyati 
fanidan o’qib kelingan ma’ruzalarda to’plangan tajribalar asosida ushbu ma’ruzalar 
matni  tuzildi.  Unda  didaktikaning  an’anaviy  tomonlarini  saqlab  qolgan  holda 
zamonaviy didaktika asosi YaPT ga keng e’tibor berildi. 
 
Ma’ruza 
matnini 
tuzishda 
yaqindan 
yordam 
ko’rsatgan 
prof. 
O.Quvondiqovga,  undagi  kamchiliklarni  tuzatishda  xolisona  maslahatlarini 
berishgan dosentlar A.A.Yusupov va U. T. O’sarovlarga muallif o’zining samimiy 
minnatdorchiligini bildiradi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling